Persini yanvar oyining eng yaxshi futbolchisi
06.02.2013

«ManchesterYunayted» klubi muxlislari jamoaning gollandiyalik hujumchisi Robin van Persiniyanvar oyining eng yaxshi futbolchisi deb tan olishdi. Bu haqda klub rasmiysaytida xabar berildi.
Hujumchiga so‘rovnomadaqatnashganlarning yarmidan ko‘prog‘i ovoz berishdi.
Ikkinchi vauchunchi o‘rinlarni mos ravishda Rayn Giggs va Patris Evralar qo‘lgakiritishdi.
O‘tgan oyda van Persi beshta uchrashuvda maydongatushib, shuncha marotaba raqiblar darvozalarini aniq nishonga olganRonaldino: «Yunayted» afsuslanishi kerak
06.02.2013

Chorshanbakuni Braziliya termasi «Uembli»da inglizlarga qarshi to‘p suradi. 32 yoshliRonaldino «Manchester Yunayted» bir necha yillar oldin uni sotib olmagani uchunafsuslanishi kerak ekanligini aytib o‘tdi.
Evropadagifaoliyatini Ronaldino «PSJ»da boshlagandi. Aynan shu yerda to‘p surayotganida«qizil iblislar» iste’dodli braziliyalikni qiziqish bildirishgand.
Biroq«Barselona» «Yunayted»dan ko‘ra qat’iyatliroq chiqdi va Ronaldinoni «NouKamp»ga olib keldi.
«Agar «Manchester Yunayted» men bilan shartnomaimzolaganida, ular Chempionlar Ligasida ko‘proq g‘alabaga erishgan bo‘lardilar.Men dunyodagi eng yaxshi jamoalarda to‘p surdim va barcha narsani yutib oldim»,- dedi ikki karra dunyoning eng yaxshi futbolchisi bo‘lgan RonaldinoRonaldu: «Real» kuchliroq
06.02.2013

«Real» futbolchisiKrishtianu Ronaldu chempionlar Ligasi 1/8 finalidagi «Manchester Yunayted» bilanbo‘ladigan o‘yinlar haqida fikrlarini aytib o‘tdi.
«Hammasi yaxshibo‘ladi deb hisoblayman. Meni fikrimcha, «Real» «Yunayted»dan kuchliroq. Ammo bunihali maydonda isbotlash kerak.
«MYU» – haryili ulkan natijalarga erishadigan yaxshi jamoa. Biz ularni hurmat qilamiz. Bu judamurakkab o‘yinlar bo‘ladi, ayniqsa, Manchesterdagisi.
Men uzoq vaqtdan beri ular bilan o‘ynashni istayotgandim.Bu klubda o‘tkazgan vaqtlarimdan yaxshi xotiralar qolgan», – deb futbolchining so‘zlaridankeltiradi FIFA rasmiy sayti«MYU» Yaponiyaga tashrif buyuradi
06.02.2013

«Manchester Yunayted» yozda o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini tashkilqilish maqsadida Yaponiyaga tashrif buyuradi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabartarqatdi.
Turne davomidajamoa 23 iyul kuni «Yokogama» klubiga qarshi kurash olib bordi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq «Manchester Yunayted» Sidney va Gongkongga borishima’lum bo‘lgandi. Shuningdek, Tailandga ham safar hozircha rejada borUeyn Runi: Uelbekning vaqti keladi
05.02.2013

«ManchesterYunayted» yetakchisi Ueyn Runi hujumdagi sherigi Denni Uelbekning sermahsullik bobidaomadi yurishmayotgan bo‘lsa-da, o‘z ishini yaxshi bajarayotganini ta’kidlab o‘tdi.
22 yoshli forvardAPL bahslarida o‘tgan yil oktyabr oyida bitta gol urgan xolos.
«Bizni uningushbu mavsumda kam gol urganligi tashvishga solayotgani yo‘q. Denni - fantastiko‘yinchi, u ko‘p mehnat qiladi va bor energiyasini jamoaga bag‘ishlaydi. U hujummarkazida kam o‘ynadi, asosan qanotlarga qo‘yildi. Barcha futbolchilar muvaffaqiyatimizuchun undan minnatdor».
«Unga to‘purarhujumchi «yorlig‘i»ni yopishtirib qo‘yishdi. Menda ham shunga o‘xshash vaziyat bo‘lganva turli pozitsiyalarda o‘ynaganman. Kimdir mening ham markazda o‘ynamay qo‘yganpaytim sakkiz uchrashuvda ketma-ket gol kiritmaganimni eslay oladimi?!»
«Denni bu yilgi mavsumda orqaroqda o‘ynadi. U ajoyibfutbolchi va vaqti kelib uni o‘tkir hujumchi o‘rniga qo‘yishlariga ishonaman. O‘shandau ko‘plab gollar kiritadi», - deya Runi so‘zlarini keltiradi Goal.comRafael Varan 1/8 da maydonga tushadi
05.02.2013

«Real» himoyachisiRafael Varan Chempionlar ligasi 1/8 final «Manchester Yunayted»ga qarshi uchrashuvidaasosiy tarkib bilan birga maydonga tushishi ehtimoli yuqori, de yozadi FootballEspana.
Futbolchi Ispaniyachempionatining «Granada»gaqarshi o‘tgan uchrashuvi(0:1)da jarohat olgandi. U Primerani keyingi turi «Sevilya»bilan uchrashuvda maydonga tushmaydi, lekin Chempionlar ligasi «MYU» bilan o‘yingachasafga qayta oladi.
«MYU» Gonkongga yo‘l oladi
04.02.2013

Angliyaning«Manchester Yunayted» klubi yozda Gonkongga tashrif buyuradi. Turne davomidaular «Kitchi» jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishadi.
O‘yin 29iyulga mo‘ljallangan. Uchrashuv 40 ming tomoshabinni o‘z bag‘riga oladigan stadionda bo‘lib o‘tadi.
Shuni qaydetib o‘tamizki, bu «MYU»ning so‘nggi 8 yilda birinchi marta Gonkongga kelishibo‘ladi.
O‘tgan yili «Kitchi»ga qarshi Londonning «Arsenal»klubi maydonga tushgan va 2:2 hisobida durang o‘ynagandiMartin Yol: van Persi shunday sifatlarga ega
04.02.2013

«Fulxem»bosh murabbiyi Martin Yol «Manchester Yunayted» forvardi Robin van Persiningto‘purarlik hislatlarini «PSJ» hujumchisi Zlatan Ibragimovichga qiyosladi.
«Van Persi– haqiqiy frontmen. O‘zining samaradorligi va kombinatsion harakatlari bilan ujamoa o‘yinini qurmoqda. U mavsumda 30 tadan gol urmoqda va yana chempionatningeng yaxshi to‘purari bo‘lsa kerak. U menga Zlatan Ibragimovichni eslatibyuboryapti. U qaerga yo‘l olsa ham, uning jamoasi chempion bo‘ladi. Van Persishunday sifatlarga ega.
Bu mavsum mankunianlarga chempionlik sovrini nasibetadi. Runi kabi o‘yinchi hal qiluvchi rolni o‘ynaydi. Ular vaqti-vaqti bilano‘yinga qo‘shib turadigan futbolchilar raqibni dahshatga solishadi. Misol uchun,Denni Uelbek – Premer-ligadagi eng tezkor o‘yinchilardan biri. «Yunayted»dachempionatdagi eng yaxshi tarkib jamlangan. Hatto, zaxira o‘rindig‘ida hamularda eng yaxshi o‘yinchilar bor», - dedi YolManchini: Oradagi farqni yo‘qota olamiz
04.02.2013

«ManchesterSiti» bosh murabbiyi Roberto Manchini Angliya chempionati 25-turidagi «Liverpul»(2:2) bilan o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Liverpul»ningbirinchi goli oldidan hakamlar xato qilishdi. Agar bunday vaziyat bizningo‘yinchilar bilan bo‘lganida, unga qizil kartochka ko‘rsatishgan bo‘lishardi.Bu yerda esa hakam hech nimaga e’tibor qaratmadi. Shunga qaramay, natijaniadolatli deb hisoblayman.
Aguero vaJeko bugun yaxshiroq va kuchliroq o‘ynashlari kerak edi deb o‘ylayman. Bizyaxshi o‘yin ko‘rsatolmadik. So‘nggi oy davomida biz har bir o‘yinimizni yaxshio‘tkazgandik. Bugun asabiy harakat qildik – hozircha nima uchun bundaybo‘lganini bilmayman.
Chempionlik uchun kurash tugadimi? Yo‘q. Sen yettiochkomi, to‘qqiz ochko ortda qolayapsanmi, farqi yo‘q. Biz hali ham oradagifarqni yo‘qota olamiz deb o‘ylayman», – dedi ManchiniJo Xart: Kurash davom etadi
04.02.2013

«ManchesterSiti» klubi darvozaboni Jo Xart «Liverpul»ga qarshi o‘yindan keyin o‘z fikrlaribilan o‘rtoqlashdi.
«Afsuski, oradafarq kattalashdi. Bu xavotirga solishni boshlamoqda. Biz oldinga intilishda harakatqilishimiz kerak.
Biz o‘zimizni o‘zimiz yomon ahvolga solib qo‘ydik. Ammohali chempionlik poygasidan chiqib ketganimiz yo‘q. Kurash davom etadi», - deydiXart