02.03.2017

Zlatan Ibragimovich «Manchester Yunayted» bilan shartnomasini 2019 yilga qadar uzaytirish niyatida, bu xaqida Daily Mail nashri xabar bermoqda.

35 yoshli futbolchi shukunga qadar APL ning 24 uchrashuvida maydonga tushib 15 ta gol urgan va 4 ta golga assitentlik qilgan. 

Manbaning xabariga ko‘ra Ibragimovicha bilan tuzilgan amaldagi shartnomada futbolchi bilan shartnomani yana 12 oyga uzaytirish bo‘yicha band qiritilgan. Futbolchi mavsum so‘ngida rahbariyat bilan shartnomani uzaytirish borasida muzokara olib borish niyatida.  

Xabarlarga ko‘ra, yangi shartnomaga ko‘ra Ibragimovich «Manchester Yunayted» da 2019 yil yozigacha qolishi va uning maoshi ham oshirilishi nazarda tutilgan.  

Муҳокама

Янгиликлар /

Yangi homiy - Aladdin Group

02.03.2017

«Manchester Yunayted» rasmi sayti xabar berishicha jamo yana bir tijoriy homiylik shartnomasini imzoladi. Jamoaning bu galgi homiysi Singapurning Aladdin Group kompaniyasi bo‘ldi. Bu kompaniya internet orqali mahsulotlar sotish bilan faoliyat olib boradi.

«Manchester Yunayted» bilan tuzuilgan shartnoma orqali Aladdin Group Singapur va Malayziya bozorida yuqori cho‘qigsha erishmoqchi hamda dunyoning 30 ga yaqin joylarida o‘z ofislarini ochish niyatida. «Manchester Yunayted» muhlislari kompaniya servisi orqali haridni oshirishganda o‘ziga hos qulayliklarga ega bo‘lishlari mumkin.   

Jumoa rasmiylarining so‘zlariga ko‘ra Aladdin Group bilan hamkorlik «Manchester Yunayted» onlayn-do‘konlari tizimiga va boshqa elektron servislar tizimiga hech qanday ta’sir o‘tkazmaydi barcha ishlar o‘z shatat jadvali asosi ishni davom ettiradi.

Муҳокама

02.03.2017

«Yunayted» himoyachisi Fil Jons aytishicha jarohatdan to‘liq forig‘ bo‘lgan va «Bornmut» ga qarshi uchrashuvda maydonga tushish uchun tayyor.

«Ha, menda yaxshi xabar bor – men bir necha kundan beri mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqdaman va tarkibga qaytishga shayman. Men tahmiman 2-3 hafta tiklanish jarayonini o‘tadim, va Liga Kubogi finalidan 2 kun oldin esa mashg‘ulotlarga qaytdim, shunday ekan u uchrashuvda maydonga tushish uchun imkoniyat iyenda yo‘q edi. Bun oddiy kechgani yo‘q, albatta bunday holda biroz kayfiyat buziladi».

«Shunday bo'lsa-da, u muxlislar, futbolchilar, murabbiylar va klub xodimlari uchun ajoyib kun bo'ldi. Ha , albatta bu bizning eng yaxshi o‘yinimiz emas, lekin qandaydir yutuqqa erishish yoqimli bo‘ladi doim. Bizning holatda bu eslashga arzirli vaziyatdir».

Муҳокама

01.03.2017

«Manchester Yunayted» va «Barselona» afsonalaridan iborat jamoalar «Kamp Nou» da hayriya o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishadi. Uchrashuv joriy yilning 30 iyunda bo‘lib o‘tadi, o‘yin tashkilotchisi kataloniya xayriya fondi.  

Ushbu uchrashuvning javob uchrashuvi esa 2017 yil 2 sentyabr kuni «Old Trafford» da o‘tishi rejalashtirilgan.

«Barselona» afsonalari tarkibida Xristo Stoichkov, Vitor Bayya, Edmilson, Ronald De Bur, Gaiska Mendeta va boshqa bir qator mashhur futbolchilar maydonga tushishi kutilmoqda .

«Yunayted» afsonalariga Brayan Robson murabbiylik qiladi va jamoa tarkibida Pol Skoulz, Duayt York, Edvin van der Sar, Yap Stam, Denis Irvin, Fil Nevill, Endi Koul va boshqa bir qator sobiq futbolchilar to‘p surishi aytilmoqda. 

Uchrashuvga chiptalarni ushbu manzildan xarid qilish mumkin.

Муҳокама

01.03.2017

«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Maruan Fellayni jamoa hujumchisi Zlatan Ibragimovichga yuqori baho berdi.

«Biz Zlatanga minnatdorchilik bildirishimiz kerak, chunki u doimo kerakli payt kerakli joyda paydo bo‘lmoqda. U gollar uryapti. Zlatan muhim futbolchi. U irodali, doimo g‘olib bo‘lishni istaydigan, mehnat qilishdan to‘xtamaydigan buyuk o‘yinchi. Bu mashg‘ulot jarayonida ham ko‘rinib turadi. Uchrashuvlar davomida u birinchi bo‘lib g‘olib bo‘lishni istaydi. Zlatanning xohishi jamoaga ijobiy ta’sir qiladi».

«Ibragimovich menga ishonch bag‘ishladi. U meni og‘ir vaqtlarda qo‘llab turdi. Zlatan - turli joylarda ko‘plab sovrinlar qo‘lga kiritgan g‘olib. Uning gaplariga quloq solaman» - deydi Fellayni.

Муҳокама

28.02.2017

Zlatan Ibragimovich agenti Mino Rayola mijozining kelasi mavsumda ham «Yunayted» da qolishini tasdiqlamadi.

«Zlatan shartnomasi? Shartnomaning barcha detallarini matbuotga ochiq ayta olmayman, bu faqat futbolchi, men va jamoa o‘rtasida qoladi. Men o‘ylashimcha, biz vaziyat qanday ketishini kuzatishimiz lozim, vaziyat xozirda ajoyib ketmoqda va u bundan rohatlanmoqda, qolganini nima ro‘y berishini esa kuzatishda davom etamiz».

«U «Yunayted» da qoladimi? Endilikda biz kelgusi g‘oliblik xaqida qayg‘urishimiz lozim. Bu kubok Zlatan uchun, men uchun va albatta Joze uchun ham juda muhim. Shunday ekan biz barchamiz muhlislarga bir qancha sovrinlarni sovg‘a qilmoqchimiz».

Муҳокама

28.02.2017

Manchester Evening News nashri xabar berishicha «Manchester Yunayted» va «Barselona» o‘zaro yozda o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazish bo‘yicha muzokara olib borishmoqda.

Uchrashuvning tahminiy sanasi 25 iyul kuni MFL ishtirokchisi «Vashington Redskinz» stadioni bo‘lmish FedExField da o‘tkazilishi rejalashtirlmoqda.

Lekin hozirgacha ham «Yunayted» kelasi mavsumga tayyorgarlikni AQSh da ko‘rishi borasida rasmiy qaror qabul qilinmagan. Shunga qaramay Mourino boshqaruvidagi jamoa katta ishonch bilan amerikada tashkilashtiradigan Halqaro Chempionlar Kubogi musobaqasida ishtirok etishi mumkin.

Avvalroq «Yunayted» yozda «Manchester Siti» bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazish borasida kelishuvga erishgan edi, jamoaning uchinchi raqibi esa haligacha noma’lum, bu jamoa «Real» va «Yuventus» bo‘lishi mumkin.

Xalqaro Chempionlar Kubogi musobaqasining Amerikada bo‘ladigan qismi o‘yinlar jadvali 21 mart Nyu-Yorkda e’lon qilinadi.

Муҳокама

27.02.2017

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Joze Mourino hujumchi Zlatan Ibragimovichning jamoa bilan amaldagi shartnomasini uzaytirishini istamoqda.

«Ibragimovich bir marta men boshqargan jamoani tark etishga qaror qilganida, uning fikriga qarshi bormagandim».

«Agar u hozir ham ketishni istasa, unga qarshilik ko‘rsatmayman, lekin «Manchester Yunayted» muxlislari uning boshqa jamoaga ketmasligi uchun  uyi devorlari atrofida tunni o‘tkazishga tayyor turishibdi. O‘ylaymanki, Zlatan Angliyada uzoq vaqt qoladi», — deydi Mourino The Telegraph nashriga bergan intervyusida.

Ma’lumot uchun, Zlatanning «qizil iblislar» bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum so‘nggida nihoyasiga yetadi.

Eslatib o‘tamiz, kecha 35-yoshli hujumchi «MYu» tarkibida dubl qayd etib, jamoasini Angliya Liga kuboki musobaqasi bosh sovrinini qo‘lga kiritishida katta hissa qo‘shgan futbolchilardan biri bo‘ldi.

Муҳокама

27.02.2017

«Manchester Yunayted» sobiq himoyachisi Fil Nevill mankunianlar hujumchisi Zlatan Ibragimovichni «qizil iblislar» sobiq forvardi Erik Kantona bilan tenglashtirdi.

«Zlatan yetakchi. Runi Kubokni ko‘tardi, ammo maydonda Ibragimovich haqiqiy yetakchi. Kantona maydonga yoqasi ko‘tarilgan futbolkada chiqqanida uni «Old Trafford»ning g‘arbiy sektori juda yoqtirar edi. Ibragimovich bilan ham shunday».

«Yangi jamoani boshqarsangiz, sizga yigitlarni ortidan ergashtiradigan futbolchi kerak bo‘ladi. Ibragimovich Mourino uchun aynan shunday futbolchiga aylandi» - deydi Nevill.

Муҳокама

Янгиликлар /

Pogba & Ibragimovich

27.02.2017

«Manchester Yunayted» futbol klubi yarim himoyachisi Pol Pogba Angliya liga kubogi finalidagi «Sauthempton» ustidan qozonilgan g‘alaba (3:2) haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Fransiyalik futbolchi bellashuvdan so‘ng uchrashuvda dubl qayd etgan forvard Zlatan Ibragimovich bilan birgalikda intervyu berdi.

«Bu jamoa uchun juda muhim g‘alaba. Men juda xursandman. Ibrahimovichni mana nima uchun xarid qildik! U o‘ta muhim o‘yinlarda maydonda bor imkoniyati va iste’dodini ko‘rsatadi», - dedi Pogba bahsdan so‘ng.

«Meni xarid qilishdi? Men bepul o‘tdim, seni esa sotib olishdi», - deya hazil bilan javob qaytargan Ibragimovich.

Муҳокама