Янгиликлар /

Mourino: Bu kulgili emas

17.03.2017

Yevropa Ligasining 1/8 final «Manchester Yunayted» va «Rostov» jamoalari o‘rtasidagi javob uchrashuvida (1:0) g‘ayritabiiy hodisa kuzatildi.

Mezbonlar ustozi Joze Mourino ikkinchi bo‘limda maydonda to‘p surayotgan himoyachi Markos Roxoga tanovul qilishi uchun banan uzatdi. Bu tarmoqlarda turlicha munosabatlarga sabab bo‘ldi.

Uchrashuvdan so‘ng Joze Mourino buni futbolchining o‘zi iltimos qilganini ta’kidladi:

«Agar hayotingizda bir marta bo‘lsa ham och qolgan bo‘lsangiz, organizmingiz nima talab qilayotganini bilishingiz lozim. Och qolgan odam asli kabi bo‘la olmaydi. Roxoning o‘zi shuni so‘radi. Bu kulgili emas. Bu futbolchiga nisbatan hurmat».

Муҳокама

17.03.2017

Kecha bo‘lib o‘tgan Yevropa Ligasi 1/8 bahslarining javob uchrashuvlari bahslaridan so‘ng 1/8 bosqichga yo‘l olgan jamoalar nomi aniq bo‘ldi.

Unga ko‘ra  «Selta» (Ispaniya),  «Beshiktosh» (Turkiya), «Genk», «Anderlext» (ikkalasi Belgiya), «Lion» (Fransiya), «MYu» (Angliya), «Shalke-04» (Germaniya), «Ayaks» (Gollandiya).

Chorak final boschiqi qura’ tashlash marosimi bugun Toshkent vaqti bo‘yicha 17:00 da bo‘lib o‘tadi.

Муҳокама

16.03.2017

«Manchester Yunayted» hujumchisi Zlatan Ibragimovichning agenti Mino Rayola AQShda bo‘lib «Los-Andjeles Gelaksi» vakillari bilan uchrashdi.

Ibragimovichning mankunianliklar bilan shartnomasi yozda tugaydi, shu bois forvard ayni paytdayoq boshqa klublar bilan muzokara o‘tkaza oladi. «Los-Andjeles Gelaksi»dan tashqari Zlatanga Xitoy klubi yiliga 30 mln evro taklif qilmoqda. «Manchester Yunayted» esa Zlatanni yana bir mavsumga olib qolmoqchi.

Муҳокама

16.03.2017

Yevropa Ligasi doirasida  «Rostov» ga qarshi kechadigan javob uchrashuvidan oldin Joze Mourino jamoaning bugungi holati yuzasidan ma’lumot berib o‘tdi.

«Agar sen dushanba kuni kechqurun jarohat olsang, demak seshanba kuni tongi mashg‘ulotlarda ishtirok eta olmaysan, shunday ekan payshanba kuni ham maydonga tusha olmaysan», - dedi Joze, futbolchilar Runi va Marsyal holati yuzasidan berilgan savolga.

«Shunday ekan Marsyal maydonga tushishi imkoniya yo‘q. Tarkibimiz so‘ngi o‘yinda ishtirok etgan o‘yinchilar va qo‘shimchasiga Ibragimovich bor va ular Yevropa Ligasi o‘yinida maydonga tushishga tayyor».

«Runi jaroha olgan. U oyoq qismidan zarba qabul qilib oldi va u tibbiy xodimimiz bilan ishlashda davom etmoqda».

Муҳокама

15.03.2017

«Manchester Yunayted» futbolchilari Angliya Kubogi chorak finalida «Chelsi» dan uchralgan mag‘lubiyatdan (0:1) so‘ng, uyga samolyotda qayta olishmadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mankunianlar uy avtobusda qaytishga va buning uchun 5 soat sarflangan. Yo‘ldagi noqulay sharoitlar tufayli jamoa bazaga tonggi to‘rtda yetib keldi.

Bu holat «Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Joze Mourinoga yoqmadi, chunki jamoa «Rostov» ga qarshi Yevropa ligasining 1/8 final javob uchrashuviga tayyorlanishi kerak edi.

Муҳокама

15.03.2017

Angliya Futbol assotsiatsiyasi «Manchester Yunayted» jamoasiga «Chelsi»ga qarshi Kubok uchrashuvida futbolchilar tomonidan ko‘rsatilgan nojo‘ya xarakatlar uchun ayblov e’lon qildi.

FA xabarida aytilishicha uchrashuvning 35-daqiqasida Ander Errera maydondan chetlatilgan vaziyatda sodir bo‘lgan holat yuzasidan ayblov berilgan.

«Yunayted» dan 17 mart kuni mahalliy vaqt bilan 18:00 ga qadar izoh berish talab qilingan.

Shuningdek Futbol assotsiatsiyasi Markos Roxoning raqib futbolchisi Eden Azaraga qilgan qo‘polligi borasida hech qanday ayblov olib bormasligini ham aytib o‘tgan.

Муҳокама

15.03.2017

Manchester Evening News nashri xabar berishicha Ander Errera APL doirasidagi «Midlsbro» va «Vest Bromvich» ga qarshi uchrashuvlarni o‘tkazib yuboradi.

Errer Angliya Kubogi dorasida «Chelsi» jamoasiga qarshi uchrashuvda ikkita sariq kartochka olib maydonni tark etgan edi. Bu uning Angliya ichki turnirlaridagi ikkinchi marotaba maydondan chetlatilishi bo‘lganligi bois ikki uchrashuvni o‘tkazib yuborishga majbur.

Shu sababli Premer Liga ikki turida «Yunayted» ga Ander Errera va Zlatan Ibragimovich yordam bera olmaydi. Lekin ikkala futbolchi ham Yevropa Ligasi doirasida «Rostov» ga qarshi uchrashuvda maydonga tushishi mumkin. 

Муҳокама

Янгиликлар /

Roxoga jazo tayinlanishi mumkin

14.03.2017

Markus Roxo Angliya Kubogi 1/4 finalida «Chelsi»ga qarshi kechgan o‘yinda (0:1) Eden Azarga nisbatan qo‘llagan qo‘polligi uchun 5 ta o‘yinga chetlatilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Roxo o‘yin vaqtida Azarga nisbatan qoida buzgan va keyinchalik uni bosib o‘tib ketgan edi. Uchrashuvni boshqargan hakam Maykl Oliver ushbu vaziyatni ko‘rmay qolgan. Shu bois Angliya Futbol assotsiatsiyasi uni qayta ko‘rib chiqib, argentinalik futbolchini 5 ta o‘yinga chetlatishi mumkin.

Муҳокама

Янгиликлар /

Mourino: Pogba eng yaxshi

14.03.2017

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Joze Mourino jamoa yarim himoyachisi Pol Pogba «Chelsi»ga qarshi kechgan uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi bo‘lganini ta’kidladi. Eslatib o‘tamiz, Angliya Kubogi 1/4 finalida kechgan bahsda «MYu» 0:1 hisobida yutqazdi va musobaqani tark etdi.

«Biz ijobiy jihatdan fikrlashimiz lozim. Futbolchilar fenomenal o‘yin namoyish qilishdi, Pogba esa butun uchrashuv davomida eng yaxshi o‘yinchi bo‘lib qoldi».

«Mutaxassislar boshqacha fikr bildirishlari mumkin, ammo bu faqat xasaddan. Men o‘z futbolchilarim bilan faxrlanaman», - deydi Mourino.

Муҳокама

14.03.2017

«Manchester Yunayted» sobiq himoyachisi Rio Ferdinand «Atletiko» hujumchisi Antuan Grizmann nomiga iliq so‘zlar aytdi.

«Grizmanni «Manchester Yunayted» safida ko‘rishdan juda xursand bo‘lar edim. So‘nggi to‘rt yilda u har mavsum 20 tadan ko‘p gol urdi. Bu futbolchi haqiqatdan ham yuqori saviya va texnikaga ega» - deydi Ferdinand.

Avvalroq, Grizmann klubini o‘zgartirish haqida o‘ylamayotgani haqida aytgan edi.

Муҳокама