SAF: Benitesni omadi bor ekan
24.11.2012

SAF: Faoliyatimni yakunlashni bilmayman
24.11.2012

«Men hali ham «Manchester Yunayted»bosh murabbiyiman va ketishni o‘ylamayapman. Men 26 yildan beri klubda ishlayapman.Qachon faoliyatimni yakunlashimni hozircha bilmayman. Balki bir yildan keyin, balkikeyinroq. Har qanday holatda ham bu mening klubda olib borgan ishimdagi so‘nggiqaror bo‘ladi», - dedi Fergyuson.
Eslatib o‘tamiz, juma kuni «Old Trafford» yaqinida Fergyusonning haykali ochildi.Manba: fk.uz
24.11.2012

Manba: fk.uz
Runi: Asosiy maqsad jamoaga yordam berish
24.11.2012

Angliya terma jamoasi hujumchisi Ueyn Runi jarohatidan tuzalibKPRga qarshi o‘yinda safga qaytishi oldidan «Manchester Yunayted»da hujum ortida to‘p surayotganidan mamnunekanligini aytib o‘tdi:
«Men doim ushbu pozitsiyada o‘ynash bilan muammom yo‘qliginiaytganman. Menimcha bizda hozirmuvozanat bor. Jamoamizda g‘ujumda o‘ynab gol ura oladigan bir nechta futbolchilarbor. Shu sababli ham murabbiy qaysimizni qaerga qo‘yishni ma’qul ko‘rsa shu pozitsiyadao‘ynashga harakat qilamiz. Albatta, men gol urishni istayman. Lekin asosiy maqsad– bu jamoag g‘alaba qozonishda yordam berish».
Manba: fk.uz
Vidich: SAF «MYU»ning haqiqiy ramzi
23.11.2012

«Siz undan harkuni nimadir yangi narsa o‘rganishingiz mumkin. U futbolchilarga katta ishonch bag‘ishlaydi.O‘yinchilarning bor imkoniyatlarini ochishga imkon beradi. U barcha murabbiylargao‘rnak bo‘la oladi.
Albatta, u «MYU»ninghaqiqiy ramzi. Fergyusonsiz «MYU»ga qiyin bo‘ladi», - deydi Vidich.
Manba: uff.uz
Anders Lindegaard: «KPR»ni yutish shart!
23.11.2012

«Manchester Yunayted»ning qatorasiga ikki mag‘lubiyati va buo‘yinlarda bitta ham gol urmagani bois Anders Lindegor shanba kungi «KPR»gaqarshi bahsni albatta yutish kerak deb taʼkidlamoqda.
Daniyalik darvozabon «Norvich»ga qarshi bahsda Entoni Pinkingtonning bosh bilankiritgan golini va «Galatasaroy»ga qarshi o‘yinda Burak Yilmazning golinio‘tkazib yubordi.
«Biz ikki uchrashuvda qatorasiga mag‘lubiyatga uchradik. Men bu ikki o‘yindamaydonga tushdim va biz ikki marotaba mag‘lub bo‘ldik. Men uchun bu o‘yinlarog‘ir kechdi. Shanba kuni bizni «Kuinz Park Reynjers»ga qarshi muhim o‘yinkutib turibdi va biz oldingidek g‘alaba qozonishni boshlashimiz kerak»,-deyaMUTV kanaliga intervyu berdi Lindegor.
Harri Rednapp: Mourino SAF o‘rnini egallashi mumkin
21.11.2012

«Sir emaski, Mourino Angliyada qaytishni xohlamoqda. Agar u Manchesterda ish boshlasaajablanmayman. Ammo o‘ylashimcha, Mourinoning «Manchester Siti»dan ko‘ra, «ManchesterYunayted»ga kelishi haqiqatga yaqinroq. Agar Fergyuson jamoani tark etadigan bo‘lsa,uning o‘rniga munosib nomzod topish qiyin.Ammo Mourino shubhasiz, uning o‘rinbosaribo‘lishga munosib nomzodlardan beri», deydi Rednapp.
MYU: Uilfred Zaxaga qiziqmoqda!
19.11.2012

20 yoshli iste’dod sohibi bilan «Arsenal» va «Tottenxem» ham qiziqishmoqda. Klubrahbariyati esa forvardni mavsum oxirida qo‘yib yuborishga tayyor. Zaxa Roy Xojson tomonidan Shvetsiyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida Angliya termajamoasi tarkibiga jalb qilingandi.
Bu yilgi mavsumda Zaxa 15 o‘yin o‘tkazgan, ulardan to‘rt gol va besh golli-pas muallifibo‘lgan.
SAF: Ronalduni qaytarishni istardim ammo...
18.11.2012

«Men albatta uni qaytarishni istardim, biroq endi buning iloji yo‘q. Gap aql bovarqilmas mablag‘ haqida ketmoqda. Uning qiymati qancha deb o‘ylaysiz? U bebaho.Uni sotib olishga kimning qurbi yetadi? U Madridning haqiqiy boyligi. U doim «Real»da o‘ynashni istardi. Bu uningbolalikdagi orzusi edi. Lekin men u Madridda butunlay qoladi deb aytmayapman, bunibilib bo‘lmaydi. Balki biz uni qaytarib qolarmiz, kim biladi deysiz?
U itug‘ma qobiliyatlarga ega futbolchi va har doim o‘z ustida ishlardi. U bizdato‘p surgan eng iste’dodli futbolchilardan biri. Erik Kantona yoki Pol Skoulz singari».
Ronaldu uchun kurash boshlashdi!
17.11.2012

Madridning «Real»klubi futbolchisi Krishtianu Ronaldu mavsum so‘ngida «qirollik klubi»ni tarketishi mumkin. Bu xabar butun Yevropa bo‘ylab yangramoqda va bu yangilikniIspaniya ommaviy axborot vositalari ham tasdiqlamoqda.
Portugaliyalik dunyo yulduzi uchun hozirda «Manchester Yunayted», «Manchester City» va «Paris in Jermen» klublarijiddiy qiziqmoqda.
Ronalduoldin «qizil iblislar» tarkibida to‘p surgani bois «mankunianlar» futbolchiniqo‘lga kiritishda raqiblarini ortta qoldirishi mumkin. Ammo Angliyada taʼkidlashlaricha, «Manchester City» futbolchi uchun 200million yevro to‘lashga tayyor ekan.