Tuttosport: «Yunayted» Vidalga qiziqmoqda
28.09.2012

Tuttosport ning bergan maʼumotlariga ko‘ra, «Manchester Yunayted» klubi «Yuventus» tarkibidagi chililik yarim himoyachi Arturo Vidalni o‘z tarkibiga qo‘shib olishni maqsad qilganlar.
«Qizil iblislar» futbolchini Angliya olib kelib, o‘zlarining yarim himoyadagi muammolarini bartaraf etish niyatidalar.
Vidalga «Manchester Yunayted»dan tashqari «Mancheter Siti» va «Real Madrid» klublari ham qiziqish bildirgan. «Yuventus» rahbariyati futbolchini 50 mln evroga sotish niyatidalar.
«Yunayted» «Chelsi» mehmoni
28.09.2012

1/16 final bahslari yakuniga etgach, Angliya liga kubogining 1/8 final uchrashuvlariga qurʼa tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Eng qiziqarli qarama-qarshilik sifatida APLning ikki etakchi jamoasi «Chelsi» va «Manchester Yunayted»ning o‘zaro to‘qnash kelishi bo‘ldi.
Qolgan juftliklar esa quyidagicha ko‘rinish oldi:
«Arsenal» – «Reding»
«Liverpul» – «Suonsi»
«Norvich» – «Tottenxem»
«Lids» – «Sautgempton»
«Uigan» – «Bredford»
«Suindon» – «Aston Villa»
«Sanderlend» – «Midlsbro»
mail: Valencia jaroxat oldi
27.09.2012

The Daily Mail nashrining yozishicha, klub Nemanya Vidichni uzoq muddatga yuqotganidan so‘ng, yana bir zarbani qabul qildi.
Bu safar Karrington bazasini Antonio Valensia jarohat bilan tark etdi. Ekvadorlik futbolchi «Liverpul»ga qarshi uchrashuvda orttirgan o‘ng oyog‘idagi jarohat tufayli bazani maxsus bandaj bog‘lagan holda tark etgan.
Ushbu jarohat «Liverpul» bilan o‘yinda penalti ishlangan holatda yuzaga kelgan. Valensianing orqasidan Glen Djonson tashlangan va bu oxir oqibat jarohatga olib keldi. Hozirda futbolchining qancha muddatga safga chiqqanligi maʼlum emas
27.09.2012

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Aleks Fergyuson jarohatidan keyin tuzalib kecha «Nyukasl»ga qarshi Liga Kubogi o‘yinida safga qaytgan futbolchilari Ueyn Runi va Darren Fletcherlarning holatidan manunligini aytib o‘tdi.
G‘alaba meni juda quvontirdi, chunki «Nyukasl» jismoniy jihatdan bizdan uchtun jamoa, lekin biz fantastik o‘yin ko‘rsatib kerakli natijaga erishdik. Ruin va Fletcher ikkalasi ham yaxshi o‘yin ko‘rsatishdi. Ueyn oxirida biroz charchadi lekin hali formaasini to‘liq tiklagach bu muammo bo‘lmasligiga umid qilamiz.
Fergyuson: Shelvi meni ayblashga urindi
24.09.2012

«Liverpul» yarim himoyachisi Jonjo Shelvi qizil kartochka olib maydonnitark etayotganida «Manchester Yunayted» ustozi Ser Aleks Fergyusonga barmog‘inio‘qtalib, o‘zining qizil kartochka olishida uning aybi borday harakat qilgandi.Shotlandiyalik mutaxassis o‘yindan keyin BBC ga bergan intervyusida bu haqidato‘xtalib o‘tdi:
«Shelvining qizil kartochka olib, maydondan chetlatilishihaqli bo‘ldi. Chunki u juda xavfli o‘yin ko‘rsatgandi. Men Jonni Evans to‘pgaborayotgani ko‘rdim, hakam ortiqcha qaror qabul qildi deb o‘ylamagandim. Shelviesa maydondan chiqib ketayotib, meni aybdor qilib ko‘rsatganday bo‘ldi, go‘yokimen hakamning qaroriga taʼsir ko‘rsatdim. Futbolchi o‘z xatti-harakati uchuno‘zi javobgar, bu haqida savol bo‘lishi mumkin emas».
Tajribali mutaxassis «Enfild Roud»da qo‘lga kiritilgan g‘alabadan ko‘nglito‘lmaganligini ham eʼtirof etdi: «Bu o‘yinda biz ajoyib natijaga erishdik,lekin yaxshi o‘yin ko‘rsata olmadik. Birinchi bo‘limda «Liverpul» to‘liqustunlikka ega bo‘ldi. Ikkinchi bo‘limda esa biz, albatta, ularning 10 kishibo‘lib qolishi ham o‘yinga o‘z taʼsirini ko‘rsatdi. g‘alaba o‘z nomi bilan g‘alaba. Biz undanxursandmiz, o‘yin sifatidan emas», deydi Ser Aleks Fergyuson.
manba / stadion.uz
Fergyuson: «Liverpul» to‘rtlikka kira olmaydi
23.09.2012

«Qizil iblislar»ning 70 yoshli ustozi Ser Aleks Fergyuson Brendan Rojers shogirdlarining bu mavsumda Premer ligada ECHL uchun yo‘llanma beradigan 4 o‘rindan biriga egalik qilish imkoniyatlari juda ham pastligini aytib o‘tdi: «Liverpul»ga kuchli to‘rtlikka kirish juda qiyin bo‘ladi. Chunki hozir ularda murabbiy va muhit yangi, unga moslashish uchun vaqt kerak. Kuchli to‘rtlikka kiradigan jamoalarning nomini aniq desak ham bo‘ladi:
«Chelsi» bu mavsumeni o‘tgan yilgiga qaraganda ancha sermazmun o‘tkazmoqda, «Arsenal» haqida ham xuddi shunday fikrlarni bildirish mumkin. Manchesterning ikki klubini esa aytmasa ham bo‘ladi. Menimcha, shu klublar kuchli to‘rtlikdan joy oladi. Bundan tashqari, albatta, «Everton» va «Tottenxem»da ham ishtiyoq katta, ulardan ham ko‘p narsa kutish mumkin».
Shotlandiyalik mutaxassis mersisaydliklar 39 yoshli murabbiyi haqida ham qisqacha gapirdi: «Men uni klubni qay darajada o‘zgartira olishi haqida bir narsa deya olmayman. Agar o‘zgartiradigan bo‘lsa ham bu juda qiyin bo‘ladi. Murabbiy ekansan, o‘zingning shaxsiy falsafang, ishonching bo‘lishi lozim. Katta klubga bunday yoshda murabbiy bo‘lish juda qiyin».
Vidich: Muxlislarimizni matbuot qoralamoqda
22.09.2012

«Galatasaroyga» qarshi bo‘lib o‘tgan uchrashuvda 1-0g‘alaba qzongan «Yunayted», yakshanba kuni Mersisaydda bo‘libo‘tadigan uchrashuvga tayyorlanmoqda.
Jamoa kapitani Nemanya Vidich aytishigaqaraganda «qizil iblislar» muxlislari «Enfild»ga tashirif buyurishganida hechqanday bezorilik qilishmaydi. Matbuot esa «Yunayted» muxlsilariga salbiy qarashmoqda va «Liverpul»stadionida Xillsbro foijiasiga tegishli baqiriqlar va ularni oyoq ostiqiladigan so‘zlar eshitilib qolishi mumkunligidan xavfsirashmoqda.
«O‘ylaymanki bizni muxlislargasalbiy qarash nojoiz deydi Nemanyan Sky Sport olgan intervyda. – Odamlarpashshadan fil yasashni yaxshi ko‘rishadi lekin men bunga axamiyat bermayman.Biz o‘z muxlislarimizga ishonamiz va buni bir necha bor isbotlaganmiz. Kattaklublar bir birini xurmat qiladi biz bunga ahamiyat bermaymiz va chalg‘imasdanfutbol o‘ynaymiz»
22.09.2012

Maykl Kerrikning fikricha,«Liverpul» va «ManchesterYunayted» o‘rtasidagi uchrashuv hardoyim o‘ziga hos tarzda o‘tadi va bunga mersisaydliklarturnir jadvalidagi o‘rni hech qandayqiymatga ega emas. Brendan Rodjers jamoasi ushbu mavsumni omadsiz boshladi vaPremier ligada hali g‘alaba qozonganlaricha yo‘q. Jamoa hozirda jadvalda 17-o‘rindabormoqda va «Liverpul» yakshanba kungi«Yunayted»ga qarshi o‘z maydonidagi o‘yinni yutishga albatta harakat qiladi.
«Bundayuchrashuvlar doim jangovor ruhda o‘tadi. Bu yerda jamoalarning tayyorgarligimuhim emas. Bunday o‘yinda atmosfera keskin bo‘ladi va fanatlar o‘z jamoalaridanboshqa uchrashuvlarga qaraganda ko‘proq g‘alab kutishadi. Bu ham yetmaganday «Liverpul»hech qanday natija qayt etmagan. Bizning vazifamiz «Enfild» ga kelib o‘zmaxoratimizni ko‘rsatishdur. Biz «Liverpul»dan eng yaxshi o‘yininiko‘rsatishini kutmoqdamiz, o‘z navbatida biz ham ularga qarshi eng yaxshi o‘yinimzni ko‘rsatib natijaga erishishgaxarakat qilamiz»,-deya The Daily Mail nashriga intervyu berdi Kerrik.
«Manchester Yunayted» «Enfild Roud» stadionida besh o‘yindan beri g‘alabaqozona olayotgani yo‘q va Mayklni fikriga ko‘ra yakshanba kuni Ser Aleksshogirtlari mag‘lubiyatlar seriyasiga chek qo‘yadi.
«Bu o‘yinbizga juda muxim, biz oldingi xatolarimiz tuzatishimiz kerak va hammasini Yakshanbakuni o‘z o‘rniga qo‘yishimz shart. , «Liverpul» ga qarshi o‘yinlarda roxatlanaman.Menimcha ushbu uchrashuv nima uchun futbol o‘ynayotganligimni esimga soladi vabunday uchrashuvlar uzoq vaqt esimda turadi. Bu o‘ziga xos bellashuv. o‘yinchisifatida uhsbu o‘yin o‘ziga hos ahamiyat kasb etadi va jaxon futbolida o‘zstatusiga ega. ».
Runi «Liverpul»ga qarshi maydonga tushmaydi
22.09.2012

«Manchester Yunayted» hujumchisi Ueyn Runi Angliya chempionatining 5-turidagi «Liverpul»ga qarshi o‘yinda o‘z jamoasiga yordam berolmaydi.
Bu haqda jamoa bosh murabbiyi Aleks Fergyuson maʼlum qildi.
«Men Runi «Liverpul» bilan o‘yingacha safga qaytishi haqidagi yangiliklarni o‘qidim. Bu noto‘g‘ri. Lekin Ueyn tiklanishdan unchalik ham uzoq emas. U bilan keyingi hafta hammasi joyida bo‘ladi deb o‘ylayman», – deb Fergyusonning so‘zlaridan keltiradi Sky Sports.Eslatib o‘tamiz, Runi Angliya chempionatining 2-turidagi «Fulxem»ga (3:2) qarshi o‘yinida jarohatlangandi. Forvardning o‘zi sentyabr oxirigacha maydonga qaytmoqchiligini bildirgan.
21.09.2012

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Aleks Fergyuson Chempionlar ligasi guruh bosqichi doirasidagi «Galatasaroy» klubi ustidan qozonilgan g‘alaba(1:0)ga izoh berdi.
«Birinchi bo‘limda biz to‘pni raqibga oson oldirib qo‘yaverdik, ular yaxshi qarshi hujumlar uyushtirishdi. Ikkinchi bo‘limda bo‘lsa himoyada yaxshiroq harakat qildik, bizda ham imkoniyatlar ko‘p bo‘ldi.Yaxshi o‘yin guvohi bo‘ldik, musobaqani muvaffaqitli tarzda ochdik. «Galatasaroy» to‘p bilan ko‘p muomila qildi, ammo o‘z imkoniyatlaridan ular foydalana bilishmadi.
Birinchi o‘yinda uch ochko olish qiyin vazifa, ayniqsa o‘tgan mavsumni eslasak», – deydi Fergyuson.