Янгиликлар /

Diarra «Yunayted» ga keladimi

05.01.2017

Footmercato nashri xabar berishicha «Marsel» jamoasi yarim himoyachisi Lassana Diarra faoliyatini Premer-ligada davom ettirishi mumkin. 31 yoshli futbolchini o‘yinini «Manchester Yunayted» skuatlari bir necha marotaba kuzatishgan.

Futbolchining «Marsel» bilan amaldagi shartnomasi 2019 yilda o‘z nihoyasiga yetadi. Futbolchining transfer summasi 5 million yevro deya baholanmoqda. Futbolchiga shuningdek Xitoy jamolaridan ham qiziqish bildirilgan.

Eslatib o‘tamiz, Diarra 2005-2008 yillarda «Chelsi» va «Arsenla» jamoalarida to‘p surgan.

Муҳокама

04.01.2017

«Manchester Siti» jamoasi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola «shaharliklar» jamoasi Yevropaning top-klublari qatoriga qo‘shilish uchun yana 10 yil davomida Chempionlar ligasida muntazam ishtirok etishi kerakligi haqida gapirib o‘tdi.
 
«Bizda «Barselona», «Yuventus», «Bavariya» yoki «Manchester Yunayted»dagi kabi shonli tarix va sovrinlar yo‘q. Biz bu jamoalarga tenglashish uchun yana 10 yil davomida har yili Chempionlar ligasida ishtirok etishimiz kerak. Bunday tajriba klub uchun bitta sovrin yutishdan ko‘ra muhimroq, menga ishoning.Biz klubdagi odamlarni ularning yaxshi ekanliklariga ishontirishimiz kerak. Ular esa chindan ham yaxshi. Xuddi muxlislarimiz kabi», — deya Gvardiolaning so‘zlarini keltirgan The Mirror.

Муҳокама

04.01.2017

The Manchester Evening News nashri habar berishicha “Yunayted“ yozda o‘z safini Ispaniyaning "Real Madrid“ jamoasini ikki nafar futbolchisi Pepe va Xames Rodriges bilan kuchaytirish niyatida.

Joze Mourino o‘zi ushbu transferni amalga oshishidan umidvor. Pepening amaldagi shartnomasi mavsum so‘ngida o‘z yakuniga yetadi. “Yunayted” Pepeni erkin agent sifatida o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

Xamesning shartnomasi 2020 yilgacha amal qilishi kerak. Lekin, Xames o‘zining jamoadagi o‘rnida norozi, bir necha hafta avval futbolchi Britaniyada ishlash imkoniyatini beruvchi vizani qo‘lga kiritgan va shu sababli uni APL ga kelishi haqiqatga yaqin.

Муҳокама

Янгиликлар /

Evra “Yunayted” ga qaytadi-mi?

04.01.2017

“Yuventus” himoyachisi Patris Evra yana Angliyaga qaytishi mumkin.

Ma’lumotlarga qaraganda, u “Manchester Yunayted”ga qaytib borishi kutilmoqda. Unga klub ustozi Joze Mourinoning o‘zi qiziqmoqda.

O‘z navbatida Evra qishdayoq turinliklarni tark etishni rejalashtirib turgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Evra 2006 yildan 2014 yilgacha “qizil iblislar” safida to‘p surgan.

 

 

 

 

Муҳокама

04.01.2017

«Yunayted» darvozaboni David De Xea mavsum yakunlariga ko‘ra «Jamoaning eng yaxshi futbolchisi» nomiga sazovar bo‘lishni istamasligini sababini tushuntirib o‘tdi.

 26 yoshli ispan futbolchisi uch karra ser Mett Basbi  mukofotini 2014, 2015 va 2016 yillari qo‘lga kiritgan.

«Men bu mukofotni hujumchilarga yoki boshqa kimgadir nasib qilishni istardim. – Ya’ni, butun jamoa yaxshi o‘yin ko‘rsatib, yakunda gol urishidir».

«Men uchun ideal o‘yin bu – men to‘pga tegmasam va biz 3:0 yoki 4:0 hisobida g‘alaba qozonsak. O’ylashimcha, bu mavsumda bizning himoya raqiblarni ko‘p vaziyat yaratishiga imkoniyat bermayapti, biz o‘yin vaqtida bir birimizga e’tibor berib ko‘proq muloqatda bo‘lib turamiz ». 

«Darvozabon sifatida aytishim kerakki bu yili mayen jismoniy holatdan ko‘ra aqliy jihatdan charchadim. Mening ingliz tilidagi muloqatim ancha yaxshilandi, va bu men uchun yaxshit, bu menga himoyachilar bilan o‘yin vaqtida bir-birimizni tushunishda juda muhim».

«Men jamoaga kelgan vaqtim bilan solishtirganda ancha o‘sishga erishdim. Men jismoniy va aqliy jihatdan ham ancha kuchliroq bo‘ldim. Men «Manchester Yunayted» da ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘layotganimdan xursandman. Lekin, bu yerda yana ancha vaqt bo‘lishni istayman. Men yana ko‘plab yutuqlarga erishishni va «Yunayted» ni yuqori o‘ringa qaytishiga yordam berishni istayman».     

Муҳокама

04.01.2017

«Manchester Yunayted» hujumchisi Zlatan Ibragimovich muhlislar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma yakuniga ko‘ra APL ning dekabr oyida eng yaxshi futbolchisi nomiga sazovar bo‘ldi. Bu haqida jamoaning rasmiy sayti xabar berdi.

«Manchester Yunayted» hujumchisi dekabr oyida Premer Ligada 6 uchrashuvida ishtirok etib 5 ta gol va 3 ta golga assistentlik qilgan.

APL ning dekabrdagi eng yaxshi futbolchisi nomiga nomzodlar safida Djordan Pikford («Sanderlend»), Sesar Aspilikueta («Chelsi»), Dimitri Payet («Vest Xem»), Adam Lallana («Liverpul») va Dele Alli («Tottenxem») lar bor edi.

Муҳокама

Янгиликлар /

Karrik 300 va De Xea 250

04.01.2017

Angliya Premer Ligasining 20-turidan o‘rin olgan «Vest Xem»ga qarshi (2:0)  o‘tgan o‘yin «Manchester Yunayted» futbolchilari Maykl Karrik va David De Xea uchun o‘ziga xos o‘yin bo‘ldi.

Shu kuni Darvozabon David De Xea «Manchester Yunayted» tarkibidagi o‘zining 250 uchrashuvida maydonga tushdi.

Maykl Karrik esa «Manchester Yunayted» tarkibida Angliya Premer Ligasidagi o‘zining 300-uchrashuvini o‘tkazdi.

Eslatib o‘tamiz,  Karrik «Manchester Yunayted» safiga 2006 yilda «Tottenxem»da kelib qo‘shilgan bo‘lsa, De Xea 2011 yilda Ispaniyaning «Atletiko Madrid» jamoasidan sotib olingan edi.

  

Муҳокама

Янгиликлар /

«Yunayted» Ishqibozi vafot etdi

04.01.2017

«Manchester Yunayted» jamoasi ishqibozi APLning 20-turi doirasida Londonning «Vest Hem» jamoasiga qarshi «Olimpiya» stadionida kechgan uchrashuv chog‘ida yurak xuruji tufayli vafot etdi.

Marhum muxlisning yuragi xuruj qilib qolgach, unga birinchi yordam ko‘rsatilgan, ammo uning hayotini saqlab qolishning iloji bo‘lmagan.

««Manchester Yunayted»dagi barcha insonlar muxlislarimizning biri olamdan o‘tgani haqidagi xabardan qayg‘uda», - deyiladi klub bayonnomasida.

Муҳокама

Янгиликлар /

Mata va Reshford

03.01.2017

«Vest Xem» ga qarshi uchrashuvning ikki qahramoni Markus Reshford va Xuan Mata o‘yindan so‘ng jurnalistlar savollariga javob qaytarishdi.

«Bu juda ham jiddiy o‘yin bo‘ldi, xuddi vaziyatlar bo‘lib, undan foydalanmaydigandek. Quvonarlisi, men Markusning xarkatidan so‘ng to‘pni darvozaga yo‘llay oldim, keyin esa yana bir to‘p kiritib uch ochkoni qo‘lga kiritdik».

Reshford rasman uchrashuvning eng yahshi o‘yinchisi nomiga sazovr bo‘ldi. Uchrashuv haqida Reshford quydagilarni bildirib o‘tdi.

«Murabbiy menga oddiygina barcha imkoniyatlarimni ishga solib qanot himoyachiga imkoniyat qoldirmasligimni so‘radi. Gol yuzaga kelgan vaziyatda men qarasam Xuan qanotga yaqin ochiq zonada ekan, quvonarlisi u ushbu kombinatsiyani yaxshi yayaknlay oldi va gol urdi».

«Hozirda jadvalning yuqori qismida haqiqiy kurash bormoqda, ikkinchi va oltinchi o‘rin orasida katta ochko yo‘q. Biz o‘zimizda ishonchni his qilmoqdamiz, va o‘yindan o‘yinga shu yo‘ldan borishga, va yuqoriga intilish uchun har qanday bosimni yengib o‘tishga harkat qilamiz».

Муҳокама

03.01.2017

The Telegraph nashri xabar berishicha «Manchester Yunayted» «Everton» jamoasining Morgan Shnayderlin borasida bildirgan 19 million funtlik taklifini rad qilgan.

«Yunayted» rahbariyatini futbolchi uchun taklif qilingan summa miqdori qanoatlantirmagan. Jamoa rahbariyati futbolchini qimmatroq baholamoqda.

Joze Mourino ham avvalroq futbolchi uchun yaxshiroq taklif bo‘lsa bemalol qo‘yib yuborishi mumkinligini aytib o‘tgan edi..

Dekabrda «Vest Bromvich» Shnayderlin uchun 13 million funt taklif qilanda ham rad javobini olgan edi. Tez orada «Everton» va «Vest Bromvich» futbolchi uchun yana bir bor yangi rasmiy taklif bilan chiqishlari kutilmoqda. 

Муҳокама