Mourino: Futbolchilarimiz ideal yoshda
10.02.2017

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Joze Mourino yozgi transfer rejalari haqida fikr bildirdi.
«Albatta biz klub kelajagini muhokama qilamiz va bizda ham boshqa jamoalarda bo‘lgani kabi zaif nuqtalar borligini tushunib turibmiz. Ammo shu bilan birga hozirgi tarkibning potensiali yuqori ekanidan ham xabarimiz bor».
«Hozir ko‘p futbolchilarimiz ideal yoshda. Biz transfer borasida ortiqcha ish qilmaymiz. Klubimiz yozda 6 yoki 7 emas, balki 3-4 futbolchi sotib olish bilan cheklanmoqchi. Bizdan kuchli transfer yurishlari kutmang», - deydi Mourino.
«Yunayted» yangi ilovani ishga tushiradi
10.02.2017

«Manchester Yunayted» muhlislar talab va istaklarini hisobga olgan holda mahsus mobil ilovni ishga tushirish natijasida Angliyadan tashqarida ham jamoa rasmiy kanali hisoblangan MUTV translyatsiyasini to‘liq kun davomida ko‘rish imkoniyatini yaratish niyatida. Ushbu ilovani oylik to‘lovi 1,49 dan 4,49 funtgacha belgilangan.
Bu xaqida «Yunayted» vitse-prezident Ed Vudvord investorlar bilan bo‘lgan uchrashuvda aytib o‘tdi: «MUTV ilovasini xududlarda huquqiy normalarga amal qilgan holda ishga tushirish niyatidamiz. Bu xizmatning oylik xaqqi 1,49 dan 4,49 funtgacha beliganadi».
«Ushbu ilova orqali jamoa telekanali kun-tun davomida to‘liq translyatsiya qilinadi, shuningdek turli dasturlar, xujjatli filmlar, ko‘ngilochar shou, o‘tgan uchrashuvlar tahlili va jamoaning klassik uchrashuvlari bazasi ham o‘rin oladi».
«Ushbu ilova Buyuk Britaniyada Premer Liga bilan kelishuvga asosan ishlamaydi. Shuningdek bizning hamkorlarimiz bilan shartnomamizga asossan ayrim qo‘shni mamlakatlarda ham amal qilmaydi. Ilova Jahon bo‘ylab 160 davlatda ishlatilishi ko‘zda tutilmoqda. Biz ishonamizki ushbu turdagi mobil kontent albatta yaqin yillarda o‘sishga erishadi».
Eslatib o‘tamiz, MUTV kanali asosiy jamoaning o‘yinlarini jonli efirda namoyish qilmaydi. MUTV teletranslyatsiyasidan jamoaning 23 va 18 yoshlilar o‘yini, hamda asosiy jamoaning mavsumoldi o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘rin olgan.
«Yunayted» moliyaviy hisobotni taqdim qildi
10.02.2017

«Manchester Yunayted» moliyaviy hisobotni taqdim qildi, unga ko‘ra jamoaning choraklik foydasi 37,6 million funtni tashkil qildi.
«Yunayted» shuningdek uchrashuv translyatsiyasidan olgan foydasi ham 40,8% ga o‘sgan, va bu jamoa g‘aznasini 52,5 million funt mablag‘ bilan to‘ldirgan. Uchrashuv kuni olinadigan foyda ham 27% ga o‘sib 38,6 million funt bo‘lgan. Yuqoridagi ikki ko‘rsatgichlarning o‘sishi va boshqa sohalar rivojlanishi natijasida umumiy aylanma mablag‘ 18% ga o‘sib 157,9 million funt mablag‘ni tashkil qilgan .
Joze Mourino, Zlatan Ibragimovich, Pol Pogb va Genrix Mxitaryan jamoaga kelishi natijasida maoshlar ko‘rsatgichi ham 14% ga o‘sgan.
Shuningdek jamoaning g‘arzlari ham 27% ga o‘sgan va 2016 yil 31 dekabr holatiga ko‘ra 409,3 million funtni tashkil qilgan. Bunga asosiy sabablardan biri Buyuk Britaniyaning Yevroitfoqdan chiqishi oqibatida funt starlingning dollarga nisbatan pasayganligidir.
Moliyaviy ekspert Devid Bikning so‘zlariga ko‘ra qarzlarining ko‘payishi jamoa rahbariyatini unchalik bezovta qilmayapti.
«Bu vaziyat jamoada hech qanday siqilish uchun sababb bo‘ladi deb o‘ylamayman. – Shuni aytishim kerakki «Manchester Yunayted» balansi har doimdagidek hurmatga loyiq. Faqatgina birgina jihat– bu ham bo‘lsa jamoaning Chempionlar Ligasiga qaytishi bo‘ladi. Jamoa ushbu turnirda ishtirok etmasligi bois translyatsiya va o‘yin kunlaridagi ko‘riladigan foyda jihatdan bir mavsumda 60 dan 100 million funtgacha yoqotmoqda».
Shuningdek jamoa Bastian Shvaynshtaygerni asosiy jamoada qolishini 4,8 million funt sifatida baholangan.
Shou jamoani tark etadimi
09.02.2017

«Tottenxem» klubi rahbariyati «Manchester Yunayted» jamoasi himoyachisi Lyuk Shou bo‘yicha transfer taklifi jo‘natmoqchi, agar u klubda muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmasa.
Londonliklarning amaldagi murabbiyi Maurisio Pochettino va Shou «Sautgempton» da birga ishlagan, u yerdan Shou 2014 yili 27 million funt evaziga «MYU» ga o‘tgandi.
Mankunianliklar ustozi Joze Mourino o‘yinchini asosiy tarkibda tushirmayapti. Biroq avvalroq himoyachining agenti Jonatan Bar «Manchester Yunayted» dagi holatidan roziligini aytib o‘tgandi.
Mourino bilan shartnoma uzaytiriladi
09.02.2017

«Manchester Yunayted» rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Joze Mourino bilan mavsum kunida uning shartnomasini uzaytirish masalasida muzokara o‘tkazadi.
Bu haqda The Sun tabloidi xabar tarqatdi. Portugaliyalik mutaxassisning amaldagi shartnomasi 2019 yilgacha tuzilgan. «Qizil iblislar» jamoasi rahbariyati u bilan shartnoma muddatini yana bir yilga uzaytirmoqchi.
O‘tgan yilning yozida jamoa boshqaruviga kelgan murabbiy ayni vaqtda, APLning 24 turidan so‘ng «MYU» bilan turnir jadvalida 6-oltinchi o‘rinda, 45 ochko to‘plagan holda turnir peshqadami «Chelsi»dan 14 ochkoga ortda qolmoqda.
Jons: Men maydonga tushishga tayyorman
09.02.2017

«Lester» ga qarshi uchrashuvni o‘tkazib yuborgan «Yunayted» himoyachisi Fil Jons kelgusi tur o‘yiniga maydonga tushishga tayyor ekanligini bildirdi. Bu xaqida Manchester Evening News nashri xabar bermoqda.
«Xozirda hammasi joyida. Oddiygina aytganda oyog‘imdan zarba qabul qilib olganim tufayli biroz jarohat olgan edim. Bu oddiy holat va bunday vaziyat uchrab turadi. «Uotford» ga qarshi uchrashuvda maydonga tushishga men tayyor bo‘laman».
Eslatib o‘tamiz, Jonsa uzoq muddatli jarohatdan so‘ng o‘tgan yili noyabr oyida safga qaytgan edi.
TAG Heuer soatlar kolleksiyasini taqdim etdi
09.02.2017

«Manchester Yunayted» va Shveysariyaning TAG Heuer kompaniyasi hamkorlikda «qizil iblislar» uchun mahsus soatlar to‘plamini tayyorladi.
Soat taqdimot marosimida jamoa a’zolari Ueyn Runi, Zlatan Ibragimovich, David De Xea va Ander Errera ishtirok etishdi. Shveysariyaning simvollaridan biri bo‘lgan katta pishloq «Old Trafford» da ikkiga bo‘lish orqali o‘ziga xos taqdimotni amalga oshirishdi.
TAG Heuer ikki ko‘rinishdagi soat moddelarini taqdim etdi:
Birinchi model soat - TAG Heuer Carrera Heuer 01 Manchester United deya nomlanib – o‘ziga hos dizayn yechimiga ega va «Manchester Yunayted» logotipi aks etgan.
Narxi: £4800
Ikkinchi soat modeli esa - TAG Heuer Formula 1 Manchester United Chrono Quartz – nomlangan – soddalik va chiroyli dizayni orqali xaridorlariga manzur bo‘lishi kutilmoqda. Shuningdek, ushbu model soatlari birinchisiga qaraganda ancha arzon.
Stoimost: £1300
Silvestr: Marsyal sabrli bo'lishi kerak
08.02.2017

«Manchester Yunayted» sobiq futbolchisi Mikael Silvestr fransiyalik hujumchi Antoni Marsyalga klubdan ketish borasida shoshilinch qaror qabul qilmaslikni maslahat berdi.
«Marsyal o‘tgan mavsum mankunianliklarning eng yaxshi to‘purari bo‘ldi, lekin bu yil u boshqa o‘yinchi. Men uni sabrli bo‘ladi va bir paytlar Pogba «Yuventus» ga ketib qolgani kabi yo‘lni tutmaydi deb o‘ylayman. Hozir Antoni xarakter va jasurlik ko‘rsatishi, bor kuchi bilan ishlashi lozim. Unda Ibragimovichdan, Runidan o‘rganish imkoni mavjud. Bu yigitlar sovrinlar yutish uchun nima kerakligini bilishadi. Bu yosh hujumchiga o‘sish va rivojlanish uchun eng yaxshi joy. Bu Markus Reshfordga ham tegishli», - deydi Silvestr.
Pogba yangi uy sotib oldi
08.02.2017

«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Pol Pogba shahar yaqinidan 3,4 million yevroga uy sotib oldi.
Xabar qilinishicha, 23 yoshli futbolchi mankunianliklar safiga o‘tgandan buyon mehmonxonada istiqomat qilib kelgan. Pogbaning yangi uyida beshta yotoqxona, basseyn va bilyard stoli o‘rnatilgan xona bor. Ilgari ushbu uyda «MYU» ning sobiq hujumchisi Xavyer Ernandes istiqomat qilgan.
Bu uydan «MYU» qarorgohiga qadar yo‘l avtomobilda 20 daqiqa vaqtni oladi.
Runi maydonga tushishga tayyor
08.02.2017

«Manchester Yunayted» hujumchisi Ueyn Runi kasaldan tuzaldi va Angliya chempionati 25 turida «Uotford» ga qarshi kechadigan o‘yinda maydonga tushishga tayyor bo‘lib turibdi. Hujumchi mashg‘ulotlarda hech qanday cheklovsiz ishtirok etmoqda.
Runi «Lester Siti» ga qarshi kechgan va 3:0 hisobidagi g‘alaba bilan yakuniga yetgan o‘yinda maydonga tushmagan edi. Eslatib o‘tamiz, tajribali hujumchi joriy mavsum Angliya chempionatida 17 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urgan va beshta golli uzatmani amalga oshirgan.