Chuna, oxirating obod bo‘lsin
30.12.2012

Urgan golidan so‘ng futbolchi quyidagi yozuvni namoyish etdi: «Chuna, oxiratingobod bo‘lsin. Biz seni unutmaymiz».
"Fergyuson: «MYU»ga o‘xshamay qolamiz
29.12.2012

«Men bu savolga javob topa olmayapman. Buni tushuntira olmayman. Biz xavflarni bartarafetish uchun mayda detallargacha qayta ko‘rib chiqdik. Agar biz hujum uyushtirmasak«MYU»ga o‘xshamay qolamiz.
Boshqa tomondan «Nyukasl» bilan bo‘lgan o‘yin(4:3)dagi kabi ishqibozlarni hayajongasolib qo‘yapmiz. Bu uchrashuvda yanada quvnoqroq holat yuzaga kelishi mumkin edi,5:4 yoki 6:5 hisobi bo‘lganida, albatta. «Reding» bilan o‘yindan(4:3) so‘ng men buni to‘xtatishimiz kerakligini aytgandim,lekin bo‘lmadi. Bu mavsumda ko‘plab ahmoqona gollar o‘tkazib yuborayapmiz», - deydiFergyuson.
Manba: fk.uz
Kuelyar: Chicharito juda aqlli o‘ynaydi
29.12.2012

Angliyaning «Sanderlend» klubi markaziy himoyachisi Karlos Kuelyar«Manchester Yunayted» klubi hujumchisi Chicharito haqidagi fikrlarini bildirarkan,uni «Real» klubi afsonasi Raulga o‘xshatishini ta’kidlab o‘tdi.
«Chicharito juda aqlli o‘ynaydi,muntazam ravishda jarima maydonchasi ichida harakatlanadi. Bu borada u Raulga o‘xshabketadi.
U har qanday to‘pni ham qabul qila oladi va kerak vaqtda kerakli joyda turadi»,deydi Kuelyar.
Manba: uff.uz
Arsen Venger: Qoida barcha uchun barobar
29.12.2012

«O‘zini risoladagidek tutishi kerakmi? Yo‘q. Men ham doimo o‘zimni lozim bo‘lganidektutavermayman, ammo Fergyusonning o‘sha o‘yindagi qilig‘i boshqalarga yomon o‘rnakbo‘lishi mumkin. Bundan faqat yagona xulosa chiqarish mumkin: bunday qilish yaramaydi.
Ba’zan biz texnik xududdan chiqib ketamiz, ammo murabbiy bunday qiliq uchun jazoolishi kerak. Bu oddiy narsa. Bu men bo‘lamanmi, yoki Fergyuson, yo boshqa murabbiy,qoida barcha uchun barobar bo‘lishi lozim», deydi Venger.
Manba: www.sports.ru
Kagava maydonga tushishi mumkun
28.12.2012

«MYU» bosh murabbiyiAleks Fergyusonning so‘zlariga qaraganda, yaponiyalik o‘yinchi sport formasini haliyetarklikcha tiklamagini, biroq, zahira o‘yinchilari qaydnomasiga kirtilishini aytdi.
Bundan tashqari, «Vest Bromvich» bilan o‘yinda yarim himoyachi Eshli Yangva hujumchi Denni Uelbeklar maydonga tushishlari mumkin. Himoyachi Fil Jons esao‘yinni o‘tkazib yuborishga yaqin.
Eslatib o‘tamiz, hujumchi Ueyn Runi jarohat sabab, yaqin o‘yinlarni o‘tkazib yuborishima’lum qilingandi.
Manba: fk.uz
Fergyuson: Men hissiyotga boy insonman
28.12.2012

«Mening harakatlarim namoyishkorona bo‘lgandi, ammo men har doim shunday qilaman.Men hissiyotga boy insonman, ammo hech qachon hech kimni haqorat qilmaganman. Matbuotdashundan so‘ng ko‘p gaplar yozildi. Menimcha o‘sha kuni bu haqida faqat Barak Obamabilan gaplashmagan bo‘lsam kerak. Shunda ham u juda band bo‘lgani uchun buning ilojibo‘lmagandir.
Men juda afsusdaman, ammo men dunyoning eng kuchli klublaridan birini boshqaraman,«Nyukasl»ga o‘xshagan mayda-chuyda jamoani emas», deydi shotlandiyalik murabbiy.
Manba: uff.uz
Ernandes: «MYU» yaxshi holatda turibdi
27.12.2012

«Bu haqiqatda o‘zgacha bo‘ldi. Jamodoshlarim, klub personali, murabbiy va muxlislarbarisi – shu vaziyatni kutishdi, vaqt kelgach, stadion ishqibozlar emotsiyasidanlarzaga keldi. Agar biz titulni yutmoqchi bo‘lsak, o‘yin oxirigacha kurashishimizlozim. Har safar, barcha uchrashuvlarda so‘nggi daqiqalargacha jang olib borishimizkerak. Bu bilan faxrlanamiz. «Yunayted» tarixi uchrashuv yakunlanguniga qadar taslimbo‘lmaslikni barchaga isbotlab qo‘ygan.
Biz qulay vaziyatda turibmiz, lekin bu vazifani uddaladik degani emas. Hali oldindaancha qiyin kechadigan safar va uy uchrashuvlari bor, ushbu tempni saqlab qolishimizlozim. «Siti» bilan oramizdagi farq kuchimizga ishonchni orttirmoqda, ammo biz harbir o‘yinda g‘alaba qozonib, 3 ochko olishni maqsad qilganmiz», — deya meksikalikfutbolchi so‘zlarini keltiradi «Manchester Yunayted» rasmiy sayti.
Manba: fk.uz
Manchini: yetti ochkolik farq, muammo emas
27.12.2012

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Roberto Manchini, musobaqajadvalida 19 ta turdan so‘ng, peshqadam «Manchester Yunayted»dan yetti ochkolikfarqga qaramasdan, uning jamoasida Angliya chempionatida g‘alaba qozonishga imkoniyatqolganini ta’kidladi.
- Bugungi kunda «Manchester Yunayted» bizdan kuchliroq, - deya Goal.com Manchininingso‘zlarinikeltiradi. – Ammo, keyingi turlarda ko‘p narsa o‘zgarishi mumkin. Ha,ular hozircha yuqorida, biroq, hali vaqt bor. Biz hali farqni yo‘qqa chiqaramiz.Etti ochko, muammo emas.
Runida tizzasiga bog‘liq muammolar bor
27.12.2012

Shotlandiyalik mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, Runi yaqin ikki-uch hafta ichidamaydonga tusha olmaydi. Uning tizzasi bilan bog‘liq muammolar bor. Vrachlar futbolchiningto‘liq tiklanishi uchun 2-3 hafta kerak bo‘lishini ta’qidlashgan.
Fergyuson: Bu chempionlarga hos o‘yin edi
27.12.2012

- Navbatdagi bora mening shogirdlarim iroda ko‘rsatishdi. Ular hech qachon mag‘lubiyatnitan olishmaydi. O‘yinda uch bora hisobda bordik va yakunda g‘alaba qozondik. Raqibningkiritgan uchinchi goli bizni xoxishimizni o‘ldiradi deb o‘ylagan edim. Biz nokautgauchragandek tuyuldi menga. Biroq yigitlarim tan berishmadi, hujum qilishda va vaziyatlaryaratishda davom etishdi. Yakunda baribir o‘z maqsadimizga erishdik. Mavsum yakunigahali ancha bo‘lsa-da, biz chempionlarga hos o‘yin ko‘rsatdik. Bu o‘zgachao‘yin bo‘ldi! - deydi Fergyuson.