Янгиликлар /

Runi: Rekordlarni yangilamoqchiman

16.11.2012

«ManchesterYunayted» hujumchisi Ueyn Runi ingliz jurnalistlari bilan suhbat chog‘ida, SerBobbi Charltonning terma jamoa va klubdagi to‘purarlik rekordini yangilashinitaʼkidladi.

Eslatib o‘tamiz, Runi Charltonga yetib olishi uchun terma jamoada 17 ta gol vaklubda 64 ta to‘p kiritishi kerak.
«Ser Bobbi Charlton hozirda bu ikki rekordning ham boshida turibdi, ammo menbundan ham o‘tib ketishim mumkin. «Manchester Yunayted» va Angliya termajamoasida eng sermahsul to‘purar bo‘lishni juda xoxlardim. Bu men uchunkatta natija bo‘lardi»,-deya taʼkidladi futbolchi.

Муҳокама

16.11.2012

Shanba kungi «Karrou Roud»dagi uchrashuv oldidan AleksFerguson «Norvich» bosh murabbiylik o‘rnini yaqindagina egallagan Kris Xyutonva «kanareykalar»ning premier ligadagi qatnashuvi haqida so‘z yuritdi.
«o‘ylashimcha, klub yaxshistart oldi. Ular «Arsenal»ga qarshi ajoyib o‘yin ko‘rsatishdi. Men KrisXyutonni juda hurmat qilaman, u dastlab «Birmingem»da keyin «Nyukasl»damuvafaqqiyatli faoliyat olib bordi. «Arsenal»ga qarshi o‘yin Krisning «Norvich»boshchiligidagi ajoyib o‘yini bo‘ldi va u jamoani inqirozdan olib chiqmoqda»,-deyaaytib o‘tdi Ferguson

Муҳокама

16.11.2012

Rafael daSilvaning taʼkidlashicha, u «Kuinz Park Reynjers» klubida ijarada to‘psurayotgan egizagi Fabioni so‘g‘inayotgan ekan.

«Biz juda yaqin va birga edik. Ijara ikkimizning ham o‘sishimizga ko‘makberadi. Men uni sog‘inayapman,bu yomon, ammo men yangi narsalarni o‘rganyapman, bu yaxshi».

«Albatta,biz gaplashib turamiz. Fabio doim menga qo‘ng‘iroq qiladi va mening o‘yinimdagixatolarni aytib turadi. Hozirda u jarohatdan qaytgan va mahg‘ulot olibbormoqda. U maydonga qaytishi bilan biz bir birimizni tanqid qilihda davometamiz»,-deya MUTV kanaliga intervyu berdi Rafael.

Муҳокама

Янгиликлар /

«MYU» Zaxa uchun kurashda!

15.11.2012

«KristalPelas» klubining 20 yoshli hujumchisi Vilfrid Zaxa, kecha birinchi martaAngliya terma jamoasida debyut qildi va shundan so‘ng «Manchester Yunayted»qiziqish doirasidan joy oldi.

Ushbu iqtidorli futbolchi uchun Aleks Ferguson «Tottenxem», «Arsenal», «Liverpul»,«Manchester City» va «Real» klublari bilan kurash olib borishga tayyor.

«Manchester Yunayted» yanvardanoq «Kristal Pelas» klubiga ushbu futbolchi uchuntaklif bilan chiqmoqchi. Zaxaning hozirgi klubi bilan amaldagi shartnomasi 2013-yilda yakunlanadi va u keyingi mavsumni «qizil iblislar» libosidaboshlashi mumkin.

Aytish joizki, ushbu mavsumda Zaxa 17 o‘yinda 4 ta gol urib 3 ta golgaassistentlik qildi.

Муҳокама

15.11.2012

«Маnchester Yunayted» 30 - sentabrholatiga qarzlarining keskin - 359.7 mln funtgacha qisqarganini maʼlum qildi.

Kecha klub o‘z hisobotini eʼlon qildi, unga ko‘ra birinchi kvartalda (iyul-sentabr)«Yunayted»ning qarzlari 433.2 dan 359.7 mln funtgacha kamaygan yaʼni 17 foizga.

Bu yangi homiylk shartnomalari imzolangani va klub aksiyalarning birqismining Nyu York birjasida sotilgani tufayli amalga oshdi. Shu uch oy mobaynida «Yunayted» o‘zkreditorlariga 62.6 mln. funt to‘ladi.

Eslatib o‘tamiz hisobot, 24 mln funtlik Robin van Persining transfer davrini xam o‘z ichiga oladi. Shunday qimmattransferga qaramay klub kvartalni foyda bilan yakunlagan.

Муҳокама

12.11.2012

Angliyaning «Manchester Yunayted» klubi hujumchisi Robin Van Persi 14 noyabr kuni Amsterdamda bo‘lib o‘tadigan Germaniya terma jamoasiga qarshi uchrashuvda maydonga tusha olmaydi. Bunga futbolchining Angliya premer-ligasining «Aston Villa»ga qarshi uchrashuvda oyog‘inining son qismidan jarohat olgani sabab qilib ko‘rsatilmoqda. O‘sha kuni futbolchi jarohat olishiga qaramay, 90 daqiqa harakat qilgan va bitta golga hammualiflik qilgandi. Van Persining o‘rniga terma jamoaga «Volfsburg» hujumchisi Basa Dosta terma jamoaga taklif etildi

Муҳокама

10.11.2012

Italiyaning «Inter» klubi yarimhimoyachisi Uesli Sneyder yanvarda jamoasini tark etishga yaqin turibdi. Italiya matbuotida xabar qilinishicha, Angliyaning «Manchester YUnayted» rahbariyati Gollandiya termasi futbolchisi uchun 20 million yevro taklif qilgan. «Nerazzurri»lar bu taklifni qabul qilishgan.
Eslatib o‘tamiz, Sneyder jarohati bois 26 sentyabrdan beri maydonga tushmayapti. Bugungi kelib futbolchi maydonga tushishga shay ekanini ma’lum qilgan. Lekin Andrea Stramachchoni hali futbolchini to‘liq tiklanib ulgurmagan deb maydonga tushirmayapti.

Муҳокама

09.11.2012

«Manchester Yunayted»ning portugaliyalik vingeri Luish Nani klubning va terma jamoasining bo‘lajak uchrashuvlarida maydonga tusholmaydi.

Futbolchi Chempionlar ligasi guruh bosqichi «Braga»ga qarshi uchrashuvda jarohat olgan va 10 kun mobaynida maydonga tusholmaydi.

Bu haqda klub bosh murabbiyi Aleks Ferguson xabar tarqatmoqda. Shuningdek, «Aston Villa»ga qarshi bahsda Evansning ham maydonga tushishi so‘roq ostida

Муҳокама

09.11.2012

«Manchester Yunayted» hujumchisi Ueyn Runi yangi jamoadoshi Robin van Persi klubning asosiy kuchiga aylana olishiga ishonishini aytib o‘tdi.

«Robin butun jamoaga foydali bo‘ladi, u bizning tumorimiz. U sovuqqon, to‘p bilan yaxshi muomala qiladi va jamoadoshlari bilan hazillashib turadi.

Biz jamoaning uning atrofida tashkil qilishga urinishimiz kerak. O‘tgan mavsum samaradorlik bo‘yicha uning eng yaxshi mavsumi bo‘ldi.

Robin o‘z o‘yinini biroz o‘zgartirdi, o‘z yelkasiga ko‘proq mas’uliyatni yukladi va ko‘proq gol ura boshladi.

Van Persi – fantastik o‘yinchi va bunday jamoadoshga ega ekanliging ajoyib», - deydi Runi.

Муҳокама

09.11.2012

«Braga»ga qarshi uchrashuvda maydonga qaytgan Kris Smolling asosiy tarkibda maydonga tushganidan mamnun.

Ser Aleks portugaliyaliklarga qarshi bahsda Smollingga 90 daqiqa o‘ynash uchun imkoniyat berdi va u dastlab Evans bilan keyin esa Ferdinand bilan ajoyib tandem hosil qildi.

«Men jamoaga qaytganimdan xursandman. g‘alaba qozonganimiz va tarkibga qaytganim yoqimli holat.

Guruhda ikki o‘yin qolganiga qaramay pley offga chiqqanimiz boshqa futbolchilarga imkoniyat beradi va asosiy tarkib uzun va og‘ir mavsum uchun yetarlicha dam oladi»,-deya aytib o‘tdi Smolling.

Shuningdek, Kris o‘zini «Aston Villa»ga qarshi bahsga to‘la tayyor deb his qilmoqda

Муҳокама