Reshford yo‘l transport xodisasiga yo‘liqdi
17.01.2017

The Sun nashri xabar berishicha «Manchester Yunayted» hujumchisi Markus Reshford 1-yanvar kuni yo‘l transport xodisasiga yo‘liqqan.
19-yoshli mashg‘ulotlardan uyga qaytayotgan vaqtda unga tegishli bo‘lgan Mercedes CLA 45 avtomobili orqa qismi bilan boshqa avtomobilga to‘qnashib ketgan.
Markus tezlikda «Manchester Yunayted» bazasiga yetkazilgan hamda tibbiy ko‘rikdan o‘tgan va unda xech qanday jiddiy jarohat yo‘qligi aniqlangan. Futbolchi ertasi kuni «Vest Xem» ga qarshi uchrashuv 58- daqqiqasida zahiradan maydonaga tushgan.
«Manchester Yunayted» vakillari ham ushbu vaziyatni jurnalistlarga tasdiqlashga va ularning aytishicha Markus bu xodisiga o‘zi sababchi bo‘lmagan.
Mata: Uch ochko olishni istagandik
16.01.2017

«Manchester Yunayted» klubi yarim himoyachisi Xuan Mata APL 21-turidan o‘rin olgan «Liverpul»ga qarshi kechgan uchrashuv to‘g‘risida o‘z fikrlarini bildirdi.
««Liverpul» penaltidan hisobni ochdi, biz esa o‘z imkoniyatlarimizdan foydalana olmadik. So‘nggi daqiqalarda raqibga jiddiy tarzda bosim o‘tkazdik. Zlatan hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi, agar o‘yin yana biroz vaqt davom etganida biz g‘alabani ham tortib olardik. Alam qilmoqda, chunki uch ochkoni qo‘lga kiritishni xohlagandik».
«Balki yaxshi futbol guvohi bo‘lmagandirmiz, ammo o‘yin shiddat va kurashga boy bo‘ldi. Endi barchamiz keyingi o‘yin haqida o‘ylashimiz kerak. Jamoa oxirigacha kurashdi va har doimgidek «Old Trafford» biz bilan birga bo‘ldi», - deydi Mata.
Mxitaryan: Muhlislarga katta rahmat
16.01.2017

Genrix Mxitaryan «Liverpul»ga qarshi uchrashuvdan so‘ng muhlislarga o‘z minatdorchiligini bildirdi.
«O’yindagi atmosfera juda ajoyib darajada edi, bunday holatni domiy ravishda ko‘rishni istaymiz. Bizning muhlislarga rahmat aytmoqchiman, ular bizga ishonib uchrashuv so‘ngiga qadar qo‘llab-quvatlashdi».
«Uchrashuv natijasini yaxshi deb bo‘lmaydi, lekin biz 0:1 hisobda mag‘lub bo‘lganimizda buni tariflab bo‘lmasdi. Biz g‘alabaga xaqili edik, chunki biz bir jamoa bo‘lib o‘z o‘yinimizni ko‘rsatdik».
«Hisob tenglashgandan so‘ng, biz yana bir gol urish uchun o‘yinni kuchaytirdik, afsuski bunday bo‘lmadi. Lekin, 1:1 ni ham yomon deyib bo‘lmaydi, shunday ekan biz kuchli to‘rtlikka kirish uchun davom etamiz, keyingi o‘yinlarda ham barcha imkoniyatlarni amalga oshirishga intilamiz».
Ibragimovich: O’yin qiyin bo‘ldi
16.01.2017

«Manchester Yunayted» hujumchisi Zlatan Ibragimovich APLning 21-turida «Liverpul» bilan durangdan so‘ng (1:1) jamoasi o‘yinidan qoniqmaganini ma’lum qildi.
O’yin oxirida shved futbolchisining urgan goli manchesterliklarni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.
«O’zimizning eng yaxshi o‘yinimizni ko‘rsatmay turib, ochko oldik. O’yin qiyin bo‘ldi. Uchrashuvning katta qismida hisobda ortda bordik. Raqibni quvib yetish oson bo‘lmadi, ammo hisobni tenglashtira oldik».
««MYu» bugun ko‘plab oddiy xatolarga yo‘l qo‘ydi. «Liverpul» qattiq pressing qildi, bizga bosim o‘tkazishga urindi. Albatta, yetakchilar bilan ochkolar farqini qisqartirish uchun har o‘yinda g‘alaba qozongimiz keladi», – deydi Ibragimovich.
Mourino: «MYu» hujum qildi, «Liverpul» himoyalandi
16.01.2017

«Manchester Yunayted» klubi bosh murabbiyi Joze Mourino APL 21-turidan o‘rin olgan «Liverpul»ga (1:1) qarshi kechgan bahsdan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Ushbu uchrashuv juda qiziqarli bo‘ldi, hatto neytral muxlislar uchun ham. Shunday bo‘lsada, men bu o‘yinni oliy darajadagi futbol deb atamagan bo‘lardim. Biz so‘nggi soniyalargacha kurashdik. Raqib aqlli o‘yin namoyish qildi, ular futbolni qanday o‘ynash kerakligi va hissiyotlarni jilovlay olishni biladilar. So‘nggi daqiqalar qiyin kechishini, raqib bilar edi».
««MYu» hujum qildi, «Liverpul» esa himoyalandi. Ko‘ramiz, ushbu uchrashuvdan so‘ng tanqid kim tomon bo‘larkin. Menga «MYu»ning o‘yini yoqdi, ammo natijadan qoniqmadim», — deydi Mourino.
Ibragimovichdan 14-gol
15.01.2017

«Old Trafford» da yakuniga yetgan «Manchester Yunayted»-«Liverpul» (1:1) uchrashuvining 84-daqiqasi hisobni tenglashtirgan Zlatan Ibragimovich APL dagi o‘zining 14-golini urdi.
Buning uchun u 20 o‘yinda maydonga tushdi va Alan Shirer va Serxio Aguero ko‘rsatgichini takrorladi. Ya’ni APL dagi debyut mavsumdagi 20 uchrashuvda 14 gol.
Shuningdek, Zlatan joriy mavsumdagi APL to‘purarlari ro‘yhatida birinchi o‘rindagi Diyego Kosta «Chelsi» va Aleksis Sanches «Arsenal» bilan tenglashib oldi. Endilikda uchta futbolchi hisobida 14 tadan gol bor.
Pogba: APL da g'olib chiqa olamiz
15.01.2017

«Manchester Yunayted» klubi yarim himoyachisi Pol Pogba bu mavsum «qizil iblislar» ga chempionatda g‘olib chiqishi uchun yordam berishini aytib o‘tishi ma’lum qilgan.
«Premyer-Ligani yuta olamizmi? Biz bunga ishonishimiz shart! «Chelsi» dan bunday orqada qolishimiz kerak emas. Premyer-Ligada hech kim nima bo‘lishini oldindan bilmaydi. Maqsad sari harakat qilib, unga ishonish kerak. O‘ylaymanki, APLda g‘olib chiqa olamiz. Jamoaning o‘yini ijobiy tomonga o‘zgarmoqda», – deydi Pogba
Jamoa o'yinga tayyor
15.01.2017

Zlatan Ibragimovich va Markos Roxo asosiy tarkib bilan birgalikda «Lauri» mehmonxonasiga tashrif buyurdi. Jamoa domiy tarzda o‘z maydonida o‘tkaziladigan uchrashvdan oldin ushubu mehmonxonada yig‘ilishadi. «Liverpul» ga qarshi uchrashvdan oldin ham xuddi shunday bo‘ldi. Avvalroq Joze Mourino aytib o‘tgnidek Zlatan va Markos jarohatdan qutilishgan va jamoaga yordam berishga shay.
Manchester Evening News nashr xabar berishcha mehmonxonaga jamoa bilan Maruan Fellayni va Lyuk Shou tashrif buyurmagan. Belgiyalik futbolchisafga kechroq qo‘shilishi kutilmoqda.
«Manchester Yunayted» bilan «Lauri» ga tashrif buyurgan tarkib quyidagicha: David De Xea, Serxio Romero, Matteo Darmian, Antonio Valensiya, Fil Jons, Kris Smolling, Markos Roxo, Maykl Karrik, Pol Pogba, Ander Errera, Djessi Lingard, Xuan Mata, Eshli Yang, Genrix Mxitaryan, Ueyn Runi, Zlatan Ibragimovich, Antoni Marsyal, Markus Reshford.
Mourino: Bizning raqib kuchli
15.01.2017

Joze Mourino jurnalistlar savolariga javob qaytarar «Manchester Yunayted» va «Liverpul» jamoalari o‘rtasidagi ko‘p yillik to‘qnashuvi darajasi xaqida to‘xtalib o‘tdi.
««Yunayted» va «Liverpul» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv Angliyada katta uchrashvligicha qoladimi? Men bilmayman. Lekin shuni bilamanki, «Manchester Yunayted» - bu mamlakatning katta jamoasi. Buni men bilaman, sizlar va hamma biladi. Kechirasiz, albatta buni bilish qiyin emas».
«Katta jamoalarga qarshi o‘ynash oddiy bo‘lmagan doim, yaxshi futbolchilar, yaxshi murabbiylar, lekin biz qanday o‘ynash kerak bo‘lsa, shunga harakat qilamiz. «Tottenxem» va «Arsenal» ga qarshi ko‘rsatgan o‘ynindek, «Liverpul» ga ham qashi o‘ynaymiz. «Arsenal» bizga qarshi o‘yinni nazorat qila olmagan edi, «Tottenxem» ham bu ishniamalga oshira olmagan edi, ko‘ramiz, «Liverpul» qanday ish qilar ekan».
«Bizning raqib juda yaxshi jamoa. Bu to‘qnashuv juda emotsiyaga boy bo‘ladi, negadir ular ancha yillardan beri chempion bo‘la olishmayapti».
Mourino: Pogba sardorlikka loyiq
14.01.2017

Matbuot anjumnida Joze Mourin yarim himoyachi Pol Pogba jamoa sardori bo‘lishi borasidagi savolga quyidagicha javob berdi.
«Men o‘ylashimcha, unda buning uchun hamma narsa bor. Unda xarizma, mentalitet va o‘ziga xos ambitsiya bor, u haqiqiy proffessional. Pol hali yosh, u doim o‘sishda davm etmoqda, lekin unda barcha kerakli jihatlar mavjud, u bemalol jamoa sardori bo‘lishi mumkin».
«Hozirda Pol gap-so‘zsiz juda yaxshi harakat qilmoqda, xuddi butun jamoa kabi. Bu xuddi men kutganimdagidek. Men Poldan va butun jamoadan doimiy tarzda yuqori darajada o‘yyin ko‘rsatishlarini istayman».