Pardyu: Biz bunday xarajatlar qilolmaymiz
28.01.2013

«Nyukasl»bosh murabbiyi Alan Pardyu u ham «Manchester Yunayted» kabi «Kristal Pelas»vingeri Uilfrid Zaaga qiziqqani, ammo futbolchining yuqori narxi tufaylie’tiborini frantsuz bozoriga qaratganini tan oldi.
O‘tganhafta «qizil iblislar» yosh futbolchini «Kristal Pelas»dan sotib olishdi. Turlibonuslar bilan bu xarid «Yunayted»ga 15 million funtga tushadi.
«Hakkalar»deyarli shuncha summaga Mussa Sissoko, Mapu Yanga-Mbiva, Yoan Guffran vaMassadio Edarani sotib olishdi.
«Fransuzbozorida narxlar nisbati va sifati ancha foydali. Albatta, biz biz bundayvariantni (Zaani sotib olish) ko‘rib chiqqandik.
Zaxani – hammaolishni istagan Chempionshipning yana bir o‘yinchisi. U menga yoqadi. Men unitaklif qilmoqchi edim, ammo bizda hech qanday imkoniyat yo‘q edi. Biz bundaykatta xarajatlar qilolmaymiz.
Uningo‘rniga biz to‘rt futbolchi sotib oldik. Ular bizning ehtiyojlarimizniqondirishga qodir va xuddi o‘sha pulga bir necha pozitsiyalarni yopa olishadi»,- deb Pardyuning so‘zlaridan keltiradi Goal.
Chicharito: Sabrsizlik bilan kutyapmiz
28.01.2013

«ManchesterYunayted» jamoasi hujumchisi Xaver Ernandes bu mavsum barcha sovrinlarni qo‘lgakiritmoqchi ekanliklarini aytib o‘tdi.
«Biz barchauchta sovrinni qo‘lga kiritmoqchimiz. O‘ziga xos xet-trikka erishish uchun harakatqilyapmiz. Shu sababdan ham har bir o‘yinga jiddiy yondoshishimiz kerak. Yaqindaterma jamoa ixtiyoriga jo‘nab ketamiz. Keyin esa «Real»ga qarshi o‘yin kutib turibdi.Bu o‘yinni sabrsizlik bilan kutyapmiz», - deydi Chicharito.
Angliya kubogi: «MYU» VS «Reding»
28.01.2013

Bir necha daqiqaoldin Angliya kubogi 5-raund (1/8 final) uchrashuvlariga qur’a tashlandi. Musobaqafavoritlari bu bosqichda ham bir-birlari bilan to‘qnash kelishmadi.
Barcha sakkizjuftlikda ham favoritlar aniq. Demak, «Arsenal», «Manchester Siti» va «ManchesterYunayted» – ularning bari o‘z uylarida «Blekbern», «Lids» va «Reding»ga qarshi bahsolib borishadi.
Agarda «Chelsi»«Brentford» bilan javob o‘yinida muvaffaqiyat qozonsa, Angliya kubogi 5-raundida«Midlsbro» mexmoni bo‘ladi.
«Everton» o‘zqo‘shnisi «Liverpul»ni bir necha daqiqa oldin musobaqdan chiqarib yuborgan «Oldxem»danqasos olishga urinib ko‘radi. «Uigan» bo‘lsa «Xaddersfild» yoki «Lester» bilan uchrashadi.
Angliya kuboginimchorak final o‘yinlari 15-16 fevral kunlari o‘tkaziladi.
Angliya kubogi1/16 final juftliklari
Xaddersfild/ Lester – Uigan
MK Dons – Barnsli
Oldxem – Everton
Luton– Milluoll
Arsenal – Blekbern
Manchester Siti – Lids
Manchester Yunayted – Reding
Midlsbro – Brentford/ Chels
Chicharito: Juda xursandman
27.01.2013

«MYU» klubi hujumchisi Xaver Ernandes «Fulxem»ga qarshi o‘tkazilgano‘yinda urgan goli o‘z hisobiga yozilganini hakamdan so‘rashga to‘g‘ri kelganiniso‘rab o‘tdi.
«Gol urganimdanso‘ng hakamdan gol kimning hisobiga yozilganini so‘radim. Sababi «Aston Villa»gaqarshi kechgan o‘yinda shunga o‘xshash holatda golni menga berishmagandi. Albattaxet-trik qilishga qarshi emasman, ammo 4:1 hisobida yengganimiz va dubl qayd etganimdanham juda xursandman», deydi futbolchi.
Fergyuson: Buni to‘g‘irlash kerak
27.01.2013

«Manchester Yunayted» jamoasi bosh murabbiyi Aleks FergyusonAngliya Kubogi jamoa uchun bu mavsum juda ham muhimligini aytib o‘tdi.
«Bu musobaqa biz uchun juda ham muhim. Sababi «MYU» bu Kubokni 10 yildan beri qo‘lga kiritgani yo‘q. Rio Ferdinand hech qachon bu musobaqadag‘alaba qozonmagan. Buni to‘g‘irlash kerak», - deydi Fergyuson.
Giggs: Biz tezkor gol urishga muvaffaq bo‘ldik
27.01.2013

«Manchester Yunayted» afsonaviy yarim himoyachisi RayanGiggs Kubok o‘yinda dastlabki daqiqalarda penaltidan hisobni ochdi, so‘ngraRuni goli, Ernandezning dubli evaziga g‘alaba qozondi. Giggs esa o‘yindan so‘ngo‘yin haqida fikrlarini bildirib o‘tdi.
«Biz tezkor gol urishga muvaffaq bo‘ldik. Biz har o‘yindashunday o‘yin ko‘rsatishimiz kerak. Birinchi taymdayoq biz ko‘plabimkoniyatlarga ega bo‘ldik, balkim shuning uchun o‘yinda ustunlikga egabo‘lgandirmiz. Ikkinchi bo‘limda biz uch marotaba darvozani ishg‘ol etdik. Bugollar bizning harakatlarimizni baxolab berdi. Qachonki «Old Trafford»dabirinchi gol kiritsak ushbu matchda g‘alaba qozonamiz. Biz dastlabki bo‘limdabir necha imkoniyatlardan foydalana olmadik, ammo ikkinchi taymda ushbuhatolarni tuzatdik.» - Giggs so‘zlaridan parcha keltirmoqda manutd.com.
«Kubokda g‘alaba qozonish, boshqa kuboklardagi singari juda kerak. BizKubokda 8-9 yildan buyon zafar qucha olmayapmiz. Bu yil esa g‘alaba qozonishuchun bu ishni uddalaydigan futbolchilar bor. Ishonamanki, bu yil biz kubokdazafar qucha olamiz.»Fergyuson: Fil universal futbolchi
27.01.2013

«ManchesterYunayted» bosh murabbiyi Ser Aleks Fergyuson 2011 yil yozda «Blekbern»dan 16,5 millionyevroga sotib olingan 21 yoshli shogirdi Fil Jons «Chelsi» sardori Jon Terridanyaxshiroq qobiliyatlarga ega ekanligini aytib o‘tdi:
«Filning himoyalanishida Jonnikidan ko‘proq narsalarbor. Ha, Terrining ulkan tajribasi bor va u «Chelsi»da fantastik futbolchi bo‘libyetishdi. Lekin yosh futbolchi sifatida u Fil Jonsning tezligiga yeta olmasdi. Bundantashqari Fil universal futbolchi va u istalgan joyda o‘ynashi mumkin»«MYU» Kerrikka yangi shartnoma taklif qiladi
27.01.2013

Ser Aleks Fergyusonushbu mavsum so‘ngida «Manchester Yunayted» bilan shartnomasi 2014 yilda tugaydiganAngliya terma jamoasi yarim himoyachisi Maykl Kerrik uchun yangi shartnoma taklifqilishni rejalashtirgan.
Uning 31 yoshdaekanligi inobatga olinib har yili yangilanadigan bir yillik shartnoma tuzilishiko‘zlanmoqda. Jamoa faxriylari Rayan Giggz va Pol Skoulzlarga ham bir necha yillardanbuyon aynan shunday siyosat qo‘llanib kelmoqda. Kerrikning ayni paytdagi maoshihaftasiga 80000 funtni tashkil qiladi.
«Qizil iblislar»safiga 2006 yilda 18,6 million funt evaziga «Tottenxem»dan kelib qo‘shilgan yarimhimoyachi shu paytgacha klub safida deyarli 300 marta, o‘tgan olti mavsumning harbirida 40 tadan o‘yin atrofida maydonga tushgan va jamoaning eng asosiy futbolchilaridanbiriga aylangan.
Fergyuson: Bu ajoyib san’at
27.01.2013

«MYU»ning afsonaviymurabbiysi Ser Aleks Fergyusonning ta’kidlashicha penalti tepish bu san’at ekan.Murabbiy ingliz futbolchilarining bunday san’atni unchalik yaxshi amalga oshiraolmasliklaridan ajablanishini aytib o‘tdi.
«Yunayted» hujumchisiUeyn Runi «Vest Hem»ga qarshi uchrashuvda klubda 10 marta penaltini aniq amalgaoshira olmadi.
Fergyuson buborada inglizdan ko‘ra premer liganing eng yaxshi to‘purari bo‘lib turgan Robinvan Persiga ishonishini aytib o‘tdi.
«Bu ajoyib san’at.Nemislar bu borada juda ishonchli harakat qilishadi, ayniqsa xalqaro maydonlardaular penalti tepishning ideal namunasini ko‘rsata olishadi.
Menimcha ularinglizlardan farqli ravishda buni mashq qilishadi»,- deydi murabbiy.
Fergyuson: Haqiqiy qahramoniga aylanardi
26.01.2013

Angliyaning«Manchester Yunayted» klubi bosh murabbiyi Ser Aleks Fergyuson jamoasining ispaniyalikdarvozaboni David De Xea sha’niga «Tottenxem» bilan o‘yindan keyin aytilgan tanqidlardanshogirdini himoya qildi:
«Uni tanqidqilish ahmoqlik bo‘ladi. Yaxshiyam De Xeani sotib olgan ekanmiz. U juda yaxshi o‘yino‘tkazdi va yana 30 soniya gol o‘tkazmay turganda o‘yinning haqiqiy qahramonigaaylanardi. U ajoyib o‘yin namoyish etdi va biz uni qo‘llab-quvvatlaymiz».