Mourino: Aytor juda halol inson
29.12.2016

Joze Mourino «Real»da birga ishlagan «Midlsbro» ustozi Aytor Karanka haqida fikr bildirdi.
«Yunayted» hamda «Midlsbro» o‘rtasidagi bahs APLning 19-turidan joy olgan.
«Karanka bugun men «Real»da uchratgan murabbiy emas. U ikkinchi divizionligiga qaramasdan jahonning eng qiyin ligasida 2,5 yildan beri bosh murabbiy bo‘lib ishlayapti. Aytor juda halol. U erishgan muvaffaqiyatlardan hayron qolganim yo‘q. Karanka - juda xotirjam inson. U doimo mening do‘stim bo‘lib qoladi» - deydi Mourino.
Marsyal «Sevilya» ga o‘tishi mumkin
29.12.2016

«Manchester Yunayted» hujumchisi Antoni Marsyal qishgi transfer oynasi vaqtida «Sevilya» jamoasiga o‘tishi mumkin. Bu xaqida 21 yoshli futbolchining agenti Filipp Lamboli xabar bermoqda.
«Biz diqqat bilan «Sevilya» jamoasi taklifini o‘rganib chiqmoqdamiz. Bu yaxshi jamoa, primerodagi o‘rni va Chempionlar Ligasidagi o‘yini bunga dalalil. Jamoa ajoyib murabbiy bor. Sizga aytmoqchi bo‘lgan gaplarimning bari shu holos», – dedi Lamboli Sky Sports nashriga bergan intervyusida.
Ushbu mavsumda Marsyal APL ning 11 uchrashuvida maydonga tushib 1 gol urgan.
BBC Sport: «Yunayted» Lindelyofni sotib olmaydi
28.12.2016

BBC Sport nashri xabar berishicha «Manchester Yunayted» yanvarda «Benfika» markaziy himoyachsi Viktor Nilsson-Lindelyofni sotib olmaydi.
Avvalroq 22 yoshli futbolchini qishda «MYU» safiga o‘tishi aytilayotgan edi, lekin manbaning xabariga ko‘ra Fila Jons va Markos Roxo markaziy himoyada ko‘rsatayotgan o‘yini «qizil iblislar» murabbiyi Joze Mourinoni to‘liq qoniqtirmoqda va shu sababli ushbu chiziqqa futbolchi xarid qilish niyatidan qaytgan.
Portugaliyalik mutaxassis shuningdek ushbu chiziqda Erik Beyi, Kris Smolling va Deyli Blinddan ham foydalanishi mumkin.
Jons va Roxo birgalikda markaziy himoyada 9 uchrashuvda ishtirok etgan, jamo bu uchrashuvlarda o‘z darvozasidan 7 gol o‘tkazib yuborgan.
Mourino: Marsyal hali juda yosh
28.12.2016

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Joze Mourino jamoa hujumchisi Antoni Marsyal haqida fikr bildirdi. 21 yoshli hujumchi joriy mavsum «MYU» tarkibida 11 o‘yinda maydonga tushdi va shundan 7 tasini asosiy tarkibda boshlagan.
«Antoni hali juda va juda yosh. Odamlar o‘tgan mavsum «MYU» mutlaqo boshqacha uslubda o‘ynaganini unutib qo‘ymoqdalar. Jamoa to‘pni passiv tarzda ushlab turardi va Antonida bo‘sh xudud paydo bo‘lgach, unga pas berardi».
«Bu yil esa hammasi ancha murakkab, Marsyal o‘yinini kuchaytirishi lozim. Har bir o‘yinchi boshqalardan farq qiladi. Bu yil Marsyaldan ko‘ra Mxitaryan bilan bog‘liq vaziyat murakkabroq edi. Ammo u ko‘p ishladi va maydonga tushmasada kuchayishga intildi», - deydi Mourino.
Giggz «Suonsi» murabbiyiga aylanishi mumkin
28.12.2016

Manchester Evening News nashri xabar berishicha «Suonsi» jamoasi «Manchester Yunayted» sobiq futbolchisi va murabbiyi Rayan Giggzni bosh murabbiylikka tayinlashi mumkin.
Giggz jamoa rahbariyati bilan oktyabr oyida uchrashgan, lekin yakunda jamoaga amerikalik Bob Bredlini tayinlagan edi. Bredli ushbu hafta boshida ishdan bo‘shatildi.
Shu sababli rahbariyat jamoaga yangi bosh murabbiy izlamoqda, asosiy nomzod sifatida esa yana uelslik Rayan Giggz ko‘rilmoqda.
Shuningdek Naydjel Pirson, Roy Xojson va Kris Koulmen ham bosh murabbiylikka nomzodlar orasida bor.
Larsson: Shvedlar juda ham moslashuvchan
28.12.2016

«Qizil iblislar» sobiq hujumchisi Xenrik Larsson «Benfika» himoyachisi Viktor Lindelyofning «Manchester Yunayted» safiga o‘tishi yuzasidan o‘z fikri bilan o‘rtoqlashdi.
«U hozirda yuqori darajada o‘ynamoqda, shunday ekan u «Manchester Yunayted» kabi jamoalarda o‘ynash uchun tayyor. U «Benfika» va Shvetsiya terma jamoasining asosiy o‘yinchisidir» .
«Shvedlar juda ham moslashuvchan bo‘lishadi – bu futbol va boshqa sohalarda ham uchraydi. O’ylashimcha, Lindelyof ingliz futboliga moslashib ketishida xech qanday muammo bo‘lmaydi».
Mourino: Pogba yanada o‘sishni istaydi
28.12.2016

Joze Mourino manikunianliklar yarim himoyachisi Pol Pogbaning o‘yiniga baho berdi.
«APL da o‘ynash oson emas. Sen 3-4 yil Italiyada o‘ynab kelib, keyinchalik Angliyada to‘p tepadigan bo‘lsang, umuman boshqa olamga tushib qolasan».
«Ammo u hammasini yaxshi bajarmoqda, judayam yaxshi. Kelgusi mavsum Pogba uchun bundanda yaxshi bo‘lishiga ishonaman».
«Pogba bu shunday yarim himoyachiki, unda juda ko‘plab gol urishi uchun barcha narsa bor. Pogba – dunyodagi eng yaxshi yarim himoyachi. Ko‘rinib turibdi, u juda yosh. U yanada o‘sishni istaydi», - deya ta’kidlab o‘tdi.
Joriy mavsumda Pogba APLda 17 ta uchrashuvda maydonga chiqib, 3 ta gol urish bilan birga uch marta jamoadoshlarining gollariga hammualliflik qildi.
Mxitaryan: Zlatan ajoyib o‘yinchi
27.12.2016

«Manchester Yunayted» futbolchisi Genrix Mxitaryan «Sanderlend» ga qarshi kechgan o‘yindan so‘ng 35-yoshli jamoadoshi Zlatan Ibragimovich ko‘rsatayotgan o‘yini borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
«Ibragimovich ko‘rsatayotgan o‘yinda uning yoshi ahamiyaga ega emas. U ajoyib ishlarni amalga oshirmoqda, va men uning uchun juda xursandmani, chunki u bunga loyiq», — dedi Mxitaryan MUTV ga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Ibragimovich «Sanderlend»ga qarshi uchrashuvda bir gol mualliflik va ikki golga assistentlik qildi.
Bliind: Biz yaxshi o‘ynadik
27.12.2016

«Manchester Yunayted» futbolchisi Deyli Blind APL 18-turida «Sanderlend» ustidan (3:1) qozonilgan g‘alaba to‘g‘risda to‘g‘risida to‘talib o‘tdi.
«O‘ylashimcha, biz yaxshi o‘ynadik, «Sanderlend» amalda xech qanday imkoniyat yarata olmadi, bizda esa yetarlicha vaziyatlar bo‘ldi. Ikkinchi goldan so‘ng biroz yengil bo‘ldi va biz kerakli natijaga erisha oldik, lekin o‘yin qiyin boshlangan edi. «MYU» ishonchli ravishda ketma-ket APL dagi to‘rtinchi g‘alabaga erishdi».
«Men gol urdim, ochiq joyni ko‘rdim, Zlatan Ibragimovich esa to‘pni ajoyib tarzda uzatdi. Men to‘pni yaxshi egallab ikkinchi urinishda zarba berdim», — deydi Blind MUTV ga bergan intervyusida.1
Transfer uchun 180 mln. funt
27.12.2016

«Manchester Yunayted» jamoasi rahbariyati o‘zinig transfer maqsadlariga aniqlik kiritib oldi.
The Telegraph nashrining ma’lumotiga ko‘ra, qishda mankunianliklar «Benfika» klubi himoyachi Viktor Lindelefni 38 million funtga sotib olmoqchilar, yozda esa «Atletiko» hujumchisi Antuan Grizmanning, «Benfika»ning yana bir himoyachisi Nelson Semeduning, shuningdek «Monako» yarim himoyachisi Tyemue Bakayokoning transferini amalga oshirmoqchilar.
Xabar qilinishicha, «MYU» bularning bariga 180 million funt atrofida mablag‘ sarflaydi.