25.01.2017

Erik Bayi bugun yoki ertaga «Manchester Yunayted» safiga qaytadi. U Kot-d'Ivuar terma jamoasi tarkibida Afrika millatlar Kubogida ishtirok etdi, guruh bosqichida 2 ochko to‘plagan jamoa keyingi boschiqga chiqa olmadi va musobaqani tark etdi.

«Fillar» da guruhning so‘ngi o‘yinigacha imkoniyat bor edi, lekin Marokashga qarshi uchrashuvda 1-0 hisobida mag‘lub bo‘lib imkoniyatni qo‘ldan chiqarishdi va guruhda 3 o‘rin egallashdi.

Erik Bayi guruh bosqichining barcha 3 uchrashuvida maydonga tushib bitta sariq kartochka oldi.

Муҳокама

Янгиликлар /

«Old Trafford» kengaytiriladi

25.01.2017

«Manchester Yunayted» jamoa stadioni «Old Trafford» ni yana 12 ming o‘ringa kengaytirish niyatida. Bu xaqida Dailymail nashri xabar bermoqda.

Xabarda aytilishicha stadionning ser Bobbi Charlton sharafiga nomlangan tribunasi 7 500 o‘ringa kengaytiriladi. Shuningdek stadiondagi nogironlar uchun maxsus sektorda ham o‘zgarishlar ro‘y beradi.

«Old Trafford» 88 000 gacha kengaytirilsa bu Yevropa jamoalari darajasidagi ikkinchi stadionga aylanadi ya’ni «Barselona» — «Kamp Nou» (99 354) dan keyingi. Xozirgi kunda ikkinchi o‘rindagi stadion «Real Madridga» qarashli — «Santyago Bernabeu» (85 454) dir.

Londondagi «Uembli» stadioni 90 000 muhlisga mo‘ljallangan, lekin u yerda asosan terma jamoa o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.

Муҳокама

25.01.2017

«Manchester Yunayted» ning sobiq bosh murabbiyi Aleks Fergyuson jamoaning Joze Mourino qo‘l ostidagi o‘yinlariga baho berdi.

«Jamoa — murabbiyning oynadagi aksi. Ular o‘yinga chanqoq, o‘z oldiga aniq maqsad qo‘ygan, g‘alabaga bo‘lgan ishtiyoqi katta — bularning bari juda muhim. Agar ana shu duranglar bo‘lmaganida «MYu» «Chelsi»ga raqobat ko‘rsatardi. Bu achinarli va Mourino shunga ko‘nib yashashga majbur. Ammo u jamoani kuchaytirishni o‘ylamoqda».

«O’ylaymanki, u o‘z ishini yaxshi bajarmoqda. «MYu»da yutish qiyin bo‘lganidek, o‘yinchilarni shug‘ullantirish ham qiyin. Uning ishga berilib ketgani ko‘rinib turibdi. Jamoa yaxshi o‘ynayapti, ammo juda ham omadi kelavermayapti. «MYu» yutishi kerak bo‘lgan o‘yinlarda olti marta durang qayd etildi», – deydi Fergyusonyu

22 turan keyin «MYu» APL turnir jadvalida 6-o‘rinni egallab turibdi. Peshqadan «Chelsi» bilan oradagi farq 14 ochko.

Муҳокама

25.01.2017

David De Xea aytishicha unda bu mavsum albatta Angliyaning barcha musobaqalari g‘olibligini kolleksiya qilish imkonyati bor. Darvozabon «Yunayted» tarkibida Premer Liga, Angliya Kubogi va Kommyuniti Shildda g‘olib bo‘lgan, faqatgina unda Angliya Liga Kubogi g‘olibligi yo‘q.

«Bu alohida o‘yin, chunki bu o‘yinda g‘olib chiqqan jamoa «Uembli» ga yo‘l oladi, bu stadionda to‘p surish uchun biz har doim xarkat qilamiz. Biz «Old Trafford» da o‘tgan dastlabki o‘yinda yomon xarakat qilmadik va ikki gol urdik, lekin «Xall» jamoasi ham bizga jiddiy qarshiik ko‘rsatdi. Biz kerakli natijaga erishish uchun yaxshi futbol ko‘rsatishga xarakat qilamiz».

«Men albatta ushbu turnirda g‘olib bo‘lishni istayman. Menda hozircha Liga Kubogining g‘oliblik medallari yo‘q, va bunga erishsam juda xursand bo‘lar edim. Biz doim g‘alaba qozonish uchun xarakat qilamiz, chunki biz - «Manchester Yunayted» miz. Bizdan «Uembli» da bir narsa talab qilinadi, bu ham bo‘lsa bitta – g‘alaba», - deydi de Xea MUTV ga bergan intervyusida.

Муҳокама

Янгиликлар /

Yang ijaraga beriladi-mi?

24.01.2017

«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Eshli Yang bosh murabbiy Joze Mourinodan uni boshqa klubga ijaraga qo‘yib yuborishni so‘radi.

Muntazam o‘yin amaliyoti tanqisligini sezayotgan 31 yoshli futbolchi «Old Trafford»ni yanvarda tark etmoqchi.

«MYU» qishda tarkibga o‘zshartirish kiritmaydi, ammo Yangning iltimosini ko‘rib chiqadi. Shu bilan birga Mourino Eshlini Yevropa ligasi hamda Angliya kubogi bahslarida maydonga tushirish niyatida.

Муҳокама

24.01.2017

«Manchester Yunayted» hujumchisi Markus Reshford jamoasi bilan amaldagi shartnomani uzaytirishi mumkin, deya xabar qilmoqda The Sun nashri.

O‘tgan yilning yozida fubolchi «qizil iblislar» bilan to‘rt yillik shartnoma imzolagandi va unga ko‘ra hujumchining maoshi haftasiga 20 ming funt (23 ming yevro) miqdorida belgilangan. Yangi shartnoma 2021 yilga qadar mo‘ljallangan bo‘lib, Reshfordning haftalik maoshi yana 6 yevroga oshiriladi.

Reshford Premmer-liganing ushbu mavsumida 17 uchrashuvda maydonga tushib (8 ta asosiy tarkibda), uchta golga mualliflik qilgan.

Муҳокама

Янгиликлар /

Goss KPR ga o‘tadi

24.01.2017

Sky Sports nashri xabar berishicha «Kuinz Park Reyndjers» yarim himoyachi Shon Goss borasi  «Manchester Yunayted» bilan kelishuvga erishgan va 21 yoshli futbolchi transferi uchun 500 000 funt mablag‘ to‘laydi.

Goss «Yunayted» ga 2012 yil «Ekseter Siti» jamoasidan kelib qo‘shilgan va asosiy jamoa tarkibida hali maydonga tushmagan. Shon jamoaning 18 dan 21 yoshgacha bo‘lgan yoshlar tarkibida o‘yinlarda ishtirok etgan. Futbolchining bir necha bor jarohat olishi uning asosiy tarkibga kiritilishiga to‘sqinlik qilib kelmoqda.

Shon Germaniyada tavvalud topgan va yoshligidan «Manchester Yunayted» muhlisi hisoblanadi. U shuningdek Angliya terma jamoasining 19 yoshlari tarkibida ham o‘yinlarla ishtirok etgan.  

Муҳокама

24.01.2017

 «Yunayted» himoyachisi Erik Bayi ertagayoq Manchesterga qaytishi mumkin, agarda Kot-d'Ivuar terma jamoasi Afrika Millatlar Kubogi guruh bosqichi 3-turida Marokash jamoasini yuta olishmasa musobqaning keyingi bosqichiga chiqa olishmaydi.

Guruh bosqichining ikki turida «fillar» 2 ochko olishgan, Togo bilan 0:0, Kongo bilan 2:2. jamoa guruhda ikki ochko bilan uchunchi o‘rina bormoqda va Mishel Dyusse shogirdlarini faqatgina g‘alaba keyingi bosqichga olib chiqishi mumkin. Terma jamoa guruhdan chiqa olmasa barcha futbolchilar ertaning o‘zidayoq o‘z klublariga borib qo‘shilishlari mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Bayi «Yunayted» tarkibida so‘ngi bor 2016 yil so‘ngi kunida maydonga tushgan edi. 

Kot-d'Ivuarning Marokashga qarshi kechadigan bahsi bugun Toshkent vaqti bilan 00:00 boshlanadi. 

Муҳокама

23.01.2017

Angliyaning «Manchester Yunayted» klubi hujumchisi Zlatan Ibragimovich yaqinda klub safida gol urish bo‘yicha rekord o‘rnatgan jamoadoshi Ueyn Runi haqida fikr bildirdi.

«Runi – o‘zgacha o‘yinchi. Maydondan tashqarida u haqiqiy yetakchi, maydonda esa shunchaki ajoyib. U jamoaga katta yordam bermoqda va uning ajoyib xislati bor: u qanday gol urishni va golga qanday assistentlik qilishni yaxshi biladi», – dedi Ibragimovich.

«Runi kimligini va qanday saviyadagi o‘yinchi ekanini barcha biladi. Angliya uni qadriga yetishi kerak».

«Runi kabi saviyadagi boshqa hujumchilarni ko‘rmayapman. U klub tarixidagi eng yaxshi to‘purarga aylandi va uning uchun xursandman. U rekord qo‘ygan vaqtda u bilan birga maydonda bo‘lganimdan faxrlanaman», – deydi Ibragimovich.

 

Муҳокама

23.01.2017

«Manchester Yunayted» hujumchisi Ueyn Runi yaqin vaqtlar ichida jamoadan ketish niyati yo‘qligini bildirdi. Oxirgi vaqtlarda Xitoy klublaridan biri 31 yoshli futbolchiga haftasiga 1 million funt maosh taklif qilgani aytilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Ueyn Runi ayni vaqtda «MYu»da haftasiga 300 ming funt maosh oladi.

«Men klubda uzoq yillardan buyon o‘ynab kelmoqdaman, ammo futbol shunday narsaki, unda istalgan holat ro‘y berishi mumkin.

«Ammo hozir men «Manchester Yunayted»da o‘zimni baxtli his qilmoqdaman. Yashirmayman, ko‘proq o‘ynashni istayman, ammo shunga qaramay o‘zimni baxtli his qila oladigan jamoada ekanimdan mamnunman», - deydi Runi.

Eslatib o‘tamiz, Ueyn Runining «MYu» bilan shartnomasi 2019 yilning yozida yakuniga yetishi lozim.

Муҳокама