Angliya Kubogi: «Yunayted» raqibi ma’lum bo‘ldi
10.01.2017

Angliya Kubogi 4-bosqichga tashlangan qur’a natijasiga ko‘ra «Manchester Yunayted» raqibi ma’lum bo‘ldi.
«Manchester Yunayted» 4-bosqich uchrashuvini «Uigan Atletik» jamoasiga qarshi o‘z maydonida o‘tkazishadi. O’tgan mavsumda «qizil iblislar» o‘rinbosarlari jamoasini boshqargan Uorren Joys hozirda «Uigan» bosh murabbiyi.
Hozircha uchrashuv rasman qaysi kuni bo‘lib o‘tishiga aniqlik kiritilmagan bo‘lsada, uchrashuv tahminan 27-30 yanvar kunlari orasida «Old Trafford» tashkil qilinishi rejalashtirilgan. Chunki, «Manchester Yunayted» 26 yanvar kuni Liga Kubogi doirasida «Xall Siti» mehmoni bo‘lsa, 1 fevralda APL doirasida o‘z maydonida «yo‘lbarslarni» qabul qilishadi.
Qolgan juftliklar quyidagi ko‘rinishda:
«Manchester Yunayted» — «Uigan Atletik»
«Tottenxem» — «Uikomb»
«Derbi Kaunti» — «Lester Siti»
«Oksford Yunayted» — «Nyukasl Yunayted»
«Uimbldon»/«Satton» — «Kembridj Yunayted» — «Lids»
«Plimut»/«Liverpul» — «Vulverxempton»
«Sautgempton»/«Norvich» — «Arsenal»
«Linkoln»/«Ipsvich» — «Brayton»
«Chelsi» — «Brendtford»
«Milluol» — «Uotford»
«Rochdeyl» — «Xaddlsfild»
«Byornli»/«Sanderlend» — «Flitvud»/«Bristol»
«Blekberd» — «Barnsli»/«Blekpul»
«Fulxem» — «Xall Siti»
«Midlsbro» — «Akrington Stenli»
«Kristal Pelas»/«Bolton» — «Manchester Siti»
Lyuk Shou betob
09.01.2017

The Sunday nashrining yetakchi jurnalisti Stiv Beyts tasdiqlashicha Lyuk Shou ertaga bo‘lib o‘tadigan Liga Kubogi doirasidagi «Xall Siti» ga qarshi uchrashuvda maydonga tusha olmaydi.
Xabarda aytilishicha Joze Mourino ertagi o‘yinda Shou xizmatlaridan foydalanishni istayotgan edi, futbolchi betobligi sababli jamoasiga yordam bera olmaydi. Beyts ta’kidlashicha Lyuk jarohat olmagan faqatgina shamollagan halos.
Bayi: Biz birgalikda to‘p suramiz
09.01.2017

«Yunayted» himoyachisi Erika Bayi Kot-d'Ivuar va Shvetsiya terma jamoalari o‘rtoqlik uchrashuvidan oldin jurnalistlar bilan bo‘lgan suhbatda «qizil iblislar» safiga o‘tishi kutilayotgan Viktor Lindelyof borasidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Bu Fotbollskanalen xabar bermoqda.
«Men umid qilamanki, biz birgalikda to‘p suramiz. Viktor – juda yaxshi futbolchi, va men ishonch bilan ayta olamanki, u bizning jamomizga kelib qo‘shilsa foyda bera oladi».
«Bizning tarkibda ko‘plab yaxshi markaziy himoyachilar bor– Kris Smolling, Markos Roxo, Fil Djons – lekin, Viktor bilan birga to‘p surishni ham istardim».
«Bizga hech kim aosisy tarkibdagi o‘rinni kafolatlab qo‘ymaydi, buning uchun kurash olib borish zarur. Biz barchamiz o‘z pozitsiyamizda jiddiy kurash olib boribeng yaxshi o‘inimizni ko‘rsatishga intilamiz. O’yin kuni asosiy tarkibga kiritilgan o‘yinchilar ro‘yhatidan joy olish uchun yuqori darajada harakat qilish lozim».
«O’ylashimcha, biz Viktor bilan birgalikda yaxshi o‘ynagan bo‘lardik».
Roxo jarohati jiddiy emas
09.01.2017

The Sunday Times nashri jurnalisti Dunkan Kasls xabar berishicha «Manchester Yunayted» himoyachisi Markus Roxo «Reding» qarshi o‘yinda olgan jarohati jiddiy bo‘lib chiqmadi va futbolchi tez orada safga qaytadi.
Roxo Angliya Kubogi 3-bosqichi «Reding» jamoasi qarshi (4:0) uchrashuvning 19-daqiqasida jarohat olib maydonni tark etgan edi. Mutaxassislar tomonidan futbolchining oyoq qismi mushaklari jarohatlanganligi ta’kidlangan edi.
Tekshiruv natijlariga ko‘ra Roxoning mushaklari jiddiy jarohatlanmagani kuzatildi. Futbolchi jamoasining keyingi o‘yinigacha sog‘ayib safga qaytishi kutilmoqda.
«Yunayted» U19 turnir g‘olibi
09.01.2017

«Manchester Yunayted» ning 19 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar jamoasi Germaniyada bo‘lib o‘tgan Sparkasse & VGH Cup halqaro turnirida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Musobaqaning final bahsida «Gannover» bilan asosiy vaqtda 2:2 o‘ynab, penaltilar seriyasida g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi.
Turnir davomida «Yunayted» U19 raqiblar darvozasini 41 bor ishg‘ol qilishdi. Shulardan, 9 ta gol Indi Boonena, 8-Nishan Burxart, 7-Djoshua Boui, 6 – Eydan Barlou va 4 tadan gol Anjel Gomis va Taxit Chong kiritishgan.
Xames bilan muzokara boshlandi
09.01.2017

Mirror nashri xabara berishicha «Real» jamoasi yarim himoyachisi Xames Rodrigesning agenti Jorje Mendesh «Manchester Yunayted» rahbariyati bilan muzokaralarga kirishgan.
Nashrning xabariga ko‘ra 25 yoshli futbolchi yanvarning o‘zidayoq jamoasini o‘zgartirish niyatida. Rodrigesga «Manchester Yunayted» dan tashqari «Chelsi» va «PSJ» jamoalari ham qiziqish bildirgan. Xames o‘zi esa avvalroq «Real» da qolish istagi borligini aytib o‘tgan edi.
Mourino: Himoyachi kerak emas
09.01.2017

Joze Mourino yanvardagi transfer vaqtida jamoa himoya chizig‘ini yanada kuchaytirish niyati yo‘qligini aytib o‘tdi.
OAV lar tomonidan so‘ngi vaqtlarda «Benfika» himoyachisii Viktor Lindelef va «Sautgempton» himoyachisi Joze Fonte «qizil iblislar» safiga o‘tishi borasida xabarlar tarqalgan edi.
Jozega transfer vaqtida himoyachi izlaysizmi degan savolga u quyidagicha javob berdi.
«Yo‘q, Bayini kutaman. Men ishonamanki, bu uchlik(Smolling, Jons va Roxo) bizni kutayotgan sakkiz uchrpshuvda vaziyatni nazorat qila olishadi. Biz bu uch futbolchidan galma gal foydalanamiz. Shuningdek, bizda Blind ham bor, u ham majburiy holatda to‘rtinchi himoyachi sifatida o‘ynashi mumkin. Va albatta Maykl Karrik bor, shunday ekan vaziyatni ko‘ramiz», - deydi Joze Mourino.
Mourino: Depay ajoyib inson
08.01.2017

«Memfis toʻp suradigan pozitsiyada bizda oʻyinchilar koʻp. Bu bizdagi eng koʻp oʻyinchi bor nuqta sanladi: Lingard, Mata, Mxitaryan, Reshford, shuningdek Runi va Memfis. Hamma uchun bu nuqtada oʻynash oson emas».
«Jamoa rahbariyati Depayga jamoni tark etish imkoni borligini aytmoqda, insoniylik jihatdan olib qaraganda maydonga tushmaydigan futbolchini men tarkibda saqlab turish toʻgʻri emas».
«Agar Memfis oʻzi qolishni istasa, men xursand boʻlardim, chunki u ajoyib inson va juda yahshi oʻyinchi».
«Men uchun afsuslanarli, unga imkoniyat berilmayapgani. Uning yoshidagi futbolchi maydonga tushishi shart».
«Depay agar jamoada qolsa bir nechta uchrashuvlarda maydonga tushish imkoni boʻladi unda, chunki bizda hali koʻp uchrashuvlar bor».
«Agar u ketishni istasa, biz unga omad tilab qolamiz, chunki u fantastik inson», – Mourino soʻzlarini keltirdi Goal.com nashri.
Blind: Bizda katta tarkib bor
08.01.2017

«Yunayted» futbolchisi Dely Blind jamoaning bugungi holati yuzasidan oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashib oʻtdi.
«Bizda katta tarkib bor, hamma asosiy tarkibda oʻynash uchun kurash olib boradi. Barcha oʻsishga erishishni istaydi, jamoada raqobat juda kuchli va bu bizning foydamizga. Har bir futbolchi oʻzini maydonga tushishga tayyorligini koʻrsatishga intiladi».
«Biz shunu tushunib turibmiz, sakkiz gʻalaba oʻzidan oʻzi boʻlib qolmaydi, barchasi mashgʻulotlarda tinimsiz ishlashimizning natijasidir bu».
«Jamoaviy ruh xozirda juda yuqori, va bunday ruhda davom etishni istaymiz. Bunday yuqori tempda davom etirishga majburmiz».
Skoulz: Jamoani yorqin kelajak kutmoqda
08.01.2017

«Manchester Yunayted» sobiq futbolchisi hozirda futbol tahlilchisi sifatida britaniyada faoliyat olib borayotgan Pol Skoulz «qizil iblislar» ning Angliya Kubogi doirasida o‘tkazgan uchrashuvlariga baho berib o‘tdi.
««Yunayted»ning o‘yini ijobiy tomonga o‘zgarmoqda, so‘ngi har bir uchrashuvda ko‘plab vaziyatlarni yuzagaa keltirmoqdalar va gollar ham urishmoqda. O‘ylaymanki, jamoani yorqin kelajak kutib turibdi. Menga «Chelsi»ning o‘yinlari boshqacha ta’surot uyg‘otmoqda, «Liverpul» da ham o‘ziga hos muammolar yetarlicha topiladi».
«O‘ylashimcha, «Yunayted» APL keyingi turida «Liverpul»ni mag‘lub etsa, chempionlik poygasiga qaytadi», — deydi Skoulz.