Runi jurnalistlar tomonidan taqdirlandi
23.01.2017

Futbol jurnalistlari assotsiatsiyasi (FWA) «Manchester Yunayted» va Angliya tarma jamoasi hujumchisi Ueyn Runi uchun mahsus kecha tashkillashtirdi.
Ueyn FWA assotsiatsiyasi tomonidan Angliya futboliga ko‘rsatga xizmatlari uchun so‘rovnomasida g‘olib bo‘ldi. Runiga assotsiatsiyasi tomonidan maxsus sovrin topshirildi.
FWA avvalgi yilgi tadbirlarida avvalroq «Manchester Yunayted» sobiq futbolchilari - Rayan Giggz va Devid Bekxem ham taqdirlangan edilar.
Minatdorchilik tadbiri Londondagi The Savoy mehmonhonasida tashkil etildi.
Tadbirda ishtirok etgan Ueyn Runi quyidagilarni aytib o‘tdi: «Ushbu nufuzli mukofot uchun futbol jurnalistlariga rahmat aytoqchiman. Mening o‘rnimda bo‘lganlarni ro‘yhatini ko‘rdim, ular qatorida bo‘lish men uchun sharaf».
«Men bilan birga ishlagan barcha murabbiylarga bunday futbolchi bo‘lib yetishishimga yordam berganliklari uchun rahmat aytaman. Va shuningdek, o‘z jamoadoshlarimga ham alohida «rahmat»».
«Men shuningdek, oila a’zolarim va agentim Pol Stretfordga mening hayotimda do‘st sifatida katta rolga ega bo‘lgani uchun tashakkur. Shuningdek Joze Mourinoga, menga ertaga ta’til bergani uchun rahmat».
«Shuningdek meni rekord bilan tabriklaganlarga ham tashkkur. Ijtimoiy tarmoqlar oraqali menga tabrik yubuorgan barchaga rahmat– men buni qadirlayman».
Sky Sports: Yang takliflarni ko‘rib chiqmoqda
23.01.2017

Sky Sports xabar berishicha «Yunayted» yarim himoyachisi Eshli Yang Xitoy va Premer Liga jamoalari takliflarini ko‘rib chiqmoqda.
31 yoshli futbolchiga «Shandun Lunen» jamoasi qiziqish bildirgan, va Xitoydagi transfer oynasi yopilgunga qadar futbolchini qo‘lga kiritish niyatida.
Eshli Yang ikki oydan ko‘proq vaqtdan buyon APL uchrashuvlarida maydonga tushmayapti va shu sababli boshqa jamoalarning takliflarini ko‘rib chiqish niyatida.
Yang «Yunayted» tarkibida ugungi kunga qadar 151 uchrashuvda maydonga tushgan. Yang amaldagi shartnomasi 2018 yil yozida nihoyasiga yetadi va shartnoma bandlarida uni yana bir yilga uzaytirish mumkinligi qayd etilgan.
Mourino: O’z hayoti uchun har kim o‘zi javobgar
23.01.2017

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Joze Mourino «Liverpul» bosh murabbiyi Yurgen Klopp «Chelsi» yarim himoyachisi Oskar Xitoyga ketganini tanqid qilganiga javob qaytardi.
«Ba’zi hamkasblarim o‘zini aslidagidan ko‘ra muhimroq deb hisoblashlarini yaxshi bilaman. Ular boshqalar hayotiga aralashishga o‘zlarini haqli deb biladilar. Ammo men bunday inson emasman».
«O’z hayoti uchun har kim o‘zi javobgar va men hech kimni tanqid qilmayman. Ochig‘ini aytsam, Runi bilan nima bo‘lishini bilmayman. Chunki u menga bu haqida hech narsa demagan. Barchasini o‘zi hal qiladi».
«Xitoyga ketgan futbolchilarni tanqid qilish menga yoqmaydi. Bu ularning hayoti va o‘zi istagandek yashaydi. U yerda katta pul ishlaydilar va orttiriladigan tajriba ham qiziqarli bo‘lishi mumkin», - deydi Mourino.
Mourino «Old Trafford» bollboylaridan norozi
22.01.2017

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Joze Mourino «Old Trafford» dagi uchrashuvda to‘p olib beruvchi bollboylardan norozi.
Portugaliyalik mutaxassis bollboylarni akademiya tarbiyalanuvchilari bilan almashtirish tarafdori.
«Murabbiy ularning ishidan norozi. U ulardan hujum vaqtida va uchrashuv so‘ngidagi xarakatlarida tezkorlikni talab qilmoqda».
«Jamoa akademiya tarbiyalanuvchilaridan o‘yin vaziyatini yaxshi tushunishni va kerakli vaziyatlarda tezkor xarakat qilishni istamoqda, bu o‘yining muhim pallalarida jamoaga yordam berishi mumkin», — deya vaziyatga izoh bermoqda Mirror nashri.
Runi APL rekordchisi
22.01.2017

«Manchester Yunayted» hujumchisi Ueyn Runi Angliya premyer ligasining 22-turida urgan goli bilan Liganing mehmonda urilgan gollar bo‘yicha rekordini o‘rnatdi.
U «Stok Siti»ga qarshi 1:1 hisobida yakunlangan uchrashuvda mezbonlar darvozasini ishg‘ol qilishga muvaffaq bo‘lgan.«Stok Siti»ga urilgan gol 30 yoshli Runi uchun mehmondagi 88-si bo‘lgan.
Runi shu bilan «Nyukasl» va «Blekbern Rovers»ning sobiq hujumchisi Alan Shirer (87) natijasini o‘zgartirgan.Qayd etish joizki, Shirer 260 ta gol bilan APL tarixidagi eng yaxshi hujumchi bo‘lib qolmoqda. Runi bu ro‘yxatda 195ta gol bilan ikkinchi o‘rinda.
Bundan tashqari, Runi mehmondagi goli bilan yana bir natijani qayd etgan. U «Manchester Yunayted» uchun o‘zining 250-golini kiritgan va afsonaviy Bobbi Charltonni ortda qoldirgan va klub tarixidagi eng yaxshi hujumchiga aylangan.
Mourino: Duranglar ko‘payib ketdi
22.01.2017

«Manchester Yunayted» ustozi Joze Mourino «Stok Siti» ga (1:1) qarshi kechgan bahsni tahlil qildi.
«Bu har ikkala jamoa uchun ham prinsipial o‘yin edi. Shu sabab tomonlar ilk daqiqalardanoq g‘alaba uchun harakat qilishdi. Ammo 25 daqiqadan keyin bir jamoa faqat g‘olib chiqish uchun, ikkinchisi himoyalanish uchun harakat qildi. Mezbonlar bu vazifani a’lo darajada uddalashdi».
«Raqib favqulodda mahorat ko‘rsatib bor kuchi bilan bizni to‘xtatib qolishga urindi. Bizda ham ko‘pchilik hujumlarimiz a’lo darajada tashkil etildi. Ammo uni yakuni kutilgandek chiqmadi».
«Biz hujumkor o‘yin ko‘rsatyapmiz. Ammo duranglarimiz ko‘payib ketdi. Raqib darvozabonlari bizga qarshi betakror o‘yin o‘tkazishmoqda», - deydi portugaliyalik mutaxassis.
Mourino: Runi afsonaga aylandi
22.01.2017

«Manchester Yunayted» klubi bosh murabbiyi Joze Mourino hujumchi Ueyn Runining muvaffaqiyati borasida gapirib o‘tdi.
«Rekord baribir rekord. Bu Angliya hamda dunyoning eng buyuk klublaridan birining rekordi».
«Ueynga qadar rekord ingliz futboli afsonasiga tegishli edi. Endi Runi «Manchester Yunayted» afsonasiga aylandi», — deydi Mourino.
Runi: Bu katta sharaf
21.01.2017

«Manchester Yunayted» hujumchisi Ueyn Runi «Stok Siti» (1:1)ga qarshi bellashuvdan keyin o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Bugungi golim men uchun o‘ta muhim va men bu bilan faxrlanaman. Albatta o‘yindagi natijadan qoniqmadim. Lekin eng yaxshi to‘purar bo‘lish katta hurmatga loyiq».
««MYU»ga o‘tgan vaqtim bu qadar yuksak natijaga erishaman, deb o‘ylamaganman. Ushbu jamoada har doim top futbolchilar to‘p tepganlar. Bu jamoaning eng yaxshi to‘purari bo‘lish - katta sharaf».
«Bugungi ochko mavsum yakunida muhim rol o‘ynashi mumkin. Mag‘lub bo‘lmaganimiz meni xursand etdi. Oldinda hali uzoq yo‘l bor. Unda hamma narsa sodir bo‘lishi mumkin. Biz ochko yig‘ishda davom etishimiz kerak»,- deydi Runi.
Ueyn Runi rekord sohibi
21.01.2017

Ueyn Runi «Stok Siti» ga (1:1) qarshi uchrashuvda raqib darvozasini ishg‘ol qilib ser Bobbi Charltondan o‘zib ketdi va «Manchester Yunayted» jamoasining barcha davrlardagi eng yaxshi to‘purariga aylandi.
Bu gol shuningdek, Runi uchun «Yunayted» safidagi o‘zining 250 goli bo‘ldi. Avvalgi jamoa rekordchisi ser Bobbi Charlton hisobida esa 249 gol bor edi.
Mourino: De Xeaga va Romero jamoada qoladi
21.01.2017

Joze Mourino jamoa darvozabonlari David De Xea va Serxio Romero jamoani tark etmasligini aytib o‘tdi.
Ushbu haftada Aregntinaning «Boka Xuniors» jamosi Romeroni o‘z safiga jalb qilish borasida xabarlar tarqalgan edi, shu sababli Joze bu vaziyatga to‘xtalib o‘tdi.
«Ular ikkisi ham «Old Trafford» da qoladi, fikrimcha ular jamoa uchun muhim o‘yinchilardir. Menda Davidan kuchliroq darvozabon, va Serxiodan kuchli zahira darvozabon yo‘q. Men ikkisini ham qolishini istayman».
«Agar, «Boka» ning Romero borasidagi qiziqishlari haqiqat bo‘lsa ham, men buni taqiqlayman, va Serxio biz bilan birga bo‘ladi».