Mourino: Shou jiddiy ishlamoqda
13.02.2017

Joze Mourino nima sababdan Lyuk Shou hatto zahira o‘rindig‘idan ham joy ola bilmayotganiga izoh berib o‘tdi.
So‘ngi bor Shou Premyer Liga doirasida o‘tgan yili oktyabr oyida «Bernli»ga qarshi uchrashuvda maydonga tushgan edi, shundan so‘ng u chempionat o‘yinlarida boshqa bir daqiqa ham maydonga tushmadi.
«U ishlashda davom etishi va kutishi zarur. Hozirga vaziyatda men zahirada turli o‘rinlarda o‘ynay oladigan birgina himoyachiga joy beraman. Darmian o‘ng qanot va chap qanotda kerak paytda markaziy ximoyada ham to‘p sura oladi, shunday ekan mening tanlovim– Darmian».
«Birgin narsani aytishim kerakki Lyuk – juda yaxshi ishlamoqda. U bilan o‘rtamizda ortiqcha xech narsa yo‘q, u jiddiy mehnat qilmoqda».
Mourino: Marsiyal bunga haqli edi
12.02.2017

«Manchester Yunayted» jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourino APLning 25-turi doirasida «Uotford»ga qarshi kechgan va 2:0 hisobidagi g‘alaba bilan yakunlangan o‘yindan keyin bergan intervyusida o‘yindagi gollardan birini urgan Antoni Marsiyalga yuqori baho berdi.
Fransiyalik hujumchi gol urishdan tashqari birinchi gol urilgan vaziyatda Xuan Mataga uzatma bergandi.
«Marsiyal bugun maydonga tushish uchun haqli edi. Oxirgi ikki haftada u chin dildan ishladi va men uning avvalgidan ko‘proq mehnat qilishini ko‘rdim. U har qanday tanqidlarga jim qaradi va juda ko‘p mehnat qildi — bu esa menga juda yoqdi», — degan Mourino BBC Sport efirida.
Bundan oldinroq, murabbiy Mxitaryan turganda Marsiyalni o‘ynata olmasligi, Marsiyalning pozitsiyasida raqobatchilari ko‘pligi va u boshqalardan ko‘proq mashg‘ulot o‘tkazmayotganini aytib o‘tgandi.
Blind: Biz kuchli to‘rtlikda bo‘la olamiz
12.02.2017

«Manchester Yunayted» himoyachisi Deyli Blindning fikricha, uning jamoasi APLning 2016/17 mavsumini kuchli to‘rtlikda yakunlay oladi.
«Biz e’tiborni yo‘qotmay, o‘z uchrashuvlarimizda g‘alaba qozonishimiz kerak. « Yunayted» mavsum oxirida birinchi to‘rtlikda bo‘lishiga ishonaman. So‘nggi uch uchrashuvda gol o‘tkazmadik. Himoyachilar uchun bu doimo yoqimli. Jamoamizda tezkor va ijodkor futbolchilar ko‘p. Ular bilan bir jamoada o‘ynashdan baxtliman» - deydi Blind.
Mata: Ajoyib bo'lim bo'ldi
12.02.2017

«Uotford» ga qarshi uchrashuvning (2:0) birinchi gol muallifi Xuan Mata jamoaning birinchi bo‘limda ko‘rsatgan o‘yini o‘ziga xos na’muna bo‘lishi mumkinligini ta’kidlab o‘tdi.
«Birinchi bo‘lim bu joriy mavsumdagi bizning eng yaxshi bo‘limlarimizdan biri bo‘ldi. Biz uchrashuv boshidan yuqori tempda va to‘pni nazoratga olish kearkligni bilardik. O‘ylashimcha, bunday uchrashuvni tomosha qilish yoqimli unda ishtirok etish esa bundanda yaxshi».
Mourino: Pogba aql bilan o'ynamoqda
12.02.2017

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Joze Mourino «Uotford» (2:0) ga qarshi o‘yindan so‘ng Pol Pogbani maqtadi.
«Pogba yaxshi ko‘rsatkichlarni namoyish qilmoqda, juda yaxshi. So‘nggi ikki o‘yinda u aql bilan o‘ynadi. Pol to‘pni ko‘p olib qo‘ymoqda, shuningdek pozitsion o‘yinda ham yaxshi harakat qilmoqda» - dedi Mourino «MYU» matbuot xizmatining xabarida.
«Yunayted» APLda 2000 ochko to'pladi
12.02.2017

« Manchester Yunayted» Angliya chempionati doirasida «Uotford»ga qarshi uchrashuvda 2:0 hisobida g‘alaba qozondi va APL tarixida o‘ziga xos natija qayd etdi. Ya’ni, mankunianliklar Angliya Premyer ligasida umumiy qo‘lga kiritgan ochkolar soni 2000 taga yetdi.
Shu tartariqa «Yunayted» bu ishni birinchi bo‘lib amalga oshirgan jamoa bo‘ldi. Premyer liga amaldagi formatda 1992 yildan buyon faoliyat qilib kelmoqda.
Mourino: Muhim g‘alabaga erishdik
12.02.2017

«Manchester Yunayted» ustozi Joze Mourino «Uotford» ustidan (2:0) qozonilgan g‘alabaga izoh berdi.
«Biz uchun bu g‘alaba zarur edi. 16 uchrashuvdan iborat mag‘lubiyatsiz seriya – bu ajoyib ko‘rsatkich. Agar biz uydagi duranglar o‘rniga, g‘alaba qozonganimizda bundan yaxshi bo‘lardi. Bugungi o‘yin juda qiyin kechdi va muhim g‘alabaga erishdik».
«Odamlar «Uotford» va «Stok» qanday jamoa ekanligini unutib qo‘yishayapti. Ularning tarkibiga qarang: u yerda «Inter», «Latsio», «Napoli» da to‘p tepgan top-futbolchilar to‘p tepishmoqda».
«Bugungi o‘yinimizdan xursandman. Golgacha 10-15 daqiqa biz shiddatli o‘yin ko‘rsatdik va gol urishimiz lozim edi».
««Chelsi» – himoyada tartibli o‘ynaydigan juda yaxshi raqib. Ular ko‘pchilik bo‘lib himoyalanishadi. Hozir qarshi hujum va standartlardan unumli foydalanadigan himoyaviy jamoalar chempionlikka erishishadi. Shu sababli ular peshqadamlikni boy berishlari juda qiyin masala. Ammo futbol, bu futbol», - deydi Mourino.
Mourino: Zlatan yana bir yil jamoada qoladi
11.02.2017

Joze Mourino jamoa hujumchisi Zlatan Ibragimovich borasida to‘htalib o‘tdi.
«Ishonch bilan aytamanki u jamoada qoladi. Zlatan «MYU» ga kamida ikki mavsumni o‘tkazish uchun kelgan. Shunday ekan, har bir inson yaxshi tushunadi, birinchi yil albatta ikkinchisidan a’lo bo‘lishini».
«Zlatan biladi, biz uchun kelasi mavsum omadli kelishini va bu uning faoliyatini yuqori darajada yakunlashi uchun zamin bo‘lishiga ishonadi. Shunday ekan, men ishonamanki u yozda jamoamizda qoladi. Jamoadagi vaziyatga to‘liq moslashib oldi».
«Biz uning oilasi bilan xech qanday muammoni ko‘rmayapmiz. Men unga Shvesiyaga borishi uchun bir qancha vaqt berdim, lekin u buni hoxlamay jamoada qolishni istadi», –deydi Mourino Sky Sports ga bergan intervyusida.
Mourino: Jamoada barchasi joyida
11.02.2017

Joze Mourino «Uotford» ga qarshi uchrashuvdan oldin jamoaning holati xaqida to‘htalib o‘tdi.
Joze shammolab qolgan bois o‘tgan o‘yinni o‘tkazib yuborgan Ueyn Runi maydonga tushishga tayyorligini Fil Jesa maydonga tusha olmasligi aytib o‘tdi.
«Har bir jamoada to‘rtta Markaziy himoyachi bo‘ladi. Erik [Bayi] safda emasligida boshqalar juda yaxshi o‘yin namoyish qilishdi».
«Erik safga qaytgach esa Jons safdan chiqdi. Bayining so‘ngi o‘yinda ishonchli va jamoadoshlari bilan tushunib harakat qildi. Shunday ekan bizning himoyada hammasi joyida».
Runi APL ning eng boy futbolchisi
10.02.2017

Britaniyaning mashhur nashrlaridan biri The Times APLdagi barcha klublarda eng ko‘p maosh oladigan futbolchilar nomini sanab o‘tdi.
Unga ko‘ra, kutilganidek «Manchester Yunayted» futbolchisi Ueyn Runi eng ko‘p maosh olishi ma’lum bo‘ldi.
Ma’lumot uchun joriy mavsumda Ueyn Runi ortda qolgan 24 turdan keyin 2 marotaba raqiblar darvozasini ishg‘ol qilgan. Klublarda eng ko‘p maosh oladigan futbolchilar quyidagicha:
«Arsenal» – Mesut O‘zil (haftasiga 140 ming funt)
«Bornmut» – Jek Uilsher (80 ming)
«Byornli» – Robbi Breydi (30-35 ming)
«Chelsi» – Fransesk Fabregas (220 ming)
«Kristal Pelas» – Kristian Benteke (120 ming)
«Everton» – Romelu Lukaku (75 ming)
«Hall» – Abel Ernandes (35 ming)
«Lester» – Jeymi Vardi va Riyoz Mahrez (100 mingdan)
«Liverpul» – Filippe Koutino (150 ming)
«Manchester Siti» – Serxio Aguero va Yaya Ture (240 mingdan)
«Manchester Yunayted» – Ueyn Runi (300 ming)
«Midlsbro» – Alvaro Negredo (100 ming)
«Sauthempton» – Freyzer Forster (90 ming)
«Stok Siti» – Jerdan Shaqiri va Marko Arnautovich (65 mingdan)
«Sanderlend» – Jermeyn Defo (70 ming)
«Suonsi» – Fernando Lorente va Gilfi Sigurdsson (70 mingdan)
«Tottenhem» – Harri Keyn va Ugo Loris (120 mingdan)
«Uotford» – Troy Dini (50 ming)
«Vest Bromvich» – Jeyms Morrison va Darren Fletcher (65 mingdan)
«Vest Hem» – Endi Kerroll (80 ming).