Taxit Chong jiddiy jarohat oldi
31.01.2017

«Manchester Yunayted» ning 18 yoshgacha bo‘lgan jamoasi yarim himoyachisi Taxit Chong jiddiy jarohat olib uzoq muddatga safdan chiqdi deya xabar bermoqda jamoaning yoshlar jamoasi murabbiyi Kiran MakKen.
«Afsuski, Taxit jarohat olib uzoq muddatga safdan chiqdi. U fantastik inson- katta iqtidor sohibi. Biz uni tezroq tuzalib yanada kuchli bo‘lib safga qaytishini tilab qolamiz», deydi MakKenu jamoa rasmiy saytiga bergan intervyusida.
Chong 21 yanvar kuni «Everton» yoshlariga qarshi kechgan uchrashuvning birinchi bo‘limida jarohat olgan va tiibbiyot xodimlari unga tezlik bilan yordam ko‘rsatishgan.
18 yoshli gollandiyalik iqtidor egasi «Yunayted» Akademiyasiga o‘tgan yili yozda kelib qo‘shilgan edi va tezda jamoaga moslashib Kiran MakKen boshchiligidagi jamoaning yulduziga aylangan. Yoshlar jamoasi tarkibida joriy mavsmda 13 uchrashuvda ishtirok etgan Chong 3 gol va 8 golli uzatma qayd etgan.
Bayi jarohat oldi
31.01.2017

«Yunayted» himoyachisi Erik Bayi o‘rinbosarlar tarkibida «Everton» jamoasiga qarshi kechgan uchrashuvda jarohat oldi .
Erik yaqinda Afrika Millatlar Kubogidi ishtirok etib jamoaga safiga qaytgan edi. Niki Batt boshchiligidagi o‘rinbosarlar tarkibida maydonga tushgan futbolchi ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida jarohat oldi va boshqa futbolchiga almaytirildi.
MUTV xabar berishicha futbolchini jarohat jiddiy emas va uni ehtiyot qilib maqsadida zahira futbolchisiga almashtirilgan.
Navbatdagi raqib Blekbern
31.01.2017

Unga ko‘ra, kubokda qahramonlik ko‘rsatayotgan «Satton Yunayted» jamoasi o‘z stadionida yana bir bayram uyushtiradigan bo‘ldi. Bu safar jamoa premer-liganing yetakchilaridan biri «Arsenal»ni o‘z uyida qabul qiladi.
Shuningdek bu bosqichda «Chelsi» «Liverpul»ni musobaqadan chiqarib yuboragan «Vulverhempton» mehmoni bo‘ladi. «Manchester Yunayted» esa «Blekbern»ga safar uyushtiradi. Qiziqarli uchrashuvlardan biri London derbisida kuzatiladi. «Tottenhem» «Fulhem» uyiga safar uyushtiradi.
Kubok o‘yinlari 17-20 fevral kunlari bo‘lib o‘tadi.
1/8 final Qur’aning to‘liq ko‘rinishi quyidagicha ko‘rinish olgan:
Byornli - Linkoln Siti
Fulhem - Tottenhem
Blekbern - Manchester Yunayted
Satton Yunayted - Arsenal
Middlsbro - Oksford
Vulverhempton - Chelsi
Haddersfild - Manchester Siti
Milluoll - Derbi Kaunti/Lester
Mourino: Yangi yutuqlar sari intilaman
30.01.2017

«Manchester Yunayted» jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourino futbolda erishgan eng katta yutug‘i to‘g‘risidagi savolga javob berdi.
«Ular juda ko‘p, bu savolga javob berish qiyin. Keling bir boshdan aytaman.«Portu» bilan Chempionlar ligasidagi g‘alaba – tarix. 50 yillik muvaffaqiyatsizlikdan so‘ng «Chelsi» bilan APL g‘olibi bo‘lish – tarix. «Inter» bilan «trebl» - tarix. Bir necha yillik muvaffaqiyatsizliklardan so‘ng «Real» bilan chempion bo‘lish – tarix. APLga qaytib, «Chelsi» bilan chempion bo‘lish – tarix».
«Ko‘rib turibsizki, ajoyib yutuqlarga boy bo‘lgan faoliyatga egaman. Ammo bir muammo bor – har doim yangi yutuqlar sari intilaman», degan Mourino Sky Sports muxbiri savoliga javoban.
Kuxarski «Yunayted» da ish boshlaydi
30.01.2017

«Legiya» jamoasi bosh skauti Radoslav Kuxarski «Manchester Yunayted» da faoliyat olib boradi, deya xabar bermoqda varshavaliklar rasmiy sayti.
Kuxarski deyarli 10 yildan buyon «Legiya» jamoasida Markaziy va Sharqiy Yevropada iqtidorli futbolchilarni topishda ko‘maklashgan.
««Manchester Yunayted» ga o‘tish men uchun katta sharaf. Birinchi bu navbatda «Legiya» jamoasida olib borgan ishlarim natijasidir, bundayligidan faxrlanaman».
««Yunayted» bilan muzokara o‘tgan yili iyun oyida boshlangan edi, va mana 1 fevraldan «Old Trafford» o‘z ishimga kirishaman. Buning barchasi uchun «Legiya» dagi o‘z yordamchilarimga, o‘yinchilarga, murabbiylarga, va albatta alohida jamoa prezidenti va jamoa direktoriga minnatdrochiligimni aytaman», - deydi Kuxarski.
«Old Trafford» da yong‘in sodir bo‘ldi
30.01.2017

Bugun Britaniya vaqti bo‘yicha soat 7 da «Old Trafford» da yong‘in sodir bo‘ldi deya xabar bermoqda Manchester Evening News nashri.
Janubiy tribunada joylashgan lift dvigateli o‘rnatilgan qismda qisqa tutashiuv natijasida yong‘in kelib chiqqan.
«Manchester Yunayted» rasmiy sayti ham ushbu xabarni tasdiqladi va xodisa oqibatida xech kim zarar ko‘rmagani ma’lum qilindi. Stadion tribunasi minimal darajada zarar ko‘rgan.
Mourino: Ikkinchi bo‘limni yaxshi o‘tkazdik
30.01.2017

«Manchester Yunayted» ustozi Joze Mourino Angliya kubogi 1/16 final bosqichida jamoasining «Uigan» ustidan qozonilgan yirik g‘alabasidan keyin o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
«Biz haqli g‘alabaga erishdik. Birinchi bo‘limni u qadar yaxshi o‘tkaza olmadik, ammo hisobni ochishga ulgurdik. Raqib biz kutgandek jamoaviy o‘yin ko‘rsatib, bizga bosim o‘tkazishga urindi. Bizdan esa o‘yin taqdirini hal etish uchun nimanidir o‘zgartirish talab etilardi».
«Ikkinchi bo‘limni birinchisiga qaraganda juda yaxshi o‘tkaza oldik. O’z ishimizni bajardik va 1/8 finalga yo‘llanma oldik. Amalga oshirgan ishimizdan xursandman. Bugun maydonda ayrim futbolchilarning harakatlaridan judayam mamnun bo‘ldim», - deydi portugaliyalik mutaxassis.
Mourino: Faqatgina Yang ketishi mumkin
30.01.2017

«Manchester Yunayted» ustozi Joze Mourino yarim himoyachi Eshli Yang klubni tark etishi mumkinligini tasdiqladi.
«Yanvar oyida klubdan ketishi mumkin bo‘lgan bitta futbolchi bor - Eshli Yang. Uning qarorini 31 yanvarga qadar kutamiz. Jamoada qolishini istardim, biroq ketishga qaror qilsa qarshi bo‘lmayman».
«Shu bois boshqa futbolchilarni maydonga tushirib sinovdan o‘tkazayapman, menga qolsa Yang jamoada qolgani yaxshi», – deydi Mourino.
Yangda Xitoyning «Xebey Chayna Forchun» klubidan taklif borligi aytilgandi.
Shvaynshtayger EL ro‘yxatiga kiritadi
30.01.2017

Sky Sports nashri xabar berishicha «Manchester Yunayted» yarim himoyachi Bastian Shvaynshtaygerni Yevropa Ligasi uchrashuvlarida ishtirok etadigan futbolchilar ro‘yxatiga kiritadi. «Yunayted» ning Yevropa Ligasi guruh bosqichi o‘yinlarida Shvaynshtayger ro‘yxatga kiritilmagan edi.
Joze Mourino kecha «Uigan» (4:0) ga qarshi kechgan o‘yinda Bastianga maydonda 90 daqiqa to‘p surishga imkon berdi va futbolchining xizmatlaridan Yevropa Ligasi pley-off bosqichida foydalanish niyatida.
Eslatib o‘tamiz, «Yunayted» Yevropa Ligasi pley-off bosqchidagi dasilabki o‘yinni 16 fevralda Fransiyaning «Sent-Eten» jamoasiga qarshi o‘tkazadi.
Valensiya: Barchasini xazil deb o'ylagan edim
29.01.2017

«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Antonio Valensiya «Uigan» ga qarshi kechadigan o‘yin oldidan mankunianliklar safiga o‘tishi tafsilotlarini esladi.
«Oldimga Stiv Bryus kelib, «Manchester Yunayted» dan taklif bo‘lganini aytganini eslayman. Men ishonmaganman, chunki u men bilan tez-tez hazillashib turar edi. Ammo bu safar Bryus hazil qilmagani va barchasi jiddiy ekanini aytdi».
«Keyin men Fergyuson bilan uchrashdim va uning ko‘zlariga qarab, qiziqish qay darajada jiddiy ekanini tushunib yetdim. Bu ajoyib edi. O‘sha kuni men na yig‘lashni va na xursand bo‘lishni bilardim».
«Darhol Ekvadorga, oilamga qo‘ng‘iroq qilganman va ular ham avvaliga ishonishmagan! Baxtimga transfer amalga oshdi va men «Manchester Yunayted» ga o‘tdim», - deydi Valensiya.