Lingard: Runi bizga yordam beradi
29.01.2017

«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Jessi Lingard jamoa sardori Ueyn Runining «qizil iblislar» yoshlariga bo‘lgan munosabati haqida fikr bildirdi
«Runi yoshlarga taqlid uchun namuna hisoblanadi, u biz bilan juda yaxshi munosabatda. Runi men, Rashford va Fosu-Mensaga yordam bergan - biz doimo u kabi bo‘lishni istaymiz. Angliya terma jamoasida ham u menga ko‘maklashgan, u doimo yonimda turib, boshqa yigitlar bilan tanishtirgan. Unda yetakchilik sifatlari bor» - deydi Lingard.
Goss rasman KPR ga o'tdi
29.01.2017

«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Shon Goss Chempionshipning KPR jamosiga o‘tdi. Bu xaqida «qizil iblislar» rasmiy sayti xabar bergan. Transfer summasi borasida esa aniqlik kiritilmagan.
Avvalroq 21 yoshli futbolchiga KPR jiddiy qiziqish bildirgani borasida xabar bergan edik. KPR rasman futbolchi bilan uch yarim yillik shartnoma imzoladi.
Joriy mavsumda Goss «Manchester Yunayted» o‘rinbosarlari tarkibida chiroyli o‘yin namoyish qilayotgan edi.
«Manchester Yunayted» rahbariyati futbolchining kelgusi faoliyatiga omad tilab qolgan.
Ferdinand: Beyl va Grizmanni sotib olish kerak
28.01.2017

«Manchester Yunayted» sobiq himoyachisi Rio Ferdinandning so‘zlariga ko‘ra, u mankunianlar o‘rnida «Real» va «Atletik» futbolchilari Garet Beyl hamda Antuan Grizmanni xarid qilgan bo‘lardi.
«MYU» da pul bor, shu tufayli Beyl va Grizmanni xarid qilgan bo‘lardim. Garet va Antuan ajoyib futbolchilar, ammo ularni solishtirish yaxshi g‘oya deb o‘ylamayman. Ularning o‘yin uslublari turlicha. Beyl hujumda istagan joyingizda o‘ynay oladi» - deydi Ferdinand.
Runi: Murabbiylik orzuim
28.01.2017

«Manchester Yunayted» hujumchisi Ueyn Runi futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan so‘ng, murabbiy bo‘lmoqchi.
«Yoshing o‘tishi bilan kelajak haqida o‘ylab ko‘rasan. Murabbiylik faoliyati - futbolchilikni yakunlaganimdan so‘ng men orzu qiladigan ish. Butun hayotimni shu o‘yinga bag‘ishladim, shu sababli maydondagi so‘nggi daqiqamni o‘tkazganimdan so‘ng, futbolda qolish haqida o‘ylab ko‘raman. Murabbiy bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘laman deb o‘ylayman», - deydi Runi.
Yang jamoada qoladi
27.01.2017

«Manchester Yunayted» rahbariyati yarim himoyachi Eshli Yangni qishki transfer vaqtida sotmaydigan bo‘ldi. Futbolchining shartnomasi 2018 yilning yozida yakuniga yetadi. Ammo Yang joriy mavsum Angliya chempionatida bor yo‘g‘i 4 ta o‘yinda maydonga tushgan va shundan ikkitasini asosiy tarkibda boshlagan.
Biroz vaqt muqaddam 31 yoshli futbolchi faoliyatini Xitoyda davom ettirishi xabar qilingan edi. Ammo «MYU» bosh murabbiyi Joze Mourino Yangni sotmaslikka qaror qildi.
Portugaliyalik murabbiy Yangni «MYU» da olib qolmoqchi. Ayniqsa Memfis Depay ketgach, Yangga bo‘lgan ishonch ortgan. Eslatib o‘tamiz, yarim himoyachi bilan «Vest Bromvich», «Suonsi» va «Everton» qiziqish bildirgan edi.
Mourino: Marsiyal bilan muammo yo‘q
27.01.2017

Joze Mourinoning «MYu» hujumchisi Antoni Marsiyal haqidagi fikrlaridan keyin, The Times nashri yangi xabarlar oqimini boshlab yubordi.
Gap shundaki, hujumchi so‘nggi ikki o‘yinda zayavkadan chetda qolgach, jurnalistlar bu holat haqida murabbiydan so‘rashganida, Joze shunday javob bergandi:
«Marsiyal bilan oramizda muammo yo‘q. U o‘zini ko‘rsatish uchun yetarlicha imkoniyatga ega bo‘ldi. Ammo bu vaqtda asosiy tarkibdagi o‘rnini to‘liq egallay ololmadi. Bizda hozir ikki pozitsiyaga 5 futbolchi bor – Mxitaryan, Mata, Marsiyal, Reshford va Lingard. Biriga ko‘proq e’tibor berish hisobiga, boshqasini e’tiborsiz qoldira olmayman. Har doim o‘zini ko‘rsatib, isbotlay olgan futbolchi qoladi, boshqasi bilan xayrlashamiz».
Bu fikrlardan keyin, go‘yoki frnatsiyalik hujumchining Mourinodan xafa bo‘lgani haqida The Times ma’lumot berdi. Ammo xuddi Lyuk Shou va Genrix Mxitaryan bilan bo‘lganidek, vaziyat butunlay boshqacha yakun topishi va yuqoridagi fikrlar shunchaki, Mourinoning tarbiyaviy uslubi bo‘lishi mumkin.
Mourino: Men xotirjamman
27.01.2017

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Joze Mourino Angliya liga Kubogi doirasida «Xall»ga qarshi kechgan o‘yin haqida fikr bildirdi (1:2, birinchi o‘yin - 2:0).
«Men o‘z futbolchilarimni tabriklamoqchiman. Final sari yo‘l qiyin kechdi va biz finaldamiz. Boshqa hech narsa deyishni istamayman».
«Men xotirjamman, o‘zimni yaxshi tutdim va zaxira o‘rindig‘idan chetlatilmadim. Hech qanday jazo olmadim. Bor gapim shu.», - deydi Mourino.
Mourinoning kinoya bilan gapirishiga «Xall» penaltidan hisobni ochgani sabab bo‘lgan.
«Sautgempton» - birinchi finalchi
26.01.2017

Kecha bo‘lib o‘tgan «Liverpul»- «Sautgempton» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan so‘ng Liga Kubogi finaliga yo‘l olgan birinchi jamoa aniq bo‘ldi. «Sautgempton» mehmondagi uchrashuvda ham «Liverpul» ustidan 0:1 hisobida g‘alaba qozonib, (ikki o‘yin yakuniga ko‘ra 2:0) final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
«Sautgempton» ning finaldagi raqibi bugun bo‘lib o‘tadigan «Xall Siti» va «Manchester Yunayted» jamoalari o‘rtasidagi o‘yinda aniqlanadi. Eltaib o‘tamiz dastlabki o‘yinda «Manchester Yunayted» 2:0 hisobida g‘alaba qozongan edi.
Mourino: Tuanzebe bizga kerak
26.01.2017

19 yoshli «Yunayted» himoyachisi Aksel Tuanzebe kecha asosiy tarkib bilan mashg‘luotlarda ishtirok etdi. MUTV vakillari uning xarakatlari borasida va futbolchining debyut qilishi mumkinmi degan savol bilan Joze Mourinoga murojat qilishdi
«Albatta, ha. Biz Morgan Shnayderlin va Memfis Depayni yo‘qotdik, ular tarkibda ko‘p tushishmagan bo‘lsada. Lekin bu ikki futbolchi asosiy tarkib futbolchilari edi va shu sababli o‘larni o‘rini to‘ldirish kerak, Aksel esa xozirda bunga juda yaqin turibdi».
«Biz uni asosiy jamoada tajriba ortirish maqsadida mashg‘ulotlarga jalb qildik. Shunday ekan uning katta futbolchilar bilan tezroq moslashishini istadik».
SAF: Runining natijasi ulkan ahamiyatga ega
25.01.2017

«Manchester Yunayted» klubi sobiq bosh murabbiyi Aleks Fergyuson mankunianliklar hujumchisi Ueyn Runi gol urish bo‘yicha klub rekordini yangilagani haqida fikr bildirdi.
Angliya chempionati 22-turida «Stok Siti»ga qarshi kechgan bahsda (1:1) Runi «MYu» tarkibida 250-golini kiritdi va 249 ta gol urgan Bobbi Charltondan o‘zib ketdi.
«Charltonning rekordi 44 yil davomida saqlanib turdi. Runi «MYu»ga kelgan vaqtda u Charltondan o‘zib ketishini hayolimga ham keltirmagan edim. Shu sababli Ueyn Runining natijasi ulkan ahamiyatga ega».
«Kimdir Runidan o‘zib keta oladi, deb o‘ylamayman. Ammo hech qachon hech qachon dema, degan gap bor. Garchi zamonaviy futbolda vaziyat boshqacha bo‘lsada, «Manchester Yunayted» bir futbolchini 10 yildan ortiq o‘z tarkibida olib qolishi mumkin», - deydi Fergyuson.