23.12.2016

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Joze Mourino jamoa hujumchisi Zlatan Ibragimovich haqida iliq fikrlar bildirdi.

«Men Ibragimovich uchun juda xursandman. U faoliyatini AQSH yoki Xitoyda emas, yuqori darajada, cho‘qqida yakunlamoqda. Uning gollari yaxshi. U 16ta gol kiritdi va ulardan atigi 1 tasi penaltidan, boshqa to‘purarlar esa penaltidan ko‘p gol kiritishadi. Shunday ekan, men Ibragimovich yutuqlaridan xursand bo‘lmay turolmayman», – dedi Mourino.

Zlatan Ibragimovich «MYU» tarkibida 25 ta uchrashuvda 16 ta gol va 3 ta gollik uzatmaga mualliflik qilgan.

Муҳокама

Янгиликлар /

Mata xayriya tadbirida

23.12.2016

«Yunayted» yarim himoyachisi Xuan Mata Wood Street Mission bolalar xayriya fondi tomonidan Yangi yilga bag‘ishlangan xayriya tadbirida ishtirok etdi.

MataManchesterga kelgandan beri doimiy ravishda xayriya tadbirlarida ishtirok etib keladi. Futbolchi bu safargi tadbirda xayriya markaziga 500 ta bolalar o‘yinchoqlarni taqdim etdi.

Mata bir qancha o‘yinchoqlarni o‘z qo‘li bilan Dinsgeyt ko‘chasidagi markazda topshirdi, va shuningdek «Manchester Yunayted» ning yosh muhlislariga jamoa sharfini ham sovg‘a qildi.

Fondning rahbari Rozann Suinn bu haqida quyidagilarni aytib o‘tdi: «Xuan bizlarni har Yangi yilda qo‘llab quvatlaydi. O’tgan yili ham u bizga bir qancha o‘bolalar o‘yinchoqlarini yuborgan edi, bu safar esa uning o‘zi fondga sovg‘alar bilan tashrif buyurdi».  

Муҳокама

Янгиликлар /

Van Basten «Yunayted» da

23.12.2016

Afsonaviy Gollandiya futbolchi Marko Van Basten kecha «Manchester Yunayted» jamoasining Karringtondagi bazasiga tashrif buyurdi.

Sobiq futbolchi «Manchester Yunayted» bazasiga nima maqsadda tashrif buyurgani hozircha aniq emas. Van Basten tashrif doirasida jamoa bosh murabbiyi Joze Mourinio va hujumchi Zlatan Ibragimovich bilan uchrashgan. 

Муҳокама

Янгиликлар /

«Old Trafford» da yangi sektor

23.12.2016

BBC Sport xabar berishicha «Manchester Yunayted» rahbariyati  jamoa stadioni bo‘lmish «Old Trafford» da o‘yinlarni tik turib tomosha qilishga mo‘ljallangan yangi sektor yaratish yuzasidan ish olib borishmoqda.

Oktyabr oyida «Yunayted» vakillari «Seltik» stadioniga tashrif buyurib maxsus sektorni qurish ishlarini va xavfsizlik tizimlarini o‘rganib qaytishgan. Tashkil qilinadigan sektor 2975 kishiga mo‘ljallangan bo‘lishi kutilmoqda.

Rahbariyat ushbu sektorni «Old Trafford» ning J tribunasida o‘rin olgan «kuylovchi sektorda» da qurishni rejalashtirgan.

1989 yil Xillsborodagi tragediyadan so‘ng jamoa rahbariyatlariga stadionlarini o‘rindiqlar bilan to‘liq ta’minlash majburiyati yuklatilgan edi. So‘nggi paytlarda APL jamoalari tik turib tomosha qilishga mo‘ljallangan sektorlar haqida o‘z rejalarini boshlab yuborishgan.

Bunday sektorlar bo‘lishiga APL jamoalarining deyarli barchasi rozlik bildirgan faqatgina «Everton» jamoasi qarshilik bildirmoqda.

Муҳокама

23.12.2016

«Manchester Yunayted» ustozi Joze Mourino jamoasining APL turnir jadvalida yetakchilik qilayotgan «Chelsi»ga yetib olish imkoniyatlarini tahlil qildi.

«Ochig‘ini tan olib aytish kerakki, bu vazifani amalga oshirish juda qiyin. Gap faqat ochkolar orasidagi tafovutda emas, balki «Chelsi»ning ko‘rsatayotgan o‘yin falsafasiga bog‘liq. Ular bir to‘p kiritib olgach, asosiy e’tiborni himoyaga qaratishmoqda va g‘alabaga erishimoqda. Buning ustiga ular yaxshi himoyalanishmoqda ham. Hisobda oldinga borayotib, o‘yin yakunlanishiga 20 daqiqa qolganida himoyachilar maydonga tushirilmoqda».

««Chelsi» haqida nima deyilayotgani yoki kimdir nima deb o‘ylayotgani ularga qiziq emas. Ular shunchaki g‘olib chiqishni xohlashmoqda. Shu sabab men ular ko‘p ochko yo‘qotadilar, deb o‘ylamayman», deya ta’kidlab o‘tdi portugaliyalik murabbiy.

 

Муҳокама

23.12.2016

Fellayniga Italiyaning bir yo‘la ikki jamoasi «Milan» va «Inter» katta qiziqish bildirmoqda deya xabar bermoqda Britan OAV vakillari, lekin «qizil iblislar» bosh murabbiyi Joze Mourino belgiyalik futbolchini qo‘yib yuborish niyatida emas.

Xabarlarga ko‘ra, portugaliyalik mutaxassi Fellayniga katta ishonch bildirmoqda va uning jamoaga hali katta foydasi tegishidan umidvor.

Ushbu mavsumda Maruan Fellayni Angliya premyer ligasining 13 ta uchrashuvida maydonga tushgan.

Bir necha kun avval Maruanning Milan shahriga tashrif buyurgani fubolchining jamoani tark etishi yuorasidagi ehtimolni yanada oshirdi.

Муҳокама

22.12.2016

Sky Sports nashri xabar berishicha «Vest Brom» jamoasi «Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Morgan Shnayderlin borasida 18 million funtlik rasmiy taklif bilan chiqqan.

27 yoshli fransuz futbolchisi katta ehtimol bilan «Old Trafford» ni 1 yanvardan keyin tark etishi kutilmoqda.

Avvlroq «Everton» jamoasi Shnayderlinga qiziqish bildirgan edi, lekin futbolchining transferi borasida xech qanday rasmiy taklif bilan chiqqani yo‘q.

Муҳокама

Янгиликлар /

Agent: Bizda aniq taklif mavjud

22.12.2016

 «Benfiki» jamoasi himoyachisi Viktor Lindelyofning agenti Xasan Chetinkaya aytishicha uning mijozi uchun aniq taklif borligini aytib o‘tdi.

«Bizning stolda aniq taklif mavjud. «Rui Ave» ga qarshi uchrashuvdan so‘ng bu mavzuni Viktor bilan muhokama qilamiz. Biz barchasini diqqat bilan o‘ylab ko‘ramiz» .

 Shuningdek, «Benfik» bosh murabbiyi Ruy Vitoriya ham ushbu vaziyatni sharhlab o‘tdi.

«Hozircha aniq bir narsa deya olmayman. Bizning futbolchilar «Benfika» libosini kiyishdan faxranishadi, boshqa jamoaga o‘tadigan bo‘lishlariga qaramay jamoani doimo  xotiralarida saqlashadi».

Муҳокама

22.12.2016

Britan The Sun tabloidlari tasdiqlashicha Antonio Valensiya «Manchester Yunayted» bilan ikki yillik yangi shartnomaga imzo chekadi.

31 yoshli qanot himoyachisi ajoyib mavsmni o‘tkazmoqda, va Joze Mourino futbolchi bilan shartnomani uzaytirish istagida, Valensiya kamida «Old Trafford» da 2018 yil iyuniga qadar qolishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvlroq «Yunayted» muhlislari Antonio Valensiyani oyning eng yaxshi futbolchisi deya e’tirof etishgan edi.

Муҳокама

22.12.2016

«Manchester Yunayted» jamoasining asosiy tarakib futbolchilari Yangi yil munosabati bilan bir qator shifoxonalarga tashrif buyurishdi.

Jamoa sardori Ueyn Runi va vitse-sardor Maykl Karrik Didsburidagi Fransis bolalar uyi xospisiga «Francis House Children’s Hospice in Didsbury» tashrif buyurib davolanayotganlarga o‘z sovg‘alarini taqdim qilishdi va qo‘llab quvatlashdi.

 Xuan Mata, Ander Errera, Devid De Xea va Erik Bayi esa «The Christie’s Palatine Treatment Centre» tibbiyot markaziga tashrif buyurib bemorlarni tashriflari va sovg‘alari bilan xursand qilishdi.

Jamoaning qolgan a’zolari esa «Royal Manchester Children’s Hospital (RMCH)» bolalar shifohonasiga tashrif buyurishdi.

Bu tadbir «Manchester United Foundation» fondi va «Manchester Yunayted» jamoasi rahbariyati tomonidan tashkil qilindi. 

 

 

Муҳокама