Янгиликлар /

Perishich «Yunayted» nishonida

06.04.2017

Milanning «Inter» klubi yarim himoyachisi Ivan Perishich Angliyaning «Manchester Yunayted» jamoasi rahbariyatining qiziqishlari doirasiga kirgan.

La Gazzetta dello Sport nashrining ma’lumotiga ko‘ra, mankunianliklar 28 yoshli futbolchi uchun 51 million funtdan voz kechishga tayyorlar.

«Manchester Yunayted» ustozi Joze Mourino yangi futbolchilar sotib olish lozimligini rahbariyatga ma’lum qilgan va Perishich asosiy maqsadlardan biridir.

Eslatib o‘tamiz, Xorvatiyalik o‘yinchining «Inter» bilan shartnomasi 2020 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Муҳокама

05.04.2017

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Joze Mourino «Everton»ga (1:1) qarshi kechgan o‘yindan keyin o‘zining fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Biz ikkita toza gol urgandik, ammo uni payqashmadi. Faqat videotakrorgina yordam beraradi. Men laynsmendan xafa emasman. Bu darhaqiqat qiyin vaziyat edi».

«Endi bug‘iga kuchli to‘rtlikdan joy olishmiz qiyin bo‘ladi. Matematik jihatdan hali imkon bor, ammo ko‘p narsa raqiblarimizga ham bog‘liq».

«Mag‘lubiyatsiz o‘yinlarimiz bo‘lgani yaxshi, ammo duranglar ko‘payib ketdi», - deydi Mourino.

Муҳокама

05.04.2017

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Joze Mourino yarim himoyachi Maruan Fellaynini tarkibda saqlab qolishni istamoqda. Eslatib o‘tamiz, mavsum oxirida klubdan Maykl Kerrik va Ueyn Runi ketishi kutilyapti.

Xabar qilinishicha, Joze Mourino klub vitse prezidenti Ed Vudvord bilan gaplashib, Fellayniga 2019 yilning iyuniga qadar davom etadigan yangi shartnoma taklif etishga ko‘ndirmoqchi. Eslatib o‘tamiz, 28 yoshli yarim himoyachi yanvarda 2018 yilga qadar davom etadigan shartnomaga imzo chekkan edi.

Ammo Mourino Fellayni «MYu»da yana bir yil ko‘proq o‘ynashini istamoqda.

Муҳокама

Янгиликлар /

Evra: Pogba menga xuddi ukamdek

05.04.2017

«Manchester Yunayted» sobiq himoyachisi Patris Evra jamoa yarim himoyachisi Pol Pogbaning imijga katta etibor berayotgani borasida fikr bildirdi.

«Agar Pogba yomon o‘ynasa, odamlar uni tanqid qilishadi, soch turmagi, ijtimoiy tarmoqlari haqida gapirishadi, ammo u o‘zgarmaydi. Pogba uchun imij hech qachon futboldan muhimroq bo‘lmaydi deb umid qilaman. U uchun havotir olayotganim yo‘q, boshqa odamlar buni kutishmoqda va ular Polni Bekxem kabi tanqid qila olishadi».

««Yunayted» ga o‘tishdan oldin mendan nima qilish haqida so‘radi. Agar u «Yuventus» ni «MYu» tufayli tark esta - bu to‘g‘ri ishligini aytganman. «Yuventus» - buyuk klub, Pogba qolsa hamma xursand bo‘lardi, ammo Polga «Manchester Yunayted» u uchun katta imkoniyat dedim. Pogba menga xuddi ukamdek, unga faqat yaxshilik tilayman" - deydi Evra.

Муҳокама

30.03.2017

Joze Mourino Angliya Premer ligasining 30-turidan o‘rin olgan «Vest Bromvich»ga qarshi uchrashuv oldidan bir qator yetakchi futbolchilar maydonga tusha olmasligini ta’kidlab o‘tdi.

«Vest Bromvich»ga qarshi uchrashuvdan oldin biz to‘rt nafar futbolchini yo‘qotgandik. O‘ylashimcha Pogba ham bu uchrashuvda maydonga tusha olmaydi. Natijada jami bo‘lib, besh nafar futbolchi xizmatidan bu uchrashuvda foydalana olmaymiz», — deya Mourinoning so‘zlarini keltiradi klub rasmiy sayti.

Pogba Yevropa Ligasining 1/8 final «Rostov»ga qarshi javob uchrashuvida (1:0) tizza osti paylarini shikastlab olgandi. Himoyachilar Kris Smolling va Fil Jons Angliya terma jamoasi bilan birga bo‘lishganida jarohatlangan bo‘lsa, yarimhimoyachi Ander Errera va hujumchi Zlatan Ibragimovich bu uchrashuvni diskvalifikatsiya tufayli o‘tkazib yuboradi.

Муҳокама

30.03.2017

«Manchester Yunayted» jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourino mavsumning bu qismida milliy terma jamoalar o‘rtoqlik o‘yinlarini o‘tkazishidan ma’no yo‘qligini aytdi.

«O‘rtoqlik o‘yinlari? Mavsumning bu qismida ularga hojat yo‘q, bunga qarshiman. Agar jamoa rasmiy musobaqalarga tayyorgarlik ko‘rayotgan bo‘lsa, unda o‘rtoqlik o‘yinlari kerak. Tamom. Ammo mavsumning ikkinchi qismida ulardan foyda yo‘q. Ko‘pchilikka bu narsa yoqmaydi».

«Men bu nega ro‘y berganini bilmayman, ammo «Manchester Yunayted»ning birdaniga ikki himoyachisi, Fil Jons va Kris Smolling Angliya terma jamoasidan jarohat olgan holda qaytib keldi», deya Mourinoning so‘zlarini keltirgan Sky Sports.

Муҳокама

30.03.2017

«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Genrix Mxitaryan nima uchun «Midlsbro» bilan o‘yinda zaxirada qolganini aytib o‘tdi.

«Menda kichik jarohat bor edi va «Boro» bilan o‘ynay olmasdim. Lekin, shunga qaramay zaxira o‘rindig‘idan joy oldim. Hozir esa hammasi yaxshi va o‘zimni ajoyib his qilyapman. Jaroat katta emasdi, biz murabbiylar bilan gaplashdik va sog‘lig‘im bilan tavakkal qilmaslikka qaror qildik», - deydi Mxitaryan.

Муҳокама

Янгиликлар /

Skoulz: Runi ketishini istamayman

29.03.2017

«Manchester Yunayted» sobiq yarim himoyachisi Pol Skoulz mankunianlar hujumchisi Ueyn Runi «qizil iblislar» safida qolishiga umid qilmoqda.

31 yoshli Runi Angliya terma jamoasining martdagi o‘yinlariga chaqirilmadi. Bundan tashqari, u yozda «Everton»ga qaytishi mumkin.

«U boshqa ingliz klubiga o‘tishini istamayman, umid qilamanki, u «MYu» tarkibiga qaytadi. Agar Runi buni uddalasa, Angliya terma jamoasiga ham qayta oladi».

«Unda katta tajriba bor va bu bilimni yoshlarga ulashishi mumkin» - deydi Skoulz.

Муҳокама

Янгиликлар /

Vidich: Pol - ajoyib futbolchi

29.03.2017

«Manchester Yunayted» sobiq sardori Nemanya Vidich mankunianlar yarim himoyachisi Pol Pogbaning joriy mavsumdagi o‘yiniga baho berdi.

«Ko‘p narsa odamlar undan nima kutayotganiga bog‘liq. Muammo shundaki, futbol bozori aqldan ozgan: Siz muhtoj bo‘lgan futbolchini xarid qilish uchun juda katta pul to‘lash kerak. Bu bosimning ortishiga sabab bo‘ladi. Pol - ajoyib futbolchi, biroq u har mavsum 25 ta gol uradiganlardan emas. U butun maydon bo‘ylab harakatlanib, o‘yinga tasir o‘tkazadi».

«Unga qiyin deb o‘ylayman, chunki odamlar undan boshqa narsalarni kutishyapti. Pogba joriy mavsumda o‘zini yaxshi ko‘rsatdi deb o‘ylayman» - deydi Vidich.

Муҳокама

Янгиликлар /

Dayer «Yunayted» nishonida

29.03.2017

«Tottenxem» yarim himoyachisi Erik Dayer «Manchester Yunayted» qiziqishlari doirasida.

Malumotlarga ko‘ra, mankunianlar yozgi transfer kompaniyasini 40 mln. funtga baholanayotgan 23 yoshli futbolchi bilan boshlamoqchi.

Erik Dayer transferi amalga oshsa, u joriy mavsum shartnoma yakunlanadigan Maykl Kerrik o‘rnini egallaydi. 35 yoshli Kerrik yangi bitim imzolamasa faoliyatini yakunlashi mumkin.

Dayer va «Tottenxem» o‘rtasidagi bitim 2021 yilning yozida yakunlanadi.

Муҳокама