Янгиликлар /

Mourino: Men hali ham birinchiman

14.03.2017

«Manchester Yunayted» klubi bosh murabbiyi Joze Mourino «Chelsi» ga qarshi kechgan Angliya kubogi (1:0) o‘yinidan keyin o‘zining fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Ular meni nima deb atashsa atayverishsin. Hali beri «Chelsi» bilan 4 marta APLni yutib oladigan murabbiy chiqmaydi. Men esa ular uchun birinchi raqamli bo‘lib qolaveraman».

«Agar shunaqa mutaxassis chiqsa men ikkinchi o‘ringa tushaman. Shunday ekan men hali ham birinchi raqamliman», - deydi Mourino.

Муҳокама

Янгиликлар /

«Yunayted» hujumchisiz qoldi

13.03.2017

BBC Sport xabar berishicha «Manchester Yunayted» Angliya Kubogi doirasida «Chelsi» ga ыarshi uchrashuvdan oldin hujumchisiz qoldi.

Telekanal xabarida aytilishicha Ueyn Runi mashg‘ulot vaqtida Filom Jons bilan to‘qnashib oyog‘idan jarohat olgan. Antoni Marsyal ham jarohat sabab Londonga yo‘l olmadi, Markus Reshford esa biroz betob bo‘lib qolgan.

Eslatib o‘tamiz, Zlatan Ibragimovich esa uch o‘yin diskvalifikatsiya qilingan va shu sabab Angliya Kubogi uchrashuvini o‘tkazib yuboradi.  

Ushbu xabarni Manchester Evening News nashri xabar ham tasdiqladi va to‘rt nafar hujumchidan hech biri jamoa bilan Stokport stansiyadan Londonga yo‘l olmagan. 

Муҳокама

Янгиликлар /

Kanchelskis: Bu futbol emas

10.03.2017

«Manchester Yunayted» sobiq yarim himoyachisi Andrey Kanchelskis Yevropa Ligasi 1/8 finali doirasida «Rostov» bilan qayd etilgan durang (1:1)ni sharhlab o‘tdi.

 «O‘yin hech qanday taassurot qoldirmadi. Bunday maydonda hujumlarni buzish oson, yaratish esa juda qiyin. Futbol «tep-yugur» prinsipi asosida o‘tdi. Bu futbol emas».

«Ikki jamoa avvaliga to‘p bilan kurashishdi, keyin maydon bilan. Jahon chempionatiga qadar sifatli maydonga ega yaxshi stadionlar qurishadi deb umid qilaman».

«Manchesterda «Rostov»ga osonroq bo‘ladi. U yerda qarshi hujumlarni uyushtirish uchun yaxshi maydon bor. Bahs og‘ir o‘tadi, lekin rostovliklarda imkoniyat bor», - deydi Kanchelskis.

Муҳокама

10.03.2017

«Manchester Yunayted» yarimhimoyachisi Genrix Mxitaryan Yevropa ligasi 1/8 finali doirasidagi «Rostov»ga qarshi o‘yin (1:1)dan keyin fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Biz o‘yinni yutishga harakat qildik. Birinchitaym sokin o‘tdi. Goldan boshqa hech narsa bo‘lgani yo‘q. Agar jamoa 1:0 hisobida oldinda borayotgan bo‘lsa, hamma narsaga tayyor turishi kerak. Biz o‘z xatomiz tufayli gol qo‘yib yubordik. Biroq oldimizda javob o‘yini bor».

«Maydon haqida gapirishni istamayman. U shunchaki qo‘rqinchli edi. Shu sababli ishqibozlar qiziqarli o‘yin ko‘ra olmadilar», – deya Mxitaryanning so‘zlarini keltiradi VT Sport.

Муҳокама

09.03.2017

«Manchester Yunayted» hujumchisi Zlatan Ibragimovich AQSH ning «Los-Andjeles Gelaksi» jamoasi qiziqishlar doirasiga tushdi.

Zlatanning «qizil iblislar» bilan tuzgan shartnomasi 2017 yil yozda o‘z nihoyasiga yetadi va futbolchi kelgusi faoliyati borasi aniq narsa aytayotgani yo‘q.

Ibragimovich APLdagi faoliyatini yakunlasa unda faoliyatini MLS chempiontaiida davom ettirishi mumkin. 35 yoshli futbolchini «Los-Andjeles Gelaksi» jamoasi MLS ning eng ko‘p oylik oluvchi futbolchisiga aylantirmoqchi.

Bugungi kunda MLS ning eng boy futbolchisi «Orlando» yarim himoyachisi Kaka hisoblanadi, u bir mavsumda 5,89 million funt mablag‘ topadi.

Муҳокама

09.03.2017

Yevropa Ligasining 1/8 finali doirasida «Rostov» va «Manchester Yunayted» jamoalari o‘rtasidagi bahs oldidan «qizil iblislar» jamoasi muxlislaridan biri inglizlar ruslardan qo‘rqmasligi, shu tufayli ularga Rossiyaga borishdan avval qurol sotib olishni tavsiya qilishganiga qaramasdan, bunday qilishmaganini aytib o‘tdi.

«Rus fanatlari, ko‘rinishidan do‘stona. Biz ulardan qo‘rqmaymiz, yo‘qsa bu yerga 3 ming kilometr yo‘l bosib kelmas edik. Londondan o‘yin kuni yuzlab muxlislar kelmoqda, Moskvadan ham ancha muxlis kelishi kutilmoqda. Albatta, bizga Angliyada Rossiyaga borishdan oldin bu yer xavfsiz emasligidan ogohlantirib, safarga chiqishdan oldin qurol sotib olishni maslahat qilishgandi», — deya angliyalik muxlisning so‘zlarini keltirgan RT.

Bundan oldingi xabarlarda, Rostovga Angliyadan 500–600 atrofida muxlis kelishi aytilgandi.

Муҳокама

Янгиликлар /

UEFA: Uchrashuv qoldirilmaydi

09.03.2017

«Rostov» va «Manchester Yunayted» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv o‘z vaqtida o‘tkaziladi deya xabar bermoqda UEFA . Avvalroq «Olimp-2» stadioni chimining holati borasida turli mish mishlar tarqalgan edi, lekin vaziyatni o‘rganib chiqqan mutaxassislar maydon Yevropa Ligasi uchrashuvini o‘tkazish uchun tayyorligini tasdiqashdi.

Shuningdek avvlroq Joze Mourino ham maydon chimini tanqid qilgan edi va shundan so‘ng UEFA mutaxassislari ushbu vaziyatni o‘rganib chiqishdi.

«Seshanba kuni maydon holatini mutaxassislar o‘rganib chiqishdi. Maydon chimining holati a’lo darajada deb bo‘lmaydi, lekin unda to‘p surish mumkin. Shunday ekan  belgilangan vaqtda bo‘lib o‘tadi» - deyiladi UEFA tomonidan berilgan xabarda.

Муҳокама

08.03.2017

«Bornmut» himoyachisi Tayron Mingsga Angliya futbol assotsiatsiyasi tomonidan 5 o‘yindan iborat diskvalifikatsiya muddati tayinlandi.

U «Manchester Yunayted»ga qarshi o‘yin vaqtida raqib jamoa hujumchisi Zlatan Ibragimovichning yuzini qasddan bosib o‘tganlikda ayblangan.

Ushbu holat APLning 27-turi doirasida 4 mart kuni Manchesterda kechgan va 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlangan o‘yin vaqtida ro‘y berdi. Birinchi bo‘lim oxirida to‘qnashuvlardan birida yiqilib qolgan Ibragimovich ustidan sakrab o‘tish vaqtida Tayron Mings butsasining ostki qismi bilan shvesiyalik hujumchining boshiga zarba bergan. Keyinroq, boshqa vaziyatda bunga javoban Ibrahimovich raqibining yuziga tirsagi bilan zarba berdi.

Ushbu holatlar videoyozuvlari o‘rganib chiqilgach, ikki futbolchi ham qasddan qo‘pollik qilgan deb topildi.

Bundan oldinroq Ibragimovich ushbu o‘yindagi xatti-harakatlari uchun 3 o‘yinga diskvalifikatsiya qilingani ma’lum bo‘lgandi.

Муҳокама

Янгиликлар /

Mourino: Buni maydon deb bo'lmaydi

08.03.2017

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Joze Mourino 9 mart kuni «Rostov» ga qarshi bahs bo'ladigan «Olimp-2» stadionining holatidan ko'ngli to'lmayapti.

«Ertaga bu maydonda o'ynashimizga ishongim kelmayapti. Buni maydon deb ham bo'lmaydi. Ertaga kim bilan va qanday o'ynashimizni bilmayman. Mxitaryan maydonga tushadi deb aniq ayta olmayman. Biz yaxshiroq sharoitlarda to'p tepamiz deb o'ylagan edim. Xitoyda ham shunday vaziyat bo'lgan va biz uchrashuvdan bosh tortganmiz. Ammo ertaga maydonga chiqishga majburmiz» - deydi Mourino.

Oldinroq tomonlar «Olimp-2» chimini yomon ahvolga keltirmaslik uchun, maydonda o'yinoldi mashg'ulotni o'tkazmaslikka kelishib olishgan edi.

Муҳокама

Янгиликлар /

Rostovga 20 futbolchi ketdi

07.03.2017

Joze Mourino Rostovga o‘zi bilan birga 20 futbolchini olib ketdi deya xabar bermoqda «Manchester Yunayted» rasmiy sayti.

«Yunayted» Rossiyaga bugun kunduzi yo‘l olgan va jamoa ertaga «Olimp-2» stadionida mashg‘ulot o‘tkazadi.

O‘tgan uchrashuvda qizil kartochka olgan Erik Bayi Manchesterda qolgan, shuningdek Lyuk Shou, Ueyn Runi va Bastian Shvaynshtayger ham jamo bilan birga emas.

Quvonarli tarafi –Rostovdagi o‘yinda Genrix Mxitaryan maydonga tushishi mumkin.

Rossiyaga yo‘l olgan tarkib:

Darvozabonlar : De Xea, Romero, O'Xara;

Himoyachilar : Valensiya, Djons, Roxo, Smolling, Blind, Darmian, Yang;

Yarimhimoyachilar : Karrik, Errera, Fellayni, Pogba, Mata, Lingard, Mxitaryan;

Hujumchilar: Marsyal, Reshford, Ibragimovich.

Муҳокама