26.01.2013

TheGuardian nashri tomonidan xabar qilinishicha, garchi «Real» klubi prezidenti FlorentinoPeres Joze Mourinoning iste’foga chiqarilishini inkor etayotgan bo‘lsada, jamoadaichki muhit juda yomon holatga kelib qolgan.

Nashr tomonidanaytilishicha, barchasi «MYU»ga qarshi o‘tkaziladigan Chempionlar ligasi uchrashuvinatijasiga bog‘liq.

Agarda madridliklar«MYU»ni mag‘lubiyatga uchrata olmasalar, Mourino mavsum yakunlanmasdan burun jamoadanketadi.

Муҳокама

26.01.2013

«ManchesterYunayted» ustozi Ser Aleks Fergyuson bolgariyalik futbolchi Dimitar Berbatovningjamoadagi faoliyatini omadsiz deb hisoblamasligini aytib o‘tdi.

«Dimitar bizdayomon o‘ynadi deb ayta olmayman. U talantli futbolchi va bir qator muhim gollarnikiritgan. Uning «Yunayted»dagi muammoasi biz undan xohlagan darajada o‘yinga qo‘shilaolmaganida bo‘ldi. Bundan tashqari mening tanlovlarim ham unga ta’sir qildi.

Agar senda variantlar ko‘p bo‘lsa, bitta yaxshisinitanlashing kerak bo‘ladi. Xavier Ernandes dastlabki mavsumidayoq juda yaxshi o‘yinko‘rsatdi va Dimitarga nisbatan ko‘proq o‘ynash imkoniyatiga ega bo‘ldi»,- deydimurabbiy

Муҳокама

25.01.2013

«ManchesterYunayted» jamoasi bosh murabbiyi Aleks Fergyuson jamoaning jarohatlangan futbolchilariEshli Yang va Jonni Evans haqidagi yangiliklar bilan o‘rtoqlashdi.

«Jonni Evansva Eshli Yang hali 100 foiz maydonga tushishga tayyor emaslar. Qatardagi yig‘indaYang mashg‘ulotlarda ishtirok etdi, u tez orada tarkibga qaytadi. Jonni haqida gapirsam,uning tiklanish jarayoni biroz ko‘proq vaqt oladi, biz xisoblaganga qaraganda birhafta ko‘proq.

Albatta, Jonsva Smolling safga qaytishgan, bu jamoa uchun katta plyus. Shu sabab himoyada bizningishlarimiz yaxshi.

Yang ham, Evansham «Real»ga qarshi Chempionlar ligasi uchrashuviga qadar safga qaytishadi. Mazkurkatta bahsga yuz foizlik tarkib bilan borishni istayman», – deydi Fergyuson.

Муҳокама

25.01.2013

Ser Aleks Ferguson o‘yin oldi press-konferensiyada so‘nggihaftada darvozabon David De Xea haqidagi bo‘lmag‘ur gaplarni, beʼmani mish-mishlarni jurnalistlarningovsarligi bilan baholadi.

«Men so‘nggivaqtlarda jurnalistlarning ovsarliklari haqida ko‘p eshityapman, afsus bugaplarni to‘xtatishning iloji yo‘q» - deya Ferguson jurnalistlar ustidan shikoyatqildi.»

Eslatibo‘tamiz De Xea APL 23 turida o‘tkazib yuborgan golda Ferguson uni ayblagan va uning o‘rniga yangidarvozabon istashni boshlagan ekan, bu haqida hatto «The Telegraph» ham maqolachop etgan ekan.

Муҳокама

25.01.2013

Afsonaviy daniyalikgolkiper Peter Shmeyxel «MYU»ning «Tottenxem» bilan o‘yinda g‘alabani boy berishidaasosiy aybdor deb hisoblanayotgan David De Xeani qo‘llab-quvvatladi.

«De Xeani ayblashjuda oson. Men bu tanqidlarga qo‘shilmayman. Agar De Xea o‘shanda namoyish qilgano‘yinidek o‘ynamaganida biz 1:4ga yutqazardik deb o‘ylayman. Biz darvozabon seyvlarnamoyish qilishi kerak bo‘lgan futbol ko‘rsatdik va De Xea buni bajardi.

U o‘z ishiniqildi. Lekin buni hech kim qayd qilmayapti. Agar biz bunchalik chuqur himoyalanmaganimizda,raqibda bunchalar ko‘p vaziyat bo‘lmasdi deb hisoblayman. Aynan shu borada jamoadaish olib borish kerak deb hisoblayman», - dedi sobiq darvozabon.

Муҳокама

Янгиликлар /

Fergyuson AFFga maktub yo‘lladi

25.01.2013

«ManchesterYunayted» bosh murabbiyi ser Aleks Fergyuson Angliya futbol federatsiyasiga Premer-Ligadoirasidagi «Tottenxem»ga qarshi uchrashuvdan so‘ng hakamlar nomiga bildirilgantanqidli fikrlariga yozma izoh yubordi.

Ser Aleks uningjamoasi 1:1 hisobida o‘ynagan uchrashuvdagi hakamning harakatlaridan norozi bo‘ldi.Fergyusonning eng jahli chiqqani qanot laynsmeni Saymon Bek bo‘ldi, mazkur laysmen«Yunayted»ni birinchi marta qiyin axvolga solib qo‘yishi emas. 2010 yili aynan manashu qanot hakami «Chelsi» hujumchisi Dide Drogbaning yaqqol ofsayddan kiritgan golinihisoblagan edi.

Angliya futbolfederatsiyasi Fergyusondan hakamlar harakatiga bildirgan tanqidiga izoh berishiniso‘rashgan edi, payshanba kuni — eng oxirigi sanada — «Yunayted» ustozi mazkur voqeanuqtai nazaridan o‘z fikrlarini bildirdi.

Endi Angliyafutbol federatsiyasi Fergyusonning fikrlarini o‘rganib chiqib, seshanba kungachaserga nisbatan jarima yoki diskvalifikatsiya qo‘llashi mumkin.

Муҳокама

25.01.2013

SSKA klubiyarim himoyachisi Pavel Mamaev bir yil oldin «Manchester Yunayted»ga o‘tishigayaqin qolganini aytib berdi.

«2011 yiloxirida Mayamida dam olayotgandim Zoran Toshich qo‘ng‘iroq qildi va yaxshi klubmen bilan qiziqayotganini aytdi. Unga bir necha tilni biladigan singlimningtelefon raqamini berdim. Unga qo‘ng‘iroq qilib, Moskvada uchrashuvbelgilashibdi. Uchrashuvga otam borgan va faqat shundan so‘ng «ManchesterYunayted»dan qiziqish bo‘layotganini bildik. Buni eshitgach biroz dovdirabqoldim, axir buni har bir futbolchi orzu qiladi.

Shundanso‘ng klub bosh direktori Roman Babaev meni chaqirtirdi. Fergyuson bu taklifnibildirishdan oldin Zoran Toshichga qo‘ng‘iroq qilib, men bilan qiziqqanekan.Ular meni ancha vaqt kuzatib yurishgan.

Inglizklubi vakillari transfer 80 foizga aniq bo‘lganini aytdilar. Faqat menga ishchiviza olish qolgandi. Ammo terma jamoada kam o‘ynaganim uchun bu muammo ekan.Inglizlar Fergyusonning o‘zi bu bilan shug‘ullanishini aytdilar. Ammo ishyurishmadi shekilli, keyinroq menga transfer amalga oshmasligini bildirdilar,deydi futbolchi.

Муҳокама

Янгиликлар /

Rasman Zaxa «MYU»ga o‘tdi

25.01.2013

«Kristal Peles» jamoasi va Angliya terma jamoasi vingeri Uilfrid Zaxa «ManchesterYunayted» jamoasiga o‘tadigan bo‘ldi.

«Qizil iblislar» rasmiy saytining xabar berishicha, iqtidorli angliyalikfutbolchi manchesterliklar safiga 2013 yili qo‘shiladi.

Uilfrid Zaxani «Kristal Peles» hozir qo‘yib yubormayotganini sababi, mazkurklub Premer-ligaga chiqish imkoniyatini qo‘ldan boy bermoqchi emas, Zaxa bo‘lsamazkur jamoa yuragi hisoblanadi.

Futbolchining narxi haqidagi ma’lumotlar hali oshkor qilinmagan. Bugun Zaxashifokorlar ko‘rigidan o‘tdi.

Муҳокама

25.01.2013

«ManchesterYunayted» himoyachisi Maykl Kin chempionship vakili «Lester Sity» klubidamavsum so‘ngigacha ijarada qoladigan bo‘ldi. Bu haqida ingliz internet nashrixabar bermoqda.

Kin Noyabroyida Jessi Lingrad bilan birgalikda «Lester»ga vaqtinchalik ko‘chib o‘tishganedi. Kin debyut o‘yini dekabr oyida nishonlagan. Endi u mavsumso‘ngigacha ijarda to‘p suradigan bo‘ldi.

«Ayni paytda Kin kabi futbolchilar bizga kerak.Men uning jamoasi bilan uni ijaramuddatini biroz uzaytirish haqida kelishib oldim.» - «Lester» murabbiyi Niel Pirsonso‘zlaridan «BBC» iqtibos keltirmoqda.

JessiLingrad «Lester» tarkibida 5 o‘yinda maydonga tushdi, Kin esa 4 o‘yinda maydongatushgan.

Муҳокама

Янгиликлар /

Makeda «Shtutgart»ga yo‘l oldi

25.01.2013

Buhaqida ingliz klubining rasmiy sayti xabar tarqatmoqda. Ikkala klub barchakelishuvga erishishdi. 21 yoshlik hujumchi hozirda Germaniyada.

Xozirda«Shtutgart» Germaniya chempionatida 10-o‘rinni band etib turibdi va ulargahozir hujumchi kerak. Germaniya klubi sport direktor Fredi Bobich Makedaningo‘yinini kuzatgani va u uchun Ser Aleksga taklif kiritganini aytib o‘tdi.

Makeda «Shtutgart»da14 raqamda to‘p suradi va mavsum so‘nggigacha Germaniya klubida harakat qiladi.Makeda bungacha «Sampdoria» va «KPR» klublarida omadsiz ijaralarnio‘tkazgan edi.

«MenBundesliga o‘yinlarini kuzatganman va shu bilan birga «Shtutgart» o‘yininibilaman – deydi Federiko. Men juda hursandman, bu klubni oldinga olibchiqishga harakat qilaman. Men hozir jamoa bilan tanishib olishim kerak. Buklubda uchta turnirda ishtirok kutib turibdi».

Муҳокама