Rayola: Zlatan yana bir yil qolishi mumkin
22.12.2016

Zlatan Ibragimovichning agenti Mino Rayola aytigishicha uning mijozt katta ehtimol bilan kelasi yili ham «Manchester Yunayted» safida to‘p suradi.
«Ha, katta imkoniyat bilan u yana bir yil jamoada qolishi mumkin. Uning jamoa bilan tuzgan shartnomasidan bunday band bor, va bu biz uchun xech qanday yangilik emas. Bu barchasiga vaqt oydinlik kiritadi. Zlatan xitoyliklarning milionlarini radetdi va Angliyaga keldi, va bu yerda hali u o‘z ishini tugallatgani yo‘q. Uning ko‘zlarida olov bor hali, u o‘ynashni va g‘alaba qozonishni istaydi. Agar barchasi pulga bog‘liq bo‘lganida edi, u hozirda «Manchester Yunayted» o‘yinchisi bo‘lmas edi. Uning bosh maqsadi Premyer Ligada g‘olib bo‘lish. Bu uning hozircha ishtirok etib, chempion bo‘la olmagan birgina chempionati holos».
Rayola shuningdek yana bir mijozi Genrix Mxitaryan borasida ham to‘htalib o‘tdi.
«U o‘z darajasini Germaniyada ko‘rsatib qo‘ygani, lekin men hozirda unda Dortmundagidan ko‘proq agressiv, ko‘proq hal qiluvchi o‘yinni ko‘rmoqdaman. Endilikda unda Premyer Liga o‘yinlaridan ishtirok etish uchun agressivlik yetarli darajada».
«men bilaman, Miki angliya chempionatining eng yaxshilardan biri bo‘lishi mumkin. U buni Germaniya, va Ukrainada ko‘rsatib qo‘ygan. Men ko‘rib turibmanki «Manchester Yunayted» uning uchun juda mos. U bu yerda o‘z darajasini ko‘rsata oladi».
Mourino 2025 yilgacha «MYu» qolishi mumkin
21.12.2016

«Manchester Yunayted» Joze Mourino bilan yangi shartnoma tuzsa, portugaliyalik mutaxassis kattagina mablag‘ ishlab oladi. Joriy yilning yozida portugaliyalik mutaxassis bilan 3 yillik shartnoma tuzilgandi, endi esa tomonlar hamkorlik muddatini uzaytirmoqchi.
Daily Express nashrining yozishicha, yangi kelishuv muddati 2025 yilgacha bo‘ladi. Agar Joze Mourino bu shartnomaga qo‘l qo‘ysa, bu muddat ichida u 135 mln funt (160 million yevro) ishlab oladi.
53 yoshli mutaxassis rahbarligida mankunianliklar jamoasi joriy mavsumning 17-turidan keyin Angliya chempionati turnir jadvalida 30 ochko bilan oltinchi o‘rinni egallab turibdi.
Mxitaryan Armanistonda yil futbolchisi
21.12.2016

«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Genrix Mxitaryan Armanistonda 2016 yil yakunlariga ko‘ra eng yaxshi futbolchi unvoniga sazovar bo‘ldi, deya xabar bermoqda Sputnik agentligi.
Mxitaryan Armaniston futbol federatsiya tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnomaga ko‘ra eng yaxshi deb topildi. So‘rovnomada Armaniyatln futbol Federatsiyasi vakillari, Armaniston chempionati jamoa bosh murabbiylari, sardorlari va OAV vakillari o‘rtasida o‘tkazildi.
Ikkinchi o‘rini Portugaliyaning «Maritimu» jamoasida to‘p surayotgan Gevorg Kazaryan kiritgan bo‘lsa, uchunchi o‘ringa BAA ning «Al Fudjeyra» jamoasi to‘p surayotgan Markos Pizelli loyiq topildi.
Rashford va Marsyal jamoani tark etishi mumkin
21.12.2016

«Vest Xem» qishki transfer oynasi vaqtida «Yunayted» hujumchilari Markus Rashford va Antoni Marsyalni ijara asosida o‘z safiga qo‘shib olishga umid qilmoqda deya xabar bermoqda The Telegraph nashri.
London jamoasi ikkala yosh futbolchiga asosiy tarkibdadan joy berish niyatida. Ushbu mavsumda Marsyal APL da 10 uchrashuvda maydonga tushib (7 tasi asosiy tarkibda) 1 gol urgan. Rashford esa 14 o‘yinda (8 tasi asosiy) 3 gol urgan.
Bu futbolchilarni jamoaga jalb qilib rahbariyat hujum chizig‘ida yuzaga kelgan kamchiliklarni bartaraf qilish niyatida.
Avvalroq «qizil iblisolar» bosh murabbiyi Rashford va Marsyalni xech qaysi jamoaga qo‘yib yuborish niyati yo‘qligini aytgan edi.
Mourino bilan yangi shartnoma tuziladi-mi?
21.12.2016

«Manchester Yunayted» rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Joze Mourino bilan yangi shartnoma tuzishni ko‘rib chiqmoqda deya xabar bermoqda The Telegraph nashri. Shu yili yozda jamoa Mourino bilan uch yillik shartnoma imzolagan edi.
The Telegraph xabariga ko‘ra Mourino jamoa egalari bo‘lgan Gleyzerlar oilasi va jamoa ijrochi direktori Ed Vudvordni katta ishonchini qozonmoqda va shu sababli rahbariyat murabbiy bilan uzoq muddatli hamkorlik qilish niyatida.
53 yoshli mutaxassis bilan mankunianliklar APL 17-turiga kelib musobaqa jadvalining 6 pog‘onsida borishmoqda.
Jamoa 2 kunlik ta’tildan qaytdi
21.12.2016

«Vest Bromvich» jamosiga qarshi (0:2) uchrashuvdan so‘ng Joze Mourino futbolchilarga 2 kunlik ta’til bergan edi. Ushbu ta’tildan foydalanib futbolchilar xordiq chiqarib bir qator tadbirlarda ishtirok etishdi.
«Yunayted» sardori Londonda joylashdan oromgohlardan birida Yangi yilga bag‘ishlangan tadbir tashkil qildi. The Daily Mail nashrining xabar berishicha tadbir o‘ziga xos yorqin tarzda bo‘lib o‘tgan. Tadbirda shuningdek jamoa a’zolari Maykl Karrik, Markus Reshford, Fil Jons, Kris Smolling, Jessi Lingard va Sem Djonstoun ham ishtirok etishgan.
Zlatan Ibragimovich va Deyli Blind ikki kunlik ta’tildan foydalanib o‘z yurtalariga borib kelishgan, Maruan Fellayni esa ukasi bilan Milanda dam olgan.
Jamoa a’zolari kecha mashg‘ulotlarga qaytishgan va APL 18-turi doirasida «Sanderlend» ga qarshi kechadigan uchrashuvga tayyorgarlikni boshlab yuborishgan.
Lindelyof bilan muzokara boshlangan
21.12.2016

Sky Sports telekanali «Manchester Yunayted» jamoasini «Benfika» himoyachisi Viktor Lindelyof borasida muzokara olib borayotganini tasdiqladi.
Telekanal xabar berishicha Lissabon jamoasi Chempionlar Ligasi pley-off bosqichida ishtirok etishi sababli futbolchini sotish niyatidan qaydgan, lekin muzokaralar boshlanib ketgan.
Sky Sports xabarida «Yunayted» jamoasi «Benfika» prezidenti bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqaga chiqqan va bu haqida portugaliyaning O Jogo nashri ham xabar bergan.
Lindelyof «Benfika» bilan 2011 yili 17 yoshida shartnoma tuzgan va o‘tgan mavsumda jamoasining chempion bo‘lishida muhim rol o‘ynagan. Futbolchi shuningdek Shvetsiya terma jamoasi safida 11 uchrashuvda maydonga tushishga ulgirgan.
Fellayni «Milan» ga ketadi-mi?
20.12.2016

The Times nashri xabar berishicha «Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Maruan Fellayni qishgi transferlar oynasi vaqtida Italiyaning «Milan» jamoasi safiga qo‘shilishi mumkin.
29 yoshli Belgiya terma jamoasi futbolchisini kecha Milanda ko‘rishgan. Italyan jamoasi Fellayni bilan tez orada shartnoma tuzishi mumkin.
Fellayni o‘zi ham jamoadoshlariga boshqa jamoaga o‘tishi borasidagi tanlovlarni ko‘rib chiqayotganini aytgan.
Avvalroq «MYu» jamoasi futbolchini 20 million funt mablag‘ga sotish niyatida ekanligini aytib o‘tgan edi.
«Yunayted» yana AQSH ga boradi
20.12.2016

Joze Mourino rahbariyatdan kelasi yilgi mavsum oldi tayyorgarlik turnesini AQSh da o‘tkazishni so‘radi, deya xabar bermoqda The Telegraph nashri.
Joriy yilgi mavsum oldi Xitoyda olib borgan turne «Yunayted» uchun qoniqarsiz bo‘lgan edi. Jamoa Xitoyda faqatgina «Borussiya D» bilan uchrashuv o‘tkazgan, «Manchester Siti» ga qarshi uchrashuv esa noqulay ob-havo tufayli bekor qilingan edi. Shu sababli bosh murabbiy Joze Mourino jamoa ijrochi direktori Ed Vudvordga kelsi yilgi tayyorgarlikni AQSh da olib borish taklifini kiritgan.
Vudvord jamoaga AQSh da mashg‘ulotlar uchun qulay sharoit va kuchli raqib topish imkoniyatini qidirmoqda.
«Yunayted» Shimoliy Amerikaga tashrifi doirasida 3 ta uchrashuvda ishtirok etishi kutilmoqda. Ushbu uchrashuvlardan bittasi albatta bu yil amalga oshmagan «Siti» ga qarshi bo‘lishi mumkin.
Shuningdek, «Yunayted» kelasi yilgi mavsum oldi tayyorgarlik rejasiga jamoaning Angliyaga qaytgandan keyin yana bitta uchrashuv o‘tkazishi kiritilgan.
Errera: O’z o‘rnim uchun kurashaman
20.12.2016

«Yunayted» yarim himoyachisi Ander Errera raqobatdan qo‘rqmasligi va asosiy tarkib uchun kurashishini aytib o‘tdi.
«Men «MYu»da hali uzoq vaqt qolishni istayman, ammo hech kim kelajakni oldindan bilmaydi. Agar «Yunayted»da o‘ynashni istasam, juda yaxshi o‘yin namoyish qilishim lozim. Chunki «MYu» - Angliyaning eng grand jamoasi».
««MYu» istagan futbolchini sotib olishi mumkin, shu sababli har bir futbolchi klubga munosibligini isbotlab borishi lozim. Bu ish oson emas, ammo men uddalay olaman, deb umid qilaman. O’z o‘rnim uchun kurashaman», - deydi Errera.