Mourino: Bunday kunda o‘yin o‘tkazish yoqimli
25.12.2016

Joze Mourino aytishicha bayram kunlari o‘yin o‘tkazish yoqimli, muhlislarga sovg‘a qilish imkoniyati paydo bo‘lishi to‘g‘risida aytib o‘tdi.
«Men Yangi yilni yaxshi ko‘raman», - deydi Joze MUTV ga bergan intervyusida.
«Bilaman, bu kunda yaqinlarimga men yetishmayman, lekin oilamiz bixni yaxshi ko‘rishadi. Ular bizlarni yaxshi tushunishadi, ular biz futbol o‘ynashni yaxshi ko‘rishimizni bilishadi. So‘ngi vaqtlarda muhlislar tanafussiz futbol kzrishni hohlashmoqda».
«Shunday ekan, qachonki biz bahtli ekanmiz, oila a’zolarimiz ham baxtli. Men bu kunlarni yaxshi ko‘raman va alohida Boksing Deyni ham, va bu kunda ishlash menga yoqadi, muhlislarga sovg‘a qilish yoqimli. Hamma biladi, bu mamlakat futbolni sevadi, Manchesterda esa «Manchester Yunayted», shunday ekan men bunday kunda ishlashdan xursandman».
Jekson: Biz doim aloqadamiz
25.12.2016

Xuquqiy jihatdan «Manchester Yunayted» ga tegishli bo‘lgan va hozirda ijara asosida «Vulverxempton» jamoasida to‘p surayotgan Kemeron Bortuik Jekson doimiy ravishda Joze Mourino bilan aloqada ekanligini aytib o‘tdi.
«Biz Mourino bilan doimiy aloqadamiz. U hamisha meni kuzatib boradi, uning yordamchilari men ishtirok etgan uchrashuvlarga tashrif buyurishadi».
«Mavsum boshlanish arafasida jarohat olgan edim, bu mavsum oldi tayyorgarlikni o‘tkazib yuborishimiga sabab bo‘ldi. Doim men holatimdan havar olib turdi. U hozirda jamoada raqobat kuchli ekanligini, lekin kelajakda albatta meni ham hisobga olganini, menda top-o‘yinchi imkoniyati borligini aytdi. Mourino menga ijara asosida to‘p surib ko‘proq tajriba to‘plashimni maslahat berdi. Barchasi xuddi shunday amalga oshdi», — 19 yoshli futbolchining so‘zlaridan izoh keltirdi FourFourTwo nashri.
Jons: Endi jiddiy munosabatdaman
25.12.2016

«Manchester Yunayted» himoyachisi Fil Jons endilikada tiklanishga jiddiy munosabatta bo‘layotganini aytib o‘tdi.
«O‘ylashimcha, yoshim katta bo‘ldi va aql kirdi. Men tiklanish qanchalik muhim ekanligini tushinib yetdim. Yoshligimda, fikrim boshqacharoq edi. O‘yindan keyin ovqatlanishga yoki PlayStation o‘ynashga borardim».
«Hozir esa tushunib yetdimki bu futbolchining muhim bir ishi ekan, endilikda tiklanishga jiddiy yondoshmoqdaman. Men tushinimcha, bu kelgusi uchrashuvlarga ideal ko‘rinishda tayyorlanish uchuneng yaxshi yo‘l», — deydi Jons «MYU» rasmiy saytiga bergan intervyusida.
Ibragimovich murabbiylikni boshlashi mumkin
25.12.2016

«Manchester Yunayted» rahbariyati hujumchi Zlatan Ibragimovichga jamoa murabbiylar shtabiga kiritish yuzasidan taklif bilan chiqmochi deya xabar bermoqda Daily Star nashri.
Jamoa rahbariyat shved futbolchisi faoliyatini yakunlagandan so‘ng Joze Mourino boshchiligidagi murabbiylar shtabiga kiritish niyatida. Ibragimovich ushbu taklifga rozilik berishi xozircha noaniq.
Eslatib o‘tamiz, 35 yoshli futbolchi «MYU» safiga mazkur yil yozda kelib qo‘shilgan va jamoa bilan 1+1 ko‘rinishda o‘artnoma imzolagan edi. Shu kunga qadar u mankunianlar safida 25 o‘yinla ishtirok etib 16 gol urishga erishgan.
Mourino: Ibragimovichga rahmat aytish kerak
24.12.2016

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Joze Mourino aytishicha hujumchi Zlatan Ibragimovich «PSJ» dan ketgani uchun fransiyalik muxlislar xursand bo‘lishlari kerak.
Murabbiyning fikricha, shavedsiyalik hujumchining ketishi Liga 1 da (Fransiya chempionati) raqobatning kuchayishiga olib kelgan.
«O‘ylashimcha, fransuzlar Zlatan Ibragimovich PSJ ni tark etganidan xursand bo‘lishlari kerak. Chunki endi ular haqiqiy chempionatga guvoh bo‘ladilar. Ibragimovich bor vaqtda esa chempionat yo‘q edi. Faqat ularda Parij, Parij va yana Parij bor edi. Barcha sovrinlar ularda edi. Endi esa ularda xaqiqiy chempionat bor. Bu chempionatni men ham ko‘rmoqdaman. Men uchun qiziq Balotelli bor «Nissa», do‘stim Jardimga tegishli «Monako» va «PSJ»».
«Sizlar Ibragimovich Fransiya chempionatini tark etganini uchun tashakkur aytishlari lozim», - Mourino so‘zlaridan iqtibos keltirdi le10sport nashri.
Runi uchun super taklif
24.12.2016

Mirror nashri xabar berishicha Xitoy jamoalari «Yunayted» sardori Ueyn Runiga haftasiga 700 ming funtlik maoshli shartnoma taklif kilishmoqchi.
Nashri xabariga ko‘ra 31 yoshli hujumchi uchun «Bejin Goan» va «Guanchjou Evergrand» jiddiy kurash olib borishmoqda.
Ma’lum qilinishicha, Runi jamoani yozgi transferlar vaqtigacha tark ketmasligi aniq.
Bundan avval ham Xitoy jamoalari Runiga turli takliflar bilan chiqishgan edi.
Mourino: Biz uslubni o‘zgartirmaymiz
24.12.2016

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Joze Mourinoning so‘zlariga ko‘ra, jamoa mag‘lubiyatlardan keyin ham o‘yin uslubini o‘zgartirmaydi.
«Biz o‘sish uchun ishlashimiz kerak, ammo qanday o‘ynashimiz aniq. Jamoa bu uslubga ishonadi. Natijalar yomon bo‘lsa ham uni o‘zgartirmoqchi emasmiz. Shu yo‘l bilan uslubimiz kuchayib boradi. G‘alaba g‘ozonsang, bunga ko‘proq ishona boshlaysan. Mag‘lub bo‘layotganingda to‘g‘ri yo‘lda ekanligingni tushunish kerak» - deydi Mourino.
«Everton» «Yunayted» o‘yinchilariga xaridor
24.12.2016

Britan OAV lari xabar berishicha «Manchester Yunayted» o‘yinchilari Memfis Depay va Morgan Shnayderlin faoliyatlarini «Everton» da davom ettirishlari mumkin.
Tez orada jamoalar bu borasida rasmiy xabar berishlari kutilmoqda. Transferning umumiy miqdori 35 million funt deya tahmin qilinmoqda.
Avvalroq, Shnayderlin borasida «Vest Bromvich» katta qiziqish bildirgani xabar berilgan edi.
Memfis Depay esa Moskvaning «Spartak» jamoasiga o‘tishi mumkinligi aytilgan edi.
Moyes: Menga yetarlicha vaqt berishmagan
24.12.2016

Xozirda «Sanderlend» bosh murabbiyi sifatida faoliyat olib borayotgan Devid Moyes APL 18-turidan o‘rin olgan «Manchester Yunayted» ga qarshi kechadigan o‘yindan avval «qizil iblislar» murabbiyi sifatida olib borgan faoliyati borasida fikrlarini bildirib o‘tdi. Bu haqida Sky Sports nashri xabar berdi.
«O‘sha vaqtda iste’foga chiqarilganimdan so‘ng men afsuslantirgan yagona narsa bu -«Yunayted» da menga yetarlicha vaqt berishmagani bo‘lgan».
«Albatta har qanday murabbiy uchun Fergyusondan so‘ng bunday jamoada ishlash oson sayir bo‘lmasligi aniq edi. o‘ylashimcha, bu Mourino bo‘lsin, yo Klopp, Gvardiola va Anchelotti bo‘lsin, bari men tushgan shunday vaziyatda bo‘lardi».
Mourino: Shoudan boshqa barcha tayyor
23.12.2016

APL 18-turidan o‘rin olgan «Sanderlend» jamoasiga qarshi uchrashuvdan oldin mabuot anjumanida ishtirok etgan «Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Joze Mourino jamoa holati borasida ma’lumot berib o‘tdi.
Toni Pyulis ertalab bergan ma’lumotga ko‘ra «Vest Brom» Morgan Shnayderlin borasida rasmiy taklif bilan chiqqan. Bu savolga Joze quyidagicha javob qaytardi.
«Ha... Ha. Morgen haqiqiy professional, fantastik inson. U to‘g‘ri so‘z va ochiq ko‘ngil. U bilan ko‘p marotaba suhbatlashganmiz, agar u doimiy ravishda maydonga tushayotgan bo‘lganida, men yo‘q deya javob berardim, lekin u doimiy o‘ynay olmayotgan ekan uning xech qayerga ketmaydi deyishga haqqim yo‘q. Shunday ekan yaxshi taklif bo‘lsa Morganga qarshilik ko‘rsatmaymiz».
Murabbiy Mxitaryan, Bayi, Shou holati yuzasidan ham to‘xtalib o‘tdi.
«Yaxshi yangilik Lyuk Shoudan boshqa barcha uchrashuvga tayyor. Markaziy himoya chizig‘ida hohlagan futbolchini tushirishim mumkin. Smolling safda, Bayi safda, Jons sog‘lom, Roxo sog‘lom, Blind sog‘lom. Bu pozitsiya stabil bo‘lishi jng muhimi. So‘ngi oylarda bu chig‘iqda bizda muammolar bo‘lgan edi, lekin xozir hammasi joyida, faqatgina yanvarda Afrika Kubokogi boshlanguncha bo‘ladigan uchta o‘yinlarga barcha sog‘».