Янгиликлар /

Mxitaryan shamollab qolgan

17.02.2017

Joze Mourino aytishicha Genrix Mxitaryan betobligi tufayli «Sent-Etyen» ga qarshi uchrashuvni o‘tkazib yuborgan.

«Bizda Runi, Karrik va Mxitaryanda kichik muammolar bor. Ertalab Miki jamoa bazasiga shammolash alomati bilan keldi. Lekin barcha futbolchilar sog‘lom va yaxshi jismoniy holatda».

Noyabr oyida murabbiylar shtabi ishonch bildirgan Mxitaryan shu kunga qadar 5 golo urib 4 ta golli uzatma qayd etdi,5 bor esa uchrashuvning eng yaxshi futbolchisiga aylandi. Futbolchi «Blekbern» ga qarshi kechadigan Kubok uchrashuvida maydonga tushishi kutilmoqda.

Муҳокама

Янгиликлар /

Mourino: Pol o‘yinni kutmoqda

16.02.2017

«Manchester Yunayted» ustozi Joze Mourino Yevropa ligasi 1/16 finali doirasidagi «Sent-Etyen»ga qarshi o‘yinda kimga og‘ir bo‘lishini aytib o‘tdi.

Mankunianliklar yarim himoyachisi Pol Pogba o‘z akasi Florentenga qarshi o‘ynaydi.

«Ha, biz Pol bilan bu borada gaplashdik. Menimcha bu taqdir. Bu vaziyatda eng qiyini Pogbaning onasiga bo‘ladi. Bu yerda tanlov yo‘q. Polning aytishicha onasi birinchi o‘yinda durang bo‘lishini istamoqda. Biroq javob bahsida baribir qaysidir farzandi xafa bo‘ladi. Shu bois bu faqat onasi uchun qiyin».

«Aka-ukalar esa bir-birlariga qarshi o‘yindan zavq olishadi. Pol o‘yinni kutmoqda, Florenten ham shunday bo‘lsa kerak», — deydi Mourino.

Муҳокама

Янгиликлар /

MUTV rasmiy ilovasi ishga tushdi

16.02.2017

«Manchester Yunayted» rasman MUTV telekanalini mobil ilovasini ishga tushirdi, bu xaqida avvalroq jamoa vitse-prezidenti Ed Vudvord aytib o‘tgan edi.

Endilikda «Yunayted» ning O‘zbekiston, Rossiya, Ukraina, Belarusiya va Sobiq Ittifoqning boshqa davlatlarida kunlik 24 soat va haftada 7 kun davomida MUTV kanalini jonli ravishda kuzatishlari mumkin.

Muhlislar jamoa rasmiy kanlai faqatgina smartfondan emas balki, Chromecast yoki AirPlay tizimini qo‘llab quvatlaydigan telfizor yordmida ham ko‘rishlari mumkin.

MUTV ilovasini quyidagi iOS va Android yerdan ko‘chirib olishingiz mumkin.

Муҳокама

16.02.2017

Joze Mourino Yevropa Ligasi doirasida «Sent-Etyen» ga qarshi o‘yindan oldin «Yunayted» ning bugungi holati haqida ma’lumot berib o‘tdi.

«Karrik va Runida kichik muammo bor. – Men ataylab «jarohat» xaqida aytmadim, chunki buni jarohat deb bo‘lmaydi. Ularni nimadir bezovta qilmoqda, shu sababli maydonga tushishlari noaniq. Roxo to‘liq tiklanib ulgurdi. Biz ehtiyotkorlik sababli uni dam olish kungi o‘yinlarga kiritmagan edik, xozir u to‘liq maydonga tushish uchun tayyor».

«Fil Jons jarohatdan so‘ng to‘liq tiklanib bormoqda, «Sent-Etyen» gaqarshi o‘yinda maydonga tushmaydi. Lyuk Shou ham sog‘lomlekin u ham ertaga maydonga tushmaydi. Sababi jamoa yaxshi o‘ynamoqda va himoyadagi to‘rtlikning o‘yinidan ko‘nglim to‘q.shunday ekan ertaga Valensiya, Bayi, Smolling va Blind maydonga tushadi».

Муҳокама

15.02.2017

«Sent-Etyen» himoyachisi Florentin Pogba «Manchester Yunayted» jamoasiga qarshi uchrashuvda ilk bor ukasi Pol Pogbaga qarshi maydonga tushishi mumkinligi borasida to‘xtalib o‘tdi.

«Pol g‘alaba qozonishni yaxshi ko‘radi, unga yutqazish yoqmaydi. Men mag‘lubiyatni to‘g‘ri qabul qilaman. Lekin Pol jamoasi mag‘lub bo‘lsa qattiq siqiladi».

«Bu ikki o‘yin emotsional tarzda o‘tishiga ishonaman, biz nimadirga erishish uchun xarakat qilamiz. Xattoki, «Yunayted» -katta jamoa bo‘lsa ham bu o‘yinda hamiyatga ega emas».

«Yana nimani aytish mumkin Pol dunyoning eng qimmat o‘yinchisi, bu xaqida OAV lar bot bot tarkorlaydi. U hamm hamma singari futbol o‘ynaydi, uning xar qanday yaxshi yoki yomon xarkatini katta e’tibor bilan kuzatish kerak».

Муҳокама

15.02.2017

The Times nashri xabar berishicha «Manchester Yunayted» Maykl Karrik bilan yangi shartnoma imzolash borasida muzokara olib bormoqda. Shartnoma borasidagi aniq ma’lumot Liga Kubogi finali o‘tgandan so‘ng e’lon qilinishi kutilmoqda.

Jamoa 35 yoshli yarim himoyachi uchun bir yillik shartnoma taklif qilish niyatida

Karrik shartnomasi bo‘yicha futbolchining vakillari jamoa ijrochi direktori Ed Vudvord bilan uchrashish niyatidalar.

Maykl Karrik instagrammdagi rasmiy sahifasida tez orda rasmiy yangilik bilan chiqishi borasida izoh qoldirgan.

Муҳокама

Янгиликлар /

Xavfsizlik chorlari kuchaytirildi

14.02.2017

Klub xavfsizlik xizmati yaqin atrofdagi uylarda yashovchilarga bu ko‘chadan endi o‘tib bo‘lmasligini ma’lum qilib chiqishdi.

Ko‘chaga kirishda quyidagi so‘zlar yozilgan belgi o‘rnatilgan: «Kirish mumkin emas. Xususiy mulk. Qoidaga rioya qilmaslik qonun bo‘yicha jazolanadi».

Ta’qiq ushbu yer hududiga egalik qiluvchi HIMOR kompaniyasi tomonidan o‘rnatildi. Bunga sabab mahalliy aholi baza atrofidagi yo‘llarni ahlatxonaga aylantirishi bo‘ldi.

«Manchester Yunayted» bu qaror javobgarligini yer egalariga yukladi.

Муҳокама

14.02.2017

Antoni Marsyal «Sent-Etyen» jamoasini yaxshi bilishi va Yevropa Ligasi baxsidagi uchrashuvni intizorlik bilan kutayotganini aytib o‘tdi.

«Men «Lion» da to‘p surayotgan vaqtimda ularga qarshi uchrashuv doim o‘ziga xos tarzda o‘tar edi. Bu o‘zigacha atmosferaga ega katta o‘yin edi, bunday o‘yinda barcha futbolchilar ishtirok etishni istar edi».

«Bu menga «Sent-Etyen» ga qarshi uchrashuv uchun qo‘shimcha motivatsiya beradi. Biz bu o‘yin qiyin kechishini bilamiz, lekin biz o‘zimizning eng yaxshi o‘yinimizni ko‘rsata olsak yaxshi natijaga erisha olamiz. Bu uchrashuvda ishtirok etish ajoyib bo‘lar edi, lekin eng muhimi jamoa g‘alabasi. Agarda men uchrashuvda maydonga tushib gol ursam, bu ajoyib bonus bo‘lar edi».

Муҳокама

13.02.2017

Zlatan Ibragimovich «Yunayted» bilan shartnomani uzaytirish borasidaga gaplarga to‘xtalib o‘tdi.

«Shartnoma uzaytirish uchun hammasi tayyor, lekin biz xozircha hech nima qilmaymiz. Keling nima bo‘lishini ko‘ramiz».

Zlatan shuningdek jamoadaoshi Anton Marsyal borasida ham to‘xtalib o‘tdi.

«Qachon u maydonga tushsa, juda yaxshi o‘ynaydi. U boshqalarga o‘xshagan ko‘p gapirmaydi, Antoni ko‘p gapirmay o‘z ishini bajaradi, u professional. U jiddiy mehnat qiladi va maydonga tushgach buni natijada ko‘rsatib qo‘yadi».

«Biz oddatiy tarzda ertalab birgalikda to‘planib ovaqtlanamiz. Bizning jamoadahamma xech qanday muammosiz suxbatlashadi, faqat shuni o‘zi emas, bir-birimizni qo‘llab quvatlaymiz. Bizda ajoyib atmosfera xukm surmoqda, chunki bizning yigitlar haqiqiy professionallardir».

Муҳокама

13.02.2017

«Manchester Yunayted» rahbariyati jamoa darvozaboni David de Xeaning yozgi transferlar vaqtida «Real»ga o‘tishiga to‘sqinlik qilmoqchi.

Daily Star xabariga ko‘ra, bu ehtimoliy tranmferning oldini olish va ispaniyalik darvozabonning vataniga qaytishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun «qizil iblislar» ushbu futbolchining maoshini oshirib bermoqchi - haftasiga 300 ming funt sterling.

Bundan oldinroq, «Real» bosh murabbiyi Zinedin Zidan ushbu darvozabonning transferiga qarshi chiqqandi. De Xeaning o‘zi esa bu boradagi xabarlarga munosabat bildirishni istamadi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu futbolchi 2015 yilning yozida Madridga kelishi mumkin bo‘lgandi. Ammo oxirgi daqiqalarda bu transfer barbod bo‘lgandi.

Муҳокама