24.03.2017

Madridning «Atletiko» klubi hujumchisi Antuan Grizmann «Manchester Yunayted»ga o‘tishga juda yaqin turibdi, deya xabar bermoqda Manchester Evening News.

Manba bergan xabarga ko‘ra, Fransiya terma jamoasi a’zosining transferi tez orada so‘nggi bosqichga kiradi va ijobiy hal qilinadi. Agar Grizmann mankunianlar safini to‘ldirsa, ispan klubi uning transferidan taxminan 100 mln. yevro ishlab topadi. 

Ingliz klubi bosh murabbiyi Joze Mourino bir necha oylardan buyon jamoaning yozgi transferlar vaqtida asosiy maqsadi Antuan Grizmanni jamoaga olib kelish ekani haqida gapirib keladi. 

Ispaniya chempionatining ortda qolgan 28 uchrashuvidan keyin Grizmann 27 uchrashuvda ishtirok etib, 14ta gol va 7 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Муҳокама

24.03.2017

«Manchester Yunayted» sobiq ustozi ser Aleks Fergyuson o‘z vaqtida «qizil iblislar» tarkibida «Milan» sobiya himoyachisi Paolo Maldinini taklif qilmoqchi bo‘lgani haqida gapirib berdi.

«Bu haqiqat, Maldinini taklif qilmoqchi bo‘lganman. Ammo uning otasi meni to‘xtatgan. U menga bobosi, otasi va o‘zi «Milan»da o‘ynaganini, endi esa o‘g‘li bu jamoada o‘ynashini aytgan. Bu bilan suhbat yakunlangan» - deydi Fergyuson.

Paolo Maldinining o‘zi esa MYu qiziqishi haqida umuman eshitmaganini aytdi.

«Qiziq, otam bu haqda hech qachon men bilan suhatlashmagan. Baribir hech qanday imkoniyat yo‘q edi» - deydi Maldini.

Муҳокама

Янгиликлар /

TOUR-2017 jadvali aniq bo‘ldi

22.03.2017

«Yunayted» jamoasi rasmiy sayti AQSH da o‘tadigan TOUR-2017 doirasida bo‘lib o‘tadigan uchrashuvlar jadvalini e’lon qildi. Unga ko‘ra jamoa AQSh da 5 uchrashuvda maydonga tushadi.

«Manchester Yunayted» turne doirasidagi ikki uchrashuvni MLS jamoalariga qarshi o‘tkazadi. Dastlabki uchrashuv 2017 yil 15 iyulda «Stabxab Senter» stadionida «Los Andjeles Gelaksi» jamoasiga qarshi o‘tkazadi, 17 iyul kuni esa «Rio Tinto» stadionida «Real Solt-Leyk» jamoasi bilan bellashadi.

20 iyul kuni esa «Manchester Yunayted» Xalqaro Chempionlar Kubogi doirasidagi ishtirokini boshlaydi va «Manchester Siti» ga qarshi uchrashuvda maydonga tushadi.  Uchrashuv bo‘lib o‘tadigan stadion esa keyinroq e’lon qilinadi.

23 iyul yakshanba kuni Joze Mourino shogirdlari Santa-Klaradagi «Levi» stadionida  «Real Madrid» jamoasiga qarshi o‘tkzadi.

Turne so‘ngidagi uchrashuv esa 26 iyul kuni AQSH poytaxti Vashingtonda bo‘lib o‘tadi, va «FedEks» stadionida «Barselon» bilan kuch sinashadi.

«Manchester Yunayted» ushbu musobaqada ketma-ket to‘rtinchi bor ishtirok etib kelmoqda va 10 uchrashuvda maydonga tushib 7 tasida g‘alaba qozonga. Jamoaning o‘yinlariga umumiy hisobda 600 000 da ziyod muhlis tashrif buyurgan.

Муҳокама

Янгиликлар /

Mata: Men ko‘prog‘ini istayman

22.03.2017

«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Xuan Mata joriy mavsumdagi o‘zining o‘yiniga baho berdi.

«O‘zimni avvalgidek kuchli va kuchsiz tomonlari bor futbolchi deb hisoblayman. Hamma gap ishonch va jismoniy tayyorgarlikda. Baxtliman va o‘z jamoadoshlarimga yordam berishga harakat qilaman. Joriy mavsumda gollar uryapman, ammo ko‘prog‘ini istayman».

«Menda boshqalar kabi yaxshi va yomon o‘yinlarim bo‘ladi, biroq umuman olganda mavsum yaxshi o‘tmoqda. Lekin bu men uchun etarli emas. Har mavsum ko‘prog‘iga erishishni istayman. Bu yilda hozircha hammasi o‘xshayapti» - deydi Mata.

Муҳокама

Янгиликлар /

Fil Jons jarohat oldi

22.03.2017

«Manchester Yunayted» rasmiy sayti xabar berishicha Angliya terma jamoa mashg‘ulotlarida ishtirok etgan Fil Jons jarohat olib klub safiga qaytib kelgan.

Bu xabarni Angliya Futbol assotsiatsiyasi ham tasdiqladi va terma jamoa bosh murabbiyi Garet Sautgeyt himoyachi Jonsni o‘rniga boshqa futbolchini tarkibga jalb qilgani yo‘q.

Bugun «Manchester Yunayted» tibbiy hodimlari tomonidan o‘tkaziladigan tekshiruv natijasiga ko‘ra futbolchining ahvoliga oydinlik kiritiladi.

Муҳокама

21.03.2017

«Manchester Yunayted» klubi yarim himoyachisi Bastian Shvaynshtayger faoliyatini MLS chempionatida davom ettiradi.

Xabar qilinishicha, joriy Angliya chempionatida bironta o‘yin o‘tkazmagan 32 yoshli germaniyalik futbolchi «Chikago Fayr»  bilan yiliga 4,5 million dollar maosh ko‘zda tutilgan «1+1» tizimiga ko‘ra shartnoma imzoladi.

Shvaynshtayger «Chikago» ga kelasi haftaning o‘rtalarida kelib qo‘shilishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, xavbek Joze Mourino «MYU» bosh murabbiyligi lavozimiga kelganidan so‘ng tarkibdagi o‘rnini yo‘qotgandi.

Муҳокама

18.03.2017

Angliya Futbol assotsiatsiyasi «Manchester Yunayted» jamoasini 20 000 funt miqdorda jarimaga tortdi. Bunga Angliya Kubogi doirasida «Chelsi» ga qarshi kechgan uchrashuvda «Yunayted» futbolchilarning ko‘rsatgan xarakatlari sabab bo‘ldi.

Avvalroq FA bu borasida «Yunayted» jamoasiga ayblov e’lon qilgan edi. Uchrashuvni boshqarib borgan hakam Maykl Oliver ikkinchi sariq kartochkani Ander Erreraga ko‘rsatgandan so‘ng sodir bo‘lgan vaziyat yuzasidan. Jamoa rahbariyati bu masala bo‘yicha FA bilan bahs qilib o‘tirmay jarima to‘lashni maqqul ko‘rdi.

Муҳокама

17.03.2017

Yevropa Ligasi 1/4 final uchrashuvlariga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Qur’a natijasiga ko‘ra «Manchester Yunayted» ushbu bosqichda Belgiyaning «Anderlext» jamoasi bilan to‘qnash keladi. Dastlabki o‘yin mehmonda 13 aprelda bo‘lib o‘tsa, javob uchrashuvi 20 aprelda «Old Trafford» da bo‘lib o‘tadi.

Qolgan juftliklar quyidagi ko‘rinishda

 «Anderlext» — «Manchester Yunayted»

«Selta» — «Genk»

«Ayaks» — «Shalke»

«Lion» — «Beshiktash»

Муҳокама

17.03.2017

Joze Mourino «Rostov» ga qarshi uchrashvda jarohat olib safdan chiqqan Pol Pogbaning jarohati borasida to‘xtalib o‘tdi.

«Pogbaga nima bo‘ldi? Uning oyog‘i biroz mayib bo‘ldi. U «Midlsbro» qarshi o‘yinda maydonga tush oladimi? Siz kelasi mavsumni nazarda tutyapsizmi? – deya hazil qildi Joze. – Pol, «Midlsbro» ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi va terma jamoa yig‘iniga ham bormaydi. Bunday jarohat bilan u 3 haftani o‘tkazib yuborishi mumkin. Men Polning qancha muddatga safdan chiqanini ayta olmayman lekin yuqridagi shu atrofidagi muddatda safga qaytadi».

Eslatib o‘tamiz, Pogba o‘yining ikkinchi bo‘limi 48-daqiqasida jarohat olgan va uning o‘rniga Maruana Fellayni maydonga tushgan edi.

Муҳокама

Янгиликлар /

Errera: Pogbaning kayfiyati yahshi

17.03.2017

«Yunayted» yarim himoyachisi Ander Errera «Rostov» ga qarshi uchrashuvda jarohat olgan jamoadoshlari Pol Pogba va Deyli Blind holati yuzasidan ma’lumot berib o‘tdi.

«Ularning jarohati jiddiy emas deb o‘ylayman. Men Poldan uning holati so‘radim, uning kayfiyati pozitiv holatda. Uning o‘ylashicha, bu kichik jarohat. Umid qilamizki, uning holati yaxshi bo‘lsin, chunki Pol bizning jamoa uchun juda muhim».

So‘ngi xabarlarga ko‘ra Pogba yakshanba kuni APL ning navbatdagi turida maydonga tushmaydi va kelasi haftada Fransiya terma jamoasi yig‘inlariga ham bormaydi.

Муҳокама