Янгиликлар /

«Yunayted» dan 8 gʻalaba

07.01.2017

Futbol statistikalariga ihtisoslashgan OptaJoe Sports ning Tvitterdagi rasmiy sahifasi xabar berishicha Angliya Kubogida «Reding» jamosini mag‘lub (4:0) etgan «Yunayted» o‘ziga xos natijani takrorladi. Ya’ni bu ularning barcha turnirlardagi ketma-ket erishgan sakkizinchi g‘alabasi bo‘ldi.

«Qizil iblislar» bungacha «Zarya» (2:0), «Totenxem» (1:0), «Kristal Pelas» (2:1), «Vest Bromvich» (2:0), «Sanderlend» (3:1), «Midsbro» (2:1) va «Vest Xem» (2:0) jamoalari ustidan g‘alaba qozonishgan.

Bunday ko‘rsatgichga Manchesterliklar 2009 yil sentyabrdan buyon ilk marta qatorasiga 8 ta uchrashuvda g‘alaba qozonishni uddasidan chiqishdi.

 

 

Муҳокама

Янгиликлар /

Runi: Men uchun bu sharaf

07.01.2017

«Manchester Yunayted» libosida 249 ta to‘p kiritib afsonaviy futbolchi Bobbi Charlton bilan to‘purarlar roʻyxatida tenglashib olgan jamoa sardori Ueyn Runi ushbu holatga shaxsiy fikrlarini bildirdi:

«Albatta, bunday vaziyatdan juda ham mamnunman. Dunyoning eng kuchli klublaridan biri «Manchester Yunayted»da ushbu ishni bajarish men uchun ulkan sharaf. Bunday baxtni xatto tasavvur ham qila olmayman».

«Jamoada uzoq yillardan buyon faoliyat yuritib kelaman va «MYU»ni hayotimning bir bo‘lagi deb bilaman. Ser Bobbi bilan tenglashganimdan juda ham xursandman».

«O‘z muxlislaring ko‘z oldida rekordlarni o‘rnatish yoqimli, uyda yana 2 ta o‘yin o‘tkazamiz. Shularning yana birida ham gol urishni istayman», - deydi Runi.

 

 

 

Муҳокама

Янгиликлар /

Runi rekordni takrorladi

07.01.2017

«Manchester Yunayted» jamoasi hujumchisi Ueyn Runi Angliya Kubogi 3-bosqichida o‘rin olgan «Reding» ga (4:0) qarshi uchrashuvda gol urib yana bir rekordni takrorlashga erishdi

Mazkur gol Runi uchun «Yunayted» safidagi 249-gol bo‘ldi. Shu tariqa Ueyn «qizil iblislar» afsonaviy hujumchisi – ser Bobbi Charlton rekordini takrorladi.

Bu ko‘rsatgichni qayd etish uchun Runi 543 uchrashuvda maydonga tushgan, ser Bobbi esa 758 uchrashuv o‘tkazgan.

Tez orada Runi yangi rekord o‘rnatishi haqiqatga yaqin.

 

 

Муҳокама

07.01.2017

«Manchester Yunayted» taniqli Braytonlik skauta Mark Anderson bilan shartnoma imzoladi. Jamoa skautni Londonda yangi Devid Bekxem topishiga ishonch bildirgan.

Anderson «Liverpul» jamosining skautlaridan biri hisoblangan va o‘z vaqtida u jamoaga 15 yoshli Raxim Sterlingni olib kelgan. O‘tgan mavsumda esa Sterling «Manchester Siti» jamoasiga 49 mln. funt evaziga o‘tdi.

Anderson Sterlingni «Liverpul» bilan shartnoma imzolashida katta rol o‘ynagan va buni qadrlagan mersisaydliklarning bosh skauti Devid Moss Anderson nomiga iliq so‘zlar aytgan edi.

Anderson «Manchester Yunayted» dagi faoliyatini ushbu haftadan boshlaydi, va uning asosiy vazifasi Angliya janubiy qismidagi iqtidorli futbolchilarni topishdan iborat. Shuningdek u mamlakat tashqarisidagi skautlik faoliyatini ham olib boradi.

««Manchester Yunayted» jamosidan taklif har doim ham bo‘lavermaydi. Men his qilib turibmanki, bu faoliyatimdagi yangi bosqich va London tumanlarida ish olib borish katta ishonch. Londondan xuddi Devid Bekxem kabi yosh o‘yinchilarni «Yunayted» uchun topishga harakat qilamiz», - deydi Anderson.

 

Муҳокама

07.01.2017

«Manchester Yunayted» bosh murabbbiyi Joze Mourino jamoa yarimhimoyachisi Bastian Shvaynshtaygerga hamon ishonishini ma’lum qildi.

«Shvaynshtayger «Reding» bilan uchrashuvda maydonga tushishi mumkin, shuningdek, zaxirada qolishi ham mumkin. U bizning imkoniyatlarimizdan biri – bu unga eng yaxshi ta’rif».

«U ertaga bo‘lib o‘tadigan o‘yin ro‘yxatida bor. U «Kristal Pelas» , «Midlsbro» ga qarshi uchrashuvlar ro‘yxatida ham bor edi. U o‘yinchi va o‘z imkoniyatini kutyapti. O‘yinlar ko‘pligini nazarda tutsak, yanvar – uning uchun eng yaxshi vaqt», – deydi Mourino.

Муҳокама

07.01.2017

«Manchester Yunayted» bosh murabbiy Joze Mourino joriy mavsumda jamoaning mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi bo‘lishga De Xeaga jiddiy raqobatchilar chiqishiga ishonmoqda.

Eslatib o‘tamiz, ispaniyalik futbolchi qatorasiga uch marta «MYU» tarkibida mavsumning eng yaxshi futbolchisi, deya e’tirof etilgan.

«O‘ylamanki, jamoada darvozabon mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topilsa, bu usha jamoada nimadir noto‘g‘ri ekanligini bildiradi. Ishonamanki, David bu safar mavsumning eng yaxshi o‘yinchisi bo‘lmaydi, ammo o‘zining ajoyib «seyv» lari bilan jamoamiz joniga oro kiradi».

«Albatta, men darvozabonlar ham «Oltin to‘p» ni yutishlari yoki APLda eng yaxshi bo‘lishlarini istayman. Chunki ular maydonda hammadar farqlanishadi. Agar ular ajoyib o‘yin ko‘rsatib, bor mahoratlarini namoyish etishsa bu tez unutiladi. Ammo bittagina xatoga yo‘l qo‘yishsa, buni muxlislar darrov ta’na-dashnom qilishadi» - deydi portugaliyalik mutaxassis.

 

 

 

Муҳокама

07.01.2017

«Yunayted» yarim himoyachisi Pol Pogba aytishicha, dunyoning eng kuchli futbolchisiga topshiriladigan sovrinni Lionel Messi va Krishtianu Ronaldudan boshqa futbolchilar ham qo‘lga kiritishlari mumkin.

«Albatta bu ishni amalga oshira oladigan boshqa futbolchilar ham bor. Bizda, masalan Zlatan Ibragimovich bu sovrinni yutishga haqli. U 35 yoshda bo‘lishiga qaramay, qanday o‘yin ko‘rsatmoqda va gollar urmoqda... U 10 yildan buyon yuqori saviyada o‘ynab kelmoqda».

«Azar, Neymar, Suares ham yaxshi o‘yin ko‘rsatib, gollar urishmoqda. Bular ajoyib futbolchilar, shu ruhda o‘yin ko‘rsatishda davom etishsa, albatta ushbu sovrinni qo‘lga kirita olishadi». - deydi fransuz futbolchisi.

 

 

Муҳокама

Янгиликлар /

Mourino: Bu barchamiz uchun muhim

06.01.2017

Joze Mourino FIFA rasmiy sayti uchun bergan intervyusida futbol qoidalari hamda jahon chempionati ishtirokchilari soni o‘zgarishi haqida fikrlarini bildirib o‘tdi.

– O‘ylaymanki, murabbiylar, futbolchilar va hakamlar futbolning asosi hisoblanadi. Ularning darajasi, ularning maydonda o‘tkazilgan vaqtlar davomida orttirgan tajribasi va ularning fikrlari hamda xulosalari – futbol taraqqiyoti uchun muhimdir. FIFA prezidenti Infantino sobiq futbolchilar bilan muhokamalardan keyin shunday ajoyib qaror qabul qilgan.

– Siz futbolga videotakrorlar joriy etilishi va hakamning videoyordamchilari qo‘shilishiga qanday qaraysiz?

– Bu barchamiz uchun muhim. Professionallar taraqqiyotdan bosh tortsa, g‘alabalarga erisha olmaydi. Homiylar, xo‘jayinlar va investorlar texnologiyalar zamoni kelganini chuqur his qilishlari kerak. Hakamlarga straxovka kerak. Ular shunga munosib. Texnologiya ularga yordam berishi, ularni himoyalashi va ularni qo‘llab-quvvatlashi kerak.

– Jahon chempionati ishtirokchilari sonini oshirish g‘oyasi bo‘yicha pozitsiyangiz qanday?

– Men bunday qarorni to‘la ravishda qo‘llab-quvvatlayman. Klub murabbiyi sifatida men bunga qarshi chiqishim ham mumkin edi. Agar jahon chempionati ishtirokchilari sonini oshirish o‘yinlar soni oshishiga va futbolchilarning dam oladigan kunlari kamayishiga sabab bo‘lganida bunga qarshi chiqqan bo‘lardim ham. Ammo bu qarorni tanqid qiluvchilar mundialda ishtirokchilar soni oshishi o‘yinlar sonini oshirish degani emasligini anglashi kerak. Futbolchilarning ham, klublarning ham manfaatlari hisobga olingan. 

Men guruhlarni 3tadan jamoadan iborat bo‘lishini tasavvur qilyapman. Ikkita o‘yindan keyin yoki pley-offga chiqasan, yoki uyga qaytasan. Bu holatda terma jamoalar guruh bosqichi o‘yinlariga jiddiy yondashadi, ikki o‘yin ham juda muhim bo‘ladi, pley-offning qadri yanada ortadi, bu bosqichda faqat kuchlilar o‘ynaydi. Kuchsizroq jamoalar 2 o‘yindan keyin ortga qaytadi, ammo ular o‘z o‘yinlarini yaxshilashga harakat qilishadi va tajriba to‘plashadi. 

Ishtirokchilar sonini oshirish jahon chempionati yanada ijtimoiy hodisaga aylanishini ta’minlaydi. Yanada ko‘proq mamlakatlarda bolalar futboli va sport infratuzilmalari rivojlanadi. Bu qaror yanada ko‘proq Osiyo, Afrika va Amerika jamoalarining bir joyga jamlanishini ta’minlaydi. Klublar futboli ham rivojlanishda davom etadi. Jahon chempionati avvalo ijtimoiy hodisa va futbolda yangi imkoniyatlardan bosh tortish hamda muxlislarning istaklariga yo‘q deyish to‘g‘ri bo‘lmaydi.

Муҳокама

Янгиликлар /

Mourino: Jarohatlar yo'q

06.01.2017

Joze Mourino Angliya Kubogi doirasida «Reding» jamoasiga qarshi kechadigan uchrashuv arafasida jamoaning bugungi holati yuzasidan ma’lumot berib o‘tdi.

«Bizda jarohat olgan futbolchilar yo‘q. Meniing tasarrufimda 27 nafar futbolchi bor va jarohat olganlar nol! Joriy mavsumda bizda jarohatlar borasidagi vaziyat juda yomon emas, jarohlangan futbolchilar normal holatga ta’siri kam, lekin bizda hozirda umuman jarohat olganlar yo‘q. Barcha futbolchilar uchrashuvda ishtirok etish uchun shay, faqatgina Bayidan tashqari u Afrika Kubogiga yo‘l oldiashmay kelmoqda».

«So‘zsiz, futbolchilarga biroz dam olish uchun imkon kerak. Ba’zi futbolchilarga dam olish kerak bo‘lsa, ba’zilariga o‘yin amaliyoti zarur. Shuni ayytishim kerakki ko‘pchili futbolchilar maydonga tushishga haqlilar, va men ularga to‘liq ishonaman. iz rebyat zaslujili pravo vыyti na pole, i ya polnostyu doveryayu im vsem. Men bilaman, agar asosiy tarkibda 3-4 o‘zgarish qilsak ko‘pchilik buni tavakkal deydi, boshqalari esa bu to‘g‘ri tanlov, chunki biz Chempionship jamosi bilan o‘ynamiz, lekin «Reding» Premyer Liganing bir necha jamosidan kuchliroq».

«Agar biz o‘yinga yaxshi munosabatda bo‘lmay, yomon tayyorgarlikda maydonga tushsak yaxshi bo‘lmaydi. ы budem riskovat, tolko yesli dopustim nepravilnoye otnosheniye k etomu matchu i vыydem na pole s nepravilnыm nastroyem. Agarda bizning futbolchilar javobgarlikda va g‘alabaga ishtiyoq tarzda maydonga tushishsa bizda g‘alaba qozonish uchun yahshi imkoniyat bo‘ladi, xattoki ba’zi futbolchilrga dam bergan bo‘lsakda».

 

 

Муҳокама

Янгиликлар /

Shneyderlen tibbiy ko'rikda

06.01.2017

The Sun nashri xabar berishicha «Yunayted» yarim himoyachisi Morgan Shneyderlen bugun «Everton»da tibbiy ko‘rikdan o‘tish maqsadida jamoa bazasiga tashrif buyurgan.

Avvalroq «MYU» o‘z yarim himoyachisini «Everton»ga sotishdan bosh tortgani xabar qilingan edi. «Irislar» Shneyderlen uchun 22 mln yevro to‘lashga rozi edilar.

Ushbu mavsum fransiyalik yarim himoyachi APLning 3 o‘yinida bor yo‘g‘i 11 daqiqa harakat qilgan.

Yaqin vaqtlar ichida futbolchining kelgusi faoliyatiga oydinlik kiritiladi.

 

Муҳокама