The Daily Mail: De Xea jarohat olgan
20.02.2017

The Daily Mail nashri xabar berishicha David De Xea kichik jarohat sabab «Blekbern» (1:2) ga qarshi uchrashuvda maydonga tusha olmagan.
Manbaning xabar berishicha De Xea katta bo‘lmagan jarohat olgan bosh murabbiy Joze Mourino esa darvozabon bilan tavakkal qilmaslikka qaror qilib futbolchiga dam bergan.
Shu sababli, kecha bo‘lib o‘tgan o‘yinda Serxio Romero asosiy tarkibda maydonga tushgan bo‘lsa zahira darvozaboni sifatida 19 yoshli Din Xenderson qayd qilingan.
Eslatib o‘tamiz, jamoaning uchinchi darvozaboni Joel Kashtru Pereyra avvalroq jarohat olib bir necha oyga safdan chiqqan edi.
Navbatdagi raqib «Chelsi»
20.02.2017

Angliya Kubogi ¼ bosqichiga qur’a tashlandi, unga «Manchester Yunayted» ushbu bosqichda «Stemford Bridj» da «Chelsi» mehmoni bo‘ladi.
«Manchester Yunayted» Angliya Kubogi doirasida «Chelsi» ga qarshi o‘tkazgan so‘ngi 9 uchrashuvning 7 tasida g‘olib bo‘lgan, mag‘lubiyatga uchralgan ikki uchrashuv esa 2007 yil final, 2013 yilgi 6-bosqich o‘yinlari edi.
Ushbu o‘yin 10, 11, 12 yoki 13 martda bo‘lib o‘tishi mumkin, Premyer Ligi doirasida «Sautgempton» ga qarshi 12 martda belgilangan uchrashuv sanasi esa o‘zgarishi mumkin.Uchrashuv kuni va vaqti borasida rasmiy xabar tez orada aniq bo‘ladi.
Angliya Kubogi qolgan juftliklari quyidagi ko‘rinishda:
«Chelsi» - «Manchester Yunayted»
«Midlsbro» - «Xaddersfild» yoki «Manchester Siti»
«Tottenxem» - «Milluoll»
«Satton» yoki «Arsenal» - «Linkoln Siti»
Runi Xitoyga ketmoqchi-mi?
18.02.2017

«Manchester Yunayted» hujumchisi Ueyn Runi faoliyatini Xitoyda davom ettirishi mumkin. Bu xaqida britan nashri The Telegraph xabar bermoqda.
Mankunianlar rahbariyati xitoyliklarning ushbu taklifini qabul qilishlari mumkin, chunki Xitoy chempionatida hali transfer oynasi hali yopilgani yo‘q.
Agar ushbu transfer amlga oshsa Runi yiliga 32 million funt ishlab topishimumkin. Uning «Yunayted» bilan amaldagi shartnomasi 2018 yil yozida o‘z nihoyasiga yetadi.
UEFA «Sent-Etyen» ga nisbatan ish ochdi
18.02.2017

UEFA tartib intizom qo‘mitasi «Sent-Etyen» jamoasiga nisbatan «Manchester Yunayted» ga qarshi kechgan o‘yinda muhlislar tomonidan ko‘rsatilan tartibsizliklar uchun maxsus ish ochdi.
Komissiya UEFA tartib intizom kodeksining 16 (2) moddasi buzulganligini e’lon qilgan:
- Pirotexnika moddalaridan foydalanish;
- Buyumlarni uloqtirish;
- Muhlislarga nisbatan hurmatsizlik qilish;
UEFA tartib intizom qo‘mitasi va joylarda etiket olib borilishi hamda boshqarilishi qo‘mitasi ushbu holat bo‘yicha 2017 yil 23 martda hukm chiqaradi.
Eslatib o‘tamiz, «Old Trafford» ning mehmonlar joylashgan sektorida «Sent-Etyen» muhlislari katta miqdorda pirotexnik vositalaridan foydalanshgan va buning oqibatida birinchi bo‘lim boshida stadion tutun bilan qoplangan edi.
Mourino: Angliya Kubogini hurmat qilaman
18.02.2017

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Joze Mourino «Bekbern Rovers» ga qarshi bo‘lib o‘tadigan Angliya Kubogi 1/8 final uchrashuvidan oldin turnir g‘olibligi uchun kurashishini aytdi.
«Angliya Kubogidan chiqib ketmayman. Agar MYU mag‘lub bo‘lsa, bu faqat raqib kuchliligi tufayli bo‘lishi mumkin. Bu turnirni hurmat qilaman, MYUda har bir o‘yinga jiddiy e’tibor berishadi».
««Chelsi» bilan birinchi va xatto ikkinchi liga jamoalariga mag‘lub bo‘lganmiz, ammo hech qachon turnirdan shunchaki chiqib ketmaganman. Biz yomon o‘ynaganimiz uchun shunday bo‘lgan. Shu sababli har qanday turnirda doimo jiddiy e’tibor qilishga intilaman. Menga «Uembli» yoqadi, Angliya Kubogini ikkinchi marotaba qo‘lga kiritmoqchiman», - deydi Mourino.
Skoulz: Mourino to'g'ri tanlov
17.02.2017

«Manchester Yunayted» va Angliya terma jamoasi sobiq yarim himoyachisi Pol Skoulz jamoada Joze Mourinodan avvalroq faoliyat olib borgan Lui van Gaal haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
Polning so‘zlariga ko‘ra, gollandiyalik murabbiy Lui van Gaalning o‘yin uslubi shunchaki «qizil iblislar» futbolchilariga to‘g‘ri kelmagan.
«Van Gaal haqida yomon fikr bildira olmayman, bunga sabab u juda ham aqlli murabbiy, lekin uning o‘yin uslubi shunchaki «Manchester Yunayted» futbolchilariga to‘g‘ri kelmadi».
«Lui o‘z shogirdlariga maydonda faqat to‘pni nazorat qilib turishni o‘rgatdi, lekin bu holat «Manchester Yunayted» muxlislariga yoqmagani ko‘rinib turardi».
«Van Gaal bu g‘oyani o‘z miyasidan o‘chirib tashlashni unutib qo‘ygandek edi go‘yo. Muxlislar o‘z jamoasini ko‘plab gol urishini istashadi, faqat to‘pni nazorat qilish bilan esa natijaga erishish qiyin».
«Uning o‘rnini tajribali Joze Mourino egalladi va u jamoa muxlislari «Manchester Yunayted»dan o‘zgacha o‘yin uslubi kutishayotganini tushunib yetdi».
«Joze jamoani qo‘lga olishi bilan «Manchester Yunayted» ko‘plab gollar urishni boshladi, birin-ketin ochkolar qo‘lga kiritilmoqda»
«Albatta, «MYU» murabbiyni alishtirib to‘g‘ri ish qildi, deb o‘ylayman», - deydi Pol Skoulz Daily Mail nashriga bergan intervyusida.
Ibragimovich: Xuddi Indiana Jons kabi...
17.02.2017

«Manchester Yunayted» hujumchisi Zlatan Ibragimovich nima uchun u o‘zi o‘ynagan har bir klubda muvaffaqiyatga erishishi haqida so‘zladi.
Ibragimovich «Sent-Etyen»ga qarshi Yevropa Ligasi 1/16 final dastlabki uchrashuvida xet-trikka erishdi.
«Qo‘lga kiritilgan har bir sovrin men uchun aqlbovar qilmas bir narsa. Qayerga borgan bo‘lsam, biror sovrinni qo‘lga kiritganman. «MYU» bilan nimadir yuta olsam, o‘zimni g‘oyat baxtiyor his qilardim».
«Ko‘plab klublarda o‘ynaganim va hamma yerda bor kuchim bilan harakat qilganimni hamma biladi. Men hamma yerda g‘alaba qozonaman. Xuddi Indiana Jons kabi», — dedi Ibragimovich.
Mourino: Omad biz tomonda bo‘ldi
17.02.2017

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Joze Mourino Yevropa ligasi doirasidagi «Sent-Etyen»ga qarshi o‘yin (3:0)dan keyin fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Natijadan ko‘nglim to‘ldi. Umuman olganda esa qarama-qarshiligimiz hali tugagani yo‘q. «Sent-Etyen»ga qarshi o‘yinning birnchi taymida omad «MYU» tomonda bo‘ldi. Biz birinchi taymni 1:0 hisobida yakunlashga loyiq emasdik».
«Tanaffus vaqtida kiyinish xonasida ozgina shovqin bo‘ldi. Chunki menga futbolchilar nazoratni yo‘qotgandek tuyuldi. Bu «Sent-Etyen» o‘z o‘yinini ko‘rsata olgani sababli yuz berdi».
«Ikkinchi taymda biz boshqacha o‘ynadik va yirik hisobda g‘alaba qozondik. Hamma Chempionlar ligasida o‘ynashni istaydi. Ammo biz Yevropa ligasidamiz va g‘olib bo‘lish uchun bor kuchimizni sarflashimiz zarur», – deya Mourinodan iqtibos keltiradi «MYU» rasmiy sayti.
Pogba: Bu sexrili bir narsa bo‘ldi
17.02.2017

«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Pol Pogba Yevropa Ligasi doirasida «Sent-Etyen» ustidan (3:0) «Old Trafford» qozonilgan g‘alabadan so‘ng, o‘zining akasi Florentenga qarshi to‘p surish o‘ziga xos bo‘lganini aytib o‘tdi.
«Bu juda ham sexrili bir narsa bo‘ldi. Bunday xol har kuni ham bo‘lmaydi. Men akamga qarshi o‘yinda o‘ziga roxat oldim», – dedi Pol Pogba BBC jurnalistlariga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, 26 yoshli «Sent-Etyen» himoyachisi Florenten Pogba Gvineya a’zosi sanaladi.
«Sent-Etyen» ga qarshi «Manchester Yunayted» ning mehmondagi uchrashuvi 22 fevral kuni «Joffrua-Gishar» stadionida bo‘lib o‘tadi.
Ibragimovich: Biz yaxshi o‘ynadik
17.02.2017

«Manchester Yunayted» hujumchisi Zlatan Ibragimovich Yevropa ligasi 1/16 finali doirasidagi «Sent-Etyen»ga qarshi o‘yinda (3:0) uchta gol urgach o‘z fikrlarini bildirdi.
«Bizda yaxshi vaziyatlar bo‘ldi. Javob o‘yinidan oldin vaziyatni yaxshilab olish uchun yirik g‘alaba kerak edi. Biz yaxshi o‘ynadik».
«G‘alaba qozonishda davom etayapmiz va bu yaxshi. To‘rtta frontda kurashni davom ettirayapmiz. Angliya Superkubogini yutib bo‘lganmiz».
«Keyingi haftada ham xet-trik rasmiylashtirishga umid qilaman», – deydi Ibragimovich.