14.01.2017

«Manchester Yunayted» ning 35 yoshli hujumchisi Zlatan Ibragimovich nega futbolchi uchun katta yoshda APL foydasiga qaror chiqargani haqida gapirib berdi.

«Boshqasi mening o‘rnimda eng oson yo‘lni tanlab - Xitoy yoki boshqa mamlakatda pul ishlab, faoliyatidan rohatlangan bo‘lardi. Men chaqiruvni qabul qildim. Shu sababli «Manchester Yunayted» ni tanladim. So‘nggi yillarda ularda qiyinchiliklar kuzatildi va agar klubni cho‘qqiga qaytarsam, baxtli bo‘laman».

«Oddiy vazifa, oson ishlarni yoqtirmayman. Doimo qiyinchiliklarga duch kelganman. Boshqalarga nisbatan ko‘proq ishlashim kerak edi. Mana hozir shu yerdaman, odamlar 35 yoshda buning imkoni yo‘q deyishganmidi, ammo bunga qodirman», - deydi Zlatan Ibragimovich.

 

Муҳокама

14.01.2017

«Liverpul» klubi bosh murabbiyi Yurgen Klopp «Manchester Yunayted»ga qarshi kechadigan o‘yin oldidan sobiq shogirdi Genrix Mxitaryan to‘g‘risida iliq fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Mxitaryan ajoyib texnika va yuqori tempga ega bo‘lgan futbolchi. U har xil chiziqlarda harakatlana oladi. Bunday hususiyatga ega futbolchilar kamdan kam topiladi. Genrix shubxasiz jahon darajasidagi o‘yinchi sanaladi».

««Manchester Yunayted» va Mxitaryan o‘tgan uchrashuvimizdan ko‘ra kuchliroqlar, futbolchi jamoaga kirishib ketdi. O‘sha paytda Mxitaryan formada bo‘lmaganmi yoki shunchaki tarkibdan chiqarib tashlanganmi bilmayman, «MYU» bilan oktyabrdagi o‘yinimizda u yo‘q edi. Endi mankunianliklar uning iqtidoridan samarali foydalanishlari mumkin», — deydi Klopp.

Муҳокама

14.01.2017

TheSun nashri xabar berishicha «Manchester Yunayted» darvozabon David de Xea bilan shartnomani uzaytirish niyatida.

Manbaning xabariga ko‘ra, «MYU» de Xea uchun yangi 2020 yilga qadar mo‘ljallangan, xaftalik 230 000 yevroli maoshli shartnoma taklif qilish niyatida. Bu orqali jamoa 26 yoshli futbolchining madridning «Real» jamoasiga o‘tib ketmasligini oldini olish niyatida.

David de Xea joriy mavsumda 20 uchrashvda maydonga tushib, 7 uchrashuvda o‘z darvozasini quruq saqlay olgan.

 

 

Муҳокама

Янгиликлар /

Ibragimovich: Bu ajablanarli gol

14.01.2017

«Manchester Yunayted»  hujumchisi Zlatan Ibragimovich Genrix Mxitaryanning «Sanderlend» darvozasiga «chayon zarbasi» usulida kiritgan goliga ta’rif berdi va unga bu zarbani o‘rgatganligini aytib o‘tdi.

«Bu ajablanarli gol bo‘ldi. Bu golni tasvirlab bo‘lmaydi, u haqida orzu qilishning o‘zi mushkul vazifa. Mxitaryan uchun xursandman, chunki bu golni hech kim esidan chiqarmaydi».

«Shuningdek, bu golga aloqadorligimdan ham shodman. Ha, bir necha hafta oldin biz bu zarbani mashg‘ulotlarda o‘zlashtirgan edik. Men unga aynan qanday harakat qilish kerakligi va buni amalga oshirish uchun qanday to‘p uzatilishi lozimligini ko‘rsatib berganman», – deya Ibragimovich so‘zlarini keltirmoqda Goal nashri.

 

Муҳокама

Янгиликлар /

Mourino: Zlatan va Roxo tayyor

13.01.2017

Joze Mourino «Liverpul» ga qarshi uchrashuvda Zlatan Ibragimovich va Markos Roxo maydonga tushishga shay ekanligini aytib o‘tdi.

Zlatan «Reding» ga qarshi uchrashuvda zahirada qoldirilgan edi, «Xall Siti» bilan bo‘lgan yarim fianl uchrashuvida esa betobligi sababli ishtirok eta olmadi. Roxo esa «Reding» ga qarshi kechgan bahsning birinchi taymida jarohat olib maydonnitark etagan edi. Ikkala futbolchi ham xozirda tiklanib ulgurgan va jamoasiga yordam berishga shay holda.

«Men o‘ylashimcha, ikkalasi ham uchrashuvga shay. Men buni aniq tarzda tasdiqlamayman, o‘yingacha hali 48 soat vaqt bor, hammasi shunday», - deydi Mourino

 

Муҳокама

Янгиликлар /

Mata: Mourino o‘zgargan

13.01.2017

«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Xuan Mata hozirgi Joze Mourino «Chelsi» dagidan farq qilishini aytib o‘tdi.

«Mourino o‘zgargan. U hozir boshqa klub, boshqa muhit va boshqacha tshlamoqda».

««MYU» har doim o‘zining hujumkor o‘yini va ko‘plab vaziyatlarni yuzaga keltirish uslubi bilan ajralib turgan. Biz buni davom ettirmoqdamiz. Mourino bizning ishimizdan juda mamnun».

«Hozirda barcha futbolchilar o‘zlarida katta ishonch bilan harakat qilmoqdalar. Mourinoga keladigan bo‘lsak, u hali ham o‘sha-o‘sha, faqat atrofdagi muhit uni murabbiy sifatida o‘zgartirdi».

«Biz ketma-ket 9 o‘yinda g‘alaba qozondik, ammo futbolda o‘tmish bilan yashab bo‘lmaydi. Oldinda «Liverpul» ga qarshi o‘yin kutib turibdi, bu uchrashuv ikki klub uchun ham juda muhim sanaladi. Biz «MYU» ishqibozlarini xursand qiladigan o‘yin namoish qilishga harakat qilamiz», – deydi Mata.

Муҳокама

13.01.2017

Angliya Premer-ligasining rasmiy sayti «Manchester Yunayted» jamoasi hujumchisi Zlatan Ibragimovichni dekabr oyida Angliya Premer-ligasining eng yahshi futbolchisi deya e’lon qildi.

Bu 35-yoshli Ibragimovichning APL dagi birinchi sovrini hisoblanadi, avvalroq «Manchester Yunayted» muhlislari tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnomaga ko‘ra ham jamoaning eng yahshi futbolchisi nomiga sazovar bo‘lgan edi.

Zlatan Ibragimovich 2016 yil dekabr oyidagi 6 ta uchrashuvda 5 ta gol urdi va 3 ta golli pas berdi.

Bu xaqida Ibragimovich quyidagicha izoh berdi: «Men buyuk klubda buyuk murabbiy va buyuk futbolchilar bilan o‘ynayapman».

 

 

 

Муҳокама

Янгиликлар /

Mxitarya urgan gol APL da tengsiz

13.01.2017

Angliya Premer-ligasining rasmiy sayti dekabr oyida Angliya chempionatining eng yaxshi golini e’lon qildi.

«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Genrix Mxitarya Boksing Deyda "Sanderlend" darvozasiga urgan "chayon zarbasi" uslubidagi gol eng yaxshi deb topildi.

«Yunayted» yarim himoyachisi Genrix Mxitaryan tomonidan «Sanderlend» darvozasiga urilgan gol, «Premer Ligada oyning eng chiroyli goli» nomiga sazovar bo‘ldi.

Genrix 26 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan uchrashuvning 86-daqiqasida «chayon zarbasi» deya nomlangan usulda darvozani ishg‘ol qilgan edi.

Shuningdek ushbu gol, «Manchester Yunayted» muhlislari tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnoma yakuniga ko‘ra jamoada ham eng chiroyli gol deya topildi.

 

Муҳокама

13.01.2017

«Manchester Yunayted» jamoasi yarim himoyachisi Pol Pogba «Liverpul»ga qarshi APL 21-turi oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

««Manchester Yunayted» uchun «Liverpul»ga qarshi uchrashuv «Manchester Siti»ga qaraganda qiziqroq. Ushbu o‘yinlarda muhit o‘zgacha bo‘ladi», – dedi fransiyalik futbolchi.

Eslatib o‘tamiz, «MYu» va «Liverpul» o‘rtasidagi o‘yin 15 yanvar, yakshanba kuni Toshkent vaqti bilan 21:00 da boshlanadi.

Муҳокама

Янгиликлар /

Shnayderlin transferi 4-o‘rinda

13.01.2017

Morgan Shnayderlining «Everton» ga transfer qilingani «Manchester Yunayted» jamoasi tarixidagi eng qimmatga sotilgan futbolchilar reytingida 4 pog‘onada qayd etildi.

«Irisk»lar fransuz yarim himoyachisi uchun 20 million funt va futbolchi jamoada doimiy ravishda uchrashuvlarda ishtirok etsa qo‘shimcha bonus tariqasida 4 million «Yunayted» hisobiga o‘tkaziladi. Shu tariqa, futbolchi reytingda Krishtianu Ronaldu, Anxelya Di Mariya va Devid Bekxemdan so‘ng qayd etildi:

«Manchester Yunayted»tomonidan sotilgan eng qimmat futbolchilar reytingi:

1. 2009 yil iyul: Krishtianu Ronaldu v «Real Madrid» - 80 million funt;

2. 2015 yil avgust: Anxel Di Mariya v PSJ – 44,1 million funt;

3. 2003 yil iyun: Devid Bekxem v «Real Madrid» - 25 million funt;

4. 2017 yil yanvar: Morgan Shnayderlin v «Everton» - 24 million funt;

5. 2015 yil sentyabr: Denni Uelbek v «Arsenal» - 16 million funt;

6. 2001 yil sentyabr: Yap Stam v «Latsio» - 15,3 million funt;

7. 2003 yil avgust: Xuan Sebastyan Veron v «Chelsi» - 15 million funt;

8. 2006 yil iyul: Rud van Nistelroy v «Real Madrid» - 10,3 million funt;

9. 2007 yil avgust: Gabriyel Xaynse v «Real Madrid» - 8,1 million funt;

10. 2001 yil dekabr: Endi Koul v «Blekbern Rovers» - 8 million funt;

Муҳокама