06.01.2017

The Sun nashri xabar berishicha «Manchester Yunayted» «Atletiko Madrid» hujumchisi Antuan Grizmannga jiddiy qiziqish birdirmoqda.

Xabarga ko‘ra fransuz futbolchisi bilan tez orada jiddiy muzokara boshlashi kutilmoqda. 25 yoshli futbolchi uchun «Yunayted» haftalik 220 ming funt mablag‘ berishga tayyor.

Joriy mavsumda Grizmann 15 bor maydonga tushib 6 gol va 4 ta golli pas amalga oshirgan.

Муҳокама

Янгиликлар /

Depayga «Nitssa» xaridor

06.01.2017

Nice Matin nashri xabar berishicha Memfis Depayga Fransiyaning «Nitssa» jamoasi qiziqish bildirmoqda. Fransuz jamoasi futbolchini sotib olish xuquqi bilan mavsum so‘ngiga qadar ijara asosida o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Futbolchi uchun fransuzlar 10 mln. yevro taqdim qilish niyatida.

Avvalroq Depayga «Spartak», «Roma» va «Milan» jamoalari ham qiziqib qolishagni xabar berilgan edi.

22 yoshli futbolchi joriy mavsumda 7 uchrashuvda maydonga tushgan. Transfermarkt.de portali futbolchini 25 mln yevro deya baholamoqda. Depayning «Manchester Yunayted» bilan tuzgan shartnomasi 2019 yilda o‘z nihoyasiga yetadi.

Муҳокама

Янгиликлар /

Blind: Biz hozir ajoyib formadamiz

06.01.2017

«Manchester Yunayted» himoyachisi Deyli Blind Angliya kubogi doirasida «Reding» bilan bo‘lib o‘tadigan o‘yin oldidan fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Agar sizda ayni paytda «Yunayted» da bo‘lgani kabi g‘alabali seriya davom etayotgan bo‘lsa, siz faqat pozitiv narsalar haqida o‘ylay boshlaysiz. O’ylashimcha, hozir ajoyib formadamiz va bu holatni davom ettirishimiz kerak».

«Quyi liga klubiga qarshi o‘yinda raqibga baho bera olmaslik muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Lekin, biz uyda o‘ynaymiz, raqiblarga esa biz bilan «Old Trafford»da uchrashish yoqmaydi», - deydi Blind.

Муҳокама

Янгиликлар /

Ibragimovich jamoada tengsiz

06.01.2017

Zlatan Ibragimovich jamoa muhlislari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnomaga ko‘ra Genrix Mxitaryani ortda qoldirgan holda jamoaning dekabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi nomiga sazovar bo‘ldi. Bu haqida «Manchester Yunayted» rasmiy sayti xabar berdi.

Dekabr oyida 7 uchrashuvda maydonga tushib 6 gol va 3 golli pas amalga oshirgan. Ovoz berish an’anaviy tarzda jamoaning tvitterdagi rasmiy sahifasida bo‘lib o‘tdi.

Ibragimovich umumiy ishtirok etgalarning 38% ovoziga ega bo‘lgan bo‘lsa, undan 2% kam ovoz olgan Genrix Mxitaryan ikkinchi bo‘ldi. uchinchi o‘rinesa 26% ovoz to‘plagan Pol Pogbaga nasib qildi.

Ovoz berishda jamoaning 140 000 dan ortiq muhlislari ishtirok etdi.

Eslatib o‘tamiz, Ibragimovich bir kun avval muhlislar tomonidan APLning dekabr oyidagi eng yahshi futbolchisi nomiga sazovar bo‘lgan edi.

 

Муҳокама

Янгиликлар /

Fonte «Yunayted» ga o‘tadi

06.01.2017

Sky Sports nashri xabar berishicha «Sautgempton» jamoasi sardori Joze Fonte jamoa rahbariyatidan rasmiy ravishda «Yunayted» safiga o‘tishga ruxsat berishini so‘ragan.

«Sautgempton» jamoasi direktori Les Rid aytishicha 33 yoshli portugaliyalik futbolchi jamoa bilan yangi shartnoma imzolashdan bosh tortgan.

«Joze bilan yangi shartnoma borasida bir necha bora muzokara olib bordik, lekin futbolchi hozirgi vaziyatga ko‘ra buni istamayyapti. U boshqa jamoaga o‘tish borasidagi variantlarni ko‘rib chiqishni istamoqda. Shunday ekan, rasman aytishim kerakki Joze «Sautgempton» jamoasini tark etishni istamoqda. U rasman transfer borasida bizdan so‘radi».

Eslatib o‘tamiz, kuzda «Yunayted» Fonte borasida bir necha marotaba taklif bilan chiqqani aytilgan edi. Britan OAV lari ushbu taransferni amalga oshishiga qattiq ishonishmoqda.  

Муҳокама

Янгиликлар /

Runi safga qaytdi

05.01.2017

«Manchester Yunayted» klubi hujumchisi Ueyn Runi jamoaviy mashg‘ulotlarga qaytdi, deya xabar qilmoqda Mirror nashri.

31 yoshli futbolchi jarohat tufayli jamoasining Premyer-liga bahslari doirasida «Sanderlend» (3:1), «Midlsbro» (2:1) va «Vest Xem» (2:0) klublariga qarshi kechgan uchrashuvlarini o‘tkazib yubordi.

Runi Angliya Kubogi 1/32 final bosqichidan o‘rin olgan «Reding»ga qarshi uchrashuvda maydonga tushishi mumkin, ammo «MYU» ustozi Mourinoning ushbu uchrashuvda yosh futbolchilarga imkoniyat berishi kutilmoqda.

«Manchester Yunayted» - «Reding» uchrashuvi 7 yanvar kuni «Old Trafford» stadionida soat 17:30 da boshlanadi

Муҳокама

Янгиликлар /

Rasman Jonston «Aston Villa» da

05.01.2017

«Manchester Yunayted» rasmiy sayti jamoa darvozaboni Sem Jonston ijara asosida mavsum so‘ngiga qadar «Aston Villa» jamoasiga o‘tganligini tasdiqladi.

23 yoshli Jonston «Villa» rasmiy saytiga intevyu berdi: « Men «Aston Villa» safiga qo‘shilganimdan xursandman. Men bunday imkoniyatdan foydalanishga xarakat qilaman, chunki bunday imkoniyat har doim ham bo‘lmaydi. Men buyerga kelganimdan juda hursandman, va intizorlik bilan Stiv Bryus bilan birga ishlash imkoniyatini kutyapman. Men u haqida ko‘p yaxshi gaplarni eshitganman».

Jonston amalda «Manchester Yunayted» bilan shartnomasini oktyabr oyida uzaytirgan edi. Joze Mourino unga o‘yin amaliyotini zarurligini hisobga olib ijaraga berishga rozilik berdi.

Shuningdek, «Manchester Yunayted» rasman «Belenensish» jamoasida ijara asosida to‘p surgan darvozabon - Joel Pereyra jamoaga qaytganini ham tasdiqladi.

 

 

Муҳокама

Янгиликлар /

Mourino: Men juda baxtliman

05.01.2017

Joze Mourino jamoa muhlislari borasidagi o‘z fikralari bilan o‘rtoqlashdi.

«Muhlislar meniga jamoani yaxshi ko‘rishni o‘rgatishdi. Muhlislar orasida avvalgi jamoani ko‘rganlar ko‘plab topiladi. Ular an’anaga sodiq qolishadi va yoruq kelajakka ishonishadi, lekin buning qanchalik uzun yo‘l ekanligini ham tushinishadi, va hamisha jamoani qo‘llab quvtlashadi xattoki yomon vaziyatlarda ham. Bu men uchun juda muhim narsa. Bu menga jamoani sevishimga sabab bo‘ldi».

«Shuningdek men o‘z o‘yinchilarimni yaxshi ko‘raman. Ularning barchasi yaxshi insonlar, menga ular bilan ishlash yoqadi. Men juda baxtliman», —deydi Mourino.

Муҳокама

05.01.2017

Angliya futbol uyushmasi (FA) «Vest Xem» jamoasi yarim himoyachisi Sofian Fegulining qizil kartochkasi borasidagi apellyatsiyasini qondirdi.

Jazoirlik futbolchi «Yunayted»ga qarshi (0:2) APL 20-turi o‘yinining 15-daqiqasida maydondan chetlatilgan edi. Feguli «MYu» himoyachisi Fil Jons bilan to‘qnashib ketganidan so‘ng uchrashuvni boshqarib borgan hakam Mayk Din jazoirlik futbolchini maydondan chetlatgandi.

Sofian Feluli Angliya chempionati 21-turidan o‘rin olgan «Kristal Pelas» ga qarshi o‘yinda ishtirok eta oladi.

Муҳокама

05.01.2017

The Daily Mail nashri xabar berishicha ushbu haftada «Yunayted» darvozaboni Sem Jonston ijara asosida «Aston Villa»saiga o‘tadi.

Manbaning xabariga ko‘ra «Yunayted» sobiq himoyachisi hozirda «Aston Villa»bosh murabbiyi Stiv Bryus darvozabon Jonstonni o‘z jamoasida ko‘rishni hohlamoqda. Bu orqali Bryus jamoa darvoza chizig‘idagi raqobatni kuchaytirish niyatida.

Ushbu mavsumda «Villa» ikki darvozabon xizmatidan foydalanib kelmoqda. Bular 21 yoshli  Perluidji Gollini va 32 yoshli Marka Banna.

Joze Mourino avvalroq qishda faqatgina jamoani Djonston tark etishi mumkinligini aytib o‘tgan edi.  Jamoada uchinchi darvozabon bo‘lib endilikda  «Belenensishe» ga ijaraga berilgan Joela Kastro Pereyra qo‘yilishi kutilmoqda. Pereyra mavsumning dastlabki qismini ijara asosida Portugaliyaning «Belenensishe» safida o‘tkazib 8 uchrashuvda maydonga tushdi.  

Муҳокама