Mourino: Yang Xitoyga ketmaydi
21.01.2017

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Joze Mourino yarimhimoyachi Eshli Yangni Xitoyga ko‘chib o‘tishi mumkinligi haqidagi xabarlarga izoh berdi.
«Men bu vaziyat haqida hech narsa bilmayman. Sababi men bu haqda birinchi marta OAV yozilganini aytishganida bildim. Men bu xabarlara ishonmayman. Sababi Eshli mening yonimga kelib biror gap aytgani yo‘q».
«Men hatto Shnayderlin va Depayni sotish haqida o‘ylamagandim. Yaxshi taklif tushgani uchun ularning ketishiga ruxsat berdik. «Everton» va «Lion» bu yerda yetarlicha o‘yin amaliyotiga ega bo‘la olmayotgani sababli o‘zini baxtsiz sezayotgan futbolchilar uchun kurash olib bordi», – deydi Mourino.
Mourino: Valensiya jamoaga kerak
21.01.2017

Joze Mourino jamoa himoyachisi Antonio Valensiya borasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlash.
Seshanba kuni futbolchi bilan amaldagi shartnoma avtomatik tarzda bir yilga uzaytirildi, futbolchi 2018 yil yozigacha jamoada qolishi aniq bo‘ldi.
«Men buni Antonioni rag‘batlantirish deb o‘ylamayman. Oddiyyyginaayytadigan bo‘lsam u eng zo‘r qanot himoyachisi. Futbolda bu pozitsiyada undan o‘tadigani yo‘q. Shunday ekan uning bizning jamoada ekaanlig biz uchun muhim. Tarkibda bunday ajoyib o‘yinchi va yaxshi inson bo‘lishi doim sharaf ».
«Avval aytib o‘tganimdek, «Real» da ishlaganimda ushbu pozitsiyada ko‘rishniistagandim. Lekiin «Manchester Yunayted» o‘shavaqtda buni tezda tushingan edi va hech qanday imkoniyat qoldirmagan edi. Xozirda Antonio avvalgidan hamm yaxshi o‘ynamoqda, u ajoyib mavsumni o‘tkazmoqda».
De Xea: G'alaba qozonishni istaymiz
20.01.2017

«Manchester Yunayted» klubi darvozaboni David De Xea «qizil iblislar»ning APL, Angliya kubogi, Liga kubogi va Yevropa ligasida g‘oliblik uchun kurashishlari shart ekanligini ta’kidlab o‘tgan.
«Biz to‘rtta musobaqada ishtirok etyapmiz. Shunday ekan, ularning har birida g‘oliblik uchun kurashishimiz shart. Biz «Manchester Yunayted»miz».
«Liga kubogi finaliga chiqishga yaqin turibmiz va chempionatda «Stok Siti»ga bo‘ladigan o‘yinga ham tayyorgarlik ko‘ryapmiz. G‘alaba qozonishni istaymiz», – deydi De Xea.
Mourino: Jarohatlar xozircha yo'q
20.01.2017

MUTV ga intervyu bergan Joze Mourino jamoaning bugungi holati yuzasidan to‘htalib o‘tdi va barchasi yaxshi ekanligini aytib o‘tdi.
«Ha, vaziyat o‘zgarmagan, hammasi joyida. Bir nechta o‘yinchilarda katta bo‘lmagan muammolar bor, lekin bu normal holat. Qandaydir katta jarohatlar jamoada yo‘q, biz yaxshi vaziyatdamiz».
Lyuk Shou biroz shamollab qolgani xabar berilgan edi va shu sabab avvalgi uchrashuvni o‘tkazib yuborgan, hozirda u ham mashg‘ulotlarda ishtirok etmmoqda.
Jamoadagi birgina yoqotish Erik Bayi, u terma jamoa tarkibida Afrika millatlar Kubogida ishtirok etmoqda.
Mourino: Depay yana qaytishi mumkin
20.01.2017

Joze Mourino Memfis Depayni jamoani tark etganini tasdiqlab, keyinchalik futbolchini qayta sotib olish sharti bilan transfer amalga oshganini aytib o‘tdi.
«Ha, biz uni qo‘shimcha shartlar asosida transfer qildik, chunki u yuqori potensialga ega yaxshi futbolchi. Janob van Gal uni o‘z vaqtida xarid qilib to‘g‘ri qilgan, chunki uni yaxshi bilar edi. Jahon Chempionatida Memfis juda yosh edi, shunga qaramay u o‘zini yuqori darajada ko‘rsata olgan edi. U Gollandiya chempionatida ham ajoyib o‘yinagan, va uning ishtirokida bir qator ajoyib vaziyatlarni guvohiga aylanganmiz».
«U «Manchester Yunayted» ga kelgan 18 oy davomida ko‘p narsa ko‘rsata olmadi, lekin u hali juda yosh va jamoa uchun uni faoliyatini nazorat qilish muhim. Biz uni «Lion» o‘ynab ketib, va keyin yana jamoaga qaytishiga imkoniyati bor. Nega bunday bo‘lmasligi kerak? Uni bu yerda hamma yaxshi ko‘radi».
Runi fondi xayri ishlarini amalga oshirmoqda
20.01.2017

2016 yilning avgust oyida «Old Trafford» stadionida «Manchester Yunayted» hamda «Everton» o‘rtasida Ueyn Runining «MYU» dagi 12 yilligiga bag‘ishlangan xayriya uchrashuvi bo‘lib o‘tgan edi.
Chiptalardan tushgan pul Ueyn Runi fondiga tushishi va ular Manchesterdagi bir nechta bolalar kasalxonalariga ajratilishi kerak edi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘sha bahsdan 1,2 mln. funt foyda tushgan. Barcha
«O‘sha uchrashuvga kelib, o‘yinni o‘zgacha o‘tishiga yordam bergan barchaga rahmat aytaman. Og‘ir holatda bo‘lgan bolalarga yordam berish uchun yetarli darajada pul to‘pladik. Bu ularning hayoti uchun katta ahamiyatga ega», - deydi Runi.
2017 yilda Ueyn Runi fondi 5 mln. funt ishlab, bu pullarni xayriya qilishni rejalashtiryapti.
Rasman Depay «Lion» ga o‘tdi
20.01.2017

Fransiyaning «Lion»jamoasi rasman Depay bilan shartnoma imzolaganini e’lon qildi. Jamoa tvitterdagi rasmiy sahifasida bu xaqida xabar berildi. Depay 2016/17 mavsumning ikkinchi davrasidan «Lion» sharafini himoya qiladi. Futbolchi yangi jamoasida 9-raqam ostida to‘p suradi.
Futbolchining transferi summasi borasida xozircha aniы ma’lumot berilmadi, lekin avvalroq futbolchi uchun fransuzlar 16,5 million yevro to‘lashlari haqida xabar berilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Depay 2015 yilda Gollandiyaning «PSV» jamoasidan 25 million yevroga sotib olngan edi.
Thanks for all the memories during my time as a Red Devil. I will never forget all your support at @ManUtd. ❤♥️ #RedDevils #ManUtd pic.twitter.com/v3UPlsZECw
— Memphis (@Memphis) 20 января 2017 г.
Vidich: Birinchi uchlik — bizning maqsad
20.01.2017

«Manchester Yunayted» klubi sobiq himoyachisi Nemanya Vidich, mankunianliklar ushbu mavsumda chempionlik kurashdan chiqib ketishdi, degan fikrni bildirdi.
«Agar ochig‘ini aytadigan bo‘lsak, biz chempionlik poygasidan chiqib ketdik. Bu mening fikrim. Ammo, so‘nggi o‘yinlar bizda umid uchqunini uyg‘otgandi. Shunday o‘ynashda davom etsak, birinchi uchlik — bizning maqsad».
««Liverpul»ga qarshi birinchi bo‘limda yaxshi o‘ynadik, biz uch yoki to‘rtta vaziyat bo‘ldi va biz ulardan foydalana olmadik. Agar g‘alaba qozonishni istasangiz, imkoniyatlardan unumli foydalanish zarur».
«Ikkinchi bo‘limda dastlabkiga qaraganda yomonroq o‘ynadik, biroq Ibragimovich yana o‘zining yuqori saviyasini namoyish etdi».
«Umuman olganda, 1:1 — haqqoniy natija», — dedi Vidich.
Bernard Silva uchun 70 mln. funt
20.01.2017

Britan OAV lari xabar berishicha «Monako» vingeri Bernard Silva uchun«Manchester Yunayted» 70 million funt berishga tayyor.
«Yunayted» skautlari bir necha bor Bernard Silvani o‘yinini kuzatish uchun tashrif buyurishgan. Jamoa rahbariyati esa futbolchining agenti bilan muzokara olib borishmoqda.
22 yoshli futbolchning agenti hisoblangan Xorxe Mendesh «Yunayted» bosh murrabbiyi Joze Mourino ham agenti hisoblanadi, shu saababli futbolchining «Old Trafford» ga kelishi mumkinligi aytilmoqda.
Depay Fransiyada
19.01.2017

«Olimpik Lion» jamoasi Depay trasferi borasida «Manchester Yunayted» bilan kelishuvga erishganini tasdiqladi. Memfisesa hozirda Fransiyaga yetib borgan va shaxsiy shartnomalarni jamoa bilan kelishmoqda.
«Lion»prezidentiJan-Mishel OlaL’Equipenashriga bergan intervyusida vaziyatga quyidagicha izoh berdi: «Kuning birinchi yarmida «Manchester Yunayted»bilan kelishuvga erishdik. Endi faqat shartnoma qismlari qoldi. Shuni aytishim mumkinki, so‘z katta summalar haqida bormoqda, uni pressaga oshkor qilish shart emas».
«Olimpik Lion» tvitterdagi rasmiy sahifasi Memfis Depayning Lionga kelgani xaqida xabar berib rasm joyladi: «Depay o‘z vakillari bilan kelajak shartnomasi borasida oydilik kiritib olish uchunLionga yetib keldi».
Memphis Depay est arrivé à Lyon pour discuter des termes de son futur contrat avec l'OL, assisté de ses agents qui arriveront ce jeudi. pic.twitter.com/yIAxf3NDyK
— Olympique Lyonnais (@OL) 18 января 2017 г.