Mourino: Kubok bizning qo‘limizda
27.02.2017

«Manchester Yunayted» ustozi Joze Mourino Angliya liga kubogi finali doirasidagi «Sautgempton» bilan o‘yindan so‘ng (3:2) o‘z fikrlarini bildirdi.
«To‘g‘risini aytsam g‘alabani Ibragimovich olib berdi. Pogba ham u bilan teng o‘ynadi».
«Raqib bizdan yaxshiroq o‘ynadi va qo‘shimcha taymlar bo‘lishi kerak edi. Ammo Zlatan muhim rol o‘ynadi va bizga kubokni keltirdi».
«Hozir ancha hissiyotga berilganman, ko‘p sovrin yutish ham oson emas».
««Sautgempton» bizga munosib qarshilik qildi. Qo‘shimcha vaqtlarni o‘ynashimiz kerak edi, ammo kubok bizning qo‘limizda, g‘aroyib», – deydi Mourino.
«Manchester Yunayted» - Liga Kubogi sohibi!
27.02.2017

«Manchester Yunayted» beshinchi bor Angliya Liga Kuboshi sohibiga aylandi.
«Uembli» da bo‘lib o‘tgan final uchrashuvida Joze Mourino shogirdlari «Sautgempton» jamoasi ustida 3:2 hisobida g‘alaba qozonib joriy mavsumdagi ikkinchi kubogni qo‘lga kiritishdi.
«Manchester Yunayted» hozirda ingliz jamoalari orasida bitta musobaqada g‘olib bo‘lib uchta turnirda ishtirokini davom ettirayotgan yagona jamoa.
«Manchester Yunayted» ning Kubogdagi g‘alabasi bilan O‘zbekistonlik futbol muhlislarini ham chin dildan tabriklaymiz. G‘alabalar bardavom bo‘lsin!!!
Jamoa Londonda
26.02.2017

«Manchester Yunayted» jamoasi Angliya Liga Kubogi finalida ishtirok etish uchun Londonga yo‘l olishdi va jamoa Stokporta stansiyasida poyezdga chiqishdi. Bu xaqida Manchester Evening News nashri xabar bermoqda.
Joze Mourino o‘zi bilan «Uembli» ga 21 nafar futbolchini olib ketgan. Bu fubolchilar orasida jamoa sardori Ueyna Runi, hamda himoyachilar Lyuk Shou va Fil Jons ham o‘rin olgan.
Jamoa bilan Xuan Mata birga yo‘l olmagan, xabarlarga ko‘ra u bobosining xotira marosimida ishtirok etib keyin jamoa safiga qo‘shiladi.
Londonga yo‘l olgan tarkib quyidagi ko‘rinishda ko‘rinishda:
Darvozabonlar : David De Xea, Serxio Romero;
Himoyachilar: Lyuk Shou, Kris Smolling, Deyli Blind, Fil Jons, Markos Roxo, Erik Bayi, Eshli Yang, Matteo Darmian, Timoti Fosu-Mensa
Yarim himoyachilar : Pol Pogba, Maykl Karrik, Djessi Lingard, Bastian Shvaynshtayger, Ander Errera, Maruan Fellayni;
Hujumchilar : Ueyn Runi, Zlatan Ibragimovich, Markus Reshford, Antoni Marsyal.
Londonda esa kamera obyektivlariga Antonio Valensiya, Din Xenderson va jarohat olgan futbolchilar Genrix Mxitaryan, Joel Pereyra ham tushib qolishgan.
Mata: Pogba mashina emas
25.02.2017

«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Xuan Mataning aytishicha, uning jamoadoshi Pol Pogbadan Messi va Ronaldu singari mahsuldorlikni kutish noto‘g‘ri.
«Bu ish oson emasligini juda yaxshi bilaman. Qachon katta transferlar amalga oshganda, odamlar o‘sha futbolchidan ham katta natijalarni kutishadi. Pogba va biz mashina emasmiz. Faqat Messi va Ronaldu har bir o‘yinda gol urishlari mumkin. Boshqa bunday futbolchilar yo‘q», - dedi Mata BBC telekanaliga bergan intervyusida.
Mourino: «Rostov» yahshi jamoa
25.02.2017

«Manchester Yunayted» jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourino Yevropa ligasi 1/8 finali qur’asi haqidagi fikrlarini bildirdi.
«Har tomondan biz uchun qur’a natijasi ko‘ngildagidek bo‘lmadi. Bizni uzoq parvozlar kutib turibdi. «Rostov» esa - oddiy raqib emas. Ular chempionlar ligasi guruh bosqichida yaxshi qatnashdilar va qanday kuchga ega ekanliklarini isbotlashdi».
««Rostov» jismoniy tomondan kuchli va himoyada tartibli harakat qiladi. Lekin, rossiyaliklarni to‘xtatish uchun boshqacha futbol usulini qo‘llashga urunib ko‘ramiz» - deydi Mourino The Mirror nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, «qizil iblislar» Yevropa ligasining keyingi bosqichida «Rostov» jamoasiga qarshi kelishdi va ilk o‘yin Rossiyada bo‘lib o‘tadi.
Mxitaryan finalda maydonga tushmaydi
24.02.2017

«Manchester Yunayted»ning armanistonlik yarim himoyachisi Geynrix Mxitaryan Angliya Kuboki finalida jamoasiga yordam bera olmaydi.
Bu haqda, «MYU» bosh murabbiyi Joze Mourino bugungi matbuot anjumanida xabar berib o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, «Manchester Yunayted» 26-fevral kuni Angliya kuboki finalida «Sautgempton» bilan to‘qnash keladi.
Ma’lumot uchun, «Manchester Yunayted» - «Sautgempton» uchrashuvi Angliyaning hashamatli o‘yingohlaridan biri «Uembli»da Toshkent vaqti bilan 21:30 da boshlanadi.
Navbatdagi raqib nomi aniq bo'ldi
24.02.2017

Bugun Shveysariyaning None shahrida Yevropa Ligasi 1/8 bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Qur’a natijasiga ko‘ra «Manchester Yunayted» ushbu bosqichda Rossiyaning «Rostov» jamoasi bilan kuch sinashadi.
Dastlabki o‘yin 9 mart kuni «Olimp-2» stadionida bo‘lsa, javob o‘yini «Old Trafford» da 16 martda bo‘lib o‘tadi.
Qur’aning qolgan juftliklari quyidagi ko‘rinishda:
SELTA (ISPANIYA) – KRASNODAR (ROSSIYA)
APOEL (KIPR) – ANDERLEXT (BELGIYA)
SHALKE (GERMANIYA) – BORUSSIYA MENXENGLADBAX (GERMANIYA)
LION (FRANCIYA) – ROMA (ITALIYA)
ROSTOV (ROSSIYA) – MANCHESTER YUNAYTED (ANGLIYA)
OLIMPIAKOS (GRECIYA) – BESHIKTOSH (TURKIYA)
GENT (BELGIYA) – GENK (BELGIYA)
KOPENGAGEN (DANIYA) – AYAKS (GOLLANDIYA)
Runi: Men jamoada qolaman
24.02.2017

Ueyn Runi rasman mavsum so‘ngiga qadar «Manchester Yunayted» qolishi borasida bayonot berib o‘tdi. Bir necha kundan buyon Runi borasida turli xabarlar tarqalgan edi unga ko‘ra futbolchi fevral so‘ngiga qadar Xitoy jamoalaridan birig o‘tishi aytilgan. Bu boradagi yakuniy qarori Runining o‘z aytib o‘tdi
«Boshqa jamoalardan bo‘layotgan qiziqishlar uchun minnatdorchilik bildiraman, lekin barchasiga oydinlik kiritish maqsadida shuni aytamanki men jamoada qolaman. – Men ishonch bilan aytamanki jamoaning to‘rtta frontda olib borayotgan kurashida o‘z yordamimni beraman. Hozirda jamoada ajoyib vaqtlar o‘tmoqda, jamoaning bir bo‘lagi bo‘lib qolishni istayman».
Roy Kin: Xitoyga ketish aqilsizlik
23.02.2017

«Manchester Yunayted» sobiq yarim himoyachichi Roy Kin Ueyn Runining Xitoy jamoalaridan biriga o‘tishi mumkinligi haqidagi xabarlarga bo‘lgan fikrini bildirdi.
Irlandiyalik mutaxxasis so‘zlariga ko‘ra, bunday transfer shunchaki maqsadsiz va faqatgina katta pul uchun amalga oshirilayotgani haqida aytib o‘tdi.
«Runi yuqori darajadagi futbolni tashlab, shunchaki pul uchun Xitoyga ketmasligi kerak. U yana yuqori darajada faoliyat ko‘rsatishi mumkin. Masalan, Angliya, Germaniya, Italiya yoki bo‘lsa Ispaniya jamoalarida o‘ynab ko‘rsa bo‘ladi. Xitoyga ketish esa – bu chinakamiga aqlsizlik bo‘ladi», – deydi Roy Kin Goal.com saytiga bergan intervyusida.
Mourino: Taqvim ajoyib tuzilgan
23.02.2017

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Joze Mourino Angliya kubogi taqvimini tuzib chiqqan futbol assotsiatsiyasidan (FA) norozi bo‘ldi.
«Chelsi» va «Manchester Yunayted» ishtirokidagi chorak final uchrashuvi Yevropa Ligasi 1/8 finaliga qur’a tashlanmasdan oldin yevrokuboklar bo‘ladigan haftaning dushanba kuni bo‘lib o‘tishi e’lon qilindi.
«Yevropa ligasi qur’asi tashlanguniga qadar bunday qarorga kelinganidan hayratdaman, chunki hozir nimchorak finalda kim bilan o‘ynashimiz va uchrashuv qayerda kechishini hech kim bilmaydi».
«Tasavvur qiling, «Chelsi»ga qarshi uchrashuvimiz dushanba kuni, YEL uchrashuvini o‘tkazish uchun Gresiya, Rossiya yoki Turkiyaga borishimiz mumkin.O‘ylashimcha taqvimni tuzib chiqayotganlar uchun ingliz klublari va ingliz futbolining manfaatlari qiziqtirmaydi. Ularni bu o‘ylantirayotgani ham yo‘q».
«Men «Chelsi»ga qarshi xuddi o‘tgan mavsumda «Manchester Siti» (bosh murabbiyi Manuel Pellegrini) yoshlar tarkibini tushirib yuborgani kabi bu ishni qila olmayman. Buni o‘zimga ep ko‘rmayman, sababi biz «Manchester Yunayted»miz.Angliya kubogiga munosabatim sabab ham bu ishni qilmayman, sababi tashkilotchilikning bu kabi qarorlari uchun turnir aybdor emas», — degan Mourino.
Eslatib o‘tamiz, Angliya kubogining 1/4 finalidan o‘rin olgan «Chelsi» va «Manchester Yunayted» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv 13 mart kuni bo‘lib o‘tadi. Yevropa ligasining 1/8 final uchrashuvlari 9 va 16 mart kunlariga mo‘ljallangan.