06.10.2012

Italiyaning Corriere dello Sport nashrining tarqatgan maʼlumotlariga ko‘ra, «Inter» yarim himoyachisi Uesli Sneyder «Manchester Yunayted» tarkibiga qishki transfer paytida o‘tishnixohlayotgan ekan.

Ser Aleks Fergyuson gollandiyalik ushbu futbolchini o‘tganmavsumda ham, yozgi transfer vaqtida ham o‘z jamoasiga olib kelishga harakatqildi. Lekin bu transfer amalga oshmagandi.

«Old-Trafford»ga Shinji Kagavaningkelib qo‘shilgan bo‘lsa-da, Pol Skoulz faoliyatini yaunlash arafasida turibdi.o‘z-o‘zidan maʼlumki, uning o‘rni bo‘shab qoladi. Bu joyga Sneyderning kelishkelmasligi shotlandiyalik mutaxassisga bog‘liq.

Муҳокама

06.10.2012

«Manchester Yunayted» boshmurabbiyi Ser Aleks Fergyuson birinchi raqamli darvozabonni hali tanlabulgurmaganini, De Xea va Adres Lindegorni hali ham sinovdan o‘tkazayotganliginiaytib o‘tdi.

«De Xea yosh va kuchli darvozabon. U kundan kunga yaxshi o‘yinnamoyish etmoqda. Men uni yakshanba kuni «Nyukasl» bilan o‘yinda maydongatushirish yoki tushirmasligimni aniq bilmayman.

Lekin shunday bo‘lsa-da, de Xeaso‘nggi kunlardagi mashg‘ulotlarda ajoyib harakat qilmoqda. Hamma futbolchimaydonga tushishni xohlaydi, darvozabonlar ham bundan mustasno emas.

Men de Xeava Lindegorning ikkisidan birini tanlashim kerak. Hozircha uzoq davom etadiganchempionat uchun tajribali Lindegorni tanlab turibman».

«Qizil iblislar» ustozidarvozabon uchun yosh katta ahamiyat kasb etmasligini Lindkgorda hali imkoniyatko‘pligini ham taʼkidladi.

«Petr Shmeyxel bizga qo‘shilganda 27 yoshda edi.Hamma bizga birorta yosh darvozabon qo‘shiladi deb turganda, Shmeyxel kelib 8yil damvomida fantastik o‘yin ko‘rsatgandi. Darvozabonlar 40 yoshgacha hamajoyib ko‘rsata oladilar. Masalan, Bred Fridelni qarang yoki Peter Shiltonni,menimcha, Shilton 1990 yilgi jahon chempionatida 40 yoshda edi».

«Darvozabonlaruzoq vaqt o‘ynay oladilar. Bunng uchun ular o‘z ustida shug‘ullanishlari vatezliklarini kamaytirmasalar kifoya», - deya Ser Aleks Fergyuson Daily Mail gaintepvyu berdi.

Муҳокама

04.10.2012

Angliyaning «Manchester Yunayted» klubi hujumchisi Ueyn Runi boshqa bir ingliz klubi «Manchester Siti» posboni Jo Hartning Yevropa chempionlar ligasida «Borussiya»ga qarshi ko‘rsatgan o‘yini borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Hartning aql bovar o‘yin ko‘rsatgani va «Siti»ni qutqarganini eʼtirof etish kerak. Menimcha u bugungi kunda dunyoning eng kuchli darvozaboni», deb yozadi Runi o‘z tvitterida.

Муҳокама

03.10.2012

«Manchester Yunayted» hujumchisi Ueyn Runi Chempionlar Ligasi doirasida ChFRga qarshi bo‘lib o‘tgan uchrashuv haqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

«Shubhasiz, bu juda murakkab o‘yin bo‘ldi. Raqib bizning emin-erkin harakat qilishimizga yo‘l qo‘ymadi. Har bir daqiqada diqqatni bir erga jamlab o‘ynadik.

Chempionlar Ligasida oson o‘yinlar bo‘lmaydi. Uchrashuvda qo‘pol xato evaziga darvozamizdan gol o‘tkazib yubordik. Bunday vaziyatlarni boshqa takrorlamaslik kerak. Baxtimizga hammasi biz kutgandek xotima topdi.

g‘alaba to‘pi menga juda yoqdi. Van Persi hujumga ajoyib nuqta qo‘ydi.Maydonda 90 daqiqa davomida harakat qilganimdan xursandman. Katta ishtiyoq bilan o‘z ustimda ishlab, shunday hayajon bilan jamoaga maksimal darajada yordam berishimni kutgandim.

Keyingi uy uchrashuvimizda ham 3 ochkoni qo‘lga kiritsak, u holda guruhdagi vaziyat biz uchun juda yaxshi ko‘rinish oladi», – dedi Runi ITV Sportga bergan intervyusida.

Муҳокама

03.10.2012

«Manchester Yunayted» klubi bosh murabbiyi ser Aleks Fergyuson, shogirdlari Ueyn Runi hamda Robin van Persilarnining «ChFR Kluj»ga qarshi o‘yinlari haqida to‘htalib o‘tdi.

Kecha gollandiyalik hujumchi 2 ta gol kirtishga muvaffaq bo‘ldi va jamoasiga g‘oliblikni olib keldi - 1:2. Har ikkala vaziyatda ham unga golli uzatmani Ueyn Runi ajoyib taʼrzda etkazib berdi.

«Ikkinchi gol - fantastika! Men, Runi juda kuchli va uzun pas uzatdi deb o‘ylagan edim, ammo to‘p to‘g‘ri van Persiga bordi. Robin to‘p bilan yaxshi muomalada bo‘ldi va uni darvoza tomon yo‘naltirdi.Shu ikki futbolchining umumiy yaxshi hislati bor - ular o‘yin borishini keskin o‘zgartirib yuborishligi mumkin. Mening jamoamda shunday juftlik borligidan xursandman» - deydi ser Aleks.

Муҳокама

02.10.2012

Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Joze Mourino «MYU» ustozi Aleks Fergyuson bilan o‘zaro munosabatlari haqida gapirib o‘tdi.

«Men uni «boss» deb atayman. Chunki u murabbiylar ichida haqiqiy boss sanaladi. Umid qilamanki, men Angliyaga qaytganimda ham u «MYU»da ishlayotgan bo‘ladi».

«Hozircha esa bu haqda o‘ylamayapman. Chunki o‘zim «Real» bilan 4 yillik shartnomaga qo‘l qo‘yganman.

Bu ishni o‘zim qilgan ekanman, demak men Madridda qolishni qolishni xohlayman. Boshqa jamoa haqida o‘ylashni xohlamayman», deya Mourinoning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda «SNN» nashri.

Муҳокама

30.09.2012

Aleks Ferguson «Tottenxem»ga qarshio‘yinda ancha ishonchsiz o‘yin ko‘rsatgan Rio Ferdinandga terma jamoaga qaytishhaqida unutishi kerakkigini taʼkidladi.

Djon Terrining termajamoadagi faoliyati yakunlangach, Rio uchun termaga qaytish yo‘llari ochildi vau bu borada Roy Xojson bilan ham gaplashmoqchi.

Biroq Ser Aleks Rioning ham Terri kabi xalqaro faoliyatini yakunlashinixoxlamoqda. Murabbiy bunday fikrlarni «Tottenxem»ga qarshi o‘yindanso‘ng bildirdi.

«Rioning endi Angliya termasiga foydasi tegishiga ishonmayan. U endilikdabor kuchini klubdagi faoliyatiga sarflashi lozim»,-deya Sky Sportsnashriga intervyu berdi Ferguson.

Муҳокама

30.09.2012

«Manchester Yunayted» ustozi «Dinamo Zagreb»ning 16 yoshli futbolchisi Alan Hilalovichni kuzatib bormoqda.

Tashqi ko‘rinishidan «Real Madrid» futbolchisi Luka Modrichni eslatib yuboruvchi xorvatiyalik yosh futbolchini «Yangi Modrich» yoki «kichkina Modrich» deya taʼriflashmoqda. Ser Aleks Fergyusonning nazariga tushgan ekan, futbolchining kelajagi borligini tasavvur qilish mumkin.

Agar yakunda Hilalovich shotlandiyalik mutaxassisda ijobiy taassurot qoldirsa, yaqin orada uni «qizil iblislar» tarkibida ko‘rsak ajab emas.

Муҳокама

30.09.2012

«Manchester Yunayted» vingeri Nani yoshlar jamoasifutbolchisiga qo‘l ko‘targan, deb xabar qiladi Daily Mail.

Shuhaftada «qizil iblislar»ning mashg‘ulotivaqtida Nani 20 yoshli yarim himoyachi Davide Petruchchi bilan to‘qnashibketgan. o‘yinchilar bir-birlariga haqoratli gaplarni aytishgan va shu bilantinchlanishgandek ko‘rinishgandi.

LekinNani birozdan so‘ng yosh italyanni trenajer zaliga taklif qilgan. Jamoa ikkifutbolchi kelishib olishga qaror qildi deb o‘ylagandi. Lekin kek saqlovchiportugaliyalik futbolchiga o‘z shikoyatlarini aytgan va yosh italiyalikniurgan.

Boshqafutbolchilar katta janjal chiqib ketishini oldini olishgan va Nani bilanPetruchchini tomonlarga ajratib qo‘yishgan. Ayni vaqtda Fergyuson va klubrahbariyati portugaliyalikni qanday jazolash haqida bosh qotirmoqda. Vingerniyaqin orada sotilishi muhokamaga qo‘yilgan.

Eslatibo‘tamiz, ushbu yozda «Yunayted» Nanini «Zenit»ga sotishga tayyor turgandi. Lekinportugaliyalik futbolchining katta talablari tufayli bu transfer amalga oshmayqolgandi.

Муҳокама

29.09.2012

«Arsenal»ningsobiq hujumchisi Londonni tark etib nima uchun aynan «Manchester Yunayted»nitanlaganiga izoh berib o‘tdi.

Yozda gollandiyalik hujumchining «to‘pchilar»bilan shartnomasi yakunlangach, «Manchester Siti» ham Robin van Persini o‘ztarkibiga qo‘shib olish niyatida edi. Lekin futbolchining o‘zi «qizil iblislar»tarkibiga tarkibiga o‘tishni afzal bildi.

«Bu erga kelganimga hali ko‘pbo‘lgani yo‘q, lekin o‘zimni juda yaxshi his qilyapman. Hammaga rahmataytmoqchiman, bu erda barcha bir-biriga yordam berishga tayyor. «ManchesterYunayted» futbolning har bir elementidan zavq oladigan klub. Bu buyuk jamoa.Shu sababli men bu erga kelishga qaror qildim.

Bunday to‘xtamga kelishim ko‘pnarsalarga bog‘liq: «Manchester Yunayted» futbolchilari, stadion va murabbiy.Boshqa jamoaga o‘tgandan so‘ng moslashish qiyin bo‘ladi. Lekin men uchun«Manchester Yunayted» o‘zim o‘ylaganday mukammal jamoa», deya van Persi TheTimes of India nashrig intervyu berdi.

Муҳокама