Fergyuson: Nani aybdor
01.11.2012

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi ser Aleks Fergyuson, shogirdi Luish Nanining uchrashuvning so‘nggi daqiqalardagi harakatlarini tanqid ostida qoldirdi.
«So‘nggi daqiqalarda qilish kerak bo‘lgan ish - bu to‘pni nazorat qilish. Nani esa o‘zicha «pishiqlik» qilib to‘pni oldirib qo‘ydi.
Natijada bizning darvozaga penalti belgilandi. Nani - shubxasiz ajoyib, tajribali futbolchi. U doim aldab o‘tishni istaydi, doim!
Hatto to‘pni saqlab turish kerak bo‘lganda ham» - deydi murabbiy
Fergyuson: Biz juda ko‘p gol o‘tkazib yuboryapmiz
30.10.2012

Kecha Chempionlar Ligasi guruh bosqichi uchinchi turi doirasida Portugaliyaning «Braga» klubi ustidan irodali g‘alabaga erishgan Angliyaning «Manchester YUnayted» klubi bosh murabbiyi Aleks Fergyuson o‘z fikrlarini bildirdi:
«Bu bizning har doimgi uy o‘yinlarimiz tarixining davomi bo‘ldi. O‘yinni yomon boshlaymiz, gollar o‘tkazib yuboramiz va keyin vaziyatni o‘nglashimiz kerak.
Vaziyatlar borasida biz fantastik o‘yin ko‘rsatdik. Lekin men aynan shu o‘tkazib yuborilgan gollardan xavotirdaman», deydi Fergyusson.
«Manchester Yunayted»: Raqamlarda
29.10.2012

Futbol klublarining o‘yiniga va natijalariga ularning statistikalalariga e’tibor bermasdan turib baho berish bu — yaxshi albatta.
Biroq raqamlar sizning ko‘rgan va xis etgan voqealaringizni to‘liqligicha ochib berishi mumkin, nima bo‘lganda ham barchaning o‘z fikri bor albatta, raqamlar bo‘lsa, hech kimni aldamaydi va hech kimga yon bosmaydi. Bugun o‘sha raqamlar haqida gaplashamiz siz bilan. Har xil raqamlar bilan. Qiziqarli va juda qiziqarsizlari haqida ham, biroq maqola yaxshi chiqadi degan umiddaman.
Hech bir o‘yin yo‘q-ki, sarguzashtlarni boshdan kechirmasakMavsum startida «Yunayted» juda ko‘p bora, kutilmagan holda trillerlar bilan bizni xushnud etmoqda, ular yaxshiyamki, ko‘p hollarda bizning foydamizga hal bo‘lmoqda. Qo‘lga kiritgan o‘nta g‘alabamizdan — 6 tasi shunday tarzd qo‘lga kiritildi, ya’ni bu oltita o‘yinda yigitlarimiz birinchi bo‘lib gol o‘tkazib yuborishdi va shundan so‘ng o‘z irodalarini namoyish eta bilishdi. Biroq so‘nggi 12 uchrashuvning sakkiztasida biz ortda qolayotgan jamoa rolini o‘ynaganimizni — bizni havotirga solmoqda va tom ma’noda qo‘rqitmoqda ham!
Bu holatda biz tuzalishni yoki yaxshi tomongna o‘zgarishni ko‘rmayapmiz. 5 ta so‘nggi uchrashuvdan 4 tasida raqiblar darvozamizga birinchi bo‘lib to‘p kiritishni uddalashdi, buning ustiga ulaar har gap bu gollarni birinchi 15 daqiqalikda kiritib olishdi — Tottenxem Xotspurs (2 daqiqada), Kluj (14 daqiqada), Stok Siti (11 daqiqada) va Braga (2 daqiqada). Buning ustiga bu 4 ta uchrashuvning 3tasi, jonajon «Old Trafford»da o‘tkazildi, bu o‘yinlarda oldindan g‘olib kim bo‘lishini aytib bera olish qiyin bo‘lmagan o‘yinlarda, shunday dramatik yakunlar bo‘lib o‘tdi.
«Braga» bilan o‘yindagi o‘tkazib yuborgan golimiz haqida fikr bildirsak, bu gol jamoamizning Chempionlar ligasi doirasida o‘tkazib yuborgan eng tezkor gollardan biri bo‘ldi. Bundanda tezroq golni Del Pero to‘p bilan 20 soniyalik dribling uyushtirganidan so‘ng kiritgan edi, o‘sha holat ham 1997 yilning oktyabr oyida bo‘lib o‘tgan edi … Afsuski, shundan so‘ng yana biz bu mavsum kam ko‘rgan voqeamiz sodir bo‘ldi — bizning 0:2 hisobida mag‘lub bo‘la turib, g‘alaba qozonib ketgan ikkinchi uchrashuvimiz. Birinchisini menimcha barchangiz yaxshi eslasangiz kerak. Buyuk kambeklardan biri, Turinda «YUventus» bilan 1999 yilgi uchrashuvda biz g‘alaba qozonib ketgan edik.
Uchrashuv startidagi muammolar ko‘zga tashlanib qolmoqda va Ser Aleks uni ko‘rib turibdi, biroq bu holat yuzasidan ma’lum izoh va bu holat yechimini u hali topganicha yo‘q. Teoriya va boshqotirmalar — ular haqida hozirda ortiqcha o‘ylashning o‘zi axmoqlik. Balki muammoning yechimi bu uchrashuv startidagi jamoa kayfiyati va ruxiyatidir. Biroq bu shu darajadagi yuza o‘ylangan fir-ki, bu haqida boshqa qaytarishni ham istamayman… Shu sababdan, kuzatib va qidirib boramiz, qani muammo nimada ekan. Mana masalan, jamoamizning hujum chizig‘ida ancha vaqtdan beri haqiqiy iroda va fidoiylik paydo bo‘lgan, biz bu holatni ancha uzoq kutgan edik. Yaxshiyam-ki shunday, aks holda biz hozir ancha past o‘rinlarda bo‘lgan bo‘larmidik.
Standartlar
Birinchi 12 ta o‘tkazgan uchrashuvlarimizda burchak to‘plari bo‘yicha hisob 74-69 bizning foydamizga. Juda hayron qolarli raqamlar. O‘zimiz ham burchak to‘pi tepamiz va boshqalarga ham bunday imkoniyat taqdim etamiz, o‘ylab qarasak, bu uncha ham yaxshi natija emas biz uchun. Agarda ikkinchi qavatda kurashish bo‘yicha imkoniyatlarimiz juda past ekanligini hisobga oladigan bo‘lsak, bu yomon. «Everton» (39%) «Uigan» (33%) va «Stok Siti» (31%) — biz ikkinchi qavatda kurashish bo‘yicha mana shunday ortda bordik yuqoridagi uch uchrashuvda, «Liverpul» (44%) va «Nyukasl Yunayted» (47%) — uncha ham katta ko‘lamda emas, biroq ortda bormoqdamiz… So‘z o‘rnida, Davida De Xeaning yagona kamchiligini keltirib o‘tmoqchiman — aynan to‘plarga chiqishda u qovun tushiradi. Shu sababdan ham ispaniyalik va daniyalik darvozabonlarimiz hafa bo‘lmasin desak, darhol ikkinchi qavatdagi himoyachilarimiz o‘yinini yaxshilashimiz kerak. Shundagina bo‘lmag‘ur odatimizdan qutilamiz va darvozamiz dahlsizligini saqlab qola bilamiz.
Agarda bizning burchak to‘plarimiz haqida gapirsak, aytish joizki, «Yunayted» Premer-Ligadagi burchak to‘plaridan so‘ng gol kiritish bo‘yicha yetakchi jamoa sanaladi. «Qizil iblislar» hisobida 6 ta gol bor va bu gollar 49 ta burchak to‘pi imkoniyatlarida kiritilgan. Demak, bu degani har bir 8 ta uzatish.natija keltirmoqda Juda ham ajoyib va yoqimli natijalar.
Keling penalti haqida ham gapirib o‘tsak. Bizning darvozamiz tomon hozircha 11-metrlik zarba o‘rnatishgani yo‘q, raqib darvozasiga bo‘lsa — ha, bir necha bora. Barchasi bo‘lib 4 ta zarba, bu to‘rtta standart ketma-ket to‘rtta uchrashuvda belgilandi — «Sautgempton», «Uigan», «Galatasaroy» va «Liverpul»ga qarshi o‘yinlarda. Agarda kimdur yaxshi eslamayotgan bo‘lsa, eslatib qo‘yaman, ulardan bor yo‘g‘i bittasigina muvaffaqiyatli amalga oshirilgan holos — o‘sha gol mersisaydliklar darvozasi o‘ng burchagidan o‘rin oldi. Buning ustiga, Pep Reynada Robin Van Persining zarbasini qaytarish imkoniyati bor edi. Juda ham asabbuzar sonlar. Ko‘ramiz nima bo‘ladi bundan buyog‘iga, ayniqsa Ueyn Runi muallifligi ostidagi zarbalarda.
Standart vaziyatlari haqidagi gaplarimni juda ham biz uchun yomon va, aqlga chig‘maydigan statistika bilan yakunlayman. Bizning tariximizdagi eng zo‘r to‘purarlardan biri, klub yetakchisi va shunchaki ajoyib inson — Mister Avtogol uni ham aynitdi, bizning tarafimizga zarar keltirishni boshladi, bu mavsum bizning darvoza bu bo‘lmag‘ur avtogol kasriga ikki marta qoldi. Tragediyaning o‘zginasi.
Uchrashuvdagi nazorat
Bu mavsum to‘p bilan muomila qilish borasida faqatgina «Liverpul»ga imkoniyatni boy berdik holos (48%), bu jamoani «tiki-taka» taktikasi tarafdori — uelslik Brendan Rodjers boshqarishini aytib o‘tish joiz. Qolgan 11 ta uchrashuvda bo‘lsa to‘p asosan bizning nazoratimizda bo‘lgan. To‘p bizda eng ko‘p turgan o‘yin bu «Tottenxem Xotspurs» klubiga qarshi o‘yinda bo‘ldi (74%), «Kluj» (73%) va «Everton» (69%). Ha, ikki o‘yinda, biz mag‘lub bo‘lgan uchrashuvlarda — to‘p bizning nazoratimiz ostida bo‘lgan. Biroq bu ustunlik bizga ikki o‘yindagi mag‘lubiyatdan qutilishga yordam bera olmadi.
Paslarning aniqlik foizi bo‘lsa 85%.dan pastga tushmayapti. Ajoyib natija, bu jamoa to‘pni qadrini bilishini va o‘yinda juda kam xatoliklarga yo‘l qo‘yishini bildiradi. Juda ham kulgili, ammo «Yunayted» aniq paslarni mag‘lubiyatga uchragan o‘yindan keyingi uchrashuvlarda amalga oshirgan. «Fulxem»ga qarshi uchrashuvda jamoa paslarining aniqligi 93%lik natijani ko‘rsatib berdi, «Kluj»ga qarshi o‘yinda bo‘lsa 92%. Ser Aleksning jahli yomon ekanini ko‘rib turibsiz .
Bizning yigitlarimiz 12 ta uchrashuvda 28 bora o‘yindan tashqari holatga tushib qolishgan. Boz ustiga Portugaliyaning «Braga» jamoaasiga qarshi o‘yinda bu raqamlar juda katta ko‘lamda o‘sishga va hozirgi holatiga kelishga erishdi — 7 bora o‘yindan tashqari holat, bu mavsumdagi rekord natida sanaladi. «Indzagi» tipidagi raqiblarimiz bo‘lsa bu borada juda ham faollar — 11 offsaydlar, buning ustiga deyarli har bir uchrashuvda. Gap nimada, buni aniq aytib berish qiyin masala. Umid qilamizki, gap bizning himoya chizig‘imizda emas. Biz shunchaki to‘pni ko‘proq ushlab turamiz va ko‘proq hujumlar uyushtiramiz. Keling shu gapining o‘zida to‘xtay qolamiz, bo‘lmasam sizni zeriktirib yuborishim mumkin.
Qotillar
Barchadan ko‘ra ko‘proq sariq kartochkani albatta sariq sochli shag‘zodamiz va buyuk yarim himoyachimiz Skoulz olgan. Bizning sevimli qotilimiz xisobida hozirda 4 ta sariq kartochka bor. Polning o‘yini shunday ekanini xisobga olsak, buni shunchaki oddiy hol sifatida yon daftarchamizga yozib qo‘ysak bo‘ladi. Oyoqqa tashlanishlar va to‘p uchun birinchi qavatdagi qo‘rqinchili kurash — bu uning muxabbati, u doim shunday bo‘lib qolgan.
Jamoaning ikkinchi «xuligan»i deya, klub yangi futbolchisi — Robin Van Persi e’tirof etildi. Gollandiyalik futbolchi hisobida uchta ogohlantirish bor va bu uning juda qattiq xarakter sohibi ekanidan daolat beradi. Bu holatni biz uning ishtirokidagi «Arsenal» uchrashuvlarida ham ko‘rganmiz, bu yerda bo‘lsa bu holatlar yana o‘z tasdiqini topmoqda holos. Uning o‘zgachaligi va to‘purarlik hislatlari tasdiqlanayotgani kabi. Moslashish jarayoni yaxshi o‘tdi va deyarli bilinmadi ham, endi bizda jahon darajasidjasi yana bir ajoyib to‘purar bor, demak hujum chizig‘imizda kurash katta.
O‘rtacha jamoamiz 119 bora raqiblariga nisbatan qo‘pol harakat qilgan, bu degani har bir uchrashuvda o‘rtacha 10 marta qoida buzilishi. Bu qoida buzilishlar natijasida 15 ta sariq kartochka hakamlar cho‘ntagidan chiqarilgan. Ularning yarimi men yuqorida nomi keltirilgan ikki futbolchiga berilgan.
Yakshanba kungi o‘yin haqida sonlar so‘zlaydi
12 — bu mavsumda «Manchester Yunayted» rasmiy uchrashuvlarda biror marta ham durang natija qayd etmadi. 10 ta uchrashuv g‘alaba bilan yakunlangan bo‘lsa, ikki uchrashuvda mag‘lubiyatga imzo chekilgan. Kelisha olmaslik hususiyati.
11 — «Manchester Yunayted» Premer-Ligadagi safar uchrashuvlarida 5 fevraldan beri durang natija qayd etmaydi. O‘sha qishki uchrashuv ham «Stemford Bridj»da o‘tkazilgan bo‘lib, «Chelsi» bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv 3:3 hisobidagi durang natija bilan yakunlangan. Seriya.
5 — Premer-Liga doirasidagi uchrashuvlarda Robin Van Persi «Stemford Bridj»dan barchadan ko‘ra ko‘proq gol kirita olgan, boshqa ular mexmoni bo‘lgan hech bir futbolchi gollandiyalik kabi gol kirita olmagan. Qurol.
4 — «Chelsi»ga qarshi barcha musobaqalardagi so‘nggi 5 ta uchrashuvda, «Manchester Yunayted» to‘rt bora g‘alaba qozongan va bir marta durang natija qayd etgan. Doimiylik.
2 — David Luiz «Manchester Yunayted»ga qarshi kechgan so‘nggi «Stemford Bridj»dagi ikki uchrashuvda bizning darvozaga gol kiritgan. Havf.
Mana aziz «Manchester Yunayted» muxlislari, «qizil iblislar»ning bu mavsumdagi ham yaxshi, ham yomon statiskalari bilan tanishib chiqdik, umid qilamanki, sizga bu maqola yoqdi.
«MYU» Ferdinandning oyligini qisqartirish niyatida
29.10.2012

«Manchester Yunayted» himoyachi Rio Ferdinand shartnomasiningamal qilish muddatini yana bir yilga cho‘zishga tayyor, deya ma’lu qiladi Goal.com.
Biroq u holda ingliz oylik maoshining qisqarishiga rozi bo‘lishi to‘g‘ri keladi. Hozirda o‘yinchi haftasiga 120 ming funt maosh oladi.
«Iblislar» esa Ferdinandga haftasiga 70 ming funtdan ko‘pini berishmoqchi emaslar.
28.10.2012

«Manchester Yuayted» bosh murabbiyi Aleks Fergyuson Angliya chempionati 9-turida «Chelsi»ga qarshi o‘yindan oldin Mourino davrida London klubi kuchliroq ekanligini ta’kidladi.
«Hozir «Chelsi» eng kuchli tarkibga ega, deya olmayman. Ammo Mourino davrida jamoa ajoyib ko‘rinishga ega edi, u bilan o‘ynash juda qiyin edi.
U paytda ularda Drogba, yarimhimoyada o‘ynashiga qaramay, har mavsumda 30tadan gol uradigan yosh Terri va Lempardlar bor edi. Endi ularda bunday jamoa bo‘lmaydi. U paytda «Chelsi» haqiqiy kuchli va tajovuzkor edi, ularni yutish juda ham qiyin ish edi.
Jamoa Chempionlar ligasida zafar quchgandan so‘ng qo‘shimcha quvvat oldi. Roberto di Matteo jasur va o‘ziga ishongan inson, uni hurmat qilish kerak. Bu juda yoqimli.
Mata, Azar va Oskarlarni bir vaqtda maydonga tushirishni men tavakkalchilik deb atagan bo‘lar edim.
Ammo bu Di Matteoga hujum nuqtai nazaridan katta ijodiy hudud beradi. Uni ushlay olsa, g‘alabaga imkoniyat tug‘iladi», - deya Fergyusonning so‘zlarini keltiradi Goal.com.
28.10.2012

Londonning «Chelsi» klubi bosh murabbiyi «Chelsi» Roberto Di Matteo «Manchester Yunayted»ga qarshi bo‘lajak uchrashuv borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
«Bu mavsumda bizda muhim uchrashuvlar bo‘ldi. Ammo «Manchester Yunayted»ga qarshi uchrashuv haqiqiy sinov bo‘lad.
Terri va Lempard jamoada muhim o‘rin tutadi. Albatta ularning yo‘qligi bilinadi. Qolgan futbolchilar o‘zlarining bor kuchlarini bilan o‘ynab ularning yo‘qligini bildirmasliklari lozim bo‘ladi.
Biz «Chelsi»da xarakter borligini, o‘z yuzi borligini ko‘rsatishga majburmiz». «Manchester Yunayted»ga qarshi uchrashuv har doim jangovar va teng kurashlar ostida o‘tib kelgan. Bunday uchrashuvlarni kuzatish yoqimli.
Futbolchi bo‘lgan chog‘lrimda «Manchester Yunayted» ligadagi eng yaxshi raqiblardan biri edi. Biz bunday uchrashuvlarni sabrsizlik bilan kutardik», Di Matteoning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda klub rasmiy sayti.
Eslatib o‘tamiz, Frenk Lempard oyog‘ining son qismidan jarohat olgani sabab uchrashuvni o‘tkazib yuboradigan bo‘lsa, Jon Terrining to‘rtta uchrashuvdan iborat to‘rttalik uchrashuvdan iborat diskvalifikatsiyasi davom etmoqda.
Xashig: «MYU» Vraneshga taklif bilan chiqmadi
27.10.2012

«Krasnodar» klubi bosh direktori Vladimir Xashig klub himoyachisiOgnen Vraneshning «Manchester Yunayted»gao‘tishi borasida xabarlarga fikrini bildirib o‘tdi.
«Har kim niman xohlasao‘shani yozaverarkanda! Aniq qilib aytaman klub «MYU» yoki boshqa birorta klubdan Vranesh bo‘yicha hech qanday rasmiy taklif olgani yo‘q», deydi direktor.
«MYU» «Krasnodar» himoyachisiga qiziqmoqda
26.10.2012

Rossiyaning «Krasnodar» klubi o‘ng qanot himoyachisi Ognen Vranesh Angliyaning «Manchester Yunayted» klubi diqqat markazida bo‘lib turibdi. Bu haqda «SportSport.ba» nashri xabar tarqatdi.
Ingliz klubi skautlari 23 yoshli Bosniya terma jamoasi himoyachsi o‘yinlarini kuzatib borishmoqda. Ular so‘nggi marta JCh-2014 saralash bosqichi doirasidagi Bosniyaning Litvaga qarshi uchrashuviga tashrif buyurishgan.
«Ha, sizda to‘g‘ri ma’lumotlar bor ekan. Ammo bu borada boshqa biror narsa deya olmayman. Ko‘ramiz, davomi qanday bo‘larkan», deydi Vranesh yuqorida nomi keltirilgan manbaga bergan intervyusi chog‘ida.
21.10.2012

Angliyaning «MY» klubi hujumchisi Robin van Persi, klubdoshi Ueyn Runi haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
«Hammasi a’lo darajada, Runi bilan bir-birimizni tobora yaxshi tushunmoqdamiz.
U to‘p bilan yaxshi harakat qila oladi. Istalgan paytda, menga to‘pni yetkazib beradi. U bilan birga o‘ynayotganimda bahtliman.
Runini APLdagi eng yaxshi o‘yinchilaridan biri deb bilaman», deydi «MY» klubi hujumchisi Robin van Persi.
Kerrik: Uelbekning muxlisiman
15.10.2012

«Manchester Yunayted» hamda Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi Maykl Kerrikning taʼkidlashicha, u Denny Uelbek o‘yinining muxlisi ekan.
Kerrikning aytishicha, Danielni nafaqat klubda, balki terma jamoada ham kelajagi porloq.
«Men Uelbekning chinakam muxlisiman. Men u bilan bir klubda o‘ynayotganim uchun bunday demayapman, ammo u haqiqatdan so‘nggi yillarda ajoyib o‘yin ko‘rsatmoqda.
Klubga Van Persi kelgandan so‘ng, Uelbekda asosiy tarkibda o‘ynash uchun imkon pasaydi, ammo u harakatni susaytirayotgani yo‘q. Hujum chizig‘ida shunday jiddiy raqobat ketayotgan bir paytda u o‘zini yuqotib qo‘yayotgani yo‘q.
Agar u shu yo‘sinda davomm etsa, eng kuchli bo‘ladi»,-deya Daily Mail nashriga intervyu berdi Kerrik