27.12.2016

Zlatan Ibrahimovich APLning 18-turidan o‘rin olgan «Sanderlend»ga qarshi kechgan o‘yinda gol kiritib, 2016 yilda urgan gollari sonini 50 taga yetkazdi. Bu ko‘rsatgich borasida shvetsiyalik hujumchi «Real Madrid» futbolchisi Krishtianu Ronaldu bilan tenglashib oldi.

Bu gol futbolchining «MYu» dagi 17 goli, bu natijani ыayd etish uchun u 26 uchrashuvda maydonga tushdi.

Shuningdek, Zlatan 2012 yilda qayd etgan o‘zining shaxsiy rekordini takrorladi. Futbolchi 2012 yilda ham raqib davrvozasini barcha musobaqalarda 50 marotaba ishg‘ol qilgan edi.   

Муҳокама

27.12.2016

Genrix Mxitaryan «Sanderlend» jamoasini ajoyib tarzda ishg‘ol qilgani borasidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Bu men kiritgagn gollar ichidagi eng chiroylisi. Birinchi bo‘lib hakam yordamchisiga qaradim, ko‘rdimki u «o‘yindan tashqari» holatni qayd etmadi va shundan so‘ng golni nisholashga kirishdim».

«To‘p menga kelishini kutgan edim, va tushindimki to‘p mening oyog‘imga kelayotgan edi. Bunday vaziyatda to‘pga tovon bilan zarba berish talab qilinar edi. Men bunga harkat qilib ko‘rdim va hammasi ajoyib amalga oshdi».

«Jarohatlar meni boshqa bezovta qilmayapti, shunday ekan men maydonga qaytganimdan va jamoaga yordam berganimdan xursandman. Kelasi o‘yinlarda o‘zimning yuqori o‘yinimni ko‘rsatishga harakat qilaman. Eng muhimi, jamoa o‘z jismoniy holatini tiklab olgan va shunday tarzda saqlab qoladi».

 

Муҳокама

Янгиликлар /

Mourino: Runi kichik jarohat oldi

27.12.2016

Joze Mourino xabar bershicha Ueyn Runi mashg‘ulot vaqtida olgan kichik jarohat tufayli «Sanderlend» ga qarshi uchrashuvni o‘tkazib yuborishga majbur bo‘lgan.

«Kecha Runi mashg‘ulotlarda o‘zini yomon his qildi, va biz bir qarordan yaxshisi uchrashuvni o‘tkazib yuborishi maqquligini lozim topdik».

Ueyn katta bo‘lmagan muddatga safdan chiqqan va hujumchi 31 dekabrda «Midlsbro» ga qarshi kechadigan uchrashuvda ham maydonga tusha olmasligi mumkin.

Муҳокама

Янгиликлар /

Mourino: Biz uni iliq kutib olamiz

26.12.2016

«Manchester Yunayted» jamoasi sobiq bosh murabbiyi ser Aleks Fergyuson ushbu mavsumda mankunianlarning bir necha mashg‘ulotiga tashrif buyurgan. Bu haqda jamoa ustozi Joze Mourino aytdi.

«Futbolchilar Fergyuson singari buyuk insonni ko‘rishi kerak deb hisobladim. Biz muloqot qilib, birgalikda tushlik qildik. Men uni hurmat qilaman, u ham «MYU»ni yaxshi ko‘rishini bilaman. Fergyuson bilan munosabatlarimiz yaxshi».

«Ser Aleks istagan vaqtida mashg‘ulotlarga kelishi mumkin. Biz uni iliq kutib olamiz. Ushbu mavsumda u bir necha bor mashg‘ulotlarga tashrif buyurdi», – deydi portugaliyalik mutaxassis.

Муҳокама

26.12.2016

Sky Sports nashri ingliz jamoalarining Boksing Deydagi ishtiroklarini tahlil qilib chiqdi va o‘ziga hos reytingi e’lon qildi. Unga ko‘ra «Manchester Yunayted» Rojdestvoning ikkinchi kunida eng ko‘p g‘alaba qozonish bo‘yicha rekrod sohibi. 

«Yunayted» 26 dekabrda o‘tkazgan uchrashuvlarning 54% da g‘alaba qozongan. Umumiy hisobda «qizil iblislar» Boksing Deyda 92 uchrashuv o‘tkazishgan, shundan 50 g‘alab, 15 durang va 27 uchrashuvda mag‘lub bo‘lgan.

Qiziq tomoni shundagi Premer Liga vakillaridan ushbu reytingada «Yunayted» ga eng yaqini - «Liverpul».

Ushbu reytingga Boksing Deyda 15 ta uchrashuvdan kam o‘yin o‘tkazmagan jamoalar kiritilgan.

Shuni alohida aytib o‘tish kerakki, «Yunayted» Boksing Deyda umumiy hisobda 185 ta gol urgan bu Angliyadagi eng yaxshi ko‘rsatgichdir.

Муҳокама

26.12.2016

«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Genrix Mxitaryan 2017 yilda «qizil iblislar» bilan bir qancha mukofotga sazovor bo‘lish niyatida ekanligini aytib o‘tdi.

«Jamoaning barcha a’zolariga shuni tilab tilardimki, kelgusi yilda «Yunayted» eng kuchli bo‘ladi. Bu biz uchun chempionlik uchun kurashgan ajoyib mavsum bo‘ladi. Biz ishonamizki, kelayotgan 2017 yilda, biz ko‘plab yutuqlarga erishamiz. «Manchester Yunayted» hozirda yetakchilardan ancha ortda qolmoqda, lekin kurash hali davom etadi. Chempionatda hali uchrashuvlar juda ko‘p, shunday ekan biz kuchli to‘rtlikka kirish uchun barcha imkoniyatlardan foydalanishga xarakat qilamiz. Va albatta Yevropa Ligasi Uchrashuvida ham uzoqroq borishga harakat qilamiz», - Mxitaryan so‘zlaridan izoh keltirdi Goal portali.

Муҳокама

26.12.2016

Joze Mourino «Manchester Yunayted» sobiq murabbiyi Devid Moyesning «qizil iblislar» boshqaruvida o‘tkazgan faoliyatiniga fikr bildirib o‘tdi.

«Moyesa ishlashi qiyin bo‘lganmi? Men bilmayman. Uning qo‘l ostida Giggz, Chicharito, Vidich, Evra bo‘lgan. Men bunday futbolchilardan voz kecha olmas edim».

«Men «Manchester Yunayted» ni boshqarishda qandaydir ortiqcha yuk ko‘rmayapman. Men jamoaning buyuk tarixini his qilmoqdaman, bu albatta yoqimli holat. Yagona muammo bu bunday jamoaga kelgan insondan xuddi shunday natijalarni kutishadi, yangi sahifa yozish mumkin».

Муҳокама

Янгиликлар /

Roxo «Valensiya» ga o‘tadi-mi?

26.12.2016

Ispaniyaning «Valensiya» jamoasi «Manchester Yunayted» himoyachisi Markos Roxo transferini sotib olish borasida xarkatni boshlab yuborgan deya xabar bermoqda  Mirror nashri.

Manbaning xabariga ko‘ra «Valensiya» sport direktori Xesus Garsiya Pitarch Angliya yetib kelgan va Roxo vakillari bilan muzokara olib bormoqda. Ispaniya jamoasi «MYu» futbolchisi uchun 14 mln. funt berishga tayyor.

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra Roxo jamoani tark etishi mumkin,  chunki «MYu» yanvarda o‘z safini «Benfik» himoyachisi Viktor Nilsson-Lindelof bilan to‘ldirish niyatida. 

Муҳокама

25.12.2016

«Liverpuly» sobiq himoyachisi Jeymi Karrager hujumchi Zlatan Ibragimovichni «Manchester Yunayted» ga o‘tishini 2016 yilning eng foydali transferi deya atadi. 35 yoshli futbolchi yozda «qizil iblislar» safiga erkin agent maqomida kelib qo‘shilgan edi.

«Bu yil Pogba transferi futbol tarixidagi rekord natijani qayd etdi, vaqtida uni «MYU» bepul berib yuborgan edi. Ibragimovichni Seriya A va Liga 1 dagi o‘yinlarini tanqid qilardik, chunki u Chempionlar Ligasida yetakchilikni ko‘rsata olmas edi. Mening unga bo‘lgan fikrim 2012 yil noyabr oyida Shvesiya- Angliya o‘yinida 4ta gol urgandan keyin o‘zgargan. Uning APL ga kelgandan keyin ko‘rsatgan natijalari esa bunga xech qanaqa shubha qoldirmadi– 25 ta o‘yinda 16 gol».

«Zlatan raqobatbardosh qolayotgani bilan bahslashib o‘tirmayman. U xarizmatik, kuchli va yuqori darajadagi to‘purar. Ibragimovich o‘zining ajoyib faoliyati davomida 29 yutuqa erishgan, shulardan11 tasi mamlakat chempionligidir», — Karrager so‘zlaridan izoh keltirdi Daily Mail nashri.

Муҳокама

25.12.2016

Devid Moyes aytishicha «Yunayted» da ishlab yubrgan vaqtlarda yuqori darajadagi futbolchilarni safga jalb qilishga xarkat qilgan, Kroos, Beyl va Ronaldu transferi borasida muzokara olib borilganini tasdiqladi. Amalda esa faqatgina «Everton» dan Maruan Fellayni 27,5 million funtga sotib olingan

«Toni Kross yozda jamoaga kelishi yuzasidan kelishib olgan edik. Bu borada shaxsan Toni va uning agenti bilan kelishganmiz. Lekin asosiy maqsadimiz Garet Beyl edi, men uni «Manchester Yunayted» a’zosi bo‘lishini xis qilar edim. Biz bu borada so‘ngi daqiqalargacha kurash olib bordik va biz unga «Real» dagidan ham yaxshiroq shartnoma taklif qildik. Garet Madridga o‘tishni maqqul ko‘rdi, men uni «Yunayted» olib kelish uchun barcha ishni qildim».

«Ronaldu? Ilk bor ser Aleks bilan uchrashganimda, u menga Krishtianu ortga qaytarish imkoni borligini aytgan edi. Biz shunday futbolchilarni jalb qilishni maqsad qilgan edik».

Муҳокама