Batt va Vidich murabbiylik litsenzisini olishdi
08.02.2017

«Manchester Yunayted» Akademiyasi rahbari Niki Batt va jamoaning sobiq sardori Nemanya Vidich FA Milliy futbol marakazi tomonidan tashkil qilingan uch kunlik ta’lim jarayonidan so‘ng UEFA ning professional murabbiylik litsenzisining «Modul bir» kategoriyasini olishdi. Bu xaqida FA rasmiy sayti xabar berdi.
Ushbu kursda Batt va Vidichdan tashqari sobiq futbolchilar Devid Djeyms, Stiven Rid va Djeyms Bitti ham ishtirok etishdi.
Abonementlar narxini o'zgarishsiz qoldi
07.02.2017

«Manchester Yunayted» rasman yillik abonementlar narxini o‘zgarishsiz qoldirdi. Jamoa 6 yildan buyon yillik abonementlar narxini o‘zgarishsiz qoldirmoqda.
«Yunayted» shuningdek 16 yoshdan kichik bo‘lgan muhlislar uchun ham o‘ziga xos chegirma joriy qilgan. Ya’ni «Old Trafford» ning ikkinchi yarusida joylashgan uch tribunaga 50% li chegirma belgilangan.
Angliya Liga Kubogi uy uchrashuvlari uchun ham chiptalar narxi 25 % ga arzonlashtirilidi. Eslatib o‘tamiz, avvalroq rahbariyat Yevropa Ligasi doirasida «Old Trafford» da bo‘lib o‘tadigan uchrashuvlar uchun ham chiptalar arzonlashtirilgan edi.
Umumiy hisobda yillik abonement eng arzoni katta yoshli muhlislar uchun 532 funtdan sotiladi.
«Yunayted» afsonalari Avstraliyaga boradi
07.02.2017

Joriy yil 25 mart kuni «Manchester Yunayted» afsonalari «Avstraliya PFA afsonalari» ga qarshi hayriya uchrashuvida ishtirok etishadi, uchrashuv Avstraliyaning Pert shahrida bo‘lib o‘tadi.
Uchrashuvda «Manchester Yunayted» sobiq futbolchilari Pol Skoulz, Duayt York, Denis Irvin va Teddi Sheringem ishtirok etishlari kutilmoqda, jamoani murabbiy sifatida «Yunayted» afsonaviy sardori Brayan Robson tayyorlaydi.
Avstraliya professional futbolchilar assotsiatsiyasi (PFA) ilk bor bunday tadbir tashkil qilmoqda.
Uchrashuvdan tushgan mablag‘lar «Manchester Yunayted» hayriya fondi va bir qator hayriya tashkilotlari hisobiga o‘tkaziladi .
Uchrashuv uchun chiptalar 10 fevral kundan sotuvga chiqadi va uni www.ticketmaster.com.au sayti orqali harid qilish mumkin.
Ibragimovich: Biz katta ovga chiqdik
07.02.2017

«Manchester Yunayted» jamoasi hujumchisi Zlatan Ibragimovich APLning 24-turida «Lester»ga qarshi (0-3) g‘alabali uchrashuvdan keyin muxbirlarning savollariga javob qaytardi.
«Menda maqsad bor, ammo bu maqsadimni sizlarga aytmoqchi emasman. Bu fikr boshimda yashab tursin, hali maqsadimga yetishganim yo‘qku», dedi futbolchi.
«Gap nima haqda?» – deya so‘ragan jurnalistlardan biri.
«Barchasi oddiy: Men har mavsumda qilishni istaydigan ish. Bu, bir tomondan yangi cho‘qqi emas, ammo men uchun muhim ahamiyatga ega. Hozir men imkoniyatlarim yetganicha uddalayapman. Bunda menga jamoadoshlarim yordam berishmoqda», deya javob qaytargan Ibragimovich.
Shvetsiyalik hujumchi Angliya chempionatiga kelishiga tanqidiy nazar bilan qaragan ekspertlarni eslab o‘tgan. Ko‘pchilik bu mashhur va shu bilan birga faoliyatining oxirgi bosqichiga o‘tgan bu futbolchi Premer-liganing shiddatiga javob bera olmasligini taxmin qilgandi.
«Bilaman, Angliya Ibragimovich 20 gol ura olmasligi haqida gapirgan odamlar bilan to‘la. Ammo bu meni tashvishga solmaydi. Men hozirgacha 20 gol urib bo‘ldim va 7 ta golga pas berdim. O’tgan mavsumda bu natijani qayd etishim oson edi, ammo hozir hammasi boshqacha», deydi shvetsiyalik hujumchi.
Bu futbolchi o‘zi uchun APL to‘purari bo‘lish yoki jamoasiga YeChL yo‘llanmasini qo‘lga kiritishda yordam berishdan qaysi biri muhimroqligi haqidagi savolga ham javob bergan.
Ayni vaqtda APLning eng yaxshi to‘purari «Everton» hujumchisi Romelu Lukaku bo‘lib turibdi, u Ibragimovichdan 12 yosh kichik. U 16 ta gol urgan. Ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi o‘rinlarni Zlatan, Diyego Kosta («Chelsi») va Aleksis Sanches «Arsenal» bilan 15 tadan gol urgan holda bo‘lishib turibdi.
«Bilasizmi, menga har kuni nima motivatsiya beradi. Tanqidlar va chempionatdagi poyga. Menga APLdagi muhit juda yoqadi, men bu ligadaligimdan bahra olishda davom etishni istayman. Qanday ishtirok etishimizdan qat’i nazar. Mening birinchi galdagi maqsadim – «Manchester Yunayted»ga g‘alaba qozonish uchun yordam berish. Men barcha jamoadoshlarim qatori bu maqsad yo‘lida bor imkoniyatimni ishga solaman. Buni o‘zingiz ham ham ko‘rib turibsiz».
«Hozirda maqsadimiz aniq: kuchli to‘rtlikka kirish va Chempionlar ligasiga yo‘llanma olish», deydi futbolchi.
Ko‘plab ekspertlar mavsum chempioni «Chelsi» bo‘lishini taxmin qilishmoqda. Zlatan esa o‘z jamoasi chempionlik poygasida burilish yasashiga ishonch bildirdi.
«Biz bor diqqatimizni Yevrokubokka yo‘llanma olish uchun qaratamiz. Albatta, jamoamiz chempionlikka erishishi qiyinlashib ketdi, ammo biz taslim bo‘lmoqchi emasmiz. «Lester» ustidan g‘alabadan keyin biz katta ovga chiqdik. Ha, biz uchun oxirgi oylar qiyin kechdi, ammo endi barchasi ortda qoldi».
«Mening nazarimda, «Yunayted»da faqat bir raqib bor – bu uning o‘zi. Agar biz o‘z o‘yinlarimizni yutganimizda, chempionatda umumiy vaziyat boshqacha bo‘lgan bo‘lardi. Ammo hozirgi vaziyat ham qo‘rqinchli emas. Hozirda raqiblarimiz xato qilishini kutamiz», – degan Ibragimovich.
Ayni vaqtda «qizil iblislar» jamoasi 45 ochko bilan turnir jadvalida oltinchi o‘rinda, peshqadam «Chelsi»dan 14 ochkoga ortda qolgan holda bormoqda.
Finalni boshqaradigan hakam aniq bo‘ldi
07.02.2017

Kecha Angliya Liga Kubogi finali «Manchester Yunayted» va «Sautgempton» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvi boshqarib boradigan hakamlar brgadasi aniq bo‘ldi. AFA qaroriga ko‘ra Andre Mariner final uchrashuvini boshqarib boradi.
46 yoshli hakamga qanotlarda Richard Uest va Styuart Bert, hamda zahira hakami sifatida Kevin Frend yordam berishadi.
Marriner 2004 yildan buyon Premer Liga uchrashuvlarin boshqarib keladi, 2009 yildan esa FIFA hakamlari ro‘yhatiga kirtilgan. 20013 yilda Angliya Kubogi finali o‘yinini boshqargan.
Joriy mavsumda Marriner «Yunayted» ishtirokidagi uch uchrashuvni («Bornmut»,«Reding» va «Arsenal») boshqargan.
Mxitaryan: Bu biz uchun yangilik emas
06.02.2017

«Manchester Yunayted» yarimhimoyachisi Genrix Mxitaryan Angliya chempionatining 24-turida «Lester Siti»ga qarshi kechgan va 3:0 hisobidagi g‘alaba bilan yakunlangan o‘yindan keyingi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Mxitaryan ushba uchrashuvning 42-daqiqasida hisobni ochdi. «MYu» bosh murabbiyi Joze Mourino uchrashuvni 4-4-2 sxemasida boshlagan bo‘lsada, birinchi bo‘lim o‘rtalarida armanistonlik futbolchini «hujumchi orti» chizig‘iga qo‘ygandi.
«Biz o‘yindan oldin bunga tayyorlangan edik. Mourino agar ikki hujumchilik sxema ish bermasa, uni o‘zgartirishini aytgandi. O’yin vaqtida xuddi shu rejani amalga oshirdik».
«Bu biz uchun yangilik emas. Oldin ham sxemani ko‘p o‘yinlarda osonlikcha o‘zgartirganmiz. Menga turli chiziqlarda o‘ynash yoqadi. Bu safar murabbiy men hujumchi ortida o‘ynasam yaxshi bo‘lishini sezdi», - deya Mxitaryanning so‘zlarini keltirgan Goal.
Nevill: Mourino ajoyib ish qildi
06.02.2017

«Manchester Yunayted» sobiq sardori Gari Nevill APLning «Lester»ga qarshi uchrashuvdagi taktikalari sabab «MYu» bosh murabbiyi Joze Mourinoni olqishladi.
«Bu uchrashuvni «MYu» jamoaga unchalik mos kelmaydigan 4-4-2 o‘yin chizmasida boshlagandi. Mankunianlarda hujum va himoya bitta chiziqda o‘ynab yaxshi bog‘lamni hosil qila olmadi. Ammo keyin Mourino Genrix Mxitaryanni «o‘nlik» pozitsiyasiga o‘tkazib, o‘yin sur’atini butkul o‘zgartirib yubordi. Genrix uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi, uning goli uchrashuv natijasida muhim ahamiyat kasb etdi».
«Mourino bu orqali «MYu»ning vazifasini professsionallarcha qarori bilan yengillashtirdi. Joze umuman olganda juda faol murabbiy. Agar jamoaning o‘yini chiqmay turgan bo‘lsa, u o‘yinchi almashtirishi yoki butunlay o‘yin tuzilmasini o‘zgartirishi mumkin», — deya Nevillning so‘zlarini keltiradi Sky Sports.
Myunxen fojiasiga 59 yil to‘ldi
06.02.2017

Bugun Myunxen fojiasiga 59 yil to‘ldi. Shu sababli britaniya vaqti bo‘yicha 14:45 da 23 nafar insonni hayotdan olib ketgan aviahalokatni yodga olish maqdsadida muhlislar va vafot etganlarning qarindoshlari to‘planishadi.
Bir daqiqali sukut saqlash britaniya vaqti bo‘yicha 15:04 da aviahalokatni ro‘y bergan vaqtda bo‘lib o‘tadi.
Tantanali marosim esa 11 fevral kuni «Old Trafford» da bo‘lib o‘tadigan «Uotford» ga qarshi bahsdan avval bo‘lib o‘tishi belgilangan.
Uchrashuvda Myunxen fojiasida vafot etganlarning yaqinlari ishtirok etishadi, futbolchilar esa qora bog‘ichada maydonga tushishadi.
Ibragimovich APL rekordi sohibi
06.02.2017

«Yunayted» hujumchisi Zlatan Ibragimovich «Lester»ga qarshi o‘yinda gol urib APLdagi o‘ziga xos natijaga erishdi.
«Lester» darvozasiga urilgan gol shvetsiyalik futbolchining joriy mavsum Premer Ligadagi 15-goli bo‘ldi. Ibragimovich ushbu natijani qayd etgan kunda 35 yosh 125 kunlik edi. Bu natija esa APL tarixida 15 gol urgan eng yoshi katta futbolchi sifatida qayd etildi.
Runi betobligi sababli maydonga tushmadi
06.02.2017

«Manchester Yunayted» sardori Ueyn Runi betobligi tufayli kecha bo‘lib o‘tgan «Lester» ga qarshi (0:3) uchrashuvda ishtirok etmadi. Runi jamoa bilan «King Pauer» ga ham bormagan va Manchesterda qolib davolanmoqda.
Shuningdek, jamoa himoyachisi Lyuk Shou ham Manchesterda qolgan edi, unda qanday muammoa borligi xozircha noaniq.