23.01.2013

«Arsenal» klubibosh murabbiyi Arsen Venger chempionlik uchun kurash boy berilganini aytib o‘tdi.

«Men «Tottenxem»va «MYU» o‘yinini ko‘rib chiqdim va har doim oradagi farq haqida o‘yladim.

Bizda bu yilchempion bo‘lishga ajoyib imkoniyat bor edi, ammo endi «MYU»ga yetib bo‘lmaydi.Endi biz imkon qadar yetakchilarga yaqin bo‘lishimiz kerak. «Yunayted» ancha oldingao‘tib ketgan, ammo yetib bo‘lmas jamoa yo‘q. Buni aniq ayta olaman.

Ayni vaqtdabiz Chempionlar ligasida ishtirok etish uchun kurash olib borishimiz kerak. Futbolchilaro‘z saviyalarini ko‘rsatishlari lozim. O‘tgan yili ancha orqada qolib ketgandik,ammo oqibatda uchinchi o‘rinda mavsumni yakunlagandik», deydi Arsen Vinger.

Муҳокама

23.01.2013

Jamoamiz sobiqfutbolchisi Gari Nevill xam «Tottenxem» bilan bo‘lgan uchrashuvdagi golda DavidDe Xeani aybladi.

«Bunday o‘yindaxato qilishga xaqqimiz yo‘q edi. De Xea xavodan kelayotgan barcha to‘pni nazoratqilib borishi kerak. Agar jarima maydoni ichiga to‘p kirsa u ustunligini ko‘rsatganxolda to‘pni ushlab olishi yoki jarima maydonidan uzoqlashtirishi lozim.

Meni ishonchimkomil De Xea o‘z aybini nimadaligini biladi. U o‘z ustida tinmay ishlashi kerek.U xali Peter Shmeyxel xamda Edvin van der Sar darajasiga chiqa oladi» deya takidlabo‘tdi.

Муҳокама

23.01.2013

«ManchesterYunayted» bosh murabbiyi ser Aleks Fergyuson ispaniyalik darvozabon David De Xeagabo‘lgan ishonchini butkul yo‘qotdi va o‘z jamoasi uchun boshqa golkiper qidirmoqda.Bu xabarni The Telegraph gazetasi tonggi nashrida chop etdi.

Yakshanba kuniPremer-ligadagi «Tottenxem» bilan o‘yinga qo‘shib berilgan vaqtda De Xeaning xatositufayli «MYU» faqat bir ochko bilan cheklandi.

Biroq ser Aleks22 yoshli ispanga ishonchini bu o‘yinga qadar yo‘qotib bo‘lgandi. Davidni «Atletiko»dan18 million funtga sotib olayotganda Fergyuson De Xea «Chelsi»dagi Petr Chex izidanborishiga umid qilgandi. Ammo murabbiy shogirdi Angliya futboli standartlariga mosemasligini tushunib yetdi.

«Yunayted» zaxirasidaAnders Lindegor bor, ammo u ham De Xeadan u qadar kuchli emas. Ammo mavsumning qolganqismida ham Fergyuson De Xeaga ishonishi kutilyapti.

«Qizil iblislar»boshqa nomzodlarni izlashni boshlab yuborganlar. «Yunayted» hozirda Asmir Begovich «Stok Siti», Fernando Muslera «Galatasaroy» va hatto Viktor Valdes «Barselona»bilan Iker Kasilyas «Real» nomzodlarini ham ko‘rib chiqyapti.

Bu muammoni Fergyuson kelayotgan yozda hal qiladi. Davidningo‘ziga yangi klub topishi qiyin bo‘lmasa kerak. Uning xizmatlariga o‘z vatanida«Barsa» va «Real» qiziqish bildirgan.

Муҳокама

22.01.2013

Angliya futbol assotsatsiyasi «Manchester Yunayted»danAngliya Kubogi chiptalarini sotilishini bir muncha vaqt to‘xtashini so‘radi, buhaqida «The Telegraph» nashri xabar bermoqda.

Bu xabarni klublar hamtasdiqlashmoqda. Chiptalar FA qoidasi asosida «Fulhem»muhlislariga 45 funtdan sotilishi kerak edi. Ammo «Yunayted» chipta narxlarini40 funtdan, «One United» aʼzolariga esa 5 funt kam narxda sotayotgan edi, bu esa raqib ishqibozlarining noroziligiga sabab bo‘ldi,va raqib FA dan tekshiruv ishlarini olib borishini so‘radi. o‘z navbatida FA buso‘rovni qoniqtirish uchun harakat qilmoqda.

«Yunayted» esa narxlarpasaytirilganini takidlab, chiptalar, doimiy haridorlarga mahsus dasturlarasosida sotilayotganini takidladi. Shuningdek«Yunayted» chipta sotilishini aytib o‘tdi. Raqib esa xar bir muhlisi uchuntovon hisobida 5 funtdan talab qilmoqda.

Муҳокама

Янгиликлар /

Dempsi: Kurashishda davom etamiz

22.01.2013

«Tottenhem»ning AQShlik yarim himoyachisi Klint Dempsi uzoq muddatliomadsiz o‘yinlardan so‘ng «MYU» darvozasigagol kiritib ancha yengil tortganini tan oldi.

Premerliganing markaziy uchrashuvida AKShlik futbolchi qo‘shib berilgan daqiqalarda jamoasigamuhim bir ochkoni olib kelgan edi.

«Mag‘lubiyatga uchray debturgan vaziyatda gol kiritib ochko qo‘lga kiritish juda yoqimli.

Bugun bizning kunimiz emasdeb o‘ylagan edim, chunki darvozabon bir nechta daxshatli seyvlarni amalga oshirdi.Lenon to‘pni jarima maydonchasi ichida qabul qilib oldi va mening yo‘nalishim bo‘ylaboshirganida juda xursand bo‘ldim.

Biz hamon yaxshi imkoniyatgaegamiz va kurashishda davom etaiz»,-deydi futbolchi.

Eslatib o‘tamiz Dempsi qo‘shib berilgan vaqtda to‘p kiritib jamosini mag‘lubiyatdan qutqarib qolgan edi.

Муҳокама

Янгиликлар /

Vinger: Zaxaga omad tilayman

22.01.2013

«Arsenal» bosh murabbiyi Arsen Venger «Kristal Pelas» hujumchisiUilfrid Zaxaning «MYU»gao‘tishi haqidagi xabarga o‘z munosabatini bildirib o‘tdi.

«Agar Zaxa «Yunayted»gao‘tadigan bo‘lsa, nima ham derdim, unga omad. Biz u bilan hech qachon qiziqmaganmiz.Hech qachon.

Biz transferbozorida faol harakat qilyapmiz. Ammo hozir qaysi futbolchilar bilan muzokara olibborayotganimizni ayta olmayman», - deydi Venger.

Муҳокама

22.01.2013

Angliyaning«Kristal Pelas» jamoasi yarimhimoyachisi Uilfrid Zaxa tez orada «Manchester Yunayted»futbolchisiga aylanadi. «Mankunianlar» bosh murabbiyi ser Aleks Fergyuson futbolchininghafta oxiriga qadar «MYU» futbolchisiga aylanishiga ishonmoqda, deya xabar bermoqda«The Guardian» nashri.

Futbolchi jamoasiningQatarda olib boradigan kichik yig‘iniga bormadi. Zaxa «MYU» bilan barcha masalalarnihal qilib olish uchun ham Angliyada qolgan.

Qayd etib o‘tishjoiz, futbolchining transfer narxi 12 million funt sterlingni tashkil qiladi. Zaxa«MYU»ga o‘tgach, mavsum so‘nggiga qadar sobiq klubiga yana ijaraga beriladi.

Муҳокама

22.01.2013

Angliya futbolfederatsiyasi «Manchester Yunayted» klubi bosh murabbiyi ser Aleks Fergyusondan«Tottenxem»ga (1:1) qarshi kechgan o‘yindagi hakamga bo‘lgan fikrlarini asoslabberishni so‘ramoqda.

Eslatib o‘tamiz,ser Aleks o‘sha o‘yinda Kris Foy brigadasidan va ayniqsa, laynsmen Saymon Bekdannorozi bo‘lgandi.

Angliya futbolfederatsiyasi hamisha hakamlarning yonini olib kelgan. Shu boisdan tashkilot Fergyusondanpayshanba kungacha bayonot berishini so‘ramoqda.

Муҳокама

Янгиликлар /

Persi: Chempionlar qurshovidaman

21.01.2013

«ManchesterYunayted» hujumchisi Robin van Persi «Arsenal»dan «qizil iblislar» safiga o‘tganidanafsuslanmayotganini ta’kidladi. Gollandiyalik futbolchi hozirgacha «MYU» safida27 o‘yin o‘tkazib, 21 gol urishga erishgan.

«Arsenal» -buyuk klub va men u yerda baxtli edim», - deya Van Persi so‘zlarini keltiradiSky Sports.

«Sakkiz yilLondonda bo‘lgach yangi stimullar menga kerakligini tushunib yetdim. «ManchesterYunayted»ga keldim va ularni topdim. Bu yerda chempionlar qurshovidaman. o‘ylashimchakerakli vaqtda to‘g‘r qarorni chiqara oldim. Avvalroq bu yerga kelganimda xato qilganbo‘lardim. Ikki yil avval «Arsenal» bilan shartnoma imzolaganimda jamoaning muvaffaqiyatlargaerishishiga ishongandim. Ammo o‘tgan yili bu jamoaga o‘tishni istadim va klub o‘zoldiga yuqori maqsadlarni qo‘ygan. «Arsenal»ni xafa qilmoqchi emasman, lekin harkuni to‘g‘ri jamoa tanlaganimdan juda xursand bo‘laman».

Муҳокама

21.01.2013

«MYU» bosh murabbiyiAleks Fergyuson Garet Beylni «Sautgempton»da o‘ynab yurgan damlaridayoq sotib olishniistaganlarini so‘zlab berdi.

«Biz uni «Sautgempton»dansotib olishni istagandik, ammo klub taklifni qabul qilmadi. Garet bizga qo‘shilishniistagandi, ammo klub bir necha kundan so‘ng uni «Tottenxem»ga sotib yubordi.

Shunaqasi ham bo‘libturadi. Har doim ham barcha futbolchilarni sotib olish mumkin emas. Men bir vaqtlarGaskoynni sotib olishni istagandim, ammo buni amalga oshira olmadim. Evaziga PolInsni oldik va u ajoyib o‘yin namoyish qilgandi», deydi murabbiy.

Муҳокама