03.01.2017

Angliya terma jamoasining sobiq hujumchisi Gari Lineker «Manchester Yunayted» hujumchisi Markus Reshford borasida ommaga o‘z fikrini oshkor etdi.

«Reshford – ajoyib futbolchi. Agar u jarohat olmaslikdan omadi kelsa, unda u yulduz bo‘ladi», —deya izoh qoldirdi Lineker tvitterdagi rasmiy sahifasida.

Markus Reshford joriy mavsumda APL da 16 uchrashuvda ishtirok etib 3 ta gol va bitta golli uzatma qayd etgan.

Муҳокама

03.01.2017

«Yunayted» hujumchisi Zlatan Ibragimovich Premer Liganing 20-turidan o‘rin olgan «Vest Xem»  ga qarshi o‘yinda (2:0) gol urib o‘ziga xos natijaga ega bo‘ldi.

 Unga ko‘ra Zlatan ushbu mavsumda o‘zi ishtirok etgan barcha musobaqalardagi 28 o‘yinda raqib darvozasini 18 bora ishg‘ol qildi.

 «Yunayted» ning o‘tgan 2015/16 mavsumidagi eng yaxshi to‘purari bo‘lgan Marsyal 17 ta gol urgan edi. Ibragimovich esa 28 ta o‘yindayoq  Marsyalning natijasidan ham yaxshirok ko‘rsatgich qayd etdi. Hali oldinda ko‘plab o‘yinlar borligini hisobga oladigan bo‘lsak, Ibragimovich bu ko‘rsatgichni yanada yaxshilashi mumkin.

Муҳокама

03.01.2017

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Joze Mourino «Vest Xem»ga qarshi (2:0) APL 20-turidan keyin o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Hakam tomonidan raqib futbolchisi maydondan chetlatilgani bizning o‘yinimizni og‘irlashtirdi. «Vest Xem»ning o‘yinini esa yanada og‘irlashtirdi. Biz uchun bir kishi ko‘p bo‘lib o‘ynayotganimiz haqida o‘ylash qiyin bo‘ldi. Raqib esa jismoniy jihatdan qiyinchilikka duch keldi».

««Vest Xem»ga hakamning qarori uchun hamdardlik bildirmayman. Chetlatish bo‘lgan vaziyatni qayta ko‘rib chiqqanim yo‘q. Ammo hakamlar qarorlari haqida gapiradigan bo‘lsak, biz - bizga qarshi chiqarilgan qarorlar bo‘yicha chempionmiz», - deydi Mourino.

Shuningdek, Joze qatorasiga 6-g‘alabani qo‘lga kiritilishi borasida ham fikr bildirdi.

«Biz rekordlar emas, ochko va sifatli o‘yin ortidan quvamiz. Bu biz uchun muhimroq. Keyingi o‘yinni yuta olishimizga ishonamiz. O’tgan hafta «Liverpul» va «Manchester Siti» o‘yinida bo‘lgani kabi, «Tottenxem» va «Chelsi» o‘yinida ochko yo‘qotiladi. So‘nggi 6 o‘yinda 18 ochko oldik. Aynan shu narsa bizga kerak», – dedi portugaliyalik mutaxassis. 

Муҳокама

Янгиликлар /

G‘alabali seriya davom etmoqda

03.01.2017

«Manchester Yunayted» APLning 20-turida safarda «Vest Xem»ni mag‘lub etdi va bu mankunianliklarning Premer-ligadagi ketma-ket oltinchi g‘alabalari bo‘ldi.

«Qizil iblislar» 13 o‘yindan beri mag‘lubiyat nimaligini bilmayaptilar, bu esa ser Aleks Fergyuson ketganidan so‘ng qayd etilgan rekord natijadir. 2013 yilda «MYu» uning qo‘l ostida ketma-ket 18 uchrashuvda mag‘lubiyatga uchramagan.

Eslatib o‘tamiz, Joze Mourino boshchiligidagi «Manchester Yunayted» oxirgi martta 3 noyabr kuni Yevropa Ligasi bahslari doirasida «Fenerbaxche»ga (1:2) qarshi kechgan uchrashuvda mag‘lubiyatga uchragan.

Муҳокама

Янгиликлар /

Blind: Depay ketishi kerak

02.01.2017

Gollandiya terma jamoasi bosh murabbiyi Danni Blind fikriga ko‘ra Memfis Depay terma jamoadagi o‘z o‘rnini saqlab qolishi uchun boshqa jamoa safiga o‘tishi kerak.

«Memfis yanvarda transfer vaqtida boshqa jamoaga o‘tishi zarur. U asosiy tarkibga kira olmayapti va shu sababli boshqa qadam tashlashi kerak».

«Uning «Everton» ga o‘tishi? Ronald Kuman Memfisning yaxshi tomonini biladi va bu barchasini o‘zgarishga sabab bo‘lishi mumkin. Agar u jamoada qoladigan bo‘lsa, Memfis asosiy tarkbga kirishi juda qiyin».

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Joze Mourino yaxshi taklif bo‘lsa Depay jamoani tark etishi mumkinligi borasida aytib o‘tgan edi. 

Муҳокама

Янгиликлар /

Bolt MUTV ga qo‘ng‘iroq qildi

02.01.2017

To‘qqiz karra olimpiya chempioni sprinter Useyn Bolt «Manchester Yunayted»ning «Midlsbro» ustidan qozongan g‘alabasidan so‘ng, «qizil iblislar»ni tabriklash uchun MUTV efiriga qo‘ng‘iroq qildi.

MUTV boshlovchisi Mendi Xenri yamaykalik sportchini tanimadi va ehtiyotkorlik bilan qo‘ng‘iroq qilganni «Yamaykadan Useyn» deb tanishtirdi.

Ko‘rsatuvdan so‘ng u haqiqiy Bolt qo‘ng‘iroq qilganiga ishonmaganini aytdi. Keyinroq «MYu» muhlisi bolgan sprinter «Tvitter» orqali o‘zi qo‘ng‘iroq qilganini e’lon qildi.

 

Муҳокама

02.01.2017

The Mirror nashri xabar berishicha «Yunayted» bosh murabbiyi Joze Mourinyu 24 soat ichida ikki bora Portugaliyaga borib qaytgan, bunga sabab uning turmush o‘rtog‘i Matilda operatsiya qilinishi kerak edi.

Dastlab Mourino chorshanba kuni yurtiga uchib ketgan va tez orada shaxsiy samalyotda Manchesterga qaytgan va payshanbada yana Portugaliyaga yo‘l olgan.

Xabarda aytilishicha Matilda tibbiy amaliyotdan yaxshi chiqqan.

Bugungi kunga kelib Jozening turmush o‘rtog‘i ancha o‘zini yaxshi xis qilmoqda va xozirda Portugaliyaning Setubal shahrida.

Муҳокама

01.01.2017

«Yunayted» himoyachisi Erik Bayi Afrika Kubogida ishtirok etishi uchun Kot-d’Ivuar termasi safiga yo‘l oldi va shu sababli «qizil iblislar»ning 7 ta o‘yinini o‘tkazib yuborishi mumkin.

Bayi «Boro»ga qarshi uchrashuvda to‘liq ishtirok etdi va jamoaning «Vest Xem» ga qarshi kechadigan uchrashuvni o‘tkazib yuboradi.

Bu xabarni «Midlsbro» ga qarshi o‘yindan so‘ng bosh murabbiy Joze Mourino ham tasdiqladi.

 «Bayi terma jamoa safiga yo‘l oldi. U terma jamoa safiga 2 yanvarda qo‘shilishi kerak edi, biz ulardan 3 yanvarda yo‘l olishini so‘ragan ediki, lekin ular rad javobini berishdi, shu sababli u «Vest Xem» ga qarshi o‘ynay olmaydi».

Муҳокама

01.01.2017

Jamoa sardori Ueyn Runi «Vest Xem ga qarshi uchrashuvda ishtirok etish uchun yo‘l olgan Londonga yo‘l olgan tarkibdan o‘rin olmadi. Futbolchining jarohatdan to‘liq qutila olmagani ushbu o‘yinda Runiga maydonga tushish imkoniyatidan mahrum qildi. Jamoa Londonga poyezda yo‘l olgan.

O‘yinga yo‘l olgan asosiy tarkib futbolchilar 20 nafar: David De Xea, Serxio Romero, Sem Djonston, Timoti Fosu-Mensa, Antonio Valensiya, Matteo Darmian, Kris Smolling, Fil Djons, Markos Roxo, Ander Errera, Maykl Karrik, Pol Pogba, Maruan Fellayni, Eshli Yang, Xuan Mata, Djessi Lingard, Genrix Mxitaryan, Antoni Marsyal, Zlatan Ibragimovich, Markus Reshford.

Муҳокама

01.01.2017

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Joze Mourino jamoa hujumchisi Antoni Marsyal haqida fikr bildirdi. Eslatib o‘tamiz, Marsyal «Midlsbro»ga qarshi kechgan bahsda gol kiritgan va jamoasining 2:1 hisobidagi g‘alabasiga hissa qo‘shgan edi.

«Marsyalda yulduz futbolchi bo‘lish uchun yetarlicha imkoniyat bor. U maydonga tushmoqda, vaziyatlar yaratmoqda va gol urmoqda. U kurashdi. U ulkan ishtiyoqqa to‘la edi. Antoni - yuqori saviyadagi iqtidorligini bilaman».

«Marsyal agentiga emas, menga quloq solishi lozim. U har kuni mashg‘ulot vaqtida meni eshitishi shart. Bu gap men olib boradigan tahlillarga ham tegishli. U yaxshiroq o‘ynashi uchun ham shunday qilaman».

«Mxitaryan bilan bog‘liq vaziyat har kuni rivoj topgan edi. Uning agenti menga qo‘ng‘iroq qilgan va: «Mxitaryan sen bilan yanada kuchliroq bo‘ladi, davom etaver», derdi.

«Antoni borasida esa vaziyat boshqacha. Men har kuni gazetalarda: «Marsyal «Sevilya»ga o‘tadi», «Marsyal ijaraga ketadi» va «Marsyal norozi», degan xabarlarni o‘qiyman. U eng avvalo menga quloq solishi lozim», - deydi murabbiy.

Eslatib o‘tamiz, Antoni Marsyalning agenti Filipp Lamboli «Sevilya»dan tushgan taklifni o‘rganayotgani haqida xabar qilgan edi.

Муҳокама