«MYU» Vanyamani yanvarda sotib olmoqchi
09.11.2012

«Manchester Yunayted» «Seltik» yarim himoyachisi Viktor Vanyamaga qiziqib qoldi, deb xabar qiladi Daily Mail.
Chempionlar Ligasining «Barselona»ga qarshi o‘yinida keniyalik futbolchi uchrashuv qahramonlaridan biriga aylangandi.
Vanyama o‘sha o‘yinda hisobni ochgandi. Nashr bergan ma’lumotlarga ko‘ra, 21 yoshli yarim himoyachining o‘yinini «Seltik Park»da «Yunayted»ning Yevropadagi asosiy skauti Martin Fergyuson kuzatib borgan.
Endi Angliyaning eks-chempionlari afrikalik uchun taxminan 12 million funtni qishki transferlar oynasi vaqtida taklif qilishmoqchi. Shuni qayd etib o‘tamizki, o‘tgan haftada shotland klubi ustozi Nil Lennon Vanyama 25 million turishini aytib o‘tgandi.
Shunday bo‘lsa ham, «Seltik» bu transferga yon berishi mumkin. Chunki keniyalikning shartnomasi 2014 yilda yakunlanadi, o‘yinchi esa shartnomani uzaytirishni istamayapti.
Runi: Van Persi bilan o‘ynash yoqyapti
08.11.2012

«Manchester Yunayted» hujumchisi Ueyn Runi jamoasining oldingi chizig‘i borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
«Van Persi — fantastik futbolchi. U jamoa o‘yinini ajoyib tarzda kuchaytira oldi. Menga u bilan birga to‘p surish juda yoqyapti.
Oxirgi vaqtlarda Xaver Ernandes ham o‘zini yaxshi tomondan ko‘rsatmoqda. Biz uchchalamiz ham gol kirityapmiz.
Bu jamoa uchun juda yaxshi natija». «Braga»ga qarshi uchrashuv o‘ta murakkab ruhda kechdi. Biz eng yaxshi o‘yinimizni ko‘rsata olmadik.
Ammo eng muhimi biz u ochkoni qo‘lga kiritdik va keyingi bosqich masalasini ijobiy hal qildik», deya Runining so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Sky Sports nashri.
08.11.2012

Yevropa chempionlar ligasining 4-turidan o‘rin olgan «Braga» va «Manchester YUnayted» uchrashuvi chiroq bilan bog‘liq muammo sabab 10 daqiqa mobaynida to‘xtatib qo‘yildi.
57 daqiqa o‘tib borayotgan bir vaziyatda «Munisipal de Braga» stadionida chiroq o‘chib qoldi va bosh hakam Feliks Brix jamoalarni maydondan olib chiqib ketdi.
10 daqiqa o‘tib o‘yin to‘xtatilgan joyidan qayta boshlandi.
Fergyuson: «Real», «Barselona» va «Borussiya» ECHLni yutish uchun yaxshi imkoniyatga egalar
07.11.2012

«Manchester Yunayted» jamoasi bosh murabbiyi Chempionlar ligasini yutish uchun yaxshi imkoniyatga ega jamoalar nomini sanab o‘tdi.
«O‘ylashimcha, EChLni yutish uchun «Real», «Barselona» va «Borussiya» jamoalari yaxshi imkoniyatga egalar. «Real» va «Barselona» qanday jamoa ekanligini izohlab o‘tirishga hojat yo‘q. «Borussiya» bo‘lsa o‘z chempionatida bor-yo‘g‘i beshinchi o‘rinda boryapti.
Bu esa dortmundliklar bor e’tiborlarini ushbu musobaqaga qaratganliklarini bildiradi.
Umid qilamanki, biz bu kuchli uchlik safiga qo‘shila olamiz. Buning uchun yuqori saviyadagi o‘yin namoyish etish zarur», deydi mutaxassis
05.11.2012

Angliyaning «Manchester Yunayted» klubi 39 yoshli uelslik yarim himoyachi Rayan Giggz bilan ushbu mavsum oxirigacha yangi shartnoma borasida muzokaralarga kirishmay turadi.
Bu bir tarafdan «qizil iblislar»ning 32 shdan katta futbolchilar bilan bir yildan ortiq shartnoma tuzmaslik an’anasiga bog‘liq bo‘lsa, ikkinchi tarafdan Giggzning faoliyatini tugatish rejalari ham ta’sir qilyapti.
Ma’lumot uchun, Rayan Giggz «Manchester YUnayted» tarkibida 1991 yildan 900 dan ortiq uchrashuvlarda maydonga tushgan. «Chelsi»ga qarshi Angliya Liga Kubogi doirasidagi o‘yinda u 120 daqiqa davomida maydonda harakat qildi.
SAF: «O‘zim penaltini tepaman»
05.11.2012

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi ser Aleks Fergyuson o‘z jamoasining oxirgi vaqtlarda 11 metrli jarima zarbasini ko‘p xato qilishayotgani borasida fikrlarini bildirib o‘tdi.
Shanba kuni Premer-Liganing «Arsenal»ga (2:1) qarshi o‘yinida Ueyn Runi birinchi taym yakunlanayotganida penaltini aniq amalga oshirolmadi.
Avvalroq joriy mavsumda «Yunayted»dan Robin Van Persi, Xaver Ernandes va Nani ham penaltini golga aylantira olishmagandi.
Biroq ser Aleks bu borada hazil qilib qo‘ydi. «O‘ylashimcha, keyingi hafta o‘zim penaltini tepaman va o‘shanda biz gol kiritamiz», - deb Fergyusonning so‘zlaridan keltiradi The Sun
«MYU» peshqadamga aylanib oldi
04.11.2012

Angliya premer-ligasining 10-turiga kelib peshqadam o‘zgardi.
Ketma-ket ikki turda ochko yo‘qotgan Londonning «Chelsi» klubi bu turda «Suonsi» uyiga safar uyushtirib ikki ochkoni boy bergan bo‘lsa, bundan unumli foydalangan «MYU» «Arsenal»ga qarshi uchrashuvda g‘alaba qozonib ochkolar bo‘yicha «Chelsi»dan bir ochkoga o‘zib ketdi.
Ustiga-ustak ushbu turga kelib «Manchester Siti»ham ochko yo‘qotdi. «Vest Hem» mehmoni bo‘lgan Roberto Manchini shogirdlari nursiz durang qayd etishdi. Shuningdek, turning kutilmagan natijalaridan biri «Tottenhem»ning o‘z uyida «Uigan»ga imkoniyatni boy berishi bo‘ldi.
Uotsonning yagona goli «Uigan»ga uch ochkoni taqdim etdi.
Fergyuson natijadan norozi
04.11.2012

Kecha Angliya Premer Ligasi 10-turi doirasida Londonning «Arsenal» klubini 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan «Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Aleks Fergyuson ushbu natijadan qoniqmaganini ma’lum qildi.
«To‘g‘risini aytsam, 4-5 ta juda ajoyib imkoniyatlarni qo‘ldan boy berganimizdan xafaman.
Men bu haqida hali ko‘p o‘qlayman, qanday qilib buncha ishkoniyatdan foydalana olmaganimizga haliyam ishongim kelmayapti.
Biz o‘yin taqdirini ancha oldin hal qilib qo‘yishimiz mumkin edi. 2:1 hisobini ko‘rgan odam o‘yin teng kechgan deb o‘ylashi ham hech gap emas», -deydi Fergyuson
«Malaga» futbolchisi uchun kurash
01.11.2012

Yaqin o‘tgan kunlarda, ispan klubi futbolchisiga yangi shartnoma taklif qilgan ekan.
Futbolchi bir qarorga kelganicha yo‘q. Ushbu futbolchining muxlisi hamda «qizil iblislar»ning bosh murabbiyi ser Aleks Fergyuson, Isko Angliyaga ko‘chib o‘tishga qaror qiladi deb umid qilmqda.
Futbolchi uchun voz kechish 21 mln yevroni tashkil etadi.
01.11.2012

«Manchester Yunayted» muxlislari Angliya kubogining nimchorak finalida «Chelsi»ga qarshi uchrashuvda Angliya chempionati o‘yinini boshqargan Mark Klattenburgni qo‘llab-quvvatlab chiqishdi.
Ular kechagi uchrashuv paytida mehmonlar uchun ajratilgan sektorda «Klattenburg — hakam, yetakchi, afsona» deb yozilgan banner ko‘tarib chiqishdi, deya xabar bermoqda «AR» muxbirlaridan biri o‘z tvitterida.
O‘sha rasmni siz ham tomosha qilishingiz mumkin.
