Lindelyof «Yunayted» ga o‘tadi-mi?
19.12.2016

Daily Mirror nashri xabar berishicha «Benfik» himoyachisi Viktor Lindelyof qishki transfer oynasi vaqtida jamoani tark etib «Manchester Yunayted» safiga qo‘shilishi mumkin.
Nashrning xabariga ko‘ra Shvetsiya terma jamoasi futbolchisi «Manchester Yunayted» jamoasi safiga qo‘shilishga rozilik bildirgan. Futbolchining transferi 30 mln. funt deya baholanmoqda.
Lindelyofning xarakatlarini jamoaning skautlari bir necha bor kuzatib kelishmoqda.
Ushbu mavsumda 22 yoshli futbolchi jamoa tarkibida 21 o‘yinda maydonga tushgan.
Futbolchining «Benfika» bilan tuzgan shartnomasi 2020 yilda o‘z nihoyasiga yetadi.
Ibragimovichga 120 milionli tajlif
19.12.2016

«Manchester Yunayted» hujumchisi Zlatan Ibragimovich yana bir bor Xitoy jamoalarining nigohiga tushdi deya xabar bermoqda Daily Mail nashri.
Ushbu yil yozda erkin agent maqomiga ega bo‘lgan 35 yoshli futbolchiga Xitoy jamoasi yillik 56 mln. funt mablag‘ taklif qilgan edi. Lekin futbolchi Premer-ligaga o‘tishni afzal bildi.
So‘ngi xabarlarda esa yana bir Xitoy jamoasi Ibragimovichni o‘z safida ko‘rish niyatida yillik 120 mln. funt mablag‘ taklif qilgan. Zlataning o‘z faolitini «MYu» da davom ettirmoqchi va kelasi yil yozda shartnomasini yana bir yilga uzaytirish niyatida.
Ibragimovich qoida buzishda yetakchi
19.12.2016

Angliya Premer-ligasi rasmiy sayti joriy mavsumida APL da eng ko‘p o‘yin qoidasini buzgan futbolchilar ro‘yhatini e’lon qildi. «Manchester Yunayted» futbolchilari - Zlatan Ibragimovich va Pol Pogba Angliya Premer-ligasining joriy mavsumida eng ko‘p o‘yin qoidasini buzgan o‘yinchilar ro‘hatini boshqarib turishibdi. Ibragimovich APL 16 turida 38 marotaba o‘yin qoidasini buzgan bo‘lsa, Pogba 37 bora shunday ishni amalga oshirgan.
Eng ko‘p o‘yin qoidasini buzgan futbolchilar TOP-5 ligi quyidagi ko‘rinishda:
1. Zlatan Ibragimovich - 38 ta
2. Pol Pogba - 37 ta
3. Viktor Vanyama («Tottenxem») - 35 ta
4. Nordin Amrabat («Uotford») - 34 ta
5. Garet Barry («Everton») – 32 ta
Muhlislarga sovg‘a
19.12.2016

Joze Mourino futbolchilardan «Vest Bromvich» ga qarshi uchrashuvda jamoani qo‘llab quvatlagan muhlislarga o‘z futbolkalarini taqdim etishni so‘ragan va bu muhlislarga o‘ziga hos bayram sovg‘asi bo‘lishini aytgan.
Ueyn Runi, Matteo Darmian, Ander Errera va Markus Reshford jamoa muhlislari joylashgan tribunaga kelib o‘z liboslarini taqdim qilishgan. Pol Pogba styuartlar yordamida tribunaga chiqib o‘z muhlisiga libosini taqdim etgan.
What a wonderful gesture by the Utd players to give their shirts to the fans after the game against WBA and Pogba goes that extra mile @mufc pic.twitter.com/P8zh9xeAU2
— Max Mufc (@maxmufc7) 17 декабря 2016 г.
Joze Mourino: Fantastika
18.12.2016

Joze Mourino Angliya chempionatining 17-turida «Vest Bromvich Albion»ga qarshi kechgan va 2:0 hisobidagi g‘alaba bilan yakunlangan o‘yindan keyingi fikrlarini bildirib o‘tdi.
«Bu juda yaxshi bo‘ldi. Biz o‘tgan haftada «Kristal Pelas» bilan ham zo‘r o‘ynagandik, bugun esa — yanada zo‘rroq. Kuchli raqibga qarshi maydonga tushgan bo‘lsakda, bir ilk daqiqadan oxirgisigacha biz o‘yinning borishini nazorat qildik. Biz ikkinchi golni urishni hayallatdik, ammo bu gol bo‘ldi. Himoyada ham a’lo darajada harakatlandik.
Zlatan Ibrahimovich dublni rasmiylashtirdi, va men uning tanasi emas, boshi biz uchun muhimroq ekanini aytishda davom etaman. Uning o‘yinlarini kuzatish men uchun yoqimli. Bu 35 yoshli futbolchi uchun fantastika. 25 hujumchilarning bari 35 yoshida u kabi bo‘lishni orzu qilishadi», — degan Mourino BT Sport efirida.
Mourino: Angliya dam oladigan joy emas
17.12.2016

Joze Mourino hujumchi Zlatan Ibrahimovichning shaxsiy sifatlariga to‘xtalib o‘tdi.
«Ibrahimovichda xarakter, ehtiros va yuqori saviya borligini bilaman. O‘ylashimcha, uning yoshida xarakter haqida gaplashish kerak.
Men uni «Manchester Yunayted» uchun qilishi lozim bo‘lgan kerakli ishga qodirligini yaxshi bilaman. Unga Angliya dam oladigan joy emasligini tushuntirib qo‘yganman. Agar boy va yoshi o‘tgan, boy kareraga ega futbolchi dam olib futbol o‘ynashni istasa u Angliyaga kelmasligi kerak.
Angliyaga dunyoning eng qiyin chempionatida to‘p surish istagidagina kelish mumkin. Bu o‘zini yanada yaxshi ko‘rsatish va nimaga qodir ekanini isbotlash uchun zarur.
Undan ko‘nglim to‘q, gap faqat uning kiritayotgan gollari haqida emas. Uning gollar, yetakchilik xususiyati, motivatsiyasi haqida – men bundan juda ham mamnunman», – degan portugaliyalik mutaxassis.
Marsiyal «Vest Hem» qiziqishlari doirasida!?
17.12.2016

Antoni Marsiyal «Vest Hem» jamoasi qiziqishlari doirasiga tushgan.
Londonliklar ushbu 21 yoshli fransiyalik futbolchini yanvar oyida qo‘lga kiritmoqchi.
Le 10 sport xabariga ko‘ra, bu transfer evaziga londonliklar Dimitri Payeni Manchesterga qo‘yib yuborishga rozi bo‘ladi.
Marsiyal Angliya chempionatining joriy mavsumida 10ta uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol urgan va 3ta golli uzatma muallifi bo‘lgan.
«MYu» 2015 yil yozida ushbu futbolchini «Monako»dan 36 million funt evaziga sotib olgandi, ammo bonuslar hisobiga bu transfer miqdori 57,6 million funtga aylanishi ham mumkin.
Shu yilning yozida manchesterliklar shvesiyalik hujumchi Zlatan Ibrahimovichni sotib oldi va to‘qqizinchi raqam Marsiyaldan olib, unga berildi. Endilikda 11 raqam ostida harakat qilayotgan Marsiyal bu qaror o‘zi bilan kelishmasdan qabul qilinganini aytib, matbuot orqali noroziligini bildirgandi.
Shu bilan birga Paye ham jamoasining chempionatdagi holatidan norozi. Uning jamoasi bilan shartnomasida agar jamoa mavsum yakunida chempionshipga tushib ketsa, jamoani 15 mln funt evaziga tark etishi mumkinligi haqidagi band bor.
Rio sovg‘alar uchun 500 000 funt ajratdi!?
17.12.2016

Rio Ferdinand muhtoj bolalarga Rojdestvo sovg‘alari olib berilishi uchun 500 000 funt mablag‘ ajratdi.
The Daily Mail xabariga ko‘ra, Manchesterdagi Key 103 radiostansiyasi «Pullar bolalar uchun» nomi ostida xayriya tadbiri tashkillashtirgan va 38 yoshli Ferdinand o‘zining Rosso nomidagi restorani daromadidan 500 ming funt miqdordagi mablahni ajratib, saxiylik qilgan.
«Men bir ota sifatida qaysidir bola Rojdestvo tongida qaysidir bola sovg‘asiz bo‘lishiga yo‘l qo‘ya olmasdim. Key 103 ajoyib loyiha boshlabdi! Restoranim va men bu tadbirda qatnashayotganimdan xursandman, endi shahrimizdagi ko‘plab bolalar Rojdestvo kuni xursand bo‘lishadi», — degan Ferdinand.
Shuningdek, Ferdinand shahardagi uysizlar jamiyatiga 11 500ta yotoq-qoplari olib bergan.
Ma’lumot uchun, Rio o‘tgan yilning mayida rafiqasi Rebekka saratondan vafot etganidan keyin, 3 farzandini yolg‘iz tarbiyalamoqda.
Joze Mourino: Xotirjamlikni saqlaymiz
17.12.2016

Joze Mourino jamoasining yanvar oyidagi transfer vaqtiga doir rejasini ma’lum qildi. Portugaliyalik mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, bu safar «MYu»ning faolligini kutish kerak emas.
«Biz qishgi transfer bozorida xotirjamlikni saqlaymiz. Avval aytganimdek, jamoa tarkibini saqlab qolishni xohlar edim.
Ammo, men murabbiy sifatida, boshqa yo‘nalishda faoliyatini davom ettirmoqchi bo‘lgan u yoki bu futbolchini to‘xtatib qolishga haqqim bor, deb o‘ylamayman. Agar, barcha tomonni qanoatlantiradigan takliflar bo‘lsa, biz bunga e’tibor qaratishimiz lozim bo‘ladi.
Biroq, siz mendan, yanvar oyida yangi o‘yinchilar kerakmi, deb so‘rasangiz, men: yo‘q, deb javob beraman. Men o‘z jamoamga ishonaman», — deya Mourinyu so‘zlarini keltiradi Sportinglife.
Ibragimovich jazolanmaydi
16.12.2016

Sky Sports nashri xabar berishicha Angliya futbol assotsiatsiyasi «Manchester Yunayted» hujumchisi Zlatan Ibragimovichni yana bir bora jazolamaslikka qaror qildi. Shvetsiyalik hujumchi «Kristal Pelas»ga qarshi kechgan o‘yinda raqib o‘yinchisi Yoan Kabayga tirsagi bilan zarba bergan edi.
O’yinni boshqargan hakam Kreyg Pouson ushbu vaziyatni ko‘rmay qolgan edi. Shu sababli o‘yindan keyin vaziyatni o‘rganib chiqqan komissiya futbolchiga Ibragimovichning harakati ataylab qilinmaganini tan olgan va xech qanday jazo tayinlamagan.
Bundan avval «Everton» bilan o‘yinda ham Ibragimovich bilan shunaday vaziyat yuzaga kelgan edi.