Parker: Raqiblarimizni ta’qib etishimiz kerak
21.01.2013

«Tottenxem»yarim himoyachisi Skott Parker Angliya chempionati 23-turidan o‘rin olgan «ManchesterYunayted»ga qarshi o‘yin haqida gapirdi.
«Yana maydonga qaytganimdan mamnunman. Bu juda qiyin o‘yinbo‘ldi, biroq menga u yoqdi.
Shu ko‘rinishda o‘ynashda davom etishimiz va raqiblarimiznita’qib etishimiz kerak. Bizning asosiy maqsadimiz – kuchli to‘rtlik, biroq bundanham kattaroq natijalarga erisha olamiz», – deydi ParkerJeko: Ularga bosim o‘tkazishimiz kerak
20.01.2013

«ManchesterSiti» hujumchisi Edin Jeko bugun bo‘lib o‘tadigan APL 23-turi «Tottenxem»ning«Manchester Yunayted»ga qarshi o‘tadigan o‘yinini qiziqib tomosha qilishiniaytib o‘tdi.
Eslatibo‘tamiz, kecha shaharliklar 2:0 hisobi bilan «Fulxem»ni taslim etishgan vamankunianliklar bilan turnir jadvalidagi farqni to‘rt ochkogaqisqartirishgandi. Bosniyalik forvard ser Aleks Fergyuson shogirdlariningshporlarga qarshi o‘yini salbiy natija bilan yakunlanishiga umid qilayapti.
«Bizo‘zimiz qilayotgan ishlarni davom ettirishimiz kerak. O‘ylashimcha ertamikechmi «Manchester Yunayted» ochko yo‘qotadi. Men bugungi o‘yinni tomoshaqilaman va «Tottenxem» liderdan ochko tortib olib bizga imkoniyat taqdimqilishiga ishonaman».
«Umumanolganda biz g‘alaba qozonishda davom etib ularga bosim o‘tkazishimiz kerak», -deydi Jeko «Manchester Siti» rasmiy saytiga bergan intervyusida.
«Qizil iblislar» Doxaga yo‘l olishadi
20.01.2013

Ser Aleks Fergyuson«Manchester Yunayted»ni keyingi haftada bo‘ladigan kichik tanaffusdan foydalanibQatarga olib bormoqchi. «Qizil iblislar» «Tottenxem» bilan o‘yindan keyin Doxagayo‘l olishadi.
Ushbu safardanko‘zlangan maqsad jamoaviy ruhiyatni yaxshilash bo‘lishi bilan birga, jarohat olganEshli Yang va Jonni Evansning jismoniy tiklanishi, shuningdek Ueyn Runining muntazammaydonga tusha olishiga tayyorlanishi ham ko‘zda tutilgan. Jamoa «Aspire Academy»inshootlarida mashg‘ulotlar o‘tkazishi rejalashtirilgan.
Devid Platt: Xato qilishga haqqimiz yo‘q
20.01.2013

Angliyaningamaldagi chempioni «Manchester Siti» klubi yordamchi murabbiyi Devid Platt aynipaytda ulardan to‘rt ochko oldinda borayotgan «Manchester Yunayted»ning har qandayxatosidan foydalanish zarurligini aytib o‘tdi:
«G‘alaba qozonish uchun ko‘plab o‘yinlar bor. Bizda15 ta, «Yunayted»da 16 ta o‘yin qoldi. Ikkala jamoa ham ochkolar uchun keskin kurasholib boradi. Albatta, «Yunayted»ning imkoniyatlari yuqoriroq, bizning xato qilishgahaqqimiz yo‘q. Biz «Yunayted»ning har bir xatosidan unumli foydalanishmiz kerak.Gollar nisbatini ham yaxshilab borishga harakat qilamiz, oxirida bu ham yordam berishimumkin»Freddi Guarin «MYU» qiziqish doirasida
20.01.2013

Milanning «Inter»klubi yarim himoyachisi Freddi Guarin Angliyaning ikki grandi «Manchester Yunayted»va «Tottenxem» klublari qiziqishlari doirasiga kirdi.
Neradzurrilar»agarda jamoada gollandiyalik futbolchi Uesli Snayder tark etmasa, kolkmbiyalik futbolchinisotish variantini ko‘rib chiqishadi.
Bu mavsumdaGuarin Milan klubisafida 22 o‘yin o‘tkazib, 6 ta gol kiritgan.
Ferguson: Gvardiola qaroridan hayron qoldim.
20.01.2013

«MYU» boshmurabbiyi Ser Aleks Ferguson Pep Gvardiolaning keyingi mavsumdan «Bavariya»niboshqarishidan, va bu qarorni nima uchun tanlaganidan hayron ekanligini alohidaaytib o‘tdi.
«Men judahayron qoldim. Gvardiolani Angliya klublarini boshqarishi haqida aytib o‘tganedi, va buni men ham kutgan edim. Bu qaror unga juda qiyin bo‘lganitabiiy chunki u Yevropadagi eng zo‘r murabbiylardan.»
«Bavariya» - bu ajoyib shahar, zo‘r stadion, yaxshifutbolchilar. U yerda unga oson bo‘ladi. Bu klubni u juda yaxshiboshqara oladi. U ayni shu tomonlari uchun shunday qarorga kelgan.»Villash Boash: Falkaoda ham muammo bo‘lgan
19.01.2013

«Tottenxem»bosh murabbiyi Andre Villash-Boashning ta’kidlashicha, uning «Portu» jamoasida to‘psurgan shogirdi Radamel Falkaoda ham huddi «Manchester Yunayted» hujumchisi UeynRuni kabi penalti tepish bilan bog‘liq muammo bo‘lgan.
Bu muammoniVillash-Boash qay tarzda yo‘qqa chiqargani haqida intervyu berdi.
«Nimaga bundaybo‘layotganini bilmayman. Falkaoda ham huddi shunday muammo bor edi. Balki bu standartlardamoxir hujumchilarga hech qanday himoyachi qarshilik qilmaganidan bo‘lsa kerak, ularaxir doim raqiblar qarshiligini yengib o‘rganishgan. Bu vaziyatda faqat darvozabonsenga qarshi, bir-ikki qadam va to‘pga zarba. Shunga o‘xshash».
«Men muammoni qanday yechdim? Shunchaki boshqa penaltitepuvchi futbolchini tanladim. O‘shanda Falkao o‘rniga qo‘l ostimda Xalk ham boredi. Falkao ikki bora xato qildi, biroq ikki marta gol ham kiritdi - huddi Runikabi», - deydi Villash-BoashSem Ellardays: bu holat yangilik emas
19.01.2013

«Vest Xem» klubibosh murabbiyi Sem Ellardays hakamni tanqid qilgani uchun jazolanishi kutilmoqda.
Murabbiy «ManchesterYunayted»ga qarshi kechgan uchrashuvni boshqarib borgan Fil Daudning sha’niga keskintanqidiy so‘zlar aytgani xabar qilingan.
«Old Trafford»dakechgan uchrashuvda «Vest Xem» 0:1 hisobida mag‘lub bo‘lgach, Ellardays televidenieorqali bo‘lib o‘tgan jonli efirda hakam Rafael qo‘li bilan o‘ynaganidan so‘ng penaltibelgilamaganini aytib o‘tgan va bu holat mankunianliklar uchun yangilik emasligiva birinchi marta bo‘lmayotganini ta’kidlagan.
Fergyuson: «apellyatsiyalar eshigi» ochildi
19.01.2013

«ManchesterYunayted» ustozi Aleks Fergyuson Angliya futbol assotsiatsyasi (FA)ning «ManchesterSiti» himoyachisi Vensan Kompaniga ko‘rsatilgan qizil kartokani bekor qilgani yuzasidanfikrlarini bildirib o‘tdi.
«Bu haqida ko‘pgapirmayman, chunki meni noxolislikda ayblashlari mumkin. Ammo apellyatsiyalar uchuneshikning ochilganini aytishim mumkin. Umuman bu endi FAni muammosi», – deya Fergyusonso‘zlarini keltiradi Daily Mail.
Zaxa 10 milliondan kamiga sotilmaydi
18.01.2013

Angliyaning«Manchester Yunayted» klubi «Kristal Pelas» yarimhimoyachisi Uilfrid Zaxa uchun6 million funt sterling to‘lashga tayyorligini bildirdi. Bu haqda «Goal.com» nashrixabar tarqatdi.
Ammo «KristalPelas» futbolchini 10 million funtdan kamiga sotmasligini ma’lum qilgan.
Eslatib o‘tamiz,futbolchiga da’vogarlar ichida Londonning «Arsenal» jamoasi ham bor biroq «MYU»bu borada favorit sanalmoqda.
Agar «MYU» futbolchinisotib olsa, uni yozga qadar yana «Kristal Pelas»ga ijaraga beradi.