Vidich «Anji»ga o‘tmaydi
15.10.2012

So‘nggi kunlarda The Daily Express va The Daily Mail nashrlari Maxachqalʼaning «Anji» klubi «Manchester Yunayted» himoyachisi Nemanya Vidichga 30 million funt transfer haqi hamda 250 000 funt haftalik moash to‘lashga roziligi haqida xabarlar tarqatgandi. Ammo «Anji» mutasaddilari bu xabarni inkor etishdi.
«Anji» rasmiy saytida bu xabar mish-mish ekanligi tasdiqlanib quyidagi rasmiy bayonot berildi: «Ommaviy axborot vositalarining xabaricha, FK «Anji» klubi Nemanya Vidich (Manchester Yunayted) hamda boshqa futbolchilarga qiziqayotgan ekan, ammo bu xabarlar mutlaqo asossiz».
Bakcell «Yunayted»ni rasmiy hamkori
15.10.2012

«Manchester Yunayted» rahbariyatini Ozorbayjondagi 15 oktyabrdagi tashrifi tafsilotlari maʼlum bo‘ldi.
Kutilgandek jamoa Azarbayjon aʼloqa operatori Bakcell bilan bir necha shartnomalarni imzolashgan. Ushbu shartnomani yakunlash maqsadida 19 karra Angliya chempioni nomidan klubni sobiq darvozaboni Piter Shmeyxel Boku shahrida tashrif buyurdi.
1news.az portalini xabar berishicha «Manchester Yunayted» va Bakcell hamkorligidagi press-konfirensiya Bokuni Press sentirida bo‘lib o‘tgan. Azarbayjon aʼloqa operatori «Yunayted» klubini MDH davlatidagi birinchi rasmiy xamkoriga aylandi. Kompaniya ushbu kelishuvdan so‘ng abonentlar va muxlislarga maxsus xizmatlarni joriy qildi.
Bu xizmatlar orqali fanatlar «Manchester Yunayted» haqida so‘nggi xabarlar, videolavhalar, ringtonlar, klubning so‘nggi uchrashuvi, rasmlari va hokazolardan boxabar bo‘lishlari mumkin. Shuningdek, ushbu xizmatlar ichida MUTV kanalini Ozarbayjonda namoyish qilish ham kelishilgan.
«MYU» Vidichni sotishga tayyorlanmoqda!
14.10.2012

«Manchester Yunayted» o‘zining sardori Nemanya Vidichni «Anji» klubiga sotishga chog‘lanmoqda, deya xabar tarqatmoqda Goal.com o‘zining eksluziv sahifasida.
Serbiyalik himoyachini qatorasiga ikki mavsumdan beri jiddiy jarohat qiynayotgani bois, «Yunayted» ning himoya chizig‘i zaifligicha qolmoqda. Shuningdek, Vidich yosh ham emas, u keyingi hafta 31 yoshga to‘ladi.
Xabarlarga ko‘ra, «Yunayted»da Vidich uchun «Anji»dan ajoyib 33 million funtlik taklif bor ekan. Shuningdek Vidichda Rossiya chempionatida o‘ynash uchun tajriba ham bor. U 2006-yilda aynan shu yurt klubi «Spartak»dan «Old Trafford»ga kelgan edi.
Qo‘shimcha qilib aytib o‘tamiz, Vidichni yanvarda «Fulxem» himoyachisi Bred Xangeland almashtirishi mumkin. Shuningdek, Aleks Fergusonda Ferdinandga ko‘makdosh, Djons, Smolling va Evanslar ham bor.
Kagava: Gol urish uchun harakat qilishim kerak
14.10.2012

«Manchester Yunayted» klubi yarim himoyachisi Shinji Kagava murabbiylar shtabi tomonidan hujum ortida o‘ynashi haqidagi ko‘rsatmalar xususida gapirib o‘tdi.
«Menga to‘pni raqib darvozasiga nisbatan orqa tomonim bilan qabul qilmasligim kerakligini aytishdi. Chunki qayrilib olib, hujumga yugirishim va kerak bo‘lsa gol urishim lozim bo‘ladi.
Jismoniy holatimni yaxshilashim shart. Gol urish uchun esa, harakat qilishim kerak. Bo‘lmasa men unchalik xavfli bo‘lmay qolaman», - deydi Kagava
«Anji» Vidichni sotib olmoqchi
14.10.2012

Maxachqalning «Anji» klubi «Manchester Yunayted»ning Serbiyalik himoyachisi Nemanya Vidichni sotib olmoqchi, deya xabar beradi Goal.com
Manbaning xabar berishicha, «Anji» «MYu»ga 40 mln evro, Vidichga esa, haftasiga 250 ming evro maosh berishga tayyor. Bu borada qo‘shimcha maʼlumotlar yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, Vidich 2006 yil «Manchester Yunayted»ga Moskvaning «Spartak» klubidan o‘tgan edi. Transfer summasi o‘sha paytda Angliya OAV maʼlumotiga ko‘ra 9 mln evroni tashkil qilgan.
10.10.2012

Angliyaning «Manchester Yunayted» klubi yarim himoyachisi Anderson «Qizil iblislar» hozirgi bosh murabbiyi ser Aleks Fergyuson ketganidan so‘ng qay ahvolga tushishlari to‘g‘risidagi fikrlarini bildirdi.
«Manchester Yunayted» hozir - ser Aleks Fergyuson, u ketishi bilan jamoamiz o‘z buyukligini yo‘qotib qo‘yishi mumkin. Bu holatni esa hech ki o‘zgartira olmaydi, fasuski. Butun jamoani hozir shotlandiyalik murabbiy ushlab turibdi. Barchasini, har bir mayda detaligacha.
Men uni har bir shu klub futbolchining otasi deb atagan bo‘lardim. U bizga futboldagi eng qimmat tushunchalarni uqtira bildi. Men Fergyusondan minnaddorman, mening xulqim bilan bog‘liq muammolarni u bilan birga hal etdik, o‘shanda futbol mening rejalarimda birinchi o‘rinda turmas edi», - deydi Anderson.
Xangeland «MYU»ning qiziqishi doirasiga kirdi
10.10.2012

Yanvar oyida «Manchester Yunayted» «Fulxem»ga uning futbolchisi Brej Xangeland bo‘yicha taklif yuborishi mumkin. Klub murabbiyi ser Aleks Fergyuson, jamoaning markaziy himoyasidan xavotirda.
Hozirgi damda, klub Nemanya Vidich, Kris Smolling va Fil Jonslarga tayana olmaydi. Joni Evans va Rio Ferdinandlarni o‘rnini bosadigan futbolchilar esa yo‘q.
Shuning uchun, tajribali mutaxassis qish faslida markaziy himoya chizig‘ini kuchaytirmoqchi. Uning nazari «Fulxem»da faoliyat yurituvchi 31 yoshli futbolchi Bred Xangelandga tushdi.
Ushbu futbolchining klub bilan shartnomasi mavsum so‘nggida amal qilishda to‘xtaydi
Fletcher: Yarim himoyada raqobat kuchli
10.10.2012

«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Darren Fletcher jamoa asosiy tarkibiga kirishi qiyin bo‘lishi haqida intervyu berdi.
«Men iloji boricha ko‘proq maydonga tushmoqchiman.
Tushunib turibman, murabbyimiz qo‘l ostida yarim himoyachilar juda ko‘p. Asosiy tarkib uchun kurashishim kerak. Bunday holatda sabrli bo‘lishim va o‘z imkoniyatimni kutishim darkor.
Umid qilamanki, bu imkoniyat ertami kechmi menga taqdim etiladi. o‘ylashimcha, hozirda yaxshi formadaman, faqatgina o‘yin amaliyoti kerak holos», – deydi futbolchi.
Runi: Angliyaning Erik Kantonasi bo‘lmoqchiman
10.10.2012

Bir paytlar Erik Kantona «Manchester Yunayted»da yosh o‘yinchilarni oldinga harakat qilishga undab ruhlantirgani singari Ueyn Runi ham Angliya terma jamoasida xuddi shu ishni qilishni xohlayotganligin aytib o‘tdi.
«O‘ylaymanki, men o‘zimni katta o‘yinchi sifatida ko‘rsatadigan paytim keldi, shunday ekan, men endi terma jamoani maʼlum bir maʼnoda boshqarishim kerak.
Umid qilamanki, yaqin kelajakda biz ham sovrinlarni yutamiz va siz meni tabriklaysiz. Bu narsa barcha uchun juda yaxshi bo‘ladi.
Mening o‘zimni katta futbolchi sifatida tutishim aynan hozir juda muxim, chunki jamoada yosh o‘yinchilar ko‘p. Men ular bilan gaplashishga, o‘z maslahatlarimni berishga harakat qilishim kerak.
Fergyuson «Manchester Yunayted»dagi yoshlarga Erik Kantonaning qanday taʼsir ko‘rsatganligini doim gapiradi. Bu narsa mening ham yodimda va men ham shunday bo‘lmoqchiman. Yoshlarning o‘z qobiliyatlarini to‘liq namoyish qilishlariga yordam beraman.
Agar terma jamoadagi o‘yinlarimga qarab haqiqatni aytadigan bo‘lsam, rostdan ham Angliya tarkibida klubdagidek o‘ynay olmaganman. Endi esa yanada yaxshiroq o‘ynashga harakat qilaman, o‘zimning eng yaxshi o‘yinlarimni ko‘rsataman.
Men yaxshi o‘ynab kubokni o‘zim yutaman demoqchi emasman. Buning uchun biz butun jamoa bo‘lib harakat qilishimiz lozim», - deydi Runi.
08.10.2012

«Dinamo Zagreb» pleymeykeri Alan Halilovich yosh bo‘lishiga qaramayYevropaning bir qator grand klublari eʼtiborriga tushib qolganidan xabaringizbor.
Endigina 16 yoshga to‘lgan xorvatiyalik futbolchi o‘ziga «ManchesterYunayted» va «Real Madrid» klublarining qiziqishayotganligi haqidagimish-mishlarni inkor qildi.
«ManchesterYunayted» haqidagi gaplar? Men bunday mish-mishlarni eshitib, o‘z vaqtimnibekorga sarflamayman. Nima bo‘lishini «Dinamo Zagreb» hal qiladi».
«Hozir mengahech narsaning ahamiyati yo‘q, faqatgina qo‘limdan kelgancha, o‘z ustimda ko‘pishlashim kerak va yanada yaxshi o‘yin namoyish etishim kerak».
«Futbol o‘ynaganimdaMessiga o‘xshab ketishim haqida gazetalarda o‘qidim. Lekin, menimcha, buo‘xshatishda menga nisbatan mubolag‘a ishlatishib yuborishgan. Messi har biryosh futbolchiga o‘rnak bo‘ladigan o‘yinchi. Kimdir unga o‘xshab harakat qilaoladi deb o‘ylamayman», - deya Alan Xalilovich intervyu berdi.