Янгиликлар /

Runi jamoani tark etishi mumkin

03.02.2017

Manchester Evening News nashri xabar berishicha Ueyn Runi bosh murabbiy Joze Mourino bilan o‘zaro munosabatlari yomonlashgani tufayli «Manchester Yunayted» ni tark etishi mumkin.

Manbaning xabariga ko‘ra, futbolchining bosh murabbiy bilan orasida qattiq kelishmoqchilik yuzaga kelgan. Shu sababli Runi jamoani tark etish imkoniyatlari ko‘rib chiqmoqda.

Esltib o‘tamiz, Runi uchun AQSh va Xitoyning bir qator jamoalari taklif bilan chiqishgan. Xitoyning «Pekin Goan» jamoasi esa futbolchi uchun yillik 32 million yevro maosh taklif qilgan.

Муҳокама

03.02.2017

Aksel Tuanzebe «Manchester Yunayted» bilan 2020 yil iyuniga qadar yangi shartnoma imzoladi. Shuningdek shartnoma bandlarida uni yana bir yilga uzaytirish imkoniyati ham bor. Bu xaqida jamoa rasmiy sayti xabar bermoqda.

19 yoshli kelib chiqishi Kongolik bo‘lgan futbolchi «Yunayted» Akademiyasi tizimidagi turli yoshlardagi jamoalar tarkibida maydonga tushdi va o‘tgan haftada asosiy tarkibda ham o‘z debyutini o‘tkazdi.

«Men doimo «Manchester Yunayted» muhlisi bo‘lib kelganman, shunday ekan yangi shartnoma imzolaganimdan xursandman. Angliya Kubogidagi o‘yindagi mening debyutim men va oila a’zolarim uchun o‘ziga xos fahr bo‘ldi».

Shuningdek Joze Mourino ham futbolchi xaqida fiklari bilan o‘rtoqlashdi: «Aksel – katta potensialga ega yosh futbolchi. Biz uni ko‘proq tajribaga ega bo‘lishi uchun asosiy jamoaga oldik, uning qobiliyati buning uchun yetarli darajada. Men u bilan yangi shartnoma imzolanganidan xursandman, va uning yanada o‘sishiga ishonaman».

Муҳокама

03.02.2017

Antonio Valensiya «Manchester Yunayted» ning yanvar oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi, bu xaqida jamoa rasmiy sayti xabar bermoqda.

ManUtd.com rasmiy saytining ijtimoiy tarmoqdagi so‘rovnomasi yakuniga ko‘ra Valensiya qatnashchilarning 57% ovoziga ega bo‘lgan, keyingi o‘rinda Fil Jons (22%) qayd etilgan bo‘lsa, Markus Reshford (21%) esa uchunchi o‘rinda qayd etildi.

Valensiya 2016 yil noyabr oyida ham jamoada «Oyning eng yaxshi futbolchisi» nomiga sazovar bo‘lgan edi.

Муҳокама

Янгиликлар /

Jons: Tez orada safga qaytaman

02.02.2017

«Xall Siti» qarshi kechgan uchrashuvning 56-daqiqasida jarohat olib zahira futbolchisiga almashtirilgan Fil Jons o‘zining holati xaqida xabar berdi.

«Oyog‘imdan kichik jarohat oldim, lekin hammasi joyida. Jiddiyroq nimadur yo‘q, shunday ekan bir nech kunda tuzalib ketaman».

«O’yindan so‘ng yechinish xonasida barcha tushkun holatda edi. O’yindan oldin biz bu xaqida aytib o‘tgan edik, bu biz uchun yaxshi imkoniyat edi, lekin bu uchrashuvda bunday bo‘lib chiqmadi».

«Hammasi ortda qoladi, endi «Lester» ga qarshi uchrashuvga tayyorgarlik ko‘ramiz. Keyingi o‘yin ham tez orada va biz imkoniyatni yaxshilash uchun xarakat qilamiz».

Муҳокама

Янгиликлар /

Mourino: Biz gol ura olmadik

02.02.2017

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Joze Mourino APLning 23-turida «Hall»ga qarshi kechgan va 0:0 hisobidagi durang bilan yakunlangan uchrashuvdan keyin fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Biz gol ura olmadik. Gol urmasdan g‘alaba qozonib bo‘lmaydi. Raqib darvozaboni yana yaxshi o‘yin ko‘rsatdi».

««Hall» futbolchilari kurashning qanday darajasi hakam uchun ma’qul ekanini tushunishga harakat qilishdi. Ular buni uddalashdi va shuning uchun o‘z futbollarini bemalol namoyish qilishdi».

««Hall» ligada jon saqlash uchun kurash olib bormoqda, shuning uchun ularga har bir ochko muhim. Ularni ko‘rsatgan o‘yinlari uchun tanqid qilmayman».

«Agar futbolni tushunmasangiz, yaxshisi, qo‘lingizga mikrofon olib meni savolga tutmang», deya so‘zini yakunlagan Mourino.

Муҳокама

02.02.2017

«Manchester Yunayted» hujumchisi Zlatan Ibragimovich APLning 23-turida «Hall» bilan qayd etilgan durang (0:0) haqida fikr bildirdi.

«Bizda gol urish uchun qulay imkoniyatlar bo‘ldi. Lekin biz ulardan foydalana olmadik. Bu o‘yinda g‘alaba qozonishimiz shart edi».

«Raqib darvozaboniga kelsak, u bugun kameralar uchun seyv qildi. Bizning zarbalarimiz o‘xshamadi», – deydi Zlatan

 

 

Муҳокама

Янгиликлар /

Mourino: Marsyal harakat qilmoqda

01.02.2017

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Joze Mourino jamoa hujumchisi Antoni Marsyal borasida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

 «Marsyal keraklicha harakat qilmoqda. U maydondagi pozitsiyasida o‘zining eng yaxshi o‘yinini nomoyish qilishi lozim».

 «Uning pozitsiyasi jamoamizdagi eng ko‘p variantga ega bo‘lgan joy. Hoxlaysizmi men Angliya Kubogi doirasidagi «Uigan» (4:0) ga qarshi uchrashuv eng yaxshi o‘yinchisi  Mxitaryanni olib tashlashimni? Men buni qila olmayman».

 «Men o‘z futbolchilarimga to‘g‘ri yondoshaman: Mxitaryan ajoyib o‘ynamoqda - u «Xall» ga qarshi maydonga tushadi. Barchasi oddiy», — deydi Mourino. 

Муҳокама

31.01.2017

«Manchester Yunayted» ustozi Joze Mourino kecha yoshlar jamoasi tarkibida jarohat olgan Erik Bayini ertaga «Xall Siti» ga qarshi bo‘lib o‘tadigan o‘yinga tayyorligini aytib o‘tdi.

«Erik soppa-sog‘ va maydonga tushishga tayyor. U bu yil birinchi marotaba jamoamizga yordam bera olishi mumkin. Biz doimo o‘yinga imkon qadar to‘liq va maksimal tarkibni tushiramiz. To‘g‘ri, Valensiya, Ibragimovich, Pogba kabi futbolchilar «Uigan» ga qarshi o‘yinda dam olishdi. Ular mavsum davomida juda ko‘p vaqtini maydonda o‘tkazgandilar. Biroq, ushbu o‘yinchilar ertaga futbol o‘ynay oladilar», - deydi murabbiy.

Муҳокама

31.01.2017

«Manchester Yunayted» jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourino o‘zi haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Omadli odamlar - o‘zi bilan murosa qila olgan kishilardir. Qaysidir ma’noda men – ikonaga o‘xshayman, garchi ikona bo‘lmasamda. Men – shu ma’noda ikonamanki, o‘zimni juda erkin his qilaman. Men uchun eng yaxshi konsepsiya – ikona bo‘lishdir. Men odamlar nima deyishi va nima o‘ylashi haqida qayg‘urmayman. Men faqat o‘zimni o‘ylayman va har qanday vaziyatga tayyor turaman.

Meni dunyoning to‘rt tomonida ham tan olishgan, dunyoning har qaysi burchagidagi stadionda muxlislar men haqimda bilishadi. Ularning menga nisbatan munosabati turlicha: ular meni haqoratlashlari yoki meni alqab qo‘shiq kuylashlari mumkin. Men qayerga borsam ular men bilan salomlashishga intilishadi – men esa ularning qo‘lini siqib, ular bilan suratga tushib, ularni baxtiyor qilaman.

Men muxlislar og‘ushida o‘zimni juda yaxshi his qilaman. O’yin vaqtida meni yoqtirmasliklari, mendan yoki jamoamdan qo‘rqishlari mumkin. Ammo o‘yingacha va o‘yindan keyin ularning menga munosabati hamisha yaxshi bo‘ladi», deya Mourinoning so‘zlarini keltirgan GQ.

Муҳокама

31.01.2017

Sky Sports xabar berishicha «Yunayted» yarim himoyachisi Eshli Yang katta ehtimol bilan jamoada qoladi.

Telekanal manbaga tayanib xabar berishicha Yang 90%  imkoniyat bilan «Manchester Yunayted» safida qoladi.

Joze Mourino avvalroq jamoani faqatgina Yang tark etishi mumkinligini aytib o‘tgan edi.

Sky Sports xabarida aytilishicha Eshli uchun Xitoyning «Shandun Lunen» va Premer Liganing uch jamoasi xaridor bo‘lmoqda.

Муҳокама