Янгиликлар /

Agent: Shou jamoada baxtli

19.01.2017

«Yunayted» himoyachisi Lyuk Shou agenti hisoblangan Djonatan Barnett so‘zlariga ko‘ra uning mijozi jamoani yaqin orada tark etmaydi.

21 yoshli futbolchi joriy mavsumda Joze Mourino qo‘l ostida 13 uchrashuvda ishtirok etgan va 30 noyabrdan beri biror marotaba ham maydonga tushmadi. Shu sababli turli OAV lar «Yunayted» futbolchini sotib yuborish niyatida degan xabarlarni aytishmoqda. Bu masalaga futbolchining agenti oydinlik kiritdi.

«Lyuk jamoada baxtli. «Manchester Yunayted» ham undan xursand, u ham «Manchester Yunayted» da baxtli».

Britaniyaning The Telegraph nashri xabar berishicha Joze Mourino Shouning imkoniyatlarini yaqin orada bo‘ladigan «Xall Siti» va «Uigan» ga qarshi Kubok bahslarida ko‘rish niyatida. 

Муҳокама

19.01.2017

«Manchester Yunayted» himoyachisi Erik Bayi faoliyatini so‘ngigacha «Old Trafford» da to‘p surishi istagi borligini aytib o‘tdi. Bayi yozda «Yunayted» tarkibiga «Vilyarreal» jamoasidan kelib qo‘shilgan va hozirda u terma jamoasi bilan Afrika Millatlar Kubogida ishtirok etmoqda.

«Umid qilamanki, Manchesterda faoliyatim so‘ngiga qadar to‘p suraman. Men jamoada baxtliman, chunki bu buyuk jamoa. Bu yerda faoliyat olib borishim men uchun sharaf, umid qilamnki men o‘zimning eng yaxshi o‘yinimni ko‘rsatib, bu yerda yetuk o‘yinchiga aylanaman».

«Bizda yangi futbolchilar va yangi murabbiy. Xozir shuni aytishim kerakki, jamoada ajoyib muhit hukumronlik qilmoqda va buni jamoaning so‘ngi ko‘rsatayotgan natijalari ham ko‘rsatib turibdi».

«Biz bilamiz, Mourino kabi murabbiylarga, futbolchilar barcha imkoniyatlarini ko‘rstishlari kerak. Men ishonamanki, jamoa yanada o‘sib bormoqda. Futbolchilar bir-birlarini maydonda ham, undan tashqarida ham yaxshi tushinishmoqda».

Муҳокама

19.01.2017

Deloitte kompaniya jahoning 2015/16 mavsumida ko‘rgan foydalarini tahliliy o‘rganib hisobotni e’lon qildi.

Tahlil natijalariga jamoaning uchrashuv kuni olgan daromadlari, tele translyatsiya va kommersiyadan tushgan mablag‘lari hisoblangan, ushbu hisobotga transferda qo‘lga kiritilgan mablag‘lar kiritilmagan.

Oradan 11 o‘tib «Manchester Yunayted» yana peshqadamga aylandi, jamoa o‘tgan mavsumda rekord 515 million funt mablag‘ topgan.

Ispaniyaning «Barselona»  jamoasi ikkinchi o‘rinda (463,8 mln), «Real» esa 11 yillik hukumornligini topshirib uchunchi pog‘onada qayd etildi (463,8).

2015/16* - mavsumda eng ko‘p foyda ko‘rgan top-20 jamoalar:

1 (+2). «Manchester Yunayted» — 515,3 mln funt.

2 (=). «Barselona» — 463,8

3 (-2). «Real» — 463,8

4 (+1). «Bavariya» — 442,7

5 (+1). «Manchester Siti» — 392,6

6 (-2). «PSJ» — 389,6

7 (=). «Arsenal» — 350,4

8 (=). «Chelsi» — 334,6

9 (=). «Liverpul» — 302

10 (=). «Yuventus» — 255,1

11 (=). «Borussiya» — 212,3

12 (=). «Tottenxem» — 209,2

13 (+3). «Atletiko» — 171

14 (-1). «Shalke» — 167,9

15 (=). «Roma» — 163,2

16 (-2). «Milan» — 160,6

17 (+1). «Zenit» — 147

18 (-). «Vest Xem» — 143,8

19 (+1). «Inter» — 134

20 (-). «Lester» — 128,7

*Qavs ichida jamoalarning avvlgi reytinglari bilan solishtirilgan.

 

Муҳокама

Янгиликлар /

OAV: Depay ketishi aniq

18.01.2017

Bir qator mashhur nashrlar xabar berishicha «Manchester Yunayted» Memfis Depaya transferi bo‘yicha fransuzlarning «Lion» jamoasi bilan kelishuvga erishgan.

ESPN xabar berishicha futbolchi uchun «Lion» jamoasi 22 million funt taklif qilgan, shundan 16 million funt tezda to‘lanadi, 5,7 millioni esa qo‘shimcha bonus sifatida keyinchalik beriladi.

BBC Sport esa ushbu bonuslar «Lion» Chempionlar Ligasiga chiqsagina va Memfis jamoa bilan keyinchalik yana shartntmasini uzaytirsagina to‘lanishi xabar bermoqda .

The Telegraph xabariga ko‘ra esa «Manchester Yunayted» keyinchalik futbolchini yana sotib olish xuquqini qo‘lga kiritish niyatida.

Hozirgi vaqtda Depay «Lion» bilan shahsiy shartnoma shartlarini kelishib olish uchun ruxsat olgan.

Муҳокама

18.01.2017

«Yunayted» 20 yoshli yarim himoyachisi Djo Rayli mavsum so‘ngiga qadar «Sheffild Yunayted» jamoasida ijara asosida to‘p suradi deya xabar bermoqda jamoa rasmiy sayti.

Rayli qanot himoyasida ham xarakat qila oladi va jamoa o‘rinbosarlari tarkibida asosiy tarkibda o‘rin olgan edi.

O’tgan mavsumda Rayli asosiy tarkibda Lui van Gall qo‘l ostida Angliya Kubogi doirasida «Shrusberi» ga va Yevropa Ligasi «Midtyulland» ga qarshi uchrashuvda maydonga tushgan.

Муҳокама

18.01.2017

The Daily Mail nashri xabar berishicha «Manchester Yunayted» Premer Liga jamoalri ichida birinchilardan bo‘lib kontrterror bo‘limini tashkil qildi, va bu bo‘lim «Old Trafford» dagi xavfsizlik tizimini nazorat qiladi.

Bo‘lim boshlig‘i qilib Katta Manchesterning sobiq ofitseri tayinlandi.

Hozirda yangi bo‘lim xodimlari «Old Trafford» da xavfsizlik ishlarini yanada kuyatirish bo‘yicha ish olib borishmoqda.

«Manchester Yunayted» rahbariyati bunday qarorga kelishiga sabab Parijdagi «Stad De Frans» da bo‘lib o‘tgan voqealardir. 

Муҳокама

17.01.2017

«Manchester Yunayted» hujumchisi Zlatan Ibrahimovich yaxshi futbolchilar doim bosim ostida harakat qilishlarini va Pogba bunga ko‘nikishi kerakligani aytib o‘tdi.

«Bosim ostida o‘ynash menga huzur bag‘ishlaydi. Pogbaga keladigan bo‘lsak, uni yaxshi bilmayman shuning uchun bu savolga javob berishim qiyin. Ammo o‘ylaymanki, unga ham bosim bilan o‘ynash yoqadi, unday bo‘lmaganda biz bunday yuqori saviyada o‘ynay olgan bo‘lmasdik».

«Agar siz yuqori saviyada harakat qilmoqchi bo‘lsangiz, unda 24 soat bosim ostida bo‘lishga o‘rganishingiz kerak. Qancha yaxshi o‘ynasangiz bosim shuncha ortib boraveradi. Biz bunga dosh berishni o‘rganishimiz kerak. Pogba yuqori sifatli o‘yin namoish etadi, bunday futbolchilarda doim yuqori bosim bo‘ladi», — deya Ibrahimovich so‘zlarini keltirmoqda Sky Sports nashri.

Муҳокама

17.01.2017

«Manchester Yunayted» rasman Antonio Valensiya bilan amaldagi shartnoma bir yilga uzaytirilganini e’lon qildi. Shu tariqa 31 yoshli ekvadorlik futbolchi «Old Trafford» da kamida 2018 yil iyuniga qadar to‘p suradi.

Valensiya «Yunayted» ga 2009 yil «Uigan» jamoasidan kelib qo‘shilgan edi. Shu kunga qadar u 271 o‘yinda ishtirok etib 21 gol urishga erishgan. 20011-2012 mavsumda esa Valensiya o‘ziga xos xet-trik qayd etgan. Ya’ni muhlislar o‘rtasida va futbolchilar o‘rtasida jamoaning eng yaxshi futbolchisi hamda mavsumning eng chiroyli goli muallifiga aylangan.

Joriy mavsumda Valensiya barcha musobaqalarda umumiy 23 uchrashvda maydonga tushdi. Noyabr oyida esa jamoasining eng yaxshi futbolchisiga aylandi.

Муҳокама

Янгиликлар /

Reshford: Ibragimovich - bebaho

17.01.2017

«Manchester Yunayted» hujumchisi Markus Reshford jamoadoshi Zlatan Ibragimovich borasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

 «Yosh futbolchilar uchun u bilan tanishish imkoniyati paydo bo‘lid, u o‘ziga xos xarkaterga ega va xar bir o‘yinga alohida yondoshadi– u bebaho. Oz futbolchilargina ko‘plab jamoa o‘zgartirishib ham bunday hislatni saqlab qolishadi».

 «U shu yerda ekanligida biz undan ko‘p narsa o‘rganishimiz va uning o‘yinda ko‘rsatadigan barcha xarakatlarini o‘zlatirishmiz zarur», — deydi Reshford.

Муҳокама

Янгиликлар /

Nevill: Pogba biroz asabiylashdi

17.01.2017

«Manchester Yunayted» klubi sobiq himoyachisi Gari Nevill mankunianliklar yarim himoyachisi Pol Pogbani himoya qilib chiqish qildi. Eslatib o‘tamiz, Pogba «Liverpul»ga qarshi kechgan o‘yinda juda muvaffaqiyatsiz harakat qilgan edi.

 «Pol bu klubga kelganida hali bolakay edi va bunday uchrashuvlar klub hamda muxlislar uchun qanday ahamiyat kasb etishini yaxshi biladi. Aftidan u o‘zini tayyorlash bo‘yicha biroz oshirib yuborgan va biroz asabiylashdi. Bunaqasi uchrab turadi».

 «Menda ham shunga o‘xshash holatlar bo‘lgan. Boshqa futbolchilarda ham uchragan».

 «Pol - yosh yigit, u hali o‘rganishda davom etmoqda. «Liverpul»ga qarshi kechgan o‘yin uning uchun dars bo‘ladi», - deydi Nevill.

Муҳокама