01.01.2017

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Joze Mourino «Midlsbro»ga qarshi kechgan o‘yin (2:1) haqida fikr bildirdi.

«Mening futbolchilarim fenomenal o‘yin o‘tkazishdi. Jamoamiz men yaxshi ko‘rgan narsa - muxlislarni maydonga taklif etishni uddalay oldi. Uchrashuvning so‘nggi 20 daqiqasida raqibning 11 futbolchisiga qarshi «Old Trafford»dagi 70 ming muxlis o‘ynadi».

«Ibragimovichning goli nima uchun bekor qilinganini faqat hakam Li Meyson biladi. U xatoga yo‘l qo‘yganini tushunib turibdi. Menimcha hakamlar xato qilgach, xafa bo‘lishi ancha alamli», - deydi Mourino.

Shuningdek, murabbiy keyingi uchrashuv borasida ham to‘htalib o‘tdi.

«48 soat ichida ikkita o‘yin o‘tkazish oson emas. Bu gap «Vest Xem»ga ham taaluqli».

«Bu borada «Chelsi» ancha yaxshi holatda».

Eslatib o‘tamiz, «Manchester Yunayted» va «Vest Xem» kecha tunda o‘z o‘yinlarini o‘tkazishdi va ertaga o‘zaro to‘qnash kelishlari lozim. «Chelsi» esa «Tottenxem» ga qarshi 4 yanvarda maydonga tushadi.

Муҳокама

31.12.2016

Joze Mourino jamoa yarim himoyachisi Memfis Depay atrofidagi vaziyat haqida gapirib o‘tdi.

«O‘tgan mavsumda ham u o‘ynamagandi. Ya’ni u o‘tgan mavsumda ajoyib o‘yin ko‘rsatgani holda, men uni bu mavsumda o‘ynayotmaganimni anglatmaydi.

Aytishim kerakki, oxirgi oylarda Memfis bo‘yicha qarorlarim uning jamoadan ketishni niyat qilgani ortidan qabul qilinmoqda. U yanvarda ketmoqchi ekanini bildirgach, agar yaxshi taklif bo‘lsa, uni qo‘yib yuborishimiz haqida gapirganman.

Agar men futbolchi ketishni istayotganini bilsam va buni his qilsam, albatta boshqa futbolchilarning rivojlanishi uchun harakat qilaman. Shu tufayli, Lingard, Mxitaryan va Marsiyalga ko‘proq o‘yin vaqti ajratmoqdaman. Men 100 foiz ishonch bildira oladigan futbolchilargina biz bilan qolishadi. Bizda ko‘p variantlar bo‘lgach, shunday yo‘l tutamiz ham», – degan Mourino.

Муҳокама

31.12.2016

Zlatan Ibragimovich uch o‘yinchi – braziliyalik Ronaldo va Ronaldino hamda portugaliyalik Krishtianu Ronalduni o‘zaro taqqosladi.

«O‘ylashimcha, eng kuchli – Ronaldo edi. Men uchun u – futbol timsolidir. Uning barcha harakati hayratga sabab bo‘lardi: yugurishi, uning driblingi. Ronaldo haqiqiy edi. U shunday tug‘ilgan. Bu mashqlar natijasi emas, bunday futbolchi bo‘lish mumkin emas, bunday o‘yinchi bo‘lib tug‘ish kerak. U noyob.

Ronaldino bilan biz «Milan»da o‘ynagandik, biroq bu uning faoliyati davomidagi eng yaxshi davrlar emasdi. Ammo menga u bilan o‘ynash yoqardi, u maydon bo‘ylab tinmay harakat qilar, driblinglarni ishlatar va agar xohlasa raqiblarini kichkina bolalarga aylantirib qo‘yishi mumkin edi.

Krishtianu Ronaldu haqida gapiradigan bo‘lsak, biz u bilan birga o‘ynamaganmiz. Biroq bu boshqa turdagi o‘yinchi. Uning hozirgi darajasi – tinimsiz mashqlar natijasi. Unda tug‘ma iste’dod yo‘q», - deya Ibrahimovichning so‘zlarini keltiradi ESPN.

Муҳокама

31.12.2016

Memfis Depay jamoa bosh murabbiyi Joze Mourinodan uni boshqa klubga qo‘yib yuborishni so‘radi. Bu haqda The Sun tabloidi xabar tarqatgan.

Futbolchi joriy mavsumda APLda atigi 20 daqiqa o‘ynagan.

Avvalgi xabarlarda, Depayga «Everton» jamoasi davogarlik qilayotgani va bu borada muzokara olib borayotgani aytilgandi.

Depay 2015 yilning yozida 25 million funt evaziga «PSV» jamoasidan manchesterliklar safiga o‘tgan, uning shartnomasi 4 yilga tuzilgandi.

Муҳокама

30.12.2016

«Manchester Yunayted» jamoasi hujumchisi Zlatan Ibragimovich mankunianliklarning Premer-ligada g‘olib chiqishiga umid borligiga ishonmoqda.

«O‘ylaymanki, «MYu» sovrin yuta oladi. Yuqori darajadagi o‘yinimizga mos natija ko‘rsata olmagan paytlar bo‘ldi. Biz chempionlik poygasida qatnashishni davom ettiramiz va hatto yuqoridagi jamoalar bilan oradagi farqni qisqartirishga muvaffaq bo‘ldik. Biz har xil bahona izlamaymiz va APLda g‘olib chiqishni xohlaymiz»», — deya Ibragimovich so‘zlarini keltirmoqda L'Equipe nashri.

Муҳокама

30.12.2016

«Vest Xem» jamoasi bosh murabbiyi Slaven Bilichning fikricha, jamoa qishki transfer mavsumda «Manchester Yunayted» hujumchisi Markus Reshfordni sotib ola bilmaydi.

«Reshford – «MYu» uchun juda qadrli futbolchi. Yanvar oyida uni qo‘lga kiritish imkoniyatimiz yo‘q. Mankunianlar bir yo‘la to‘rt turnirda ishtirok etmoqda va Markus maydonda o‘z vaqtiga ega. Bundan paytda transferni amalga oshirish qiyin vazifa», – dedi xorvatiyalik murabbiy.

Joriy mavsumda Markus Reshford APL doirasida 14 o‘yinda ishtirok etib, 3 ta gol kiritdi.

Муҳокама

30.12.2016

«Manchester Siti» jamoasining akademiyasi tizimida ish olib borgan Ronni Kyusik endilikda «Manchester Yunayted» da faolyat yuritadi deya xabar bermoqda The Daily Mail nashri.

Ronni Kyusik o‘zining hamkasblari Deyv Xarrison va Lindon Tomlinson kabi «Siti» dagi faoliyatini yakunlab, «Manchester Yunayted» Akademiyasi tizimida 2017 yil yanvar oyi o‘rtalaridan boshlab ish olib boradi.

Kyusik 2016 yil boshlarida «Rochdeyla» dan Manchesterda boshlagan edi va uning asosiy vazifasi Angliya shimoliy-g‘arbidan iqtidorli yshlarni topishdan iborat bo‘lgan.

Xabarda aytilishicha, mutaxassis  «Manchester Yunayted» da ham xuddi shu lavozimda faoliyat olib boradi.

Avval xabar berib o‘tilgandek, «Siti» akademiyasi tizimida faoliyat olib borgan Xarrison va Tomlinson noyabr oyida «Manchester Yunayted»  da skaut sifatida ish olib borishlari aytib o‘tilgan edi.

Муҳокама

Янгиликлар /

Ibragimovich: U futbolning timsoli

30.12.2016

 «Manchester Yunayted» hujumchisi Zlatan Ibragimovich jahoning kuchlifutbolchilari – braziliyalik Ronaldo,Ronaldino va Krishtianu Ronalduni qaysi biri kuchli ekanligi aytib o‘tdi.

«Mening fikrimcha eng zo‘ri bu - fenomen Ronaldo. Ronaldo bu futbolning timsoli. Uning xar qanday xarakati meni hayratda qoldirardi, driblingi, yugurishi, gollari.... U xaqiqiy fenomen».

«Xechkim uningdek bo‘lolmaydi. Bu xechqanday mashg‘ulotlarning natijasi emas, bunday futbolchilar tug‘ma shunday dunyoga keladi».

«Ronaldino bilan «Milan» jamoasida birga to‘p surganmiz, lekin bu uning faoliyatidagi eng yaxshi davri bo‘lmagan. Shunga qaramay, u bilan maydonda birga tщp surish meng maыыul kelgan edi. Udriblinglari bilan istagan futbolchini yosh boladek aldab keta olardi».

Uchinchi futbolchi borasida nima deyishim mumkin (Krishtiano Ronaldu), u bilan birga o‘ynamaganman. U boshqa birdunyo.Krishtianu – bu mashg‘ulotlarsamarasi, uzoq yillik mehnat samarasidir», – dedi futbolchiIbragimovich. 

Муҳокама

Янгиликлар /

Depay nima bilan band?

29.12.2016

Bugun The Sun nashri «Manchester Yunayted» futbolchisi Memfis Depay Rotterdamdagi barlarning birida kalyan chakib o‘tirgan surati chop etdi.

Gollandiyalik futbolchi do‘stlari bilan barda ziyofat uyushtirigan va «Ayaksa» jamoasi ishtirokidagi o‘yinni tomosha qilshgan. Manbaning xabariga ko‘ra bu Depayning ushbu barga birinchi marotaba tashrif buyurishi emas.

«Manchester Yunayted» xozircha ushbu vaziyatni sharhllashni istamayapti. Ushbu mavsumda Depay 8 uchrashuvda maydonga tushgan.

Depay transfer oynasi vaqtida ijara asosda boshqa bir jamoaga ztishi mumkin, unga hozirda «Everton», «Spartak» va «Inter» jamoalari qiziqish bildirishmoqda.

Муҳокама

Янгиликлар /

Bayi: Mourino buyuk murabbiy

29.12.2016

«Manchester Yunayted» himoyachisi Erik Bayi jamoa bosh murabbiyi Joze Mourino dunyoning eng yaxshi murabbiyi ekanligini aytib o‘tdi.

«U dunyodagi eng yaxshi buyuk murabbiyi. Men u bilan birgalikda ishlayotganimdan ma’mnunman va menda undan ko‘p narsa o‘rganish imkoniyati bor».

«Ishonamanki bundayn keyin ham hammasi shunday tarzda davom etadi, va men uzoq yillar «Yunayted» da qolish niyatidaman».

«Men xaqiqatdan baxtliman, jamoa va sheriklarimdan xursandman. Men yanada ko‘proq narsa o‘rganib bormoqdaman», –Bayi so‘zlarini keltirmoqda Goal.com.

Ushbu mavsumda 22 yoshli ivuarlik futbolchi APL da 11 uchrashuvda maydonga tushgan.

Муҳокама