22.02.2017
Antoni Marsyal «Sent-Etyen» jamoasiga qarshi kechadigan uchrashuvdan oldin jurnalistlar bilan muloqatda bo‘ldi va «Manchester Yunayted» ni yaxshi ko‘rishini hamda bu yerda uzoq muddat to‘p surish niyatida ekanligini aytib o‘tdi.
«Men bu jamoani yaxshi ko‘raman. Men «Manchester Yunayted» hamda bizning muhlislarni juda yaxshi ko‘raman va men bu yerda shunday qo‘llab quvatlashlaridan baxtliman. Mening o‘yinimdan xursand bo‘ladigan muhlislarim uchun barcha narsaga tayyorman. Shunday ekan bir narsani aniq ayta olaman bu yerda yana uzoq muddat to‘p suroqchiman».
«O‘tgan mavum men ko‘proq o‘yinda ishtirok etgan edim. Menda ketma-ket bir qator uchrashuvlarda ishtirok etish imkoniyati bo‘lgan edi, endilikda esao‘z vaqtimni kutmoqdaman, va maydonga tushgan vaqtimni qadirlashga o‘rgandim. Bizda yaxshi jamoa bor, va murabbiy har bir uchrashuvda jiddiy o‘ziga hos tarkibni tushiraishga intiladi. Biz unga kerak paytda tayyor bo‘lishimiz kerak».
«Men qattiq va jiddiy tarzda ish olib boryapman. Men ajoyib o‘yinchilar orasidaman va bu menga har bir mashg‘ulotda nimadir o‘rganishim uchun yordam bermoqda. Men konsentratsiyani yoqotmasdan, bor kuchim bilan ishlashga harakat qilaman va ishonamanki kelasi mavsum bundanda a’lo tarzda o‘tadi».
«Men dastlab markaziy hujumchi sifatida faoliyatimni boshlaganman, «Monako» da xatto vinger o‘rnida ham o‘ynaganman va bu men uchun yangilik emas. Shunday ekan, maydonga tushganimda barchasida o‘zimni erkin his qilaman. Men uchun muhimi –o‘yin amaliyoti».
Муҳокама
22.02.2017
Xitoyning «Tyanszin Syuanszyan» bosh murabbiyi Fabio Kannavaro aytishicha, jamoa Ueyn Runini o‘z tarkibida ko‘rish niyatida ekanligini tasdiqladi.
«Biz xaqiqatdan Runi borasida gaplashdik, lekin bu faqtgina og‘zaki muzokara edi holos. Lekin keyinchalik muhokama qilishni istamadik».
«Biz ko‘proq Obameyangga qiziqqan edik, afsuski «Borussiya» rad javobini berdi, aytishlaricha ular uchun bu mavsumda Chempionlar Ligasi o‘yinlari muhimroq ekan».
Eslatib o‘tamiz, ingliz tabloidlari Runi 28 fevralgacha «Manchester Yunayted» ni tark etib Xitoyga yo‘l oladi. Avvalroq Joze Mourino Ueyn jamoani tark etishini istamasligini aytdi.
Муҳокама
22.02.2017
«Manchester Yunayted» jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourino Ueyn Runi mavsumni jamoada yakunlashiga kafolat bera olmasligini aytib o'tdi. Bundan oldingi kunlarda fevral oyi oxirigacha ushbu 31 yoshli futbolchi Xitoy klublaridan biriga o'tishi mumkinligi aytilgandi.
«Siz buni uning o'zidan so'rang. Men uning qolishiga kafolat bera olmayman. Men qanday qilib u keyingi mavsumda ham shu yerda bo'lishiga kafolat berishim mumkin?».
«Agar u klubni tark yetsa, bu men uning ketishini istaganim uchun bo'lmaydi. Men hech qachon bu klub afsonasiga bosim o'tkazmaganman».
«Siz buni uning o'zidan so'rashingiz kerak, men esa uning ketishini istamayman», — deya portugaliyalik murabbiyning so'zlarini keltirgan Mirror.
Муҳокама
22.02.2017
Joze Mourino o‘zi bilan Fransiyaga Yevropa Ligasi doirasida «Sent-Etyen» ga qarshi uchrashuvda ishtirok etish uchun 20 nafar futbolchini olib ketdi, bu xaqida jamoa rasmiy sayti xabar berdi.
Bugundan umumiy mashg‘ulotlarga qo‘shilgan Ueyn Runi jamoaga yordam bera olmaydi va u Manchesterda qoldi, shuningdek Fil Jons va Ander Errera ham Fransiyaga bormadi
Fransiyaga yo‘l olgan tarkib:
Darvozabonlar: De Xea, O’Xara, Romero;
Himoyachilar: Bayi, Blind, Fosu-Mensa, Roxo, Smolling, Valensiya, Yang;
Yarim himoyachilar: Karrik, Fellayni, Mata, Mxitaryan, Pogba, Lingard, Shvaynshtayger;
Hujumchilar: Ibragimovich, Marsyal, Reshford.
Муҳокама
21.02.2017
Ueyn Runi umumiy guruh mashg‘ulotlariga qaytdi. «Yunayted» sardori Yevropa Ligasi doirasida «Sent-Etyen»ga qarshi kechadigan uchrashuv oldidan jurnalistlar uchun o‘tkazilgan ochiq mashg‘ulotlarda ishtirok etdi.
Jamoaning 10 nafar a’zosi Runi, Darmian, Smolling, Roxo, Yang, Karrik, Marsyal, Lingard, Mxitaryan va Reshford boshqa futbolchilardan alohida tarzda mashg‘ulot o‘tkazishdi.
«Blekbern» ga qarshi uchrashuvda dam olgan David De Xea ham bugungi mashg‘ulotlarda ishtirok etgan. Maydonda faqatgina jarohati sababli Fil Jons ko‘rinmagan bo‘lsa, sariq kartochkalari yig‘ilib qolgani bois Yevropa Ligasini o‘tkazib yuboradigan Ander Errera ham mashg‘ulotlarda ishtirok etmadi.
Муҳокама
21.02.2017
«Manchester Yunayted» jamoasi hujumchisi Ueyn Runi Angliya liga kubogi final o‘yinini o‘tkazib yuborishi mumkin. Bu haqda «San» nashri xabar berdi.
26 fevral kuni «Uembli» stadionida «Sautgempton»ga qarshi o‘yinda Runi jarohati sababli jamoasiga yordam bera olmaydi.
Eslatib o‘tish kerak, ushbu final o‘yini sababli APL 26-turidan o‘rin olgan Manchester derbisi noma’lum muddatga qoldirilgan.
Муҳокама
21.02.2017
Angliya Kubogi ¼ finali qur’a natijasiga ko‘ra «Manchester Yunayted» va «Chelsi» ro‘baro kelishdi. Xuan Mata ushbu to‘qnashuv borasida quyidagilarni aytib o‘tdi.
«Biz «Ivud Park» dan qaytayotganimizda ijtimoiy tarmoqlarda Angliya Kubogidagi navbatdagi raqimiz «Chelsi» bo‘lganini o‘qidik. Ortiqcha so‘zsiz aytishim kerakki ushbu uchrashuv men uchun alohida ahamiyatga o‘yinlardan biridir. Bu so‘zsiz, juda og‘ir qur’a bo‘ldi, umid qilamanki biz u yerga «Uembli» da ajoyib o‘yinni o‘tkazib yuqori motivatsiyada boramiz va so‘ngi «Stemford Bridj» ga tashrifimizdagi yoqimsiz hislarni unitish uchun xarakat qilamiz».
Mata shuningdek Yevropa Ligasi doirasidagi dastlabki o‘yinda «Sent-Etyen» ustidan qozonilgan g‘alaba kelgusi bosqichga chiqish uchun yetarli emasligini aytib o‘tdi.
«Agar biz keyingi bosqichga chiqish masalasini hal qildik desak, bu xato bo‘ladi. Agar sen barcha musobaqalarga jiddiy yondasha olsangina unda yuqori marralarga erishish mumikn bo‘ladi. Jamoa shunday yo‘lni tallaganligini ko‘rsatmoqda. Biz mavsumning hal qiluvchi bo‘limida jiddiy kurash olib borib bir necha musobaqalarda g‘olib bo‘lmoqchimiz».
Муҳокама
20.02.2017
«Manchester Yunayted» jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourino «Blekbern»ga qarshi (2:1) Angliya Kubogi nimchorak finalidan keyin o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
««Blekbern» yaxshi o‘yin namoyish etdi. Ular gol urgach, muammo vujudga keldi, ammo yakunda hammasi bizning foydamizga yakunlandi. Pogba va Ibragimovichni maydonga tushirganimiz o‘z samarasini berdi».
«Angliya Liga Kubogidagi raqibimiz «Sautgempton» final uchrashuvida xotirjam tayyorgarlik ko‘rmoqda. Kezi kelsa, ular dam olib, bemalol uxlashga vaqti ham yetmoqda. Biz esa uchta og‘ir bahs o‘tkazishimiz kerak», – dedi Mourino.
Муҳокама
20.02.2017
«Blekbern» ga qarshi uchrashuvdan so‘ng matbuot anjumanida ishtirok etgan Joze Mourino jamoaning holati borasida gapirib o‘tdi.
«David De Xea dam oldi, Antonio Valensiya ham dam oldi, Runi jarohat olgan, Jonsda ham jarohat bor, men o‘ylaymanki ular «Sent-Etyen» ga qarshi uchrashuvgacha tiklana olishmaydi. Runi ham Jons ham mashg‘ulotlarda ishtirok etishmayapti, shunday ekan ular tayyor emas. Runi Liga Kubogi finalida ishtirok etaishi mumkinmi? Men bilmayman», - deydi Mourino.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Joze futbolchilar Runi va Karrikda kichki muammo borligini aytgan edi, buni jarohat ham deb bo‘lmasligini takidlagan. Shunday bo‘lishiga qaramay Ueyn maydonga tushmadi Karrik esa «Blekbern» ga qarshi 90 daqiqa to‘p surdi.
Муҳокама
20.02.2017
Angliya Kubogi doirasida «Blekbern» - «Manchester Yunayted» (1:2) uchrashuvda «qizil iblislar» birinchi goli muallifi bo‘lgan Markus Reshford o‘yin haqidagi fikrlarini bildirdi.
«Bugungi natijadan xursandman, lekin g‘alaba qozonish uchun juda katta kuch sarfladik. Keyingi bosqichga yo‘l olganimizdan mamnunman».
«Raqib «MYU»ga qarshi himoyada kuchli o‘ynadi, lekin xarakatlarimiz o‘yin natijasida samara berdi. «Manchester Yunayted» doim barcha musobaqalarda g‘olib chiqishni ko‘zlagan», - deydi Reshford MUTV ga bergan intervyusida.
Муҳокама