Янгиликлар /

Ibragimovich 3 o'yinga chetlatildi

07.03.2017

«Manchester Yunayted» jamoasi hujumchisi Zlatan Ibragimovich «Bornmut» ga qarshi o‘yinda ishlatgan qo‘polligi uchun Angliya futbol assotsiatsiyasi qaroriga ko‘ra 3 ta o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi.

O‘shanda u «Bornmut» futbolchisi Tayron Mings yuziga tirsagi bilan zarba bergan edi. AFA bu holatni qayta ko‘rib, o‘rganib chiqdi va futbolchini jazolashga qaror qildi.

Qarorga ko‘ra, u 3 ta o‘yinidan chetlatildi. 13 mart kuni Angliya kubogi doirasida «Chelsi», 17 mart «Midlsbro» va 1 aprel «Vest Bromvich» ga qarshi o‘yinlarni u o‘tkazib yuboradi. Ushbu ta’qiq xalqaro uchrashuvlarga ta’sir etmaydi va Zlatan Yevropa Ligasi doirasidagi «Rostov» ga qarshi ikkala uchrashuvda maydonga tushishi mumkin.

APL doirasida esa 4 aprel kuni «Everton» ga qarshi o‘yinda maydonga qaytadi.

Муҳокама

Янгиликлар /

Roxoning amakivachchasi vafot etdi

07.03.2017

«Manchester Yunayted» jamoasi himoyachisi, argentinalik futbolchi Markos Roxoning amakivachchasi Argentinaning La Plata shahrida otib o‘ldirildi. 

The Sun tabloidi xabariga ko‘ra, 17 yoshli o‘smir o‘z sherigi bilan 50 yoshli iste’fodagi politsiyachini tunashga harakat qilgan. Ammo u o‘zini himoya qilgan politsiyachi tomonidan otib tashlangan. Jeronimo yelkasidagi og‘ir jarohat bilan shifoxonaga yetkazilgan va 7 soat o‘tib jon bergan. Uning sherigi voqea joyidayoq halok bo‘lgandi.

Xabar qilinishicha, iste’fodagi politsiyachiga hujum qilishdan oldin Jeronimo va sherigi taksi haydovchisini tunashga harakat qilgan, ammo u qochib ketgandi.

Муҳокама

07.03.2017

Angliya Futbol assotsiatsiyasi Zlatan Ibragimovich va Tayron Mings ishi borasida yakuniy qaror e’lon qilish sanasini ma’lum qildi.

Ikkala futbolchi ham agressiv harakatlari uchun jazolanishi kutilmoqda. Bugun Britaniya vaqti bo‘yicha 18:00 da FA Zlatan Ibragimovich va Mingsni tinglaydi. Keyin esa 3 kishidan iborat hakamlar eksperti kommisiyasi qaroriga ko‘ra ikki futbolchiga jazo tayinlanadi.

Agar Zlatan Ibragimovich xarakati qizil kartochka deya baholansa tabiy ravishda 3 o‘yinga diskvalifikatsiya qilinadi va Tayler Mings esa jiddiyroq jazolanishi mumkin.

Har qanday vaziyatda ham ikkala futbolchiga moliyaviy jazo ham qo‘llaniladi.

Муҳокама

06.03.2017

Joze Mourino himoyachi Lyuk Shou borasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Amaliy jihatdan qaraganda bizda chap qanot himoyachilari ko‘p. – Real jihatdan qarasak Blind, Shou, Roxo, (Matteo) Darmian ushbu pozitsiyada o‘ynashi mumkin, lekin ularning barchasi turli hil o‘yinchilar».

Mourino Shou tez orada o‘zining ajoyib o‘yinlarini nomoyish qilishi mumkinligi ham aytib o‘tdi.

«O‘ylashimcha, yaqin yillar ichida asosiy rejalar qatorida, albatta Shou bo‘ladi, buning uchun undagi iqtidor yetadi».

«Uning yoshini e’tiborga olib aytish kerakki, jismoyin holati, kuchi, tajavuzkorligi, uning oldinga intilishiga yordam beradi, u eng kuchlilardan bo‘lishi mumkin. Buning uchun albatta ko‘p ishlash kerak, xuddi xozirgidagidek» - deydi Mourino.

Муҳокама

06.03.2017

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Joze Mourino «Bornmut» ga qarshi bahsda Zlatan Ibragimovich hamda raqib himoyachisi Tayron Mings o‘rtasidagi to‘qnashuv haqida fikr bildirdi.

Ming birinchi bo‘limda shvedning boshini bosib oldi, bir necha daqiqa o‘tib Zlatan tirsagi bilan Tayron yuziga zarba berdi.

«Zlatan - katta yigit. Biz ko‘cha futboli, erkaklar o‘yini avlodidanmiz. Biz sodir bo‘lgan voqea haqida jurnalistlarga yig‘laydiganlardan emasmiz» - deydi Mourino.

Муҳокама

06.03.2017

The Daily Mail nashri xabar berishicha «Bornmut» himoyachisi Mingz va «Yunayted»  hujumchisi Ibragimovich 3 o‘yinga diskvalifikatsiya qilinishi mumkin.

«Yunayted» -«Bornmut» jamoalari o‘rtasidagi o‘yinda (1:1) Tayron Mingz va Zlanat Ibragimovich o‘rtasidagi to‘qnashuvlar sababli ikkala o‘yinchi ham jazolanishi kutilmoqda.

Dastlabki vaziyatda Mingz Ibragimovichning boshini bosib ketgan edi, keyinchalik esa Zlatan to‘pga ikkinchi qavtdagi kurashda tirsagi bilan raqibiga tegib ketgan edi.

O‘yinni boshqarib borgan hakam Kevin Frend ushbu vaziyatlarni e’tiborsiz qoldirdi. Angliya Futbol asossatsiyasi tez orada ushbu vaziyatning video tarkrorini ko‘rib chiqib yakuniya hulosa chiqaradi.

Муҳокама

Янгиликлар /

Zlatan 1,5 yilda adashdi

04.03.2017

«Manchester Yunayted» hujumchisi Zlatan Ibragimovich bugun «Bornmut» ga qarshi bo‘lib o‘tgan uchrashuv (1:1)da 11 metrlik jarima zarbasini bajara olmadi.

35 yoshli shvesiyalik hujumchi so‘nggi marta 2015-yilning 22 sentyabrida Fransiya 1 ligasidan joy olgan PSJ - «Gengam» (3:0) uchrashuvida penaltini aniq amalga oshirolmagandi.

Zlatan 1,5 yil davomida 6 marta penalti urish imkoniga ega bo‘lgan, lekin ularning barchasi gol bilan yakunlangandi. Lekin bugungi o‘yinda Ibragimovichga omad kulib boqmadi.

Муҳокама

04.03.2017

«Manchester Yunayted» ustozi Joze Mourino Zlatan Ibragimovich haqida o'z fikrlarini bildirdi.

«U qilayotgan ish g'aroyib: urgan gollari soni, Uemblidagi ikkita gol, sovrinlar, uning jamoadoshlari uchun yordam».

«O'ylashimcha, Ibragimovich shunchaki fenomenal. Boshqa so'z topa olmadim».

«Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi haqida juda yaxshi bilaman, ammo ajoyib faoliyatga ega bo'lgan Zlatan nima uchun Oltin to'pni olmaganini tushunmayman».

«Nima uchun bu mavsum shuni amalga oshirish mumkin emas? Agar Ibragimovich Evropa ligasi finaliga qadar etib borsa va sovrinlar yutsa, nima uchun 35 yoshli futbolchiga haqli sovrin berilmasligi kerak?».– deydi Mourino.

Муҳокама

Янгиликлар /

Ibragimovich jamoada yana tengsiz

04.03.2017

«Manchester Yunayted» jamoasi hujumchisi Zlatan Ibragimovich klub muxlislari tomonidan fevral oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

So‘rovnoma klub rasmiy saytida o‘tkazildi. Unga ko‘ra, shvesiyalik futbolchi 79% ovoz to‘pladi hamda jamoadoshlari Genrix Mxitaryan va Pol Pogbani ortda qoldirdi.

Eslatib o‘tamiz, fevral oyida Zlatan Ibrahimovich yetti o‘yinda 7 ta gol urdi. Unin «Sautgempton» darvozasiga kiritgan dubli «MYU» ga Angliya Liga Kubogini olib keldi.

Муҳокама

02.03.2017

«Rostov» matbuot kotibi Ivan Bodilevskiy xabar berishicha, jamoaga bir noma’lum shaxs qo‘ng‘iroq qilib, uning o‘g‘li Yevropa Ligasi doirasida «Manchester Yunayted» ga qarshi uchrashuvda hujumchi Zlatan Ibragimovichning qo‘lini ushlab maydonga tushishi uchun 170 000 rubl mablag‘ taklif qilgan.

«Kecha noma’lum shaxs qo‘ng‘iroq qilib, uning o‘g‘li Ibragimoqvich bilan birga maydonga tushishi uchun 170 ming rubl taklif qildi. Odamlar nimalarga tayyora», — deya yozadi Bodilevskiy tvitterdagi sahifasida.

Bodilevskiy takidlashicha, rus jamoasi bollarni maydonga xech qanday to‘lovlarsiz olib chiqishadi.  

Муҳокама