Янгиликлар /

York: Futbolchilar zavq olishmoqda

11.01.2017

«Manchester Yunayted»ning sobiq hujumchisi Duayt York so‘nggi paytlarda klubda sodir bo‘lgan o‘zgarishlardan hayratga tushganini gapirib berdi.

«Kecha men uzoq tanaffusdan keyin klub bazasiga keldim» – deb izohlaydi Duayt York, – «So‘nggi olti oyda klub muhitida sodir bo‘lgan o‘zgarishlar meni hayron qoldirdi. Klub ichkarisidagi turli insonlar bilan gaplasharn ekansan, ularning yanayam quvnoq va o‘ziga nisbatan ishonchli bo‘lib qolganliklarini payqaysan. O‘zgarishlar dahshat. «bu o‘sha olti oy oldinga «Manchester Yunayted»mi, deb o‘zimga o‘zim savol berishga majbur bo‘ldim».

«Futbolchilar mashg‘ulotlardan zavq olmoqdalar va sabrsizlik bilan keyingi kunni kutmoqdalar. Hamma o‘z ishiga shung‘igan, go‘yoki, yaqin vaqt ichida bu yerda o‘ziga xos bir voqea sodir bo‘ladigandek».

 

 

 

Муҳокама

11.01.2017

Footmercato nashri jurnalisti Xalid Karuri xabar berishicha «Lion» jamoasi «Manchester Yunayted» hujumchisi Memfis Depay borasida muzokaralarni boshlab yuborgan.

Xabarda aytilishicha «Lion» rahbariyati avval Depayning fikrini blishgan. 22 yoshli futbolchi faoliyati Liga 1 da davom ettirishga rozilik bildirgan.

Avvalroq OAV vakillari tomonidan Depayga bir qator jamoalar qiziqish bildirayotgani to‘g‘risida xabar tarqalgan edi. Joriy mavsumda APL Memfis bor yo‘g‘i 20 daqiqa ishtirok etib bitta sariq kartochka olgan.

Муҳокама

11.01.2017

Joze Mourino yarim himoyachi Morgan Shnayderlin «Everton» ga o‘tishini tasdiqladi.

«Menda hozircha aniq ma’lumotlar yo‘q, lekin uchrashuvdan oldin janob Vudvord menga aytdiki, vaziyat tez orada o‘z nihoyasiga yetadi, shunday ekan Morgan ishonch bilan aytish mumkinki «Everton» ga o‘tadi».

«Bir vaqtning o‘zida ham xursandman va hafaman. Hafa bo‘lishim, menga Morgan o‘yini yoqardi, va u bizning ushbu mavsumdagi rejalarimizdagi bir variantlardan biri edi. Xursand bo‘lishim esa, u endilikda har bir uchrashuvda maydonga tushib jamoasining muhim o‘yinchisiga aylanishi mumkin. Haqiqiy professional inson sifatida unga omad tilayman».

Муҳокама

11.01.2017

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Joze Mourino jamoa hujumchisi Zlatan Ibragimovich Angliya chempionati doirasida «Liverpul»ga qarshi kechadigan o‘yinda maydonga tushishi mumkinligini aytib o‘tdi.

«Zlatan kasal bo‘lib qolgan edi, ammo yakshanba kunga qadar tuzalib ketishidan umidvorman. Menimcha u safga qayta oladi», - deydi portugaliyalik murabbiy.

Eslatib o‘tamiz, Ibragimovich Angliya Liga Kubogi doirasida «Xall Sitiga qarshi kechgan va 2:0 hisobida yakuniga yetgan o‘yinda maydonga tusha olmagan edi.

Муҳокама

11.01.2017

«Manchester Yunayted» Morgan Shnayderlini «Everton» jamoasiga o‘tishi borasida kelishuvga erishdi deya xabar bermoqda Sky Sports nashri.

Fransuz yarim himoyachisi «Gudison Park» ga o‘tishi uchun jamoa 22 mln. funt to‘lashi zarur bo‘ladi.

Ushbu haftada Shnayderlin tibbiy ko‘rikdan o‘tib Ronald Kuman boshchiligidagi jamoa safiga qo‘shiladi. Morgan «Old Trafford» ga tashrif buyurishidan avval «Sautgempton» jamosida Ronald Kuman qo‘l ostida to‘p surgan.

Fransiya terma jamoasi futbolchisi «Manchester Yunayted» safiga 2015 yil yozida kelib qo‘shilgan, jamoa u uchun «Sautgempton» jamoasi 24 mln. funt mablg‘ to‘lagan edi. Joze Mourino bosh murabbiy bo‘lib tayinlangach Shnayderlin o‘z o‘yinini ko‘rsata olmadi va shu sabab «qizil iblislar» futbolchini sotishga qaror qilishdi.

Муҳокама

Янгиликлар /

Yang: Mening medalim topildi

10.01.2017

«Yunayted» futbolchisi Eshli Yang o‘tgan mavsumda Angliya Kubogi final o‘yinidan so‘ng bo‘lib o‘tgan qiziq voqea haqida so‘zlab berdi. O‘sha uchrashuvda «qizil iblislar» g‘alaba qozonib Angliya Kubogi sohibiga aylanishgan edi.

«Uchrashuvdan so‘ng men doping test topshirgani yo‘l oldim, kiyinish xonasiga qaytib kelgach esa, medalim yo‘qligini ko‘rdim. Shundan so‘ng, eslashga xarakat qildim, Markos Roxo mening yonimda o‘tirgan edi, lekin keyin qolganini eslomadim. Men faqat birgina narsani o‘ylardim «Mening medalim qayerga yoqoldi?».

«Men barcha narsalarimni tekshirdim, lekin topa olmadim. Keyin men o‘yladimki: «Mayli, avtobusga bora qolay, balki kimdir o‘rnimga qo‘yib qo‘ygandir». Lekin u yerda ham yo‘q! Men yigitlardan so‘ray boshladim: «Qarab ko‘rila iltimos, kimdir xato qilmb ikkita medalni olib qo‘ygan bo‘lishi mumkin? Kimdadir ortiqcha, chunki men yoqotib qo‘ydim».

«Orqadan ovoz eshitildi: «Mana sening medaling, ol». Bu Roxo edi. U adashib o‘z sumkasiga solib qo‘yibdi. Men uni topilganidan bo‘ldim, va xozir u medal uyimning ko‘rinadigan yerida o‘z o‘rniga ega».

 

 

Муҳокама

10.01.2017

«Manchester Yunayted» himoyachisi Kris Smolling jamoa bosh murabbiyi Joze Mourino barcha futbolchilar bor kuchi bilan o‘ynashini xohlayotganini aytib o‘tdi.

«Mourino barcha futbolchilar bor kuchi bilan harakat qilishini istamoqda. Menimcha, bu murabbiyning yaxshi tomoni. Hozir jamoadagi barcha futbolchilar o‘zining nimaga qodirligini ko‘rsatishga tayyor», — dedi himoyachi.

 

Муҳокама

10.01.2017

Joze Mourino Premer Liga 21-turidagi «Liverpul» ga qarshi o‘yindan avval Liga Kubogidan o‘rin olgan «Xall Siti» ga qarshi uchrashuv muhim ekanligini aytib o‘tdi.

«Biz «Liverpul» ga qarshi yakshanba kuni o‘ynaymiz, bu biz uchun katta o‘yin, lekin biz ungacha Liga Kubogiga chiqish masalasini hal qilishimiz lozim. Shunday ekan, biz barcha kuchimizni «Xall Siti» ga qarshi uchrashuvda ko‘rsatishga intilamiz».

«Biz tushunib turibmiz, bu ikki o‘yindan iborat uchrashuv, lekin bir barchasini o‘z maydonimizda hal qilishimiz lozim».

«Men o‘ylashimcha, katta jamoalar uchun barcha musobaqa – bu muhim hisoblanadi. Men hech qachon musobaqalarni darajga ajratmayman. Men boshqarga ayrim jamoalarimda xatto aprel oyida ham barcha musobaqalarda ishtirok etardik, xatto tig‘iz jadval asosida bo‘lsa ham».

«Men Kardiffda Liga Kubogi ikki bor yutganman, lekin final yana «Uembli» ta’mirlanib qaytganidan so‘ng katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Mana nima uchun Londondagi o‘yinda g‘alaba qozonishim kerak?», - deydi Mourino.

Муҳокама

10.01.2017

«Yunayted» Antoni Marsiyal uchun 2015 yilda «Monako»ga to‘langan 60 million yevro transfer summasi tez orada yana oshishi mumkin.

Goal.com bergan xabarga ko‘ra, 21 yoshli fransuz futbolchisi ingliz klubi safida 25 gol ursa, 10 million yevro miqdoridagi qo‘shimcha bonus «Monako» hisobiga o‘tkazib berilishi kerak. Hozirda Marsiyal hisobida 23ta gol bor.

Shartnoma shartlariga ko‘ra, monegasklar jamoasi futbolchi transferidan bundan tashqari yana 20 million yevro ishlab olishi va umumiy miqdorda futbolchining transferi 90 million yevroga qadar oshishi mumkin. Yana 10 million yevroni «Monako» Marsiyal Fransiya terma jamoasi safida 25 uchrashuv o‘tkazsa, qolgan 10 millionni esa, agar futbolchi «Oltin to‘p» so‘rovida kuchli uchtalikka kirsa qo‘lga kiritishi mumkin bo‘ladi.

Муҳокама

Янгиликлар /

Ivan Perishich Angliyada!?

10.01.2017

Italiyadagi Calciomercato nashri xabariga ko‘ra, «Inter»ning xorvatiyalik yarim himoyachisi Ivan Perishich faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, futbolchiga «Manchester Yunayted» da’vogarlik qilmoqda. Qayd etilishicha, Xorvatiya terma jamoasi a’zosi bo‘lgan bu futbolchining xizmatlariga «qizil iblislar» jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourino shaxsan qiziqmoqda. U Perishich shu qishdayoq jamoasida bo‘lishini istamoqda.

Bundan oldingi xabarlarda ushbu futbolchiga «Barselona», «Liverpul» va «Chelsi» kabi jamoalardan qiziqish mavjudligi aytilgandi.

Joriy mavsumda 27 yoshli Perishich barcha turnirlarni hisoblaganda milanliklar jamoasi uchun 23 uchrashuv o‘tkazdi va 6 gol urib, 4 golli uzatma muallifi bo‘ldi.

Transfermarkt.de ushbu futbolchini 25 mln yevroga baholagan, uning «Inter» bilan amaldagi shartnomasi muddati 2020 yilga qadar tuzilgan.

Муҳокама