Ferdinand: «MYU»da qolishni xoxlayman
02.02.2013

«Manchester Yunayted» himoyachisi Rio Ferdinand klubdaqolishni xoxlamoqda. Ingliz futbolchisining hozirda jismoniy holati judayaxshi. U mavsumni yaxshi o‘tkazmoqda. Ferdinandning hozirgi shartnomasi ushbumavsumda o‘z nihoyasiga yetadi. Ferdinand esa ko‘p klublarning takliflarini radetmoqda. U keyingi faoliyatini «Yunayted»da davom ettirmoqchi. U shu mavsumdayangi shartnomaga ega bo‘lmoqchi.
««MYU»da qolishni juda xoxlayman. Xozir jismoniy holatim yaxshi, mavsum so‘nggigacha yangishartnoma imzolasak juda hursand bo‘lardim. Men Ferguson bilan ishlashni judaxoxlayman. Xuddi Giggs vaSkoulzday futbolchi bo‘lishni xoxlayman.» deya Skysports nashriga bergan intervyusida.
Fergyuson: Hayron qoldim
02.02.2013

«MYU» bosh murabbiyiAleks Fergyuson Devid Bekxemning «PSJ»ga o‘tish qaroridan hayron qolganini ta’kidlabo‘tdi.
«BekxemningAngliya premer ligasiga qaytmasligiga ishonchim komil edi. U «MYU»dan ketgach birnecha bor Angliyaning boshqa klublarida o‘ynamasligini aytgan edi va o‘z va’dasidaturdi.
Ammo shu bilanbirga uning «PSJ»ga o‘tishini ham kutmagan edim, buni eshitgach juda hayron qoldim»,deydi murabbiy.
Eslatib o‘tamiz,Bekxem parijliklar bilan mavsum oxiriga qadar shartnoma imzolagan.
Runi: Rostini aytsam, bu mening qarorim
02.02.2013

«Fulxem»ga qarshio‘yinnig 11-daqiqasida «MYU»ning shtatli penaltichisi Ueyn Runi emas Rayan Giggzpenaltini amalga oshirdi.
Hujumchi o‘zipenaltini amalga oshirmaslik qarorini qabul qilganini aytib o‘tdi, deb xabar bermoqdagoal.com.
«Agar rostiniaytsam, bu mening qarorim, - deydi Runi MUTV ga. - Men 11 metrli zarbalarni yaxshiamalga oshira olmayotgandim. Shu sabab murabbiyni yoniga borib buni aytdim va Robinvan Persi penaltilarni amalga oshirishini taklif qildim».
«Man Yunayted»dekklubda 2 ta penaltini amalga oshirib hech birida darvozani poylay olmaslik yaxshiemas».
Ushbu mavsumdaRuni ikki marta penaltidan gol ura olmadi, «MYU» safida umumiy hisobda 10 martapenaltilardan unumli foydalana olmagan.
Fergyuson ayblovlarni inkor etmoqda
02.02.2013

«MYU» bosh murabbiyiAleks Fergyuson Angliya futbol assotsiatsiyasi tomonidan o‘ziga qo‘yilgan ayblovlarniinkor etmoqda. Murabbiy «Tottenxem»ga qarshi kechgan uchrashuvda hakamni tanqidqilgani uchun ayblanayotgan edi.
Murabbiy buborada qo‘shimcha surishtiruv ishlarini olib borishni va o‘zini tinglab ko‘rishlariniva yozma tarzda bayonnoma berishlarini talab qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz,assotsiatsiya Fergyusondan mas’uliyatli bo‘lishni va o‘z so‘zlarini izohlab berishinitalab qilgandi.
Ueyn Runi: O‘yin farq qilishi aniq
02.02.2013

«MYU» AngliyaKubogi doirasida «Fulxem»ga qarshi «Old Trafford»ga qarshi kechgan o‘yinda osonlikbilan g‘alabaga erishgandi. Ammo Ueyn Runi premer liga doirasida «Fulxem» uyidao‘tadigan uchrashuv oson kechmasligidan xavotir olmoqda.
««Fulxem» o‘zuyida mutlaqo boshqacha o‘yin namoyish qiladi. «Kreven Kottej»da o‘ynash har doimog‘ir bo‘lgan. Maydon kichikroq, o‘yingoh ham ixchamgina. «Fulxem» bu o‘yingohgako‘nikib qolgan va ularning tarkibida o‘z maydonida kuchli o‘yin namoyish qiladiganfutbolchilar bor. O‘yin «Old Trafford»dagidan farq qilishi aniq», deydi hujumchi.
Evans maydonga qaytadi
02.02.2013

«ManchesterYunayted» himoyachisi Jonny Evans Premyer Ligada shanba kungi «Fulhem»ga qarshio‘yinda maydonga tushishga tayyor.
ShimoliyIrlandiyalik futbolchi jarohatidan qutuldi va u juma kuni umumiy guruhdamash\'ulotlarni boshladi. Evans shanba kuni «Kreyven Kottej»da bo‘lib o‘tadigano‘yinda ro‘yhatga kirishi mumkin.
«Yunayted»vingeri Eshli Yang esa jarohatidan qutulmadi, uning maydonga qaytish muddatiesa nomaʼlum.
«Eshli maydonga tushishga tayyor emas, ammo Jonnybugundan mashg‘ulotlarni boshladi, bu esa biz uchun yaxshi yangilik.» -Manchester Evening News «Yunayted» bosh murabbiyi so‘zlaridan parchakeltirmoqdaBekxem PSJ futolchisiga aylandi
02.02.2013

«PSJ» bilanshartnoma imzolagan Devid Bekxem frantsuz klubida bepulga o‘ynashini aytib o‘tdi.
«Menga bunchalikko‘p takliflar bo‘lganidan faxrlanaman. Biroq men aynan «PSJ»ni tanladim, bu klubningyuqoriroqqa chiqishi uchun yordam bermoqchiman. Meni o‘z safida ko‘rishni istaganAPLning barcha klublaridan minnatdorman. Ammo men «Manchester Yunayted»ga qarshio‘ynashni istamadim, shuning uchun vatanimdagi barcha variantlardan voz kechdim.
«PSJ» tarkibidabo‘lganim uchun pul olmayman. Butun maoshim Parijning yordamga muhtoj bollari uchunhayriya ishlariga sarflanadi», - dedi ingliz futbolchisi.
BlackRock «MYU» aktsiyadori
02.02.2013

Yirik investitsiyakompaniyasi BlackRock «MYU»ning 3,3 millionta aktsiyasini 16,7 dollardan sotib oldi.Umumiy savdo 55 million dollarni tashkil qiladi. Endi BlackRockga klubning 2 foizaktsiyasi tegishli bo‘lib turibdi.
Mankunianliklartomonidan birja savdosiga qo‘yilgan aktsiyalar o‘tgan uch oy ichida 35 foizga o‘sgan.Shu sababli bir qator yirik kompaniyalar «Manchester Yunayted» aktsiyalariga qiziqishbildirmoqdalar.
Kerrik: David meni tushunmadi
02.02.2013

Maykl Kerrik «Yunayted»ning o‘z maydonida«Sautgempton»ga qarshi o‘yindagi erta o‘tkazib yuborilgan golda o‘zini aybdordeb aytib o‘tdi. De Xeaga yetarli daraja pas bera olmagani tufaylidastlabki daqiqalardayoq Rodrigez hisobni ochdi, birgina Ueyn Runining dubli«qizil iblislar»ga uch ochko taqdim etdi. Kerrik esa uch ochko qaytarib olingan o‘yindagihatolari bor ekanligini takidladi.
«Men yetarli darajada ortga pas beraolmadim, David meni tushunmadi. Ikki gol tufayli biz taymni yomon o‘tkazmadik.Biz, qiyin o‘yinda, yana harakter namoyish qildik. Biz uch ochkojamg‘arganimizdan hursandmiz.»
«Men aytib o‘tdim,dastlabki daqiqalarni biz yaxshi o‘tkaza olmadik, ammo dastlabki bo‘limda bizkembeklar namoyish qildik va juda yaxshi o‘ynadik. Birinchi bo‘limning kattaqismini yaxshi o‘tkazdik, ammo tanaffusdan so‘ng bunday bo‘lmadi. Xozir PremyerLigada yaxshi holatga ega bo‘ldik.»
«Biz o‘yinda judayaxshi himoyalandik, mehmonlarning goli esa mening hatoyim edi. Jamoam xatogayo‘l qo‘ymadi - deya aytib o‘tdi Kerrik. - Menimcha bizning himoyamiz ajoyibo‘yin namoyish qildi. David zo‘r jarima zarbasini qaytardi, u o‘yinda g‘alabagahissasini qo‘shdi. Biz juda qiyin o‘yin o‘tkazganimizni va muhim natijaga egabo‘lganimizni tushundik.»
Vanyama «MYU»ga o‘tmaydi
02.02.2013

Shotlandiyaning«Seltik» klubi va Keniya termasining markaziy yarim himoyachisi Viktor Vanyama qishda«Manchester Yunayted»ga o‘tmasligini bildirdi.
«Meni «Seltik»daqolishimni tasdiqlash mumkin. Bu yerda meni barcha narsa qoniqtiradi. Biz chempionlarLigasida yaxshi o‘ynayapmiz va men «Yuventus»ga qarshi o‘yinimizni sabrsizlik bilankutyapman», – dedi futbolchi.
Eslatib o‘tamiz,21 yoshli Vanyamaning o‘yinlarini kuzatish uchun Shotlandiya chempionatining «DandiYunayted» (4:0) bilan uchrashuvini kuzatish uchun «Manchester Yunayted» bosh murabbiyiAleks Fergyusonning shaxsan o‘zi tashrif buyurgandi.