Янгиликлар /

«Lion» taklifi rad etildi

13.01.2017

Sky Sports nashri xabar berishicha «Manchester Yunayted» Fransiyaning «Lion» jamoasi tomonidan Memfis Depay uchun taklif qilingan 13 million funtlik taklifni rad etdi.

Joze Mourino yaxshi taklif bo‘lsa futbolchini boshaqa jamoada to‘p surishiga rozilik bergan edi, lekin rahbariyatni futbolchi uchun taklif qilingan summa qanoatlantirmadi. «Manchester Yunayted» Depay uchun 20 mil. funt so‘ramoqda.

22 yoshliDepay 2015 yilda PSV jamoasidan 25 million funt evaziga sotib olingan edi. Shu kunga qadar futbolchi 45 uchrashuvda ishtirok etib 7 gol urgan.

Муҳокама

Янгиликлар /

Shneyderlin «Everton» safida

12.01.2017

«Manchester Yunayted» rasmiy sayti Morgan Shnayderlin «Everton» bilan shartnoma imzolaganini tasdiqladi. Fransuz futbolchisi yangi jamoasi bilan 2021 yilga qadar shartnoma imzoladi.

Shnayderlin yangi jamoasi tarkibida yakshanba kuni APL 21-turidan o‘rin olgan «Manchester Siti» ga qarshi uchrashuvda maydonga tushishi mumkin.

Morgan tvitterdagi rasmiy sahifasi orqali «Manchester Yunayted» muhlislariga o‘z minatdorchiligini va yaxshi tilaklarni yo‘llagan.

Shnayderlinning kelgusi faoliyatiga bizlar ham omad tilab qolamiz.

 

 

Муҳокама

12.01.2017

«Manchester Yunayted» hujumchisi Zlatan Ibragimovich APLga juda kam vaqt oralig‘ida ko‘nikkanini ta’kidladi.

«Men Diyego Kostaning natijalari orqasidan yugurmoqchi emasman. Mening maqsadim – sovrin. Gollar esa, har bir futbolchi uchun shunchaki, maqsadga erishish yo‘lidagi yoqimli bir bonus. Men qo‘limdan keladigan eng yaxshi ishni qilayapman, ya’ni gollar urmoqdaman. Jamoa uchun yordam berish va jamoadoshlarimni qulay vaziyatlarga chiqarish uchun harakat qilayapman. Xuddi, jamoadoshlarim ham menga yordam berayotganidek. Mening shaxsiy maqsadlarim yo‘q. Ahir men Angliyani uch oydayoq zabt eta oldim».

«Men boshidanoq jamoa o‘yindan o‘yinga kuchayib borishini aytgan edim. Endilikda jamoaning o‘yinida oldinga qadam tashlash borligini ko‘rishingiz mumkin. Qolaversa, Manchester Yunayted bundan ham yaxshiroq o‘ynay oladi, deb o‘ylayman. Shunday ham bo‘ladi. Boisi, jamoa buning uchun bor kuchi bilan o‘ynamoqda» – deydi Ibragimovich.

Eslatib o‘tamiz, Zlatan Ibragimovich ushbu mavsumda APLda 19ta uchrashuvda maydonga tushib 13 ta gol urib, 4 ta golga assistentlik qilgan

 

 

 

 

Муҳокама

Янгиликлар /

Rasman: Fellayni jamoada qoladi

12.01.2017

«Manchester Yunayted» rasman Maruan Fellayni bilan shartnomani avtomatik ko‘rinishda uzaytirish bandi amalga oshganini e’lon qildi

«2013 yilgi yozgi transfer vaqtining so‘ngi kunida «Everton» dan jamoa safiga qo‘shilgn Fellayni bilan bir yilga uzytirish imkoniyati bilan to‘rt yillik shartnoma imzolangan edi. Jamoa ushbu imkoniyatdan foydalanishni maqqul ko‘rdi va Fellayni «Old Trafford» da kamida yana bir mavsum to‘p suradi, ya’ni 2018 yil yoziga qadar», -deyiladi rasmiy xabarda.

 

 

Муҳокама

Янгиликлар /

UBER - yangi hamkor

12.01.2017

«Manchester Yunayted» rasman Amerikaning mashhur kompaniyasi Uber bilan hamkorlik shartnomasini imzoladi. Bu kompaniya mobil ilova dasturi orqali taksi buyurtma qilish va to‘lovni amalga oshirish imkoniyatini taqdim etishi bilan mashhur.

Hamkorlik doirasida «Old Trafford» atrofida Uber dan foydalanuvchilar uchun hudud tashkil qilinadi. Uber shuningdek yaqin vaqtlar ichida «Manchester Yunayted» muhlislari uchun mahsus dasturni yo‘lga qo‘yishni ham rejalashtirgan.

2016 yil avgustdagi ma’lumotlarga ko‘ra Uber jahon bo‘ylab 500 dan ortiq shaharlarda o‘z hizmatlarini amalga oshiradi.

 

 

Муҳокама

12.01.2017

Premer Liga 21-turidan o‘rin olgan «Manchester Yunayted» - «Liverpul» o‘rtasidagi uchrashuvda Sky Sports telekanali APL da ilk marotaba o‘rgimchak-kamera (камера-паук) texnalogiyasidan foydalanadi. Bu texnalogiya avvalroq Jahon chempionati va Chempionlar Ligasi uchrashuvlarida foydalanilgan edi.

Ushbu kamera yordamida maydonnit 10 dan 40 metr yuqorilikda tasvirga olish imkoniyati paydo bo‘ladi. Dushanba kuni «Old Trafford» ushbu texnologiyadan foydalanish bo‘yicha rasmiy ruxsatnomani oldi.

Sky Sports futbol departamenti boshlig‘i  Gari Xyuz aytishicha: «Bunday katta uchrashuvlar, «Yunayted» - «Liverpul» kabi o‘yinlarda bunday texnologiyani Premer Ligatarixida ilk bora qo‘llash uchun yaxshi imkoniyat. Bu jahon futbolidagi eng katta to‘qnashuv, va biz muhlislar uchun uchrashuvlardan maksimal darajada zavq olishlari uchun bunday kameradan foydalanish niyatidamiz».

Муҳокама

12.01.2017

BBC Sport xabar berishicha «Manchester Yunayted» yarim himoyachi Maruan Fellayni bilan tuzilgan shartnomani uzaytirish bandi avtomatik tarzda amalga oshishi mumkin.

2013 yilda «Everton» jamosidan sotib olingan Fellayni «Yunayted» bilan shartnoma 4+1 imzolagan edi, jamoa bosh murabbiyi Joze Mourino shartnomaning ushbu bandini amalga oshirishga qaror qildi va jamoa Maruanga yangi shartnoma tuzmasdan amaldagisi yana bir yilga uzaytiriladi va futbolchi «Old Trafford» faoliyatini davom ettiradi.

Mourino futbolchining ko‘rsatayotgan o‘yinidan qoniqish hosil qilmoqda va shu sababli Fellayni jamoada yana bir yil qoladi.

Муҳокама

12.01.2017

UEFA ma’lumotlariga asoslanib The Daily Mail nashri xabar berishicha «Manchester Yunayted» rasmiy sayti futbol jamoalari o‘rtasida, jahoning eng ommabob veb-resursi deya topildi.

«Manchester Yunayted» rasmiy saytiga oyiga 8,6 million foydalanuchi tashrif buyuradi. Bu ko‘rsatgich bo‘yicha Londoning «Arsenal» jamoasi biroz yaqin kelgan, oylik 8,5 million foydalanuvchi.

Ispaniya gigantlari «Real» va «Barselona» ushbu reytingda 4 va 5 pog‘onada qayd etilishgan, 7,2 va 6,3 million foydalanuvchi bilan.

Top-20 lik qo‘yidagi ko‘rinishni olgan:

«Manchester Yunayted» - 8,6 mln

«Arsenal» - 8,5 mln

«Liverpul» - 7,7 mln

«Real Madrid» - 7,2 mln

«Barselona» - 6,3 mln

«Fenerbaxche» - 3,3 mln

«Chelsi» - 3,2 mln

«Dinamo Kiyev» - 3,1 mln

«Bavariya Myunxen» - 2,9 mln

«Borussiya Dortmund» - 2,7 mln

«Al-Axli» - 2,6 mln

 PSJ - 2,6 mln

«Lester Siti» - 1,9 mln

«Tottenxem Xotspur» - 1,8 mln

«Marsel» - 1,8 mln

«San-Paulu» - 1,75 mln

«Manchester Siti» - 1,7 mln

«Zenit Sankt-Peterburg» - 1,6 mln

«Galatasaray» - 1,6 mln

«Yuventus» - 1,5 mln

Муҳокама

Янгиликлар /

Omadsiz Pogba

11.01.2017

Sky Sports APL jamoalarining ushbu mavsumda darvoza to‘sini yoki ustunini necha marotaba «nishonga olishganini» hisoblab chiqibdi.

«Manchester Yunayted» klubi bu borada yaqqol yetakchi – ushbu jamoa a’zolari jami 19 marotaba mana shunday zarbalar ijro etishgan.

«Manchester Siti» hisobida esa 17 ta, «Tottenhem» hisobida esa14 ta «to‘sin bor».

Eng kam, atigi bir marotaba darvoza ustuni «Sanderlend» raqiblari joniga oro kirgan.

Futbolchilar ichida esa, Pol Pogba va Kevin Bryuyne yetakchi, ushbu futbolchilar amalga oshirgan yettidan zarba darvoza to‘sini yoki ustunga tekkan.

 

 

 

Муҳокама

11.01.2017

Joze Mourino «Manchester Yunayted» muhlislaridan «Liverpul»ga qarshi kechadigan uchrashuvda faqatgina muhlis bo‘lib emas, jamoaning bir qismi sifatidan tashrif buyurishlarini aytib o‘tdi.

«Bizning jamoni ajoyib muhlislari bor. Men ular haqida faqat yaxshi narsalarni aytishim mumkin, chunki xaqiqiy muhlis qiyin vaziyatda bilinadi. Qachon jamoa bunday qiyin vaziyatga tushganda, ular bizning atrofimizda birlashishadi. Ular bizga oldinga intilishimizga kuch bag‘ishlaydi, ular bizni qo‘llab-quvatlashadi. Shunday ekan, bizni haqiqiy ajoyib muhlislarimiz bor».

«Yakshanba kuni jamoni alohida uchrashuv kutib turibdi, bu muhlislarimiz uchun ham axamiyatli o‘yin. Va men ularni stadionga xuddi teatr muhlislari sifati kelishlarini istamayman, men ularni biz bilan birgalikda uchrashuvda ishtirok etishlarini hoxlayman!».

 

 

 

Муҳокама